animation.gif
287.2 KB
Diabetli bemorlar uchun oyoqlar parvarishidan tafsiyalar:
1) Oyoqlarni har kuni illiq suv bilan yuving.
2) Oyoqlarni doim quruq saqlang, ayniqsa barmoqlar orasini.
3) Terini qurishiga qarshi choralar ko'ring. Oyogingida qurish yoki yorilishlar bo'lsa yog'li, vitamin E, glitserin yoki vazilinli kremlar surib parvarish qiling.
4) Oyoqlardagi qadoqni qurishi, yorilishlarni tekshirib turing.
5) Tirnoqlarni vaqtida oling kalta ham uzun ham bo'lmasin.
6) Paypoqni va oyoq kiyimni o'zingizga mosini yumshog'ini va siqmaydiganini kiying.
7) Oyoq kiyim doim illiq va quruq qulay bo'lsin.
8) Tashqarida oyoq jarohatlanish havfi bor joyda hech qachon oyoqyalang yurmang.
9) Oyoq kiyimni tekshiring unda sizni jarohatlovchi narsa bo'lmasin.
@endocrinoo

👍2
✅SEMIZLIK NIMA?
▶️Semizlik bu – organizmda ortiqcha miqdorda yogʻ toʻplanishidir.
Semizlikning kelib chiqishi asosan kamharakat hayot tarzi, yuqori kaloriyali va yengil hazm boʻluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini surunkali tarzda va ortiqcha miqdorda iste’mol qilish bilan bogʻliq!
▶️SEMIZLIKNI BARTARAF ETISH UCHUN NIMALARNI OʻZGARTIRISH KERAK?
1⃣ Har kuni imkoniyatga qarab, kamida 3-5 km faol tarzda piyoda yurish zarur (qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, albatta). Shuncha masofaga yugurish yana ham yaxshi boʻladi.
2⃣ Glikemik indeksi (iste’mol qilinganidan keyin qondagi qand miqdorini oshirish darajasi) past boʻlgan va ozuqaviy tolaga boy oziq-ovqat mahsulotlarini koʻproq iste’mol qilish kerak.
3⃣ Semizlikka olib keluvchi va biz koʻp iste’mol qiladiganimiz yana bir zararli mahsulot bu shakar va shakar qoʻshilgan yeguliklardir. U iste’mol qilingandan keyin ovqat hazm qilish traktida tez singadi, tezda qonga soʻriladi hamda qondagi qand miqdorini tez va koʻproq oshiradi. Biz shakar iste’molini keskin kamaytirib, uning oʻrniga koʻproq steviya iste’mol qilishimiz kerak.
▶️Bundan tashqari, ovqatlanish ratsionining asosini donli-dukkakli ekin mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yogʻsizlantirilgan yoki yogʻi kamaytirilgan sut-qatiq, koʻkatlar, yongʻoq, pista, bodom, goʻsht, tovuq goʻshti, baliq kabi mahsulotlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.
▶️Hayvon yogʻi mahsulotlari, oʻta qovurilgan ovqatlar, energetik ichimliklar, koʻp tuz qoʻshilgan oziq-ovqat maxsulotlarini doimiy tarzda iste’mol qilib yurish ham semizlik rivojlanishiga olib keladi va bu inson salomatligi uchun favqulodda xavflidir.

