Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Glisin ichmang. Uyingizga bora olmay qolasiz 😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁5
Semizlik va #bepushtlik

Jismoniy faoliyatni baholash ham zarur. Bemorlar ovqat kaloriyasini
hisobiga olmagan holda o'z jismoniy faoliyatiga ko'proq urgʻu berishadi.
Ko'zdan kechirishda semizlikning xususiyati, yog' to'planish tipi,klinik
belgilar(gipotireoz, giperkortisizm) simptom sifatida semizlikni ifoda etuvchi holatlarga e'tibor qaratiladi.

Bemorda tekshiruv jarayonida gastroptoz, gepatomegaliya, pankreatitning og'riqli shakllari aniqlanadi.

Ayollar yog' to'qimasida estrogenlar va androgenlarning aromatizasiyasi kuchayib ketishi bilan birga semizlik bachadon va sut bezi o'smasi,tuxumdonlar polikistozi, bepushtlikka sabab bo'ladi. Bu holat
erkaklarda Lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishiga to'sqinlik qilish bilan birga gipogonadizm rivojlanishiga olib keladi.

Yog' to'qimasining ortiqchaligi spermatogenezning buzilishiga,yani moyaklar uchun noqulay sharoit(termostat effekti)yuzaga kelishi bilan asoslanadi.

Demak bundan ayon boʻladiki semizlik ham erkak ham ayollarda bepushtlikka sabab boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
🌿 Ibn Javziy rohimahullohni gaplarini hamma bilsa kerak-a?

«Agar jannatda oralaringda meni topmasangiz, Robbimdan:
“Bir bandang bizga Seni eslatardi”, deb soʻrang...»

Robbimni huzurida meni ham bir eslab qoʻying...
Topa olmasangiz, yolvoraman meni qidiring…
Hech boʻlmasa bir marta bo’lsa ham Robbimni eslatdim deb oʻylayman...

Va umid qilaman-ki, Uni huzurida meni zararimga emas, foydamga guvohlik berasiz....

Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍1
🌿 Germaniyalik shifokor aytadi:

- Arablarda ko‘zoynak ishlatilishi kamdan-kam uchraydigan holat. Sababi esa, ular o‘ngdan chapga qarab to‘g‘ri o‘qishadi. Biz yevropaliklar esa, lotinchani chapdan o‘ngga qarab o‘qiymiz. Holbuki, yaratilishiga ko‘ra, ko‘z o‘ngdan chapga qarab o‘qishga moslashtirilgan.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏2🤔2
Yer yuzida ikkita omonlik bor edi...
biri ketdi...
biri qoldi...
Ketgani Rosululloh sollallohu alayhi vasallam...
Qolgani istig'for.


Ali Roziyallohu anhu.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5😢2
#bepushtlik

Moyak gipoplaziyasi patologiya bo'lib, uning asosiy belgisi erkak moyaklar hajmining pasayishi hisoblanadi. Bu xususiyat ko'pincha gormonal muvozanat bilan birga keladi, og'ir holatlarda - libido pasayishi va bepushtlikka sabab boʻladi.

Zamonaviy davolash endokrin tizimning faoliyatini normallashtirish uchun dori terapiyasini, shuningdek, tashqi jinsiy a'zolarning estetikasini tiklash uchun jarrohlik amaliyotini o'z ichiga oladi.

Moyaklar erkak jinsiy tizimining juftlashgan organlari bo'lib, ular reproduktiv va endokrin funktsiyalarga ega.

Moyak gipoplaziyasi - bu o'ng, chap yoki ikkala moyak normal o'lchamdan kichik kongenital anomaliya. Bolalarning 2-6% da uchraydi.

Klinik koʻrishiga koʻra turi:
🔴1 tomonlama (klinik simptomlar kam ifodalangan
🔴2 tomonlama (jiddiy asoratlarga sabab boʻladi)

Davomi pastda⬇️⬇️⬇️


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#bepushtlik

Moyak gipoplaziyasi (davomi)

Bolalarda moyak etishmovchiligi odatda noqulaylik tug'dirmaydi. Jinsiy organlarning tuzilishining o'ziga xos xususiyati pediatr tomonidan tekshiruv vaqtida aniqlanadi. 2 yoshga kelib, moyaklar skrotumga tushadi, agar ota-onalar ularning yo'qligini aniqlasa, darhol pediatrik urolog yoki andrologga murojaat qilishlari kerak. Agar kerak bo'lsa, moyakni tushirish va asoratlarni oldini olish uchun operatsiya o'tkaziladi.

