Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qadrli kanal va guruh aʼzolari
Bugun sizlarga qandli diabetda qonda kreatinin natijasiga koʻra buyrakda qanday oʻzgarish ketayotgani haqida batafsil tushuncha berishga harakat qilaman.

Rasmga etibor berib tushunasiz ☝️
Normada kreatinin 115 mkmol/l gacha boʻlsa norma deyiladi yani analiz qogʻozlarda shu koʻrsatkich yozilgan boʻladi.

Bu koʻrsatkich yosh,jins,vaznga QATʼIY BOGʻLIQ. Yani rasmdagi bemor analizida 114 norma deb oʻylasangiz adashasiz. Bemorda 3A darajadagi buyrak yetishmovchiligi yani Diabetik nefropatiya kechmoqda.

Bu turli xil formulalar orqali aniqlanadi. Oʻzim shaxsan Kokroft-Golt formulasi orqali aniqlayman va bemor diagnozi ostida qaysi formuladan foydalanganimni yozib ketaman.

Davolash haqida esa avval ham yozganman va har bir bemorga ham tushintirib ketaman har gal

Avval ham aytganman Oʻzbekistonda 1500 dan ortiq endokrinolog bor va bu afsuski shuncha sifatli kadr degani emas.

Oʻzingizni professionallarga topshiring.
Aql yoshda emas boshda.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯6👍2
Diabetik nefropatiyada koptokcha filtratsiya tezligi.
Buyrak yetishmovchiligi darajasi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Giperprolaktinemiya - qonda prolaktin gormoni miqdori ortishi. Ayollarda ham erkaklarda ham bepushtlikka sabab boʻluvchi holat. Turlari: Birlamchi ---gipotalamo-gipofizar buzilish Ikkilamchi ---periferik endokrin bezlar zararlanishi ---yatrogen ---somatik…
Ikkilamchi giperprolaktinemiyaning periferik endokrin bezlar zararlanishiga koʻra turlari.

--Birlamchi gipotireoz (qalqonsimon bez kasalligi)
--Buyrak usti bezi yetishmasligi
--Esterogen ajratuvchi oʻsma
--Tuhumdom polikistozi

Sodda qilib aytganda ushbu kasalliklar sababli ham giperprolaktinemiya kelib chiqishi mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Umr oʻrtasi

Esgan bu ilk bahor shamolimi yo,
Qaydadir adashgan kech kuzning sasi.
Rangi ham , tusi ham noayon dunyo,
Qirqmi yo ellik bu , umr oʻrtasi.

©Abdulla Oripov

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6
#hazil_time

Xoʻsh ideal boʻlishingiz uchun sizga necha santimetr kerak?😂😂

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁8🥰1
Giperandrogeniya

Ayollarda erkaklik gormonlari miqdori ortishi. Normada ayollarda ham erkaklik gormoni mavjud va turli holatda oʻzgarib turadi.

Kelib chiqish sabablari:

Buyrak usti bezi oʻsmasi - androgen sintezlovchi : kortikosteroma,mikroadenoma.

Buyrak usti bezining tugʻma disfunksiyasi (oʻsma boʻlmagan)

Tuhumdon oʻsmalari - erkaklashtiruvchi oʻsma ham deyiladi. Bularga tekoma,androblastoma,granulyoz oʻsma,Sertoli-Leydig hujayra oʻsmasi,lipid hujayrali oʻsma.

Oʻsma boʻlmagan tuhumdon sabablari- sindrom tuhumdon polikistozi,stromal giperketoz(stromal tekomatoz)

Shuningdek Itsenko-Kushing,nerv anoreksiyasi,semizlik sababli ham ortadi.

Klinik belgilari:
Girsutizm (tuklanish ortishi)
Alopetsiya (soch toʻkilishi)
Akne yuzlarda
Ovoz tembri oʻzgarishi (erkaklarga xos)
Hayz sikli buzilishi
Bepushtlik
Abdominal semizlik,qon bosimi ortishi,dislipidemiya.

Diagnostika:
Tashqi koʻruv - akne, girsutizm, alopetsiya, hayz sikli buzilishi.

Fizikal tekshiruv- tana vazn indeksi,bel,qorin aylana. Ginekolog koʻrik.

UTT- kichik chanoq aʼzolari,tuhumdon.
MRT-buyrak usti bezi, gipofiz.

Laborator tekshiruvlar - LG , FSG , TTG , Prolaktin, Testosteron, erkin Androgenlar miqdori.

Davolash endokrinolog bilan boʻladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏4👍2
Giperandrogeniya sababli tashqi ko'rinishdagi oʻzgarishlar:

----maskulinizatsiya - ayollarda erkaklik belgilarining paydo bo'lishi va kuchayishi, masalan, sonning torayishi, ovoz tembrining pasayishi;
----qorin bo'shlig'idagi semirish - yog 'to'qimalarining asosan qorin bo'shlig'ida va tananing yuqori segmentida to'planishi;
----akne, seboreya, juda yog'li teri;
----klitorning kengayishi, sut bezlarining kichrayishi;
----acanthosis nigricans - terining pigmentatsiyasining kuchayishi, odatda tananing burmalarida paydo bo'ladi;
----bo'yin terisida, burmalarda va qo'ltiqlarda yumshoq fibromalar (yumaloq shakllanishlar) paydo bo'lishi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Ferriman Galvey shkalasi orqali girsutizm (ayollarda erkaklarga xos tuklanish,soqol,mo'ylov chiqishi) ni aniqlash usuli

Ushbu 9ta soxadagi tuklanishga asosan baholanadi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🤔1
Olomonga

Mashrab osilganda qayoqda eding?
Lorka otilganda qayoqda eding?