❤4👍2
✅GIPOFIZAR NANIZM
Oʻsish – bu organizmning rivojlanishi. Bolalarning oʻsishida gipofizning oʻsish gormoni, gipotalamus va qalqonsimon bez gormonlari, buyrak usti va jinsiy bezlar gormonlari qatnashadi. Oʻsish gormoni yetishmasligi koʻpgina kasalliklarda uchraydi.
🟢Gormon yetishmasligi gipofizar nanizmning bir turi hisoblanadi. Sogʻlom bolaning oʻsishi va voyaga yetgandagi oxirgi boʻy uzunligi tashqi va ichki irsiy, geografik, alimentar, ijtimoiy omillar ta’siriga bogʻliq. Shuningdek, uning hayot tarzi va toza havoda sayr qilishi, yetarlicha uyqu va harakatchanlik, endokrin bezlar faoliyati bilan uygʻun kechadi.
🟢Oʻsish gormoni yetishmasligida organizm rivojida tizimli buzilishlar sodir boʻlib, ogʻir kasallik – gipofizar nanizm(pakanalik) rivojlanadi.
Bunda bemorlarning ichki a’zolarida suyaklarning ingichkalashuvi, skeletning shakllanishi va juda sekin rivojlanadi. Ichki a’zolar kichkina, mushaklar va teri osti kletchatkasi yaxshi rivojlanmaydi.
‼️Nanizmning asosiy belgilari – boʻyning oʻsishi va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish. Koʻpincha bolalar tugʻilganda boʻyi va vazni me’yorda boʻladi. Pakanalik belgilari 2-4 yoshdan keyin namoyon boʻla boshlaydi. Shifokor – pediatr bemorni koʻrganda tana mutanosibligi jismoniy orqada qolgan, teri quruqroq boʻlib, teri ostki kletchatkasi sekin rivojlanadi. Bemorda ishtaha pasayib, qabziyatga moyillik kuzatiladi. Yurak zarblari sekin va zaif hamda tomir urishi sust, arterial qon bosim past boʻladi.
Bemorni davolash yillar davomida olib boriladi. Har bir bolaga oʻziga xos davo belgilanadi. Davolash kompleks ravishda olib boriladi. Eng avvalo kasallik sabablarini aniqlash va davolash zarur. Bemorga parhez buyuriladi.

✅HAR BIR AYOL BILISHI KERAK BOʻLGAN POLIKISTOZGA XOS 6 SIMPTOM
🟢Har ikkinchi ayolning bittasida uchraydigan tuxumdonlar polikistozi sindromi ayollardagi bepushtlikka xos keng tarqalgan sabab sanaladi. Shu bilan birga, hayot davomiyligiga ta’sir qiluvchi bir qancha xavfli kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻladi.
Quyidagi simptomlar kuzatilgan ayollarga zudlik bilan shifokorga borish tavsiya qilinadi.
1⃣HAYZ SIKLINING BUZILISHI
Erkaklarga xos simptomning kamayishi bilan tuxumdonlar faoliyati susayib, ovulyatsiya yomonlashadi. Shu sabab ham hayz siklida muammo kuzatilishi mumkin. Doimiy ravishda boʻlmasa va soʻnggi vaqtda muammo jadallashsa, shifokorga murojaat qiling. Qolaversa, tuxumdonlar polikistozi vaqtida ovulyatsiya testi notoʻgʻri natijani koʻrsatishi mumkin. Ammo oʻz vaqtida shifokorga murojaat qilinsa, muammoga yechim topish mumkin.
2⃣SOCh BILAN BOGʻLIQ MUAMMOLAR
Tuxumdonida polikistoz rivojlanayotgan ayollarda aksariyat hollarda soch toʻkilishi kuzatiladi. Yuzda esa aksincha koʻpayishi kuzatiladi.
Husnbuzar va teri bilan bogʻliq boshqa muammolar
Erkaklarga xos gormonning haddan tashqari koʻp ajralishi ham terining yogʻlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu qazgʻoq bosishi, husnbuzar va teri bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
3⃣VAZN ORTISHI
Tuxumdonlar polikistozi sindromida aksariyat hollarda ikki gormon — insulin va leptinga boʻlgan sezuvchanlik bilan bogʻliq muammo kuzatiladi. Birinchisi organizmda yogʻ toʻplanishi, ikkinchisi esa ishtaha va ochlik hissiga javob beradi. Agar toʻsatdan, ayniqsa bel sohasida yogʻ toʻplanganiga e’tibor bersangiz, insulin miqdorini tekshirtirish hamda shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
4⃣UYQU BILAN BOGʻLIQ MUAMMOLAR
Uyqu vaqtida nafasning 10—20 daqiqaga toʻxtashi bilan namoyon boʻladigan apnoe, aksariyat hollarda polikistozi bor ayollarda kuzatiladi. Sizda shunday muammo kuzatiladigan boʻlsa, darhol shifokorga borish tavsiya qilinadi.
5⃣TUXUMDONLARDAGI OʻSMA (KISTA)
Qanchalik gʻalati tuyilmasin, tuxumdonlar polikistozida hamma vaqt ham oʻsma paydo boʻlavermaydi. Ammo katta yoshli ayollarda ushbu simptomning kuzatilishi ehtimoli yoʻq emas.
6⃣XAVOTIR VA DEPRESSIYA
Depressiya, qoʻrquv, bipolyar depressiya va shunga oʻxshash psixologik muammolar tuxumdonlar polikistozi va unga xos alomat boʻlishi mumkin. Tuxumdonlarida polikistozi bor ayollardagi kortizolning oshishi psixologik muammolardan darak berishi mumkin.

