Sogʻlom odam bu - yaxshi tekshirilmagan odam. Yaxshiroq tekshirilsa nimadir albatta topiladi.
👨🏼🦳 Bernard Shou
@endocrinoo
👨🏼🦳 Bernard Shou
@endocrinoo
👍5🔥2
🏥
Alkogol organizm uchun genetik darajada zararli
Spirtli ichimliklar karsinogen moddalar toifasiga kiradi. Bu degani, ular saraton kasalligiga yetaklashi mumkin. Yangi izlanishlarga ko’ra esa alkogol organizm uchun genetik darajada ham zararli ekan. Olimlar spirtli ichimliklarni kamroq iste’mol qilish yoki ulardan voz kechishni tavsiya etmoqda.
Ba’zilar Yangi yilda qadah ko’taradi. Ba’zilar esa kechki ovqatni bir bokal vinosiz tasavvur qila olmaydi. Yangi tadqiqotga ko’ra, spirtli ichimliklar rakning yetti turiga chalinish ehtimolini kuchaytiradi.
“Alkogol aynan qanday qilib organizmga ziyon yetkazishi jumboq bo’lib turibdi. Xulosamiz shuki, spirt hazm bo’layotganda, energiyaga aylanish jarayonida toksinlar paydo bo’lib, genlar majmuasiga hujum qiladi. Buzilgan DNK qayta tiklanmaydi”, - deydi Ketan Patel, izlanish muallifi.
Toksinning nomi - asetaldegid. Bu kimyoviy modda hujayralarga qanday ta’sir ko’rsatishi laboratoriyada sichqonlarda sinab ko’rilgan.
“Organizmda hujayraning muhim bir turi bor - u ham bo’lsa ildiz hujayra. Asetaldegid moddasidan tanamizda yangilanib turuvchi ana shu ildiz hujayra ziyon ko’radi”, - deydi olim.
Sog’lom hujayralar o’zini tiklay olmasligi rak kasalligi paydo bo’lishiga olib keladi.
“Izlanish davomida qon hujayralaridagi xromosomalar, ya’ni DNK, fundamental jihatdan o’zgarganini ko’rdik. Hujayralar yangilanib turishi yoki saratonga yetaklashini ana shu o’zgarish belgilab beradi”, - deydi Ketan Patel.
Organizmda asetaldegid moddasi katta miqdorda yig’ilib qolmasligi zarur. Aksariyat odamlar organizmida buni ta’minlovchi fermentlar bor.
“Sichqonlarda bu fermentlarni olib tashlaganimizda shuni kuzatdikki, oz miqdorda ichish ham qon hosil qiluvchi hujayralarga jiddiy zarar yetkazar ekan”.
Organizmda genlar majmuasini ta’mirlovchi tabiiy mexanizmlar bor, deydi olim, lekin ichkilikbozlik bu himoya tizimlarini ishdan chiqaradi.

