Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Semizlik faqat shu yerda qoʻl keladi

Lekin shunda ham kimgadir ziyoni bilan😂

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁13😢2👍1
Bolalarda gijjalarni dori vositalari bilan davolash kerakmi yoki klizma (huqna) yo‘li bilanmi?

Gijjalar - o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi mikroorganizmlar bo‘lib, ushbu mikroorganizmlarning bir necha turlari mavjud. Hammada har xil turlari uchraydi. Ba’zan bir necha turi birgalikda ham kuzatiladi. Bu kasallik bolalarda ham, kattalarda ham uchraydi.

🔹Gijjalar organizmga yuvilmagan meva va sabzavotlar, ifloslangan suv, gigiyenaga rioya qilmaslik, hayvonlar bilan muloqot orqali tushadi.
Kasallikni davolash uchun birinchi navbatda organizmda gijjalarning qaysi turi mavjudligini aniqlash zarur. Buning uchun shifokorga murojaat qilish va tahlillarni aynan shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra topshirish lozim.

❗️Davolash turi esa gijjalarning turi, soni va joylashgan joyiga qarab tavsiya etiladi. Davolash vaqtida shirin mahsulotlar yemaslik zarur. Bu mikroorganizmlar uchun qulay sharoit yaratilishiga sabab bo‘ladi.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
ISTЕRIKA ...

🔸Qattik ruxiy kechinmalarga tushib qolishsa muammolardan qanday yo‘l bn chiqib ketishni juda yaxshi biladigan bu isteriklarimizda aktyorlik maxorati oskar mukofotiga loyiqdir.

🔸 Ongli ravishda darrov xushidan ketib tappa tashlashadiyu yiqilgan joyida soatlab yotivolishadi vaxolanki xamma narsani eshitib, bilib ko‘z qirini tashlaaab yotadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Bo‘y yaxshi o‘sishi uchun nimalar qilish kerak?

O‘sish jarayoni somatotrop gormoni orqali amalga oshiriladi. Bu holat hammada har xil bo‘lib, o‘rtacha 24-25 yoshgacha davom etadi. Balog‘at davrida, ya’ni 11-12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan davrda keskin o‘sish holati kuzatiladi. Bunga organizmdagi gormonal o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.

📍Somatotrop gormoni tunda, chuqur uyquda ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shu sababli bo‘y yaxshi o‘sishi uchun bolalar tungi soat 22.00 da uyquda bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari turli vitamin va oqsilga boy mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, bo‘y o‘sishiga yordam beradigan sport turlari bilan shug‘ullanish lozim.

💢 O‘sish jarayoni me’yoriy holatda kechayotganini aniqlash uchun bolalar endokrinologiga murojaat qilish va shifokor tavsiyalariga rioya qilish lozim.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Tiogamma©

1 flakon 50 ml 12/mg/ml infuziya uchun eritma saqlaydi:
Faol modda: tioktat kislotasining megluminli tuzi – 1167,70 mg (bu 600 mg tioktat kislotasiga ekvivalent);

Yordamchi moddalar: makrogol 300 – 4000,00 mg, meglumin, in’eksiya uchun suv 50 ml gacha.

Ta’rifi: och-sariq yoki sarg‘ish-yashil rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni to‘g‘rilash uchun vosita.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganida maksimal konsentratsiyasiga erishish vaqti – 10-11 мин., maksimal konsentratsiyasi taxminan 20 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga ega.

Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon’yugatsiyalanishi natijasida yuz beradi. Umumiy plazma klirensi – 10-15 ml/min. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%), katta bo‘lmagan miqdori – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Diabetik polineyropatiya, alkogolli polineyropatiya.


Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshida Tiogamma® infuziya uchun eritma preparati vena ichiga sutkada 600 mg dozada (1 flakon) 2-4 hafta davomida yuboriladi. Preparatli flakon qutidan chiqariladi va darhol berilgan yorug‘likdan himoya qiluvchi g‘ilof bilan yopiladi, chunki tioktat kislotasi yorug‘likka sezgir. Infuziya bevosita flakondan qilinadi. Asta-sekin yuboriladi, taxminan 1,7 ml/min tezlikda, 30 minut davomida yuboriladi.

So‘ngra tioktat kislotasini peroral shaklini (Tiogamma®, qobiq bilan qoplangan tabletkalar) qabul qilishni davom ettirish mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tioktat kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Homiladorlik va emizish davri.

Preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Nojoʻya taʼsirlar bor
Shifokor bilan maslahatlashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Dunyodagi eng kuchli MRT apparati inson miyasining yuqori aniqlikdagi tasvirini namoyish qildi

Fransiyada ishlab chiqilgan Iseult MRT apparati 11,7 Teslas (T) magnit maydon kuchiga ega. Taqqoslash uchun, bugungi kunda shifoxonalarda keng qo‘llaniladigan an’anaviy MRT apparatlari odatda 1,5 yoki ko‘pi bilan 3 T ni tashkil qiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🥰1
Shuaro surasi 80-81 oyatlar

JUMA MUBORAK 🌙

@endocrinoo
3👍1🔥1
Milodiy 2024-yil Ramazon oyining soʻnggi jumasi muborak boʻlsin🌙

Kelgusi ramazon oyida ham birgalikda shu kunlarni nishonlash nasibu roʻza aylasin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5👍1🔥1
Qalqonsimon bez kistasi nima?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Qalqonsimon bezda (QB) odatda 90% holatda tugunlar yaxshi sifatli boʻladi. Shulardan bir turi bu QB kistasi.