👍4
AYOLDA TESTOSTERON GORMONINING OSHISHI
✅ Testosteron asosan erkaklar gormonidir, ammo u ayol tanasida ham uchraydi. Fakat kam miqdorda. Bu gormon ayollarda tuxumdonlarning sintez reaksiyalari uchun javobgardir. Bundan tashqari, skelet, mushak, yogʻ va sut bezlarini rivojlanishi uchun zarur.
🧬 Testosteron ortishining sabablari: buyrak patologiyasi, tanadagi onkologik jarayonlar, tuxumdondagi oʻzgarishlar, bachadon miomasi, nasliy omil, gipofiz bezidagi oʻzgarishlar, alkogolizm, giyohvandlik.
🔷Bunday holatda ovqatlanish tartibini qayta koʻrib chiqish, oqsil, uglevod va yogʻlarni kerakli miqdorda iste’mol qilish kerak. Bular testosteron konsentratsiyasini normallashtirishga yordam beradi.
📍Dori va davo usuli organizmdagi ushbu gormon miqdoriga qarab tanlanadi.

👍1
❓Qand miqdorini aniqlash uchun qon topshirishda qanday qoidalar mavjud?
Qonda glyukoza miqdorini uy sharoitida glyukometr yordamida va laboratoriyaga qon topshirish orqali aniqlash mumkin. Bunda bir nechta qoidalar mavjud boʻlib, ularga rioya qilmaslik tekshiruvlarning notoʻgʻri chiqishiga ta’sir qiladi.
- Qon ertalab och qoringa topshiriladi. Bunda bemor oxirgi 8-12 soat davomida hech narsa yemagan, yaxshi uxlagan va asabiylashmagan holatda boʻlishi lozim.
- Kechqurun faqat suv ichish mumkin. Uyqudan uygʻongach ovqatlanish, suv ichish va tish yuvish ham mumkin emas. Tish tozalash uchun vosita tarkibida ham shakar yoki shunga oʻxshash moddalar mavjud boʻlishi va bu ogʻiz boʻshligʻi orqali soʻrilib, tekshiruvlar natijasiga ta’sir qilishi mumkin.
- Qon topshirishdan bir kun oldin spirtli ichimliklar ichish, kechki taomga juda yogʻli ovqatlar, shirinliklar va koʻp miqdorda mevalar iste’mol qilish ham tavsiya etilmaydi.
- Stress, uyqusizlik, kechqurun yoki erta tongda asabiylashish ham natijalarga ta’sir koʻrsatadi.