👍2❤1
🦋Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot
Qalqonsimon bez eng muhim endokrin a’zo boʻlib, uning funksiyasi gormonlarning murakkab tizimi bilan belgilanadi. Bu juda kichik, lekin juda kuchli bez boʻlib, kapalak shakliga ega va boʻyin tagida joylashgan. Uni kayfiyatni, metabolizmni, yurak urishini, haroratni va nafas olishni tartibga soluvchi oʻziga xos nazorat markazi deb atash mumkin.
Gipotireoz — tanada juda kam qalqonsimon gormon ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Ushbu holatning alomatlari har xil boʻlsa-da, charchoq hissi, vazn ortishi, ich qotishi, shishgan yuz va aqliy zaiflik tez-tez uchraydi. Bu yod tanqisligidan tugʻuruqdan keyingi tiroiditgacha boʻlgan turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Gipertireoz — tanada juda koʻp tiroid gormoni ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Odatda bu holat uyqu, mushaklar kuchsizligi, giperaktivlik, qizib ketish hissi va asabiylashish bilan bogʻliq muammolar bilan ajralib turadi. Shuningdek, ortiqcha yod va qalqonsimon bez yalligʻlanishidan Greyvs kasalligigacha boʻlgan koʻplab anormalliklarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Qalqonsimon bezning holatiga nafaqat genlar, balki atrof-muhit va turmush tarzi, shu jumladan ovqatlanish ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradigan ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlar mavjud.
Qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasalliklar uchun yagona dori vositasi yoʻqligini va hatto ovqatlanish ham ahvolni butunlay oʻzgartira olmasligini yodda tutish kerak. Agar sizda qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasallik boʻlsa, turmush tarzini oʻzgartirishni tavsiya etishdan tashqari dori-darmonlar buyuradigan endokrinologga borganingiz ma’qul. Biroq, oʻz vaqtida uxlash, stressni boshqarish, muntazam jismoniy mashq va toʻgʻri ovqatlanishni kundalik tartibingizga kiritish juda muhimdir.
Bundan tashqari, shamollashga qarshi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez holatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Тҳе Caндида Диет kitobi muallifi diyetolog Liza Richardsning soʻzlariga koʻra, shamollashning oldini oladigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish Greyvs kasalligi yoki Hashimoto kabi autoimmun kasalliklarga chalingan odamlarga yordam beradi. «Nosogʻlom yoki nomutanosib ichak koʻplab salbiy oqibatlarga olib keladi, shu jumladan, zaif immunitet funksiyasi ham», — deydi Liza.
Ichak qalqonsimon bezni sogʻlom saqlashda va yalligʻlanishni nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. Antioksidantlar va kletchatkalar kabi ichak uchun foydali oziq moddalarga boy supermahsulotlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez kasalliklari va alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.
Yalligʻlanishga qarshi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
– yogʻli baliq (masalan, losos va seld baligʻi)
– yongʻoqlar;
– urugʻlar;
– rezavorlar;
– zaytun moyi.
Qalqonsimon bez uchun eng foydali taomlar qatoriga antioksidantlar, kletchatkalar, A, S vitamini, magniy, kaliy, sink va selenga boy ovqatlar kiradi:
– qovoq urugʻlari;
– Braziliya yongʻogʻi;
– chernika;
– qora shokolad (70-85 foiz kakao);
– olma;
– tuhum.
Kuniga 300 gramm quritilgan qovoq urugʻini iste’mol qilish tiroid gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan modda — ruxga boʻlgan kunlik ehtiyojni qondiradi.

Ovqatni koʻp yeb qoʻymaslik uchun nima qilish kerak?
Oddiy usuldan foydalanamiz! Hozir tushlik vaqti, taomlanishdan oldin toʻyib suyuqlik (suv, choy, sharbat) iching, biroz vaqt oʻtsin (taxminan 10 daqiqa), keyin taomlanishni boshlang. Bu isbotlangan eng oddiy usul boʻlib, odatdagidan kamroq yeyishingiz aniq.
Eslatib oʻtaman, tushlik — sutkada asosiy kaloriya qabul qilinadigan vaqt boʻlib, kunlik kaloriyani 40% ini tashkil qilish kerak.

#Maslahat
Tushlik va kechki ovqat orasida 6–8 soat vaqt bor. Bu vaqt oraligʻida koʻpchilik ochqab qoladi. Albatta, kechki taomgacha sabr qilgan yaxshi, lekin ba’zida shu sabrimiz sustkashlikka yoʻl qoʻyadi va odatimizga koʻra oʻtirib, shirinliklar bilan choy ichamiz. Oddiygina mana shu odat — oyiga ortiqcha 2–5 kg gacha tana vazni yigʻilishiga olib kelishi mumkin!
Tavsiya: tushlik va kechki ovqat oraligʻida mabodo ochlik hissi sizni yengisa: bir siqim turli xil yongʻoqlar, pista, kungaboqar pistasi (koni foyda) yoki biror-bir meva yeb oling. Shunda, sogʻlom ovqatlanish qoidasiga amal qilgan boʻlasiz!

👍2
🍞🍩
Oq non yoki qora non
Bir-biridan farqi va qay biri foydaliroq?
Oq non — oliy yoki birinchi nav undan tayyorlanadi. Oliy nav unda vitamin va kletchatka miqdori quyi navdagilarga nisbatan kam boʻladi. Glikemik indeks ham yuqori.
Qora non — qora bugʻdoy unidan, javdar unidan yoki quyi navdagi unlardan tayyorlanadi. Bu nav unlarda kepak (otrub), kletchatka, B guruh vitaminlari koʻp boʻladi. Glikemik indeks — nisbatan past. Qora nonni hazm boʻlishi sekinroq kechadi va shu bilan birga oʻzlashtirilish indeksi 2 barobar yuqori!
Hulosa oʻzingizdan!