Etiologiyasi:

•Genetik-irsiylik
•Xromosom-xromosoma defekti
•Tashqi-onadagi homiladorlik davridagi infeksiyalar

Differensial diagnostika:
•Kriptorxizm-moyak tushmasligi
•Aplaziya-moyak umuman yoʻqligi

Diagnostika:
•UTT
•Gormon tahlil
•Spermogramma

Davolash :
•Endokrinolog
•Androlog
•Urolog

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
D vitaminining qaysi shakli eng samarali so'riladi?

D vitaminining turli shakllari mavjud, ammo eng keng tarqalgan va qabul qilish oson D2 (ergokalsiferol) va D3 (xolekalsiferol) vitaminlari. Ikkala vitamin ham tanaga o'xshash ta'sirga ega, ammo birinchisi quyosh nuri va uni o'z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlaridan olinadi, ikkinchisi esa faqat oziq-ovqat orqali so'riladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, D3 vitamini juda oson va ko'proq miqdorda so'riladi, dozani oshirib yuborish xavfi kamroq.

Aslida, D2 va D3 provitaminlari bo'lib, inson jigari va buyraklarida ma'lum o'zgarishlardan so'ng vitaminning faol shakliga aylanadi.D3 vitaminini tabiiy ravishda ikki yo'l bilan olish mumkin - quyoshda bo'lish va dietangizga provitamin D3 ni o'z ichiga olgan oziq-ovqatlarni kiritish orqali. Biroq, birinchi usul kuniga 30 daqiqa quyosh nuriga ta'sir qilishni talab qiladi, bu har doim ham barcha iqlim sharoitida mumkin emas, ikkinchi usul esa ko'p miqdorda oziq-ovqat iste'mol qilishni talab qiladi.
Misol uchun, 400 xalqaro birlik (IU) xolekalsiferolni olish uchun kuniga 20 ta tovuq sarig'i yoki 850 g treska iste'mol qilish kerak, quyosh bo'lmasa, assimilyatsiya samaradorligi past bo'ladi.

D3 vitaminining bir nechta asosiy shakllari mavjud, masalan kapsulalar, baliq yog'i yoki soya yog'i bilan to'ldirilgan yumshoq kapsulalar, chaynaladigan konfetlar yoki pastilkalar va eritma.

Ko'pgina shifokorlarning fikriga ko'ra, D vitaminining suvda eriydigan shaklda so'rilishi eng yaxshisidir. So'rilish to'liq, tez, ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, ta'sir uzoqroq boʻladi.

Yog'da eriydigan xolekalsiferol yog'li ovqatlar bilan birga olinadi, normal so'rilishi uchun safro ham kerak. O't pufagi va jigar bilan bog'liq muammolar bo'lmagan bemorlar maksimal foyda olishadi. Agar tegishli patologiyalar aniqlansa, natijalar pasayadi. Ferment etishmovchiligi yoki buyrak kasalligi bo'lsa, D vitaminining moyli eritmasi printsipial jihatdan belgilanmaydi.

Tabletka shaklidan foydalanganda, murakkab ovqat hazm qilish jarayonlarining barcha bosqichlaridan o'tayotganda faol moddalarning bir qismi yo'qolishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
KORTIZOL miqdorini kamaytirish usullari

1. Sogʻlom uyqu (6 yoki 7,5 soat);
2. Nafas olish mashqlari;
3. Meditatsiya qilish;
4. Nimalarnidir ustida ishlang, masalan biror narsa yasash mumkin;
5. Hayolingizga kelgan narsalarni yozing (bunga alohida to'xtalamiz);
6. Sport bilan shugʻullaning, chunki bunda qonda adrenalin koʻpayadi va kortizolni parchalaydi;
7. Albatta kunda 1 soat o'zingiz yoqtirgan ishga (hobby) vaqt ajrating;
8. Tabiat qoʻynida sayr qiling;
9. Tez-tez tabassum qilib turing, oynaga qarab tirjaying;
10. Ratsionda kortizol miqdorini kamaytiradigan mahsulotlar ulushini koʻpaytiring.

Qaysi mahsulotlarni isteʼmol qilish qiziq boʻlsa reaksiya qoldiring

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥11👍1
KORTIZOL gormonini me’yorlashtirib, kayfiyatni koʻtaruvchi TOP–10 mahsulot

1. Goʻsht
2. Baliq
3. Dengiz karami
4. Banan
5. Achchiq qalampir
6. Yongʻoqlar
7. Shokolad
8. Ovsyanka yoki grechkali kasha
9. Tuxum
10. Pishloq

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#bepushtlik

Tajriba

101 nafar turmush qurgan erkaklarda bepushtlik tekshirilganda, ularda moyak gipoplaziyasi aniqlangan.
Ikkala jinsiy bezning uzun o'qi 30 mm dan qisqaroq edi. Ularning jinsiy rivojlanishi va jinsiy hayotdagi faolligi HTDM va SAM Anketalari yordamida o'rganildi.