👍3
Semiz odam va tuya.
Tanadagi ortiqcha yogʻ bu xayotni kritik laxzalari uchun asrab qoʻyiladigan kilokalloriyadir. Oʻrtacha odamda 10 ming kkal energiya zaxirada yogʻ toʻqima shaklida turadi. Semiz odamda bu koʻrsatkich 100 ming kkal va undan oshiqroq boʻladi.
Tuya uzoq safarlardan oldin oʻrkachlariga yogʻ yigʻadi. Maqsad choʻldagi kritik vaziyatda omon qolish.
Agar siz choʻlda yoki ochlik va suvsizlik taxdid qilmayotgan sharoitda yashayotgan boʻlsangiz ozishingiz kerak.
😀

🧷Bugun ozishni boshlamayapsizmi, buginingiz xam orzuga aylanadi.
Aytaylik, bugun 80 kg siz. Bir oy yoki 20 kundan keyin 85 kgga aylanasiz. Bugun 75 kgni orzu qilib turgan boʻlsangiz, 20 kundan keyin 80 kg ni orzu qila boshlaysiz.
Juda koʻpchiligimiz internetdagi dorilar ozdirmaganidan noliydi. Menga xam yuzlab maktublar shular toʻgʻrisida fikr soʻrashadi.
Aslida, hamma kalit oʻzingizda. Faqat buni tan olmaysiz.

🛑 Qalqonsimon oldi bezi kasalliklarini 3 guruhga boʻlamiz
1.Giperparatireoz
2.Gipoparatireoz
3.Qalqonsimon oldi bezi oʻsmasi
🤕 Giperparatireoz - eng koʻp uchraydigan turi.Bunda bir nechta bezchalarda giperproduksiya kuzatiladi va PG ortadi.Bu qonda kalsiy miqdorini oshishiga olib keladi-giperkaltsemiya.
Qonda kalsiyni ortishi quyidagilarga sabab boʻladi :
✓ Osteoporoz
✓ Buyrak toshlari
✓ Yurak kasalliklari
✓ A/B ortishi
Koʻpchilikda birlamchi Giperparatireoz simptomlarsiz kechadi,ba’zilarida yengil klinika beradi :
✓ Muskullar xolsizligi
✓ Charchash
✓ Uyquga talab ortishi
✓ Depressiya
✓ Boʻgʻim va suyaklarda ogʻriq
✓ Chanqash va diurez kuchayishi
✓ Ishtaha pasayishi
Giperparatireoz koʻpincha 50-60 yoshlarda uchraydi. Ayollarda 3-marta koʻp uchraydi. Buyraklar faoliyatida buzilishlar xisobiga ham kelib chiqishi mumkin va bu ikkilamchi Giperparatireoz deyiladi.