Sutishtirganmiding Qodiriyni yo?
Qalqon bo'lganmiding kelganda balo?

Hukmlar o'qilur sening nomingdan,
Tarixlar to'qilur sening nomingdan.

Nimasan? Qandayin sexrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bunchalar o'chsan?

Qarshingda xasratli o'yga tolaman,
Qachon xalq boʻlasan, sen ey, - olomon?!

©Abdulla Oripov

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5👍4
QIMMAT DORILARNING ARZON ANALOGLARI

•Kreon - Pankreatin
•Omez - Omeprazol

•Azimak - Azitroromitsin
•No-shpa - Drotaverin

•Futsis - Flukanazol
•Rotatsef - Seftriakson

• Lioton- Geparin
• Ambrosan - Ambroksol

❗️Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#Ozishda_33

Zardob oqsili — bu juda to’yimli mahsulot bo’lib, kishini uzoq vaqt davomida ochlik his etmasligini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida zararli tamaddilardan qochishga yordam beradi va vazn tashlashga ko’maklashadi. Kuzatishlar natijasida zardob oqsilini doimiy iste’mol qiladigan kishilar kamroq kaloriya iste’mol qilishlari aniqlangan.

Keng tarqalgan fikrlardan farqli o’laroq, bunday protein faqat sport bilan jiddiy shug’ullanuvchilar uchun ishlab chiqarilmagan. U jismoniy faolligi o’rtacha bo’lgan odamlarga ham tavsiya etiladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

Tennisdagi qiziqarli lahzalardan biri

Tribunadagi ayol: "Menga uylan, Novak!"
Novak Jokovich: "Men allaqachon oilaliman, uzr".🤟

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁5
Osteoporoz

Sistemali kasallik boʻlib, suyak massasi kamayishi, suyak mikroarxitektonikasi buzilishi bilan harakterlanib sinishlarga juda moyillik bilan kechadi.

Dunyoda nogironlikka sabab boʻluvchi va oʻlimga olib keluvchi sabablar ichida 4-o'rinda turadi.
1-yurak qon tomir
2-onkologik kasalliklar
3-qandli diabet
4-osteoporoz

Menopauzadan (klimaks) keyingi har 3ta ayoldan 1tasida va 75-80 yoshli insonlarning 50% qismida uchraydi.

Endokrinolog - Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Osteoporoz uchun havf omillari
Yaʼni kimlar koʻproq kasallanadi.


1-genetik faktor
--qarilar
--ayol jinsidagilar
--ozg'in insonlar
--oilaviy mavjudlar
--etnik kelib chiqish(Osiyo irqi va oq tanlilar)

2-gormonal
--erta menopauza(klimaks)
--hayz kech boshlanganlar

--ko'plab endokrin kasalliklar

3-hayot tarzi
--chekuvchilar
--o'tirib ishlovchilar
--ortiqcha jismoniy yuklama qiluvchilar
--kalsiy kam qabul qiluvchilar
--sut mahsulotlari kam isteʼmolida
--vitamin D defitsitida

--kofein koʻp qabul qiluvchilar

4-hamroh kasalligi borlar

5-uzoq vaqt dori qabul qilganlar
--glukokortikoid
--tireoid gormonlar
--antikoagulyantlar(geparin)
--litiy preparatlari
--kimyoterapiya
--metotreksat
--tetratsiklik preparatlari
--diuretiklar(furosemid)
-siklosporin A
--fenotiazin preparatlari
--antatsidlar(alyuminiy saqlovchi)
--agonist Lg va GnRG

Endokrinolog - Fayzullayev Jahongir

Kanaldagi maʼlumotlardan foydalanishda manbani koʻrsatib oʻting


Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#Ozishda_33

Fast-food dan voz keching

Taomnomada fast-fudlar qancha kam bo’lsa, shuncha kamroq kaloriya iste’mol qilgan bo’lasiz. Fast-fudlar bilan ovqatlanish juda qulay tuyulishi mumkin bo’lsa-da, undan voz kechishga arziydigan bir qator sabablar bor.

Fast-fud, shuningdek gazlangan ichimliklar va sneklar — «bo’sh kaloriya»li mahsulotlardir. Ularning organizm uchun biologik ahamiyati yo’q, shu bilan birga ular o’zlarida juda yuqori kaloriya saqlaydi, bu organizmga faqat zarar yetkazadi. Bunday mahsulotlarni taomnomadan asta-sekin chiqarib tashlashni maslahat beramiz. Agar bu qiyin masala bo’lib tuyulsa, past kaloriyali mahsulotlardan foydalanib, uyda shu kabi taomlarni mustaqil tayyorlashga harakat qilishingiz mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7
Migren (frans., migraine) - bu irsiy kasallik bo‘lib, asosiy belgisi boshda to‘xtab-to‘xtab tutadigan og‘riqdir, u pulsni yodga soladi.

👫 Migrendan aziyat chekuvchilar dunyo aholisining 30 foiz qismini tashkil etadi, ayollar erkaklarga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘p.

Migren 4 soatdan 72 soatgacha cho‘ziladi va turli davomiylikka ega.

💡Asosiy sabablari:
• qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi;
• oilada yoki naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik;
• asabiylashish;
• o'ta charchash;
• muntazam ovqatlanmaslik;
• mehnat va dam olish qoidalariga rioya etmaslik;
• ayollarda hayz sikli buzilishi.

❗️Migrenda asosan boshning chakka qismi og'riydi, bosh aylanadi, yorug'likka qaray olmaydi, ko'