👍3
Qanday qilib saraton kasalligiga chalinmaslik mumkin?
Amerikaning "Saraton Jamiyati" saraton kasalligining oldini olish boʻyicha koʻrsatmalarini yangiladi.
Unga koʻra:
• Jismoniy faollik
Oʻrtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlar uchun kuniga 150-300 daqiqa sarflash tavsiya etiladi. Yoki 70-150 daqiqa, lekin yaxshilab terlash kerak. Yuqori chegaraga yaqin va mashqlar qancha uzoqroq boʻlsa, shuncha yaxshi boʻladi.
• Taomlanish
Har xil rangdagi sabzavotlarni, kletchatkaga boy dukkaklilarni iste’mol qilishni unutmang. Mevalarni butunicha iste’mol qiling, doʻkondagi sharbat koʻrinishidagini emas! Cheklash kerak: qizil goʻsht va goʻsht mahsulotlari, shakarli ichimliklar, tozalangan donlar.
• Spirtli ichimliklar
Yangi nashrda, ayniqsa chekuvchilarga butunlay rad etish tavsiya etiladi!
Profilaktikaning mohiyati yaxlit yondashuvda!

🍻🍷Shirin gazli suvlar qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
Shakarli ichimliklar ikkinchi toifa diabet rivojlanish ehtimolini oshiradi. 2009-yilda Amerika Diabet Assotsiatsiyasi kuniga bir yoki bir nechta gazlangan ichimliklar ichish diabet xavfini 67 foizga oshirganini ma’lum qildi. Bu raqam, albatta, gazli ichimlikdan voz kechishga arziydi. Shuningdek, shakarli gazlangan ichimliklarni har kuni iste’mol qilish metabolik sindromning nisbiy xavfining 36 foizga oshishiga olib keldi. Bu diabet, yuqori qon bosimi va semirib ketishning kombinatsiyasi boʻlib, bu oʻz navbatida yurak-qon tomir kasalliklari, qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.

👍1
❓«Soqov» kasalliklar haqida nimalarni bilasiz?
🔍Tibbiyotda «soqov» kasalliklar, ya’ni belgisiz rivojlanadigan xastaliklar mavjud. Ular rivojlanganini sezmay qolasiz.
🔹 Ular quyidagilar:
🗯 Qandli diabet. Shifokorlar bu xastalik bilan ogʻrigan har ikki bemordan birini belgilarga qarab emas, tasodifan tibbiy tekshiruvlar vaqtida aniqlashar ekan.
🗯 Qon bosimining koʻtarilishi. Bu surunkali kasallikda bemorning arterial qon bosimi tez koʻtarilib ketadi va bu ham belgilarsiz namoyon boʻladi.
🗯 Gepatit. Ushbu virus inson tanasida bir necha yil davomida rivojlanib, organizmni ich-ichdan yemirishga qodir.
🗯 Gepatoz (jigarni yogʻ bosishi). Kishi uzoq vaqt davomida jigarni yogʻ bosishi xastaligi bilan ogʻriganini payqamaydi ham.
🗯 Yoʻgʻon ichak saratoni. Bu kasallik onkologik xastaliklar roʻyxatida yetakchi boʻlib, shunisi bilan xavfliki, erta bosqichlarda hech qanday alomatlarsiz namoyon boʻladi.

❤1👍1
📍40 yoshdan keyin ayollarga kerak boʻladigan vitamin va minerallar
✅Kalsiy
Tanadagi barcha kalsiyning 99 foizi suyaklarda toʻplanib, ularning zichligi va mustahkamligini ta’minlaydi. Oʻrta hayotda reproduktiv gormon esterogen darajasining pasayishi bilan kalsiyning soʻrilishi kamayadi. Yana bir muammo shundaki, ayollar koʻpincha kalsiyga boy oziq-ovqatlarni, masalan, sut mahsulotlari, bargli koʻkatlar iste’mol qilmaydilar.
✅ D vitamini
Bu vitamin tanangizga oziq-ovqatdan kalsiyni olish va ishlatish uchun kerak. Shuningdek, u himoya immunitet jarayonlarida ishtirok etadi. Bu modda quyosh nuri tushganda tanangiz ishlab chiqaradigan yagona vitaminlar.

❓Ozish uchun parxez qilishda qanday tavsiyalar mavjud?
✅ Dietologlar tomonidan turli parxez stollari ishlab chiqilgan boʻlsa-da, asosiy qoidalar barcha uchun bir xil hisoblanadi.
🔻 Kun davomida koʻp miqdorda suv ichish lozim.
🔻Kun davomida 3 mahal ovqatlanish, ya’ni nonushta, tushlik va kechki taom. Ushbu ovqatlanishlar orasidagi kichik taomlanishni cheklash lozim.
🔻Kechqurun 19.00 dan keyin ovqatlanmaslik kerak.
🔻Ovqatdan keyin 1 soat davomida yotmaslik, oʻtirmaslik, aksincha yengil harakatda boʻlish lozim.
🔻Hafta davomida 2-3-marta sport bilan shugʻullanish, bunda toza havoda sayr qilish, yugurish, suzish yaxshi ta’sir koʻrsatadi.
🔻Taomnomadan shirinliklar, spirtli va gazli ichimliklar, sharbatlar, konserva mahsulotlari, juda yogʻli ovqatlar, chips va pistalar, xamirli ovqatlarni cheklash lozim.
🔻Mevalarni tushlik vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
☑️ Eng asosiysi, tez emas, sogʻlom ozishga harakat qilish lozim.