Ovulyatsiyani bilish ayol uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Chunki ovulyasiya kuni va undan bir necha kun oldin va keyin amalga oshirilgan jinsiy aloqadan so'ng ayolning (boshqa faktorlar mavjud bo'lmasa - masalan jinsiy kasalliklar, qo'shimcha saqlanish vositalardan foydalanish va hokazo) homilador bo'lish ehtimoli yuqori bo'ladi.
Ovulyasiyaga qarab er-xotin homiladorlikdan saqlanishi mumkin, ya'ni o'vulyasiya kunlari jinsiy aloqa qilinmaydi yoki jinsiy aloqa bo'lsa ham prezervativdan foydalaniladi. Ammo ovulyasiya bo'layotganini aniq bilish juda qiyin.
Ovulyasiyani qanday aniqlash mumkin:
1. Ultra tovushli diagnostika orqali (eng aniq yo'l).
2. Ovulyasiya testlari (dorixonada sotiladigan maxsus test: siydik testerga tomchilash yordamida ovulyatsiya yaqinlashayotgani aniqlanadi).
3. Qon tekshiruvi.
4. Rektal (anusdagi) haroratni kuzatish (bunda bir necha oy davomida rektal harorat aniqlanadi. Buning uchun har kuni ertalab o'rindan turmasdan anusga termometr joylashtirilib, 5 daqiqa davomida ushlanadi. Har kungi harorat yozib boriladi. Haroratning muntazam ko'tarilishi ovulyatsiya jarayoni yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Haroratning eng yuqori darajaga ko'tarilgani ovulyasiya yaqinlashganini ko'rsatadi. Haroratning ko'tarilib pasayib borishi ovulyasiya o'tib ketganini ko'rsatadi. Agar harorat ko'tarilgan holda qolsa, demak homiladorlik vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Bu usul jinsiy a'zolarda infeksion kasallik mavjud bo'lmagandagina ishonchlidir)
5. Qindagi suyuqlik (ovulyasiya paytida qindan ajraladigan suyuqlik ko'payadi, cho'ziluvchan va tuxum oqiga o'xshash rangda bo'ladi. Ovulyasiya o'tgandan keyin qindagi suyuqlik ancha kamaygani yoki umuman yo'q bo'lgani seziladi).
6. Og'riq (hayz siklining o'rtalarida paydo bo'ladigan bel, ko'krak va qorin pastidagi og'riqlar ovulyatsiya jarayoni bo'layotganidan dalolat berishi mumkin).
7. Ayrim ayollarda ovulyatsiya paytida libido (jinsiy aloqaga intilish) kuchayishi kuzatiladi.
Homiladorlikdan saqlanish vositasida ovulyatsiya kunini hisoblab yurish yo'li (ovulyasiya kuni atrofida jinsiy aloqa qilmaslik yoki aloqa davomida prezervativdan foydalanish) ishonchsiz bo'lishiga qaramay, ko'pchilik undan foydalanadi. Homilador bo'lishni istagan har bir ayol esa aynan ovulyatsiya kuni yoki undan bir necha kun oldin va keyin jinsiy aloqada bo'lishi kerak.

🌱Bazedov kasalligi🌱
📖Ta’rif;
Diffuz toksik buqoq – autoimmun endokrin kasallik. Yengil va asoratlangan holda kechishi mumkin.
🏷Sabablari;
➖Nasliy moyillik;
➖Surunkali kasalliklar;
➖Autoimmun kasalliklar (qandli diabet, vitiligo);
➖Yod saqlovchi preparatlarni koʻp istemol qilish.
🍃Belgilari;
➖Koʻz yoriqlarini kattlashishi, koʻz boʻrtishi;
➖Koʻzda quruqlashish va ogʻriq;
➖Konyuktivit;
➖Buqoq bezi kattalashishi;
➖Yurak tez urishi;
➖Aritmiya;
➖Nafas tezlashishi;
➖Vazn tez kamayishi;
➖Issiqlik sezish;
➖Suyak mustahkamligi pasayishi.
👨🏻⚕Davolash:
🌱Antitireoid preparatlar;
🌱Radioaktiv yod bilan terapiya;
🌱Jarrohlik amaliyoti – dori moddalarga allergiya yuzaga kelsa, qonda leykotsitlar miqdori kamayganda va yurak-qon tomir sistemasidagi oʻzgarishlar yuzaga kelganda qoʻllaniladi.

👍2❤1
QANDAY HOLATLAR KESARCHA KESISHGA KOʻRSATMA BOʻLADI?
✅ Tugʻruq tabiiy jarayon boʻlib, ona organizmi homiladorlik vaqtida bunga tayyorlanib boradi. Ammo ayrim holatlar sababli tugʻruq ona yoki bola hayotiga xavf solishi mumkin. Ushbu holatlarda kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti qoʻllaniladi. Kesarcha kesish amaliyoti 2 xil boʻlib, rejali va shoshilinch boʻladi. Rejali kesarcha kesish shifokor tomonidan tavsiya etilib, belgilanadi.
🔻Shoshilinch kesarcha kesish uchun koʻrsatmalar (rasmda):
• Homila suvining erta ketishi,
• Yoʻldoshning barvaqt koʻchishi,
• Homila boshi bilan emas tananing boshqa qismlari bilan kelishi.
🔹Rejali kesarcha kesish uchun koʻrsatmalar:
• Ona chanoq qismining tor va kichikligi,
• Homila hajmining kattaligi,
• Yoʻldoshning notoʻgʻri joylashishi,
• Onadagi buyrak va yurak kasalliklari,
• Bachadon miomasi,
• Koʻrish oʻtkirligi bilan bogʻliq muammolar.
❗️ Ushbu jarrohlik amaliyotidan soʻng qayta homiladorlikni rejalashtirish 2-3-yildan keyin amalga oshiriladi.

