Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Endokrinolog maslahati 📄✍️
#bepushtlik Kriptorxizm - bu tug'ma anomaliya bo'lib, unda bir yoki ikkala moyaklar skrotum(yorg'oq)ga tushmaydi, ammo qorin bo'shlig'ida yoki inguinal kanalda qoladi. Bu o'g'il bolalarda jinsiy rivojlanishning eng keng tarqalgan kongenital buzilishidir.…
Kriptorxizm sababli yorg'oqqa tushmagan moyaklarni yorg'oqqa tushirish operatsiyasi ORXIOPEKSIYA deb ataladi.

Ushbu operatsiyani erta oʻtkazish esa moyak saratoni havfini kamaytiradi.
Bir yoki ikki moyak bilan tugʻilgan har 500 ta erkakdan 1sida moyak saratoni rivojlanadi.
Kasallikning eng yuqori darajasi hayotning uchinchi va toʻrtinchi oʻn yillikda sodir boʻladi.
Agar moyak qorin boʻshligʻida boʻlsa havf yuqori, agar inguinal kanalda boʻlsa biroz kamroq havfda.

Moyaklari tushmagan erkaklarni sogʻlom erkaklarga nisbatan saraton havfi 20% ga yuqori.

1 tomonlama tushmagan moyak moyaklar bilan har 80 tadan bittasida va 2 tomonlama tushmagan moyaklar uchun 40-50 tadan bittasida yomon sifatli oʻsmalar uchraydi.
Bu oʻsmalar ichida eng uchraydigani seminoma(65%) hisoblanadi. Agar ORXIOPEKSIYA qilinsa bu holat 30% gacha kamayadi.

Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Bolaga telefonning zarari qanday?

Asosiy zarari bu bosh miya toʻqimalarining zararlanishi, ayrim tadqiqotchilar fikriga koʻra, birdaniga emas, balki oradan 15-20 yil oʻtgachgina aniq namoyon boʻladi. Shu sababli ular yaqin kelajakda bosh miya oʻsmasi bilan xastalangan yoshlar soni keskin oshib ketadi, deb hisoblashmoqda.

Negaki, har kuni atigi 15 daqiqa mobil telefonda gaplashishning oʻzi miyada saraton oʻsmasi hosil boʻlishi uchun yetarlidir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5 yoshgacha bolalarni qoʻliga shunday yuklamalar qilishdan tiyiling

🔶Bilak boʻgʻimining oʻrnidan siljishi yoki "Enaga tirsagi" degan sindrom shundan shakllanadi.

🔶Bolalarni koʻtarganda qoʻltiq ostidan ushlab koʻtaring

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👍1
Foliy kislotasi yoki vitamin B9

🔶 Qon ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, immun tizimi takomilida oʻrni bor. Oshqozon shilliq qavatlarini tiklaydi.

Xomiladorlar va emiziklilar albatta ichishi kerak. Shifokor nazoratida!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Bugun tunda kelarmish Bahor

Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Azizlar bahorga ham yetib keldik alhamdulillah
Barchaga goʻzallik fasli muborak!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak 🌙

Bahorning ilk kuni, bahorning ilk jumasi muborak!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2
🍃Rosululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladi:

1. «Haq bo‘la turib janjalni tark  etgan kishiga Jannat yonidagi bir uyga kafilman.

2. Hazildan bo‘lsa ham yolg‘onni tark etgan kishiga Jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman.

3. Go‘zal xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman», – dedilar.

(Abu Dovuddan rivoyat qilinadi)

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42
#bepushtlik

Kriptorxid moyaklardagi spermatogenezning kamayishiga sabab boʻluvchi bitta mexanizm haroratdir.

Yorg'oqdagi moyaklar harorati qorin bo'shlig'iga qaraganda kamida bir necha daraja sovuqroq.
20-asrning o'rtalarida hayvonlar ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, haroratni oshirish tug'ilishga zarar yetkazishi mumkin. Ba'zi dalillar shuni ko'rsatadiki, qattiq ichki kiyim va moyak haroratini uzoq vaqt davomida ko'taradigan boshqa amaliyotlar sperma sonining kamayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Shunga qaramay, so'nggi o'n yilliklarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tug'ilish muammosi oddiy harorat masalasiga qaraganda ancha murakkab.

Bundan nima kelib chiqadi: moyaklar yorg'oqda boʻlganda spermatozoid uchun komfort harorat boʻladi. Agar moyak joyi oʻzgarsa (masalan qorin boʻshligʻiga) harorat taʼsirida spermatozoid nobud boʻladi va oʻz oʻzidan bepushtlik sababi boʻla oladi.

Robbimiz shunday Chevar. Har bir azo va organ oʻz vazifasi joyi mavjud.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯3👍1
#hazil_time

— Ayting-chi, doktor, shunchalik qimmatmi operatsiya qilish ? Axir men xotinim va bolalarimni boqishim kerak.