👍3🔥1
BOLANGIZ BOʻYCHAN BOʻLISHINI ISTAYSIZMI?
👨👨👧👦 Farzandingiz oʻgʻilmi-qizmi, kim boʻlishidan qat’i nazar, boʻyi me’yorida oʻssin, desangiz, avvalo, uni sogʻlom ulgʻaytirishga harakat qiling. Buning uchun:
✔️bolani har 3 yoki 6 oyda dispanserizatsiya koʻrigiga olib boring;
✔️boladagi yod tanqisligining oldini oling. Shifokor nazorati ostida bolangizga har doim yod preparatlari berib turing;
✔️farzandingizni hech boʻlmaganda, yiliga bir marotaba endokrinolog va tor mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazib turing;
✔️bolalarga balogʻat yoshiga yetguniga qadar koʻproq oqsil berish kerak. Ular goʻdakligidan tuxum, tvorog kabi oqsilga boy mahsulotlar, salatlarni iste’mol qilib borsa, boʻy bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga duchor boʻlmaydi;
✔️sport bilan shugʻullanish ham boʻyning oʻsishida muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, turnikda tortilish va suzish bilan shugʻullanish bolaning yaxshi oʻsishiga yordam beradi.

BOʻY OʻSISHI NIMAGA BOYGʻLIQ?
🔻Bolalar har doim bir xil “oʻsmaydi”. Shunday paytlar borki, bir necha haftada 10 sm gacha boʻy oʻsishi mumkin.
Qiziq tomoni, aynan bahorda boshqa fasllarga qaraganda tezroq katta boʻlishadi. Bu quyosh nurlari faollashishi bilan bogʻliq.
🔻Inson boʻyining oʻsishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bogʻliq. U inson a’zo va toʻqimalarida oqsil hosil boʻlishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda boʻlsa, u shunchaki oʻsishdan toʻxtaydi.
Demak, bolangizning oʻsmayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni toʻlaqonli tekshiruvdan oʻtkazishingiz kerak.
🔻Agar farzandingizning boʻyidan xavotirda boʻlsangiz, shubha-gumonlaringizga aniqlik kiritish maqsadida bir necha tekshiruvlar joiz.

ERKAKLAR, SEMIRISHDAN EHTIYOT BOʻLING 🙅🏻♂️
🇺🇸 Аmerikalik urologlar: bel aylanasi katta boʻlgan erkaklarda jinsiy maylning susayishi, kunduzi va kechqurun peshob ajralishining buzilishi kuzatiladi, degan xulosaga kelishdi.
🔖 Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinadiki, erkaklardagi ortiqcha vazn faqatgina yurak-qon tomir tizimigagina emas, jinsiy faoliyatga ham xalokatli ta’sir koʻrsatadi.
➖ Shuning uchun olimlar erkaklarga semirishdan saqlanishni tavsiya etishadi. Xususan, bel aylanasidagi yogʻ qavatini kamaytirish erkak jinsiy hayotining yaxshilanishiga, peshob ajralish tizimi faoliyatining me’yorlashishiga xizmat qiladi.

U qiziga aytdi, men farrosh boʻlib ishlashimni, hech kimga aytmang, sizni xafa qilib qoʻyishadi deb qoʻrqaman.
Qizi ushbu suratni Internetga joylashtirdi va shunday deb yozdi: "Bu mening otam! Men u bilan butun umr faxrlanaman!"
©️ Abdulloh ibn Abdurahim

⚡️Qachon yana bo‘y o‘sadi deb umid qilish mumkin?
Hayot qonuni shunday, ozg‘in semirishni, semirgan ozishni, bo‘yi past inson o‘sishni istaydi.
♻️18-20 yoshga yetib ham o‘zining yoki farzandining bo‘yidan norozilar bo‘y o‘stirishni boshqa yo‘llarini qidirishadi.
🪴 Bo‘y o‘sishi asosan oyoq suyaklari hisobiga amalga oshadi. Bu naysimon suyaklarning uchlarida maxsus hali suyaklanmagan o‘sish nuqtalari bo‘ladi. Soddaroq aytsak suyakning uchidagi tog‘ayga o‘xshagan qismi qolgan bo‘lsa o‘sishdan umid bor.
🔖Ko‘pincha shu qism mavjud bo‘lsa ham qonda Somototrop gormoni yetarli bo‘lmasligi tufayli bo‘y o‘smay qoladi. Ya’ni suyakning o‘sish nuqtalarini rag‘bantiruvchi vosita aynan Somototrop garmonidir.
Bu ukolni Endokrinolog nazorati ostida qabul qilish mumkin.
🪴Xulosa shuki, oyoq suyaklaringizni rentgen qilasiz va endokrinologga uchraysiz.