Ota-ona qon rezus-faktorining musbat va manfiy boʻlishi homilaga ta’siri bormi?
✅ Rezus-faktor (Рҳ) – musbat (+) va manfiy (-) boʻlib, qon tarkibidagi qizil qon tanachalari yuzasida joylashgan D antigenining borligiga koʻra farqlanadi.
☑️ Rezus-konflikt homiladorlik davrida ona va homila oʻrtasida qon guruhi sababli yuzaga keladigan muammolar boʻlib, ushbu muammolar asosan onaning qon guruhi manfiy (-) boʻlganda kuzatiladi. Bunda homiladorlik yoki tugʻuruqning qiyin kechishi, bolada sariqlik holatlari kuzatiladi.
🔸Shu sababli homilador ayollarning barchasi homiladorlikning ilk bosqichlarida qon topshiradi. Qon natijalariga qarab, homilador ayol uchun maxsus in’yeksiyalar tavsiya etiladi, homiladorlik davrida va tugʻuruqdan keyin shifokor tomonidan maxsus davo choralari amalga oshiriladi. Bundan tashqari rezus-manfiy qon guruhiga ega boʻlsa-da,tugʻuruqdan oldin shifokor tavsiyalariga amal qilish yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olishga yordam beradi.

#Iqtibos
Ayollarni xorlashni yaxshi koʻradigan kishini koʻrsang, aniq bilginki, u erkaklardan qoʻrqadi.
Ayollarni qadrlaydigan kishini koʻrsang, bilginki, undan erkaklar ham hayiqib turadi!!!

O‘t suyuqligining qandli diabetga aloqasi bormi?
🔍O't yo'llari oshqozon osti bezi orqali o'tadi va uning kanali bilan birga o'n ikki barmoqli ichakka chiqadi. Ammo ba‘zida bu kanalni o‘t qopida hosil bo‘lgan toshchalar to‘sib qo‘yishi mumkin
⭕️Agar oshqozon osti bezi kanali tiqilib qolsa, agressiv fermentlar bezning o'ziga zarar etkaza boshlaydi. Bu pankreatitga olib keladi.
🔰Insulin gormoni faqat oshqozon osti bezida sintezlanadi. Pankreatit insulin ishlab chiqarishning pasayishiga va diabetga olib keladi.
Xech bir kasallikka befarq boʻlmang

Stressning sochlarga ta'siri.
📕Uzoq muddatli stress bilan soch follikulalari yetarlicha ozuqa moddalarini ololmaydi va soch to‘kilishi, oqarishi kuzatiladi.

Gigantizm kasallikmi?
📈Gigantizm—gipofiz bezidan ajraladigan somatotrop gormonining ko‘p ishlab chiqarilishi natijasida vujudga keladi.
📒Gigantizmda muskullar oldiniga baquvvat boʻlishi mumkin, keyinchalik esa kuchsizlanib qoladi. Xotira, ruhiy faoliyat hamda jinsiy funksiyalarning buzilishi, shuningdek gormonal oʻzgarishlar (qalqonsimon bez, meʼda osti bezi, jinsiy bezlarda) kuzatiladi
⭕️Agar bola tengqurlaridan ancha baland boʻlsa, vrachga murojaat qilib, tegishli maslahatlar olish lozim. Gormonal preparatlar, nur bilan davolash koʻpincha yaxshi naf beradi