Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Ozishni oltin sxemasi

O‘z hayot tarzingizni o‘zgartirib, ozmoqchimisiz?

Nimadan boshlash kerak?

1. Maqsad. O‘ylang, aslida bu sizga kerakmi? O‘zingiz, ya’ni sog‘lom bo‘lish uchun ozmoqchimisiz yoki... 

2. Tayyorgarlik. Energetik balans nazariyasini o‘rganing va o‘zingiz sarflaydigan energiyani hisoblab chiqing

3. Qancha kaloriya qabul qilayotganingizni va qancha kaloriya qabul qilish kerakligini bilib oling va shunga qarab ratsion tuzing 

4. Amal qiling! Qayerda bo‘lmang o‘zingiz tuzgan ratsionga amal qiling. Shirinliklardan, hamirli mahsulotlardan, fast-fudlardan tiyiling

5. Tez natijaga erishishga shoshilmang! Sabrli bo‘ling! Har haftada 1 marotaba, ertalab och qoringa tarozida tana vazningizni o‘lchab turing, o‘zgarishni albatta ko‘rasiz!

"Keyingi dushanbadan boshlayman" deganlarga — bugundan boshlasangiz xam bo'ladi ! )

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

Qozog‘iston sharafini himoya qiladigan tennischi Aleksandr Bublik vaqti-vaqti bilan mana shunaqa shoular ko‘rsatib turadi.

1. To‘pni qo‘ldan va pastdan o‘yinga kirityapti
2. Endi bunisi shedevr👍

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
#Ozishda_33

Mevalar iste’mol qiling, sharbat emas

Sharbat ko’pincha sog’lom oziq-ovqat deb ataladi, ammo shuni yodda tutish kerakki, u past kaloriyali ichimlik emas. 250 ml apelsin sharbati 110 kkal saqlaydi, bu ikkita apelsinga tengdir. Hamma ham kuniga ikkidan ortiq meva iste’mol qilmaydi, ammo agar sharbat mavjud bo’lsa, odatda bir nechta stakan ichish odatiy holdir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Ozishda eng muhim jihatlardan biri bu tarelka qoidasiga amal qilish hisoblanadi.

Bunda tarelkani 100% deb olsak

50% qismi meva-sabzavotlar
25% qismi goʻsht, baliq mahsulotlari
25% qismi uglevodlar tashkil qilishi kerak.

Admin tavsiyasi
Bu eng effektiv usul hisoblanadi.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏4👍1💯1
#Ozishda_33

Boshqa ichimliklar o’rniga suv iching

Suvda kaloriya yo’q. Chanqaganda sharbat va limonadlar o’rniga suv iching va buni odat qiling.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#Ozishda_33

Har kuni ertalab 10 daqiqa badantarbiya qiling

Ertalab mashq qilish qadimgi kashfiyot bo’lib, uning foydasi haqida bahslashish shart ham emas. Uy sharoititda ozish uchun mashqlar dasturi 10 daqiqadan oshmaydigan oddiy mashqlardan iborat bo’lishi mumkin. Ularni har kuni ertalab nonushta qilishdan oldin bajarish zarur.

Sport uchun maxsus jihozlar sotib olish shart emas. Mushaklarga yengil qo’shimcha yuk tushirish uchun suv to’ldirilgan plastik idishlardan foydalanish mumkin.

Vazifa — bunday mashqlar bajarishni odat qilishdir. Bu sizga ertalab bir piyola choy ichish, yuzni yuvish yoki dush qabul qilish kabi tabiiy odat tusiga kirishi kerak. Ertalabki mashqlar mushaklar tonusini me’yorlashtirib, kishiga quvvat beradi va organizmni faol kaloriya sarflashga sozlaydi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Maqsad sari ildam yurish,
Sabr bilan nafsni jilovlash,
Tavsiyalarga toʻliq amal qilish kerakli natijaning garovidir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7😁1
#analiz

Lyuteinlovchi Gormon - ayollarda tuxum va erkaklarda spermatozoidlarning to'liq pishishini ta'minlaydi.

Yigitlar uchun norma 2,12 dan 4 mIU / ml gacha,
qizlar uchun, hayz davriga qarab, 1,55 dan 53 mIU / ml gacha.

Bir yo'nalishda yoki boshqasida og'ish jinsiy bezlarning turli xil disfunktsiyalarining belgisidir.

Taxlil hayz siklining 3-5- kunlarida oʻtkaziladi.

Eslatmaga qatʼiy rioya qilgan holda analizga boring!!!

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
#Ozishda_33

Kechqurun 20 daqiqa yugurish

Har kuni yugurish — ishdan keyin divanda «ildiz otishni» xush ko’radiganlar uchun yaxshi malham. Siz hovlida, istirohat bog’i yoki uyda — yugurish yo’lagida yugurishingiz mumkin. Bir martalik 20 daqiqa davomida yugurish hayotda ko’p narsani o’zgartirmaydi, ammo har kunlik mashg’ulotlar juda tez orada natijaga olib keladi. Yugurish vazn yo’qotish uchun eng samarali mashq turlaridan biridir!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#analiz

Prolaktin ayollarda laktatsiyani rag'batlantirish va erkaklarda prostata ishlashi uchun javobgardir.
Norma 100 dan 266 mkg/l gacha,
tug'ish yoshidagi ayollar uchun 129 dan 539 mkg/l gacha,
menopauzadagi ayollar uchun 106 dan 289 mkg/l gacha.