Qarshi shahrida glyukometr ishlab chiqariladi
Qashqadaryo viloyati markazida glyukoza miqdorini nazorat qilib, qandli diabet kasalligini aniqlashda foydalaniladigan tibbiy asbob — glyukometr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Qarshi shahrida Janubiy Koreyalik investorlar — “И-сенс Инc” kompaniyasi vakillari Allen Xan va Ji Dong Park bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi.
Viloyat rahbariyati hamda sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida oʻtgan muloqotda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi.
Voha endokrinologlarining ta’kidlashicha, mahalliy sharoitda glyukometr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilsa, qandli diabet kasalligi profilaktikasi va mulojasida imkoniyatlar yanada kengayadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

👍1🔥1
🔘Abu Ali ibn Sino shunday degan edi:
♻️"Agar muntazam ravishda badantarbiya mashqlari bilan shug'ullanilsa, dori-darmon iste'mol qilishga ehtiyoj qolmas edi"
"Rosululloh s.a.v ning tabobati" kitobidan
🚶Hech bo‘lmaganda, har kuni biroz piyoda yurishga odatlaning!

🌱Pankreatit🌱
📖Ta’rif;
Me’da osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi.
🏷Sabablari;
➖Alkogolizm,
➖Yolchitib ovqatlanmaslik yoki me’yoridan ortiq ovqat yoyish,
➖Oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi.
➖Infeksion kasalliklar,
➖Shikastlanishlar,
➖Qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi.
🍃Belgilari;
💭me’da osti bezi shishadi;
💭bezning yalligʻlangan qismi iriydi yoki toʻqimalari nobud boʻladi.
💭qorinning yuqori qismi qattiq ogʻriydi va ogʻriq orqaga tarqaladi
💭bemorning koʻngli aynib, qusadi,
💭yel kelmaydi,
💭ogʻriq zoʻrligidan hushdan ketib qoladi...
👨🏻⚕Davolash
Biz aytib oʻtgan belgilar va sabablar asosan, oʻtkir pankreatitga xos. Surunkali pankeratit esa, oʻtkir pankreatit natijasida yuzaga keladi va alomatlari deyarli, oʻtkir pankreatitga oʻxshab ketadi.
🖋Dorilar
💊Gavikson
💊Pankreatin
💊Mezim
💊Festal
💊Regidron
Mutaxasis ➖ Gastroenterolog!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Bolani allergik kasalliklardan himoya qilishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Qaysi modda, kimning organizmida allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi noma’lum, ammo ba’zi mahsulotlarning allergenlik xavfi yuqori, jumladan:
Sitrus mevalar, qulupnay, pomidor, chang, hayvon tuklari, dudlangan va konservalangan mahsulotlar;
Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga ushbu mahsulotlar iste’molini cheklash, uy hayvonlari bilan aloqa qildirmaslik, bolaning oʻrin -joyi hayvon parlaridan tayyorlanmagan boʻlishi lozim. Bola yashaydigan xonaning ozodaligi, oʻyinchoqlarning tozaligi va erta bahor mavsumida bolaning immuniteti baland boʻlishi tavsiya etiladi.
Ona allergik kasalliklar bilan kasallangan boʻlsa, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin allergolog-shifokor bilan maslahatlashishi lozim!

❓Qalqonsimon bez sintigrafiya tekshiruvi qachon va nima uchun qoʻllaniladi?
Sintigrafiya - zamonaviy nur diagnostika usullaridan biri boʻlib, organizmdagi funksional oʻzgarishlarning dastlabki bosqichlarida, kasalliklarni boshlangʻich davrida aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Sintigrafiya tekshiruvi orqali qalqonsimon bezdagi oʻzgarishlar, yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar, operatsiyadan oldingi va keyingi oʻzgarishlar, radioyodterapiyadan keyingi oʻzgarishlar aniqlanadi.
Ushbu tekshiruv usuli saraton kasalliklarida, boʻgʻimlardagi sababsiz ogʻriqlarda, suyaklar tez-tez sinishi va suyak-boʻgʻim kasalliklarida ham qoʻllaniladi.