- Men ham, azizim, men ham!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁6
Barcha uchun birdek oson jadval

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Qandli diabetda gipoglikemiya kelib chiqish sabablari

*Gipoglikemiya - qonda qand miqdori pasayib ketishi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Ozgina kechikkan lekin dolzarb mavzu

Qandli diabeti mavjud insonlar hozirda sumalakni qonda qandni oshirishi haqida bilib yoki bilmay isteʼmol qilishmoqda

Maʼlumki sumalak bugʻdoyni undirib tayyorlanadi
Un qoʻshiladi hatto bazi joylarda shakar yoki novvot ham qoʻshiladi ekan.

Bu mahsulotlar barchasi qonda qandni yuqori chegaralarga olib chiqishi mumkin

Tayyorlangan sumalakni tamini bilish uchun ozroq yeb koʻring lekin toʻyguncha yeyish sizga asoratlar olib kelishi mumkin ekanini unitmang.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#hazil_time

Bakteriyalarni hayron qoldiring😄

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁6👍4
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )

🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.

🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.

🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.


@endocrinoo
Ozish uchun nima qilay deguvchilar uchun juda oz qoldi.

Tayyor turing!
Qorindagi yogʻni ham tanadagi dardni ham yozilgan gunohlarni ham yuvish fursati yaqin azizlar.

Ramazondan foydalanib qoling.

Hurmat bilan kanal admini!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥4👏1
#asorat

Gastrointestinal sindrom

Qandli diabet sababli kelib chiquvchi sindrom. Neyropatiya bilan bog'lashadi.
Kechishida ichaklar motor funksiyasi buziladi,gastroezofagal refluks,zarda boʻlish kuzatiladi.

Klinikasi
Koʻkrak soxada ogʻriq,
disfagiya,
koʻngil aynish,
surunkali yoʻtal,
regurgitatsiya(ovqatdan soʻng)

Davolash
Yotish holatini oʻzgartirish
Vertikal holatni saqlash
Ovqatlanishni toʻgʻrilash(yogʻ,shokolad,alkogol, shoʻr, achchiq)
Tasma va qisuvchi kiyimlardan cheklash
Semizlikni yengish
Chekishni tashlash

Proton pompa ingibitori
Xirurgik -fundoplastika

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Endokrinolog maslahati 📄✍️
#asorat Gastrointestinal sindrom Qandli diabet sababli kelib chiquvchi sindrom. Neyropatiya bilan bog'lashadi. Kechishida ichaklar motor funksiyasi buziladi,gastroezofagal refluks,zarda boʻlish kuzatiladi. Klinikasi Koʻkrak soxada ogʻriq, disfagiya, …
#asorat

Gastroenterolog alomatlar qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning 75% qismida kuzatiladi.

Ushbu bemorlarning :
2-27% qismida disfagiya
7-29% gastroparez
0-22% diareya
2-60% ich qotishi
1-20% ahlat tuta olmaslik kuzatiladi.

Sodda qilib aytganda ich qotishi va oʻtishi almashib turuvchi bu holat aynan qandli diabet asorati hisoblanadi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Forwarded from Shokirjonov news
Qiziq, kuni kelib Rossiya rusiyzabonlar va oʻzbek tilini kirillcha yozadigan oʻzbeklardan iborat loyal bir hududni qolgan Oʻzbekistondan ajratib olib, Rossiyaga qoʻshib olish istagini bildirsa, ayni paytda SSSR tiklanishi tarafdori boʻlgan hamda rus grafikasiga asoslangan alifboda yozayotgan oʻzbeklarimizning qanchasi bu "tashabbus"ni qoʻllar ekan?

Bunaqa boʻlishi mumkin emas, deysizmi?

Rossiya 35 yildan buyon Moldovada shu ishni qilmoqda. Moldova lotinchaga 1989-yilda oʻtgan. Undan ajratib olingan va ayni damda Rossiyaga qoʻshib olinishini soʻrayotgan Dnestrboʻyida moldovan tili hamon kirillcha imloda majburan yozdiriladi.

Demak, xulosa qilish mumkinki, bizda hamon kirillcha yozayotganlar yo atay SSSR hamda Rossiya tarafdori, yoki bilib-bilmay oʻrislarning tegirmoniga suv quymoqda. Chunki Putin Rossiyasi nafaqat oʻris tilini, oʻris harflaridan foydalanayotgan boshqa millatlarni ham oʻz mulki deb biladi.

Siz Rossiyaning mulkimisiz? Yoʻq? Unda oʻzingizni isloh qiling.