Shuningdek 325 nafar normozoospermik erkaklar guruhi bilan taqqoslash shuni ko'rsatdiki, patologik guruhda jinsiy rivojlanish biroz kechikkan, ammo jinsiy hayotdagi faollik bir qator elementlarda sezilarli darajada past bo'lgan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#hazil_time

Tishi ogʻriganlar biladi a😅

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁6
Koʻplab bemorlar menda buqoq yoʻq ekan degan gapni aytadi. Qani UTT hulosasi deganimda esa koʻz bilan koʻrib qoʻl bilan ushlab aytib berdi shifokor deydi.

Dunyo boʻyicha bir statistika bilan sizlarni habardor qilsam.

Atigi 4% gina bemorda qoʻl va koʻz bilan toʻgʻri tashxis qoʻyish mumkin holos. Qolgan 96% qismida yanglishiladi.

Qoʻl bilan tugunni aniqlay olmagan hollarda ham 50% bemorlarda UTT da albatta tugun aniqlanadi.

Bugungi kunda shunday UTT uchun bemorni yuboramiz va albatta tugun degan xulosa bilan keladi degan gumonda boʻlamiz doim.

Oʻzingizni professionallarga topshiring
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

Matqovulga hayronman, kuni bilan 20ta sigaret chekadi, aroq ichadi, pivo ichadi, barcha zararli mahsulotlarni yeydi. Lekin choy uchun suvni 2 martta qaynatmaydi sababi u choʻkindi jinslarni koʻpayib zararli tasir qilishidan qoʻrqadi 😁😁😁

Hayrli tong Matqovullar

Ularga joʻnatib qoʻyamiz 😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁7👍1
Ishlatilgan shprisning mikroskop ostida koʻrinishi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥6👍3
Tibbiyot bu - shifokor va kasallik oʻrtasidagi kurash. Bemor qaysi tarafni tanlashi kurashning yakuni.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#hazil_time

Shifokorlar suhbatidan:
- qiziq , Amerikalik shifokorlar kabi oylik maosh olsang nimalarga sarflarding?

- bu qiziq emas, ular bizdek oylik olsa nima olardi? Shunisi qiziq😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁12
«Quramax Medisal» MCHJ direktori Singh Ragvendra Pratar 20 yil, Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlariga 16 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏1
❗️Kattalarda endemik buqoqning davolash usullarida ustunlik va kamchiliklar.

L-Tiroksin

Ustunligi: yuqori samaradorligi
Kamchiligi: dori to'xtatilgach buqoq qaytalanishi

Yod

Ustunligi: arzon va etiopatogenetik davo
Kamchiligi: 45 yoshdan keyin mumkin emasligi, yodindutsirlangan tireotoksikoz rivojlanishi mumkin

L-Tiroksin + Yod

Ustunligi: yuqori terapevtik samara. Nojoʻya tasiri kam. Doza monitoringi oson.
Kamchiligi: dori vositalarini narxi biroz yuqoriligi.

Endi bildingiz a nega kombinatsiyasi bilan ishlatilishini

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Qalqonsimon bezga zararli (strumogen) tasir etuvchi mahsulotlar (tiosionatlar):

Karam, sholgʻom, xren, makkajoʻxori, shirin kartoshka, loviya.

Yani anglagan boʻlsangiz ushbu mahsulotlar qalqonsimon bez ishiga salbiy tasir qilishi mumkin.
Qalqonsimon bezda muammo bormi unda ushbu mahsulotlarni parxez deb qabul qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Kayfiyat tana vazniga taʼsir qiladimi?

Agar kayfiyatingiz tushkun boʻlsa vazn ortishi ehtimoli ortadi, agar yaxshi yoki yuqori boʻlsa ortiqcha vazn chekinadi.

Organizm stress vaqtida boshqa biror narsadan rohatlanishni xohlaydi va bu holatda koʻpincha koʻproq ovqatlanib qoʻyadi, yaʼni shundan lazzat olgisi keladi. Bu esa semirishga sabab boʻladi. Baʼzi ayollarda esa erining eʼtiborsizligi va xohlaganidek sevilmasligi sabab vazn ortish holati kuzatiladi.

Shuning uchun kayfiyatni koʻtaring, miyangizdagi boshqalarga nisbatan nafrat tuygʻusini yaxshi koʻrish, muhabbat tuygʻusiga oʻzgartiring!
Yaxshi koʻrsangiz yaxshi koʻrilasiz ...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4