Prolaktinni hayz siklning istalgan vaqtida tekshirish mumkin, ammo testni o'tkazishdan oldin sut bezlarini palpatsiya qilishni istisno qilish kerak. Bu prolaktin darajasiga ta'sir qilishi mumkin.

Eslatmaga rioya qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁3👍1
Shifokor "to‘q qoringa" yoki "ovqatdan keyin iching" deb yozgan dorilarni och qoringa ichsa nima bo‘ladi?

🔸Dorilar bir qancha sabablarga ko‘ra, och qoringa yoki to‘q qoringa degan ko‘rsatma bilan ichishga buyuriladi.

🔸Masalan, bir qancha dorilarni oshqozon shilliq qavatiga zarar yetkazish ehtimoli borligi uchun ham ovqatdan keyin yoki ovqat orasida ichishga ko‘rsatma beriladi. Aks holda, bunday dorilar oshqozonni bezovta qilishi, og‘riq chaqirishi, ko‘ngil aynishiga sabab bo‘lishi mumkin. (Ayniqsa, gastriti bor bemorlar uchun)

Yaqinlaringizga ham ulashing!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Yetakchi D vitamin saqlovchilar 100 gr uchun.

Baliq yogʻi - 924 mg
Atlantika seldi - 120 mg
Tayyorlangan losos - 120 mg
Sifatli sut ( 1stakan ) - 98 ME
Tuhum sarigʻi - 25 ME
Mol jigari - 12-30 ME

Ana endi D vitamini tabiiy manbasini bilasiz aziz kuzatuvchilar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Yetakchi Kalsiy saqlovchilar 100 gr uchun.

Kunjut magʻizi - 1474 mg
Gollandiya va Rossiya pishlog'i - 1000mg
Sardina yogʻida konserva - 500 mg
Koʻkatlar - 245 mg
Yogʻsiz tvorog - 245 mg
Pasterizatsiyalangan sut - 120 mg

Ana endi kalsiyning ham tabiiy manbasini bilasiz aziz kuzatuvchilar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Bolalar bosh qismi orqasidagi "yoʻl tushishi" rahitning yaqqol belgisi boʻlib davolash kerak ekanini bildirib turadi.

Uni bizda turli usullar bilan davolamoqchi boʻlishadi. Masalan : non qoʻyib kesish, qoʻchqorga suzdirish va yana koʻplab rasm rasumlari bor😉

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5😁1
#Ozishda_33

Ertalab yoga

Tongda uyg’onish ufq uzra ko’tarilayotgan quyosh, qushlarning sayrashi va yengillikni tufali kun davomida yaxshi kayfiyatda bo’lishga yordam beradi. Bunga qo’shimcha ravishda yoga bilan shug’ullanish tonggi badantarbiyaning ajoyib va zamonaviy muqobil usuli sanaladi. Hech bo’lmasa bir marta buni sinab ko’ring: bu yana 10 daqiqa mizg’ib olishdan ko’ra yoqimli va foydaliroqdir.

Ertalabki yoga metabolizmni tezlashtiradi, ovqat hazm qilish tizimini ishlashga tayyorlaydi, organizmga uglevod va yog’larni tezroq sarflashga yordam beradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍43
Yanvar ketib borar yo'qlik qa'riga,
Umr to'xtab qolgan - vaqt o'tar notinch.
Sinib, sinaverib o'lmagan, ammo -
Qishning quyoshiday so'niq bir ilinj.

Azizam, bu yurtda qish ham qish emas,
Yanvar oxirlaydi, seningsiz tag'in.
Fevral umid berar, kelmog'ing chinday,
Demakki, bahorga yaqinmiz, yaqin...

©️ Dadaxon Muhammadiy

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3
#Ozishda_33

Kardio mashqlar bajaring

Kardio mashqlarisiz samarali vazn tashlashni tasavvur qilish qiyin. Eng oddiy usul takrorlanuvchi mashqlarni bajarish: yugurish, velosiped haydash yoki suzish. Uy sharoitida ozishni rejalashtirganlar uchun esa televizor qarshisida ham bajarish mumkin bo’lgan kardio mashqlarga misollar:

Arqondan sakrash: Bokschilar arqondan sakrashning katta muxlislaridir, chunki bu ko’p kaloriya yoqishga va tanani chidamli qilishga imkon beradi. Qolaversa sakrash dumba va son mushaklarini mustahkamlaydi, qomat shaklini chiroyli qiladi.
Ellipsoid yoki velotrenajyor: bunday mashq bajarish uchun mablag’ sarflash kerak, ammo agar siz muntazam ravishda mashq qilmoqchi bo’lsangiz, xarajat tez orada o’zini oqlaydi.
Intervalli mashg’ulotlar: bunday mashqlar qisqa vaqt ichida bajariladi va dam olishga ham oz vaqt ajratiladi. Masalan, 20 soniya yerdan ko’tarilish mashqi va 15 soniya dam olish va shu tariqa bir necha marotaba. Bu mashq texnikasi qisqa vaqt ichida tezda ozish uchun ayni muddaodir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#analiz

IgM - bu kasallikning birinchi kunlarida paydo bo'ladigan antikordir. Agar odam hozir kasal bo'lsa, ular qonda mavjud bo'ladi;

IgG - keyinroq ishlab chiqariladigan va tananing patogen bilan tanishligini ko'rsatadigan antikorlardir. Ularning mavjudligi odamning yaqinda kasal bo'lganligini yoki emlanganligini ko'rsatadi.

Kasallik davrida IgM testini, tiklanish yoki emlashdan keyin taxminan 3 hafta o'tgach, IgG testini o'tkazish mantiqan toʻgʻri.

Eslatmaga rioya qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5