Qonun boʻyicha oʻzbeklarning rasmiy alifbosi lotincha. Ishonmasangiz — qoʻlingizdagi milliy valutamiz boʻlgan soʻmga, maktab darsliklariga yoki davlat sizga bergan pasportni ochib qarang — qaysi imloda ekan.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Oʻzbekiston aholisining necha foizi tamaki chekishi maʼlum qilindi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 1,3 milliardga yaqin odam muntazam ravishda chekadi yoki boshqa shakllarda tamaki isteʼmol qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklarning taxminan 47 foizi va ayollarning taxminan 12 foizi chekadi. Chekishni erta boshlash va 20 yildan ortiq vaqt davomida muntazam chekish umr koʻrish davomiyligini 20-25 yilga qisqartiradi. Oʻzbekiston aholisining (18-69 yoshdagi) 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Shuningdek, aholining 9,9 foizi - erkaklarning 20 foizi, ayollarning 0,4 foizi tutunsiz tamaki chekadi. Tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi nosvoy chekadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 1,7 foizi – oʻgʻil bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi. Bunda oʻsmirlarning 7,7 foizi – 10 foiz oʻgʻil bolalar, 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta boʻlsa ham chekib koʻrgan.

Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 7,0 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni taʼsirida boʻladi.

Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi oʻsib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq taʼsir qiladi. Bu haqda sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari qatʼiy ogohlantirmoqda. Oʻsmir yoshdagilarga tamaki va uning boshqa shakllari toksik taʼsir qilib, salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan:

- nafas olish yoʻllari – tomoq-burun, halqum, traxeya, bronxlar, oʻpkaga salbiy taʼsir koʻrsatadi;
- oʻpkalarda yiliga 1 kg gacha qatron yigʻiladi. Qatronlar kanserogen modda boʻlib, oʻpka saratonini rivojlantiradi. Chekuvchilarda surunkali bronxit, bronxoektaz va oʻpka emfizemasi rivojlanadi, bu esa nafas yetishmovchiligiga olib keladi;
- koʻrish va xotira yomonlashadi, mushaklarning kuchi kamayadi;
- yurakning muddatidan oldin qarishi ortadi, nerv hujayralari oʻladi;
- teri quriydi, husnbuzarlar toshib ketadi;
- tana oʻsishdan toʻxtaydi, eshitish pasayadi, uyqu buziladi;
- jinsiy ojizlik, farzand koʻrish tizimida muammolar (erta bepushtlik), gormonal buzilishlar paydo boʻladi;
- ateroskleroz, yurak miokardi infarkti, insult, gastrit va oshqozon-ichak yaralari bilan kasallanishlar kuzatiladi.

“Bular sigaret, nosvoy va snyus kabi oʻta zararli odatlarning zamonaviy tibbiyot tomonidan hozirgacha isbotlangan oqibatlari. Hali bizga maʼlum boʻlmagan zararlari ham borligiga shubha yoʻq”, – deyiladi xabarda.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi

Olimlarning fikriga koʻra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik boʻyicha global koʻrsatkich ikki baravar, bolalar va oʻsmirlar orasida esa toʻrt baravar koʻpaydi.

2022-yilda dunyodagi 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkizinchi kishining bir nafari ortiqcha vazndan aziyat chekkan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Lancet jurnalida nashr etilgan tadqiqotga asoslanib xabar bermoqda.

“1990-yildan buyon kattalar orasida semizlik holati dunyoda ikki baravar koʻpaydi. Bolalar va oʻsmirlar (5 yoshdan 19 yoshgacha) orasida esa koʻrsatkich toʻrt baravarni tashkil etadi”, — deyiladi JSST xabarida.

Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, toʻyib ovqatlanmaslik — koʻlamning pasayishiga qaramay — aholining koʻp sonli guruhlari, ayniqsa, janubi-sharqiy Osiyo va Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismida jiddiy muammo boʻlib qolmoqda. JSST maʼlumotlariga koʻra, toʻyib ovqatlanmaslik 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimiga olib keluvchi holatlarining yarmini tashkil etadi.

Oʻz navbatida, semizlik yurak-qon tomir tizimiga oid, shuningdek, diabet va saraton kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklarga olib kelishi mumkin, deya ogohlantiradi JSST.

“Yangi tadqiqot semizlikning oldini olish va davolashda toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik va sifatli tibbiy yordam muhim ekanini koʻrsatmoqda”, — dedi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

Uning soʻzlariga koʻra, semizlikka qarshi kurashishdagi global maqsadlarga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar, hukumatlar va jamiyatning jamoaviy saʼy-harakatlari hamda JSST koʻmagidagi sogʻliqni saqlash muassasalari talab qilinadi. Gebreyesus mahsulotlarining isteʼmolchi salomatligiga taʼsiri uchun javobgar boʻlgan xususiy sektorning hamkorligi ham zarurligini taʼkidladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii