❓Qand miqdorini aniqlash uchun qon topshirishda qanday qoidalar mavjud?
Qonda glyukoza miqdorini uy sharoitida glyukometr yordamida va laboratoriyaga qon topshirish orqali aniqlash mumkin. Bunda bir nechta qoidalar mavjud boʻlib, ularga rioya qilmaslik tekshiruvlarning notoʻgʻri chiqishiga ta’sir qiladi.
- Qon ertalab och qoringa topshiriladi. Bunda bemor oxirgi 8-12 soat davomida hech narsa yemagan, yaxshi uxlagan va asabiylashmagan holatda boʻlishi lozim.
- Kechqurun faqat suv ichish mumkin. Uyqudan uygʻongach ovqatlanish, suv ichish va tish yuvish ham mumkin emas. Tish tozalash uchun vosita tarkibida ham shakar yoki shunga oʻxshash moddalar mavjud boʻlishi va bu ogʻiz boʻshligʻi orqali soʻrilib, tekshiruvlar natijasiga ta’sir qilishi mumkin.
- Qon topshirishdan bir kun oldin spirtli ichimliklar ichish, kechki taomga juda yogʻli ovqatlar, shirinliklar va koʻp miqdorda mevalar iste’mol qilish ham tavsiya etilmaydi.
- Stress, uyqusizlik, kechqurun yoki erta tongda asabiylashish ham natijalarga ta’sir koʻrsatadi.
@endocrinoo

👍3
Semiz odam va tuya.
Tanadagi ortiqcha yogʻ bu xayotni kritik laxzalari uchun asrab qoʻyiladigan kilokalloriyadir. Oʻrtacha odamda 10 ming kkal energiya zaxirada yogʻ toʻqima shaklida turadi. Semiz odamda bu koʻrsatkich 100 ming kkal va undan oshiqroq boʻladi.
Tuya uzoq safarlardan oldin oʻrkachlariga yogʻ yigʻadi. Maqsad choʻldagi kritik vaziyatda omon qolish.
Agar siz choʻlda yoki ochlik va suvsizlik taxdid qilmayotgan sharoitda yashayotgan boʻlsangiz ozishingiz kerak.
😀

🧷Bugun ozishni boshlamayapsizmi, buginingiz xam orzuga aylanadi.
Aytaylik, bugun 80 kg siz. Bir oy yoki 20 kundan keyin 85 kgga aylanasiz. Bugun 75 kgni orzu qilib turgan boʻlsangiz, 20 kundan keyin 80 kg ni orzu qila boshlaysiz.
Juda koʻpchiligimiz internetdagi dorilar ozdirmaganidan noliydi. Menga xam yuzlab maktublar shular toʻgʻrisida fikr soʻrashadi.
Aslida, hamma kalit oʻzingizda. Faqat buni tan olmaysiz.

👍2
🛑 Qalqonsimon oldi bezi kasalliklarini 3 guruhga boʻlamiz
1.Giperparatireoz
2.Gipoparatireoz
3.Qalqonsimon oldi bezi oʻsmasi
🤕 Giperparatireoz - eng koʻp uchraydigan turi.Bunda bir nechta bezchalarda giperproduksiya kuzatiladi va PG ortadi.Bu qonda kalsiy miqdorini oshishiga olib keladi-giperkaltsemiya.
Qonda kalsiyni ortishi quyidagilarga sabab boʻladi :
✓ Osteoporoz
✓ Buyrak toshlari
✓ Yurak kasalliklari
✓ A/B ortishi
Koʻpchilikda birlamchi Giperparatireoz simptomlarsiz kechadi,ba’zilarida yengil klinika beradi :
✓ Muskullar xolsizligi
✓ Charchash
✓ Uyquga talab ortishi
✓ Depressiya
✓ Boʻgʻim va suyaklarda ogʻriq
✓ Chanqash va diurez kuchayishi
✓ Ishtaha pasayishi
Giperparatireoz koʻpincha 50-60 yoshlarda uchraydi. Ayollarda 3-marta koʻp uchraydi. Buyraklar faoliyatida buzilishlar xisobiga ham kelib chiqishi mumkin va bu ikkilamchi Giperparatireoz deyiladi.

Ovulyatsiyani bilish ayol uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Chunki ovulyasiya kuni va undan bir necha kun oldin va keyin amalga oshirilgan jinsiy aloqadan so'ng ayolning (boshqa faktorlar mavjud bo'lmasa - masalan jinsiy kasalliklar, qo'shimcha saqlanish vositalardan foydalanish va hokazo) homilador bo'lish ehtimoli yuqori bo'ladi.
Ovulyasiyaga qarab er-xotin homiladorlikdan saqlanishi mumkin, ya'ni o'vulyasiya kunlari jinsiy aloqa qilinmaydi yoki jinsiy aloqa bo'lsa ham prezervativdan foydalaniladi. Ammo ovulyasiya bo'layotganini aniq bilish juda qiyin.
Ovulyasiyani qanday aniqlash mumkin:
1. Ultra tovushli diagnostika orqali (eng aniq yo'l).
2. Ovulyasiya testlari (dorixonada sotiladigan maxsus test: siydik testerga tomchilash yordamida ovulyatsiya yaqinlashayotgani aniqlanadi).
3. Qon tekshiruvi.
4. Rektal (anusdagi) haroratni kuzatish (bunda bir necha oy davomida rektal harorat aniqlanadi. Buning uchun har kuni ertalab o'rindan turmasdan anusga termometr joylashtirilib, 5 daqiqa davomida ushlanadi. Har kungi harorat yozib boriladi. Haroratning muntazam ko'tarilishi ovulyatsiya jarayoni yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Haroratning eng yuqori darajaga ko'tarilgani ovulyasiya yaqinlashganini ko'rsatadi. Haroratning ko'tarilib pasayib borishi ovulyasiya o'tib ketganini ko'rsatadi. Agar harorat ko'tarilgan holda qolsa, demak homiladorlik vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Bu usul jinsiy a'zolarda infeksion kasallik mavjud bo'lmagandagina ishonchlidir)
5. Qindagi suyuqlik (ovulyasiya paytida qindan ajraladigan suyuqlik ko'payadi, cho'ziluvchan va tuxum oqiga o'xshash rangda bo'ladi. Ovulyasiya o'tgandan keyin qindagi suyuqlik ancha kamaygani yoki umuman yo'q bo'lgani seziladi).
6. Og'riq (hayz siklining o'rtalarida paydo bo'ladigan bel, ko'krak va qorin pastidagi og'riqlar ovulyatsiya jarayoni bo'layotganidan dalolat berishi mumkin).
7. Ayrim ayollarda ovulyatsiya paytida libido (jinsiy aloqaga intilish) kuchayishi kuzatiladi.
Homiladorlikdan saqlanish vositasida ovulyatsiya kunini hisoblab yurish yo'li (ovulyasiya kuni atrofida jinsiy aloqa qilmaslik yoki aloqa davomida prezervativdan foydalanish) ishonchsiz bo'lishiga qaramay, ko'pchilik undan foydalanadi. Homilador bo'lishni istagan har bir ayol esa aynan ovulyatsiya kuni yoki undan bir necha kun oldin va keyin jinsiy aloqada bo'lishi kerak.

👍4
🌱Bazedov kasalligi🌱
📖Ta’rif;
Diffuz toksik buqoq – autoimmun endokrin kasallik. Yengil va asoratlangan holda kechishi mumkin.
🏷Sabablari;
➖Nasliy moyillik;
➖Surunkali kasalliklar;
➖Autoimmun kasalliklar (qandli diabet, vitiligo);
➖Yod saqlovchi preparatlarni koʻp istemol qilish.
🍃Belgilari;
➖Koʻz yoriqlarini kattlashishi, koʻz boʻrtishi;
➖Koʻzda quruqlashish va ogʻriq;
➖Konyuktivit;
➖Buqoq bezi kattalashishi;
➖Yurak tez urishi;
➖Aritmiya;
➖Nafas tezlashishi;
➖Vazn tez kamayishi;
➖Issiqlik sezish;
➖Suyak mustahkamligi pasayishi.
👨🏻⚕Davolash:
🌱Antitireoid preparatlar;
🌱Radioaktiv yod bilan terapiya;
🌱Jarrohlik amaliyoti – dori moddalarga allergiya yuzaga kelsa, qonda leykotsitlar miqdori kamayganda va yurak-qon tomir sistemasidagi oʻzgarishlar yuzaga kelganda qoʻllaniladi.

👍2❤1
QANDAY HOLATLAR KESARCHA KESISHGA KOʻRSATMA BOʻLADI?
✅ Tugʻruq tabiiy jarayon boʻlib, ona organizmi homiladorlik vaqtida bunga tayyorlanib boradi. Ammo ayrim holatlar sababli tugʻruq ona yoki bola hayotiga xavf solishi mumkin. Ushbu holatlarda kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti qoʻllaniladi. Kesarcha kesish amaliyoti 2 xil boʻlib, rejali va shoshilinch boʻladi. Rejali kesarcha kesish shifokor tomonidan tavsiya etilib, belgilanadi.
🔻Shoshilinch kesarcha kesish uchun koʻrsatmalar (rasmda):
• Homila suvining erta ketishi,
• Yoʻldoshning barvaqt koʻchishi,
• Homila boshi bilan emas tananing boshqa qismlari bilan kelishi.
🔹Rejali kesarcha kesish uchun koʻrsatmalar:
• Ona chanoq qismining tor va kichikligi,
• Homila hajmining kattaligi,
• Yoʻldoshning notoʻgʻri joylashishi,
• Onadagi buyrak va yurak kasalliklari,
• Bachadon miomasi,
• Koʻrish oʻtkirligi bilan bogʻliq muammolar.
❗️ Ushbu jarrohlik amaliyotidan soʻng qayta homiladorlikni rejalashtirish 2-3-yildan keyin amalga oshiriladi.

Ota-ona qon rezus-faktorining musbat va manfiy boʻlishi homilaga ta’siri bormi?
✅ Rezus-faktor (Рҳ) – musbat (+) va manfiy (-) boʻlib, qon tarkibidagi qizil qon tanachalari yuzasida joylashgan D antigenining borligiga koʻra farqlanadi.
☑️ Rezus-konflikt homiladorlik davrida ona va homila oʻrtasida qon guruhi sababli yuzaga keladigan muammolar boʻlib, ushbu muammolar asosan onaning qon guruhi manfiy (-) boʻlganda kuzatiladi. Bunda homiladorlik yoki tugʻuruqning qiyin kechishi, bolada sariqlik holatlari kuzatiladi.
🔸Shu sababli homilador ayollarning barchasi homiladorlikning ilk bosqichlarida qon topshiradi. Qon natijalariga qarab, homilador ayol uchun maxsus in’yeksiyalar tavsiya etiladi, homiladorlik davrida va tugʻuruqdan keyin shifokor tomonidan maxsus davo choralari amalga oshiriladi. Bundan tashqari rezus-manfiy qon guruhiga ega boʻlsa-da,tugʻuruqdan oldin shifokor tavsiyalariga amal qilish yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olishga yordam beradi.

#Iqtibos
Ayollarni xorlashni yaxshi koʻradigan kishini koʻrsang, aniq bilginki, u erkaklardan qoʻrqadi.
Ayollarni qadrlaydigan kishini koʻrsang, bilginki, undan erkaklar ham hayiqib turadi!!!

O‘t suyuqligining qandli diabetga aloqasi bormi?
🔍O't yo'llari oshqozon osti bezi orqali o'tadi va uning kanali bilan birga o'n ikki barmoqli ichakka chiqadi. Ammo ba‘zida bu kanalni o‘t qopida hosil bo‘lgan toshchalar to‘sib qo‘yishi mumkin
⭕️Agar oshqozon osti bezi kanali tiqilib qolsa, agressiv fermentlar bezning o'ziga zarar etkaza boshlaydi. Bu pankreatitga olib keladi.
🔰Insulin gormoni faqat oshqozon osti bezida sintezlanadi. Pankreatit insulin ishlab chiqarishning pasayishiga va diabetga olib keladi.
Xech bir kasallikka befarq boʻlmang

Stressning sochlarga ta'siri.
📕Uzoq muddatli stress bilan soch follikulalari yetarlicha ozuqa moddalarini ololmaydi va soch to‘kilishi, oqarishi kuzatiladi.

Gigantizm kasallikmi?
📈Gigantizm—gipofiz bezidan ajraladigan somatotrop gormonining ko‘p ishlab chiqarilishi natijasida vujudga keladi.
📒Gigantizmda muskullar oldiniga baquvvat boʻlishi mumkin, keyinchalik esa kuchsizlanib qoladi. Xotira, ruhiy faoliyat hamda jinsiy funksiyalarning buzilishi, shuningdek gormonal oʻzgarishlar (qalqonsimon bez, meʼda osti bezi, jinsiy bezlarda) kuzatiladi
⭕️Agar bola tengqurlaridan ancha baland boʻlsa, vrachga murojaat qilib, tegishli maslahatlar olish lozim. Gormonal preparatlar, nur bilan davolash koʻpincha yaxshi naf beradi

🌙
Assalomu alaykum
Iyd ul Fitr ramazon roʻzasiga yetkazgan Robbimizga hamdu sanolar boʻlsin
Aziz dindoshim qilgan yaxshi amallaringiz ajrini Alloh ziyoda qilib bersin
Alloh bemorlarga shifoyi komil ato etsin
Shifoda bizni sababchi qilgan boʻlsa biz bundan benihoya baxtiyormiz
Barchangizga sogʻlik va salomatlik hamroh boʻlsin
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

🎉3
Dedi: "Hayitga nima olay?"
Dedim: "Keksalardan koʻngil ol,
Bolalardan tabassum,
Eplasang, faqirlardan DUO ol...
@endocrinoo
Dedim: "Keksalardan koʻngil ol,
Bolalardan tabassum,
Eplasang, faqirlardan DUO ol...
@endocrinoo
🎉3🔥1👏1
#Qiziq
Moris Tillet 1903-yilda Rossiyada Fransuz oilasida tugʻilgan. Bolaligida Moris tashqi koʻrinishidan tengdoshlaridan farq qilmasdi va juda chiroyli yuz xususiyatlariga ega boʻlgan. Lekin 17 yoshida hamma narsa oʻzgardi. Unda kam uchraydigan kasallik akromegaliya rivojlana boshladi va suyaklarning dahshatli nomutanosib koʻpayishiga olib keldi. Ayniqsa yuzida. U AQSHga borib u yerda professional kurashchi boʻldi, 14 tilni oʻrgandi, shaxmat oʻynashni ajoyib tarzda oʻrgandi. Kasallik avj oldi va 51 yoshida Moris yurak xurujidan vafot etdi. Keyinchalik mashhur multfilm qahramoni Shrek aynan uning qiyofasidan yaratilgan.

👍3❤1
Sogʻlom odam bu - yaxshi tekshirilmagan odam. Yaxshiroq tekshirilsa nimadir albatta topiladi.
👨🏼🦳 Bernard Shou
@endocrinoo
👨🏼🦳 Bernard Shou
@endocrinoo
👍5🔥2
🏥
Alkogol organizm uchun genetik darajada zararli
Spirtli ichimliklar karsinogen moddalar toifasiga kiradi. Bu degani, ular saraton kasalligiga yetaklashi mumkin. Yangi izlanishlarga ko’ra esa alkogol organizm uchun genetik darajada ham zararli ekan. Olimlar spirtli ichimliklarni kamroq iste’mol qilish yoki ulardan voz kechishni tavsiya etmoqda.
Ba’zilar Yangi yilda qadah ko’taradi. Ba’zilar esa kechki ovqatni bir bokal vinosiz tasavvur qila olmaydi. Yangi tadqiqotga ko’ra, spirtli ichimliklar rakning yetti turiga chalinish ehtimolini kuchaytiradi.
“Alkogol aynan qanday qilib organizmga ziyon yetkazishi jumboq bo’lib turibdi. Xulosamiz shuki, spirt hazm bo’layotganda, energiyaga aylanish jarayonida toksinlar paydo bo’lib, genlar majmuasiga hujum qiladi. Buzilgan DNK qayta tiklanmaydi”, - deydi Ketan Patel, izlanish muallifi.
Toksinning nomi - asetaldegid. Bu kimyoviy modda hujayralarga qanday ta’sir ko’rsatishi laboratoriyada sichqonlarda sinab ko’rilgan.
“Organizmda hujayraning muhim bir turi bor - u ham bo’lsa ildiz hujayra. Asetaldegid moddasidan tanamizda yangilanib turuvchi ana shu ildiz hujayra ziyon ko’radi”, - deydi olim.
Sog’lom hujayralar o’zini tiklay olmasligi rak kasalligi paydo bo’lishiga olib keladi.
“Izlanish davomida qon hujayralaridagi xromosomalar, ya’ni DNK, fundamental jihatdan o’zgarganini ko’rdik. Hujayralar yangilanib turishi yoki saratonga yetaklashini ana shu o’zgarish belgilab beradi”, - deydi Ketan Patel.
Organizmda asetaldegid moddasi katta miqdorda yig’ilib qolmasligi zarur. Aksariyat odamlar organizmida buni ta’minlovchi fermentlar bor.
“Sichqonlarda bu fermentlarni olib tashlaganimizda shuni kuzatdikki, oz miqdorda ichish ham qon hosil qiluvchi hujayralarga jiddiy zarar yetkazar ekan”.
Organizmda genlar majmuasini ta’mirlovchi tabiiy mexanizmlar bor, deydi olim, lekin ichkilikbozlik bu himoya tizimlarini ishdan chiqaradi.

🦋Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot
Qalqonsimon bez eng muhim endokrin a’zo boʻlib, uning funksiyasi gormonlarning murakkab tizimi bilan belgilanadi. Bu juda kichik, lekin juda kuchli bez boʻlib, kapalak shakliga ega va boʻyin tagida joylashgan. Uni kayfiyatni, metabolizmni, yurak urishini, haroratni va nafas olishni tartibga soluvchi oʻziga xos nazorat markazi deb atash mumkin.
Gipotireoz — tanada juda kam qalqonsimon gormon ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Ushbu holatning alomatlari har xil boʻlsa-da, charchoq hissi, vazn ortishi, ich qotishi, shishgan yuz va aqliy zaiflik tez-tez uchraydi. Bu yod tanqisligidan tugʻuruqdan keyingi tiroiditgacha boʻlgan turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Gipertireoz — tanada juda koʻp tiroid gormoni ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Odatda bu holat uyqu, mushaklar kuchsizligi, giperaktivlik, qizib ketish hissi va asabiylashish bilan bogʻliq muammolar bilan ajralib turadi. Shuningdek, ortiqcha yod va qalqonsimon bez yalligʻlanishidan Greyvs kasalligigacha boʻlgan koʻplab anormalliklarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Qalqonsimon bezning holatiga nafaqat genlar, balki atrof-muhit va turmush tarzi, shu jumladan ovqatlanish ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradigan ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlar mavjud.
Qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasalliklar uchun yagona dori vositasi yoʻqligini va hatto ovqatlanish ham ahvolni butunlay oʻzgartira olmasligini yodda tutish kerak. Agar sizda qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasallik boʻlsa, turmush tarzini oʻzgartirishni tavsiya etishdan tashqari dori-darmonlar buyuradigan endokrinologga borganingiz ma’qul. Biroq, oʻz vaqtida uxlash, stressni boshqarish, muntazam jismoniy mashq va toʻgʻri ovqatlanishni kundalik tartibingizga kiritish juda muhimdir.
Bundan tashqari, shamollashga qarshi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez holatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Тҳе Caндида Диет kitobi muallifi diyetolog Liza Richardsning soʻzlariga koʻra, shamollashning oldini oladigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish Greyvs kasalligi yoki Hashimoto kabi autoimmun kasalliklarga chalingan odamlarga yordam beradi. «Nosogʻlom yoki nomutanosib ichak koʻplab salbiy oqibatlarga olib keladi, shu jumladan, zaif immunitet funksiyasi ham», — deydi Liza.
Ichak qalqonsimon bezni sogʻlom saqlashda va yalligʻlanishni nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. Antioksidantlar va kletchatkalar kabi ichak uchun foydali oziq moddalarga boy supermahsulotlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez kasalliklari va alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.
Yalligʻlanishga qarshi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
– yogʻli baliq (masalan, losos va seld baligʻi)
– yongʻoqlar;
– urugʻlar;
– rezavorlar;
– zaytun moyi.
Qalqonsimon bez uchun eng foydali taomlar qatoriga antioksidantlar, kletchatkalar, A, S vitamini, magniy, kaliy, sink va selenga boy ovqatlar kiradi:
– qovoq urugʻlari;
– Braziliya yongʻogʻi;
– chernika;
– qora shokolad (70-85 foiz kakao);
– olma;
– tuhum.
Kuniga 300 gramm quritilgan qovoq urugʻini iste’mol qilish tiroid gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan modda — ruxga boʻlgan kunlik ehtiyojni qondiradi.