Kelib chiqish sabablari:
--Gormonal disbalans
--Selen va yod yetishmasligi
--Nasliy moyillik
--Ekologiyaning yomon taʼsiri
--Toksik zararli taʼsirlar

Shuningdek: stress, immunitet tushishi,endokrin bezlar patologiyasi, autoimmun jarayon.

Diagnostika:
--Dastlab ultratovush tekshiruvi (UTT) qalqonsimon bez uchun
--Biopsiya - agar tugun oʻlchami 10 mm dan katta boʻlganda zarur tekshiruv
--Gormonlar taxlili : TTG, T4(erkin),T3 AT-TPO

Shuningdek: bronxoskopiya, angiografiya, KT

Davolash: 2 turda olib boriladi
-- Konservativ 💊
Qalqonsimon bez gormonlari, yod, so'rdiruvchi terapiya

-- Hirurgik🔪
Bu usul ham 2 turdan boʻladi:

1- maloinvaziv usulda ingichka maxsus igna orqali kista suyuqligi tortib olinadi

2- qalqonsimon bez boʻlagi olib tashlanadi
Gemitireoidektomiya - qalqonsimon bez 1 boʻlagi olib tashlanadi
Subtotal strumektomiya - qalqonsimon bez 2 boʻlagi ham olib tashlanadi

Qalqonsimon bez olib tashlanganda qalqon oldi bezi ham olib tashlanadi.
Natijada keyinchalik vitamin D va kalsiy ham qoʻshimcha sifatida ichib turiladi.
Agar qalqonsimon bez toʻliq olib tashlangan boʻlsa davomiy qalqonsimon bez gormonlari ichib turiladi ( eutiroks, l-tiroksin, levotiroksin natriy)

Kista haqida avvalgi post

Oʻzingizni professionallarga topshiring

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42🔥1👏1💯1
Yetakchi D vitamin saqlovchilar 100 gr uchun.

Baliq yogʻi - 924 mg
Atlantika seldi - 120 mg
Tayyorlangan losos - 120 mg
Sifatli sut ( 1stakan ) - 98 ME
Tuhum sarigʻi - 25 ME
Mol jigari - 12-30 ME

Ana endi D vitamini tabiiy manbasini bilasiz aziz kuzatuvchilar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥6👍21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷Insulin ineksiyasi qanday qilinsa to'g'ri bo'ladi ?


Igna sanchilib insulin yuborilgandan so'ng 10 soniya kutib turib keyin sug'urib olish kerak (esda saqlang).


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41👏1
Oramizda tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilyapman yodni deydiganlar juda koʻp topiladi.

Endi ushbu jadval orqali ozgina xisob qilgan holda bilib olishingiz mumkinki homilador ayol kunlik yodni tabiiy yoʻl bilan toʻldirishi uchun kuniga 7200 gr (7.2 kg) xurmo yeyishi yoki 11200 gr (11.2 kg) qoʻy goʻshti va yoki 12600 gr (12.6 kg) olma isteʼmol qilishi kerak


Xoʻsh siz shuncha mahsulot isteʼmol qilayapsizmi 1 kunda

Demak 1 dona tabletka orqali yodni keragini qabul qilish osonroq va arzonroq menimcha

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯3👍2👏1
Homilador boʻlishingizga qarshilik qiluvchi gormonlardan biri bu PROLAKTIN boʻlib u gipofizning oldingi bo'lagidan ajraladi
Normal miqdoridan ortishi bu homilador boʻlishga qarshilik qiladi yoki homilani rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi

Prolaktinning asosiy vazifasi sut bezi rivojlanishi, sekretsiyasini taminlaydi

Prolaktin miqdori homiladorlik davridan bir necha karra ortishi tabiiy jarayon xisoblanadi.
Ammo boshqa holatlarda ortishi esa kasallik xisoblanadi.

Natijani aniqlash qondagi gormon miqdori orqali bilinadi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Gemoglobinni qanday qilib tez ko'tarish mumkin?

Bu postda qisqa vaqt ichida gemoglobinni ko'taruvchi mahsulotlarni keltirib o'taman.

NAʻMATAK (shipovnik) damlamasiga asal qo'shib ichish. Naʻmatak 100 g miqdorini 1 litr idishga damlanadi va kun davomida ichiladi.
✓ Quruq mevalar temir moddasiga juda boy. Rekordsmeni — PISTA. Hech bo'lmasa har kuni 4–6 ta turshak yoki boshqa quruq mevalardan isteʻmol qilib turish kerak.
GRЕCHKA — temir moddasiga juda boy!
✓ Meva va rezavorlarni to'q yashil va qizil ranglilari temirga boy bo'ladi. Rekordsmenlari — XURMO, ANOR
Bulardan tashqari qora ikra, dukkaklilar, yormalar, plombir, qizil go'sht temir moddasiga boy mahsulotlar hisoblanadi.

🖼️ Rasmda tarkibida ko'p miqdorda temir moddasi saqlovchi mahsulotlar (100 g da qancha temir borligi) ko'rsatilgan.

Hozirda statistika boʻyicha 90% ziyod insonda KAMQONLIK mavjud🩸

Ushbu postni imkon qadar koʻproq insonlarga yuboring
📱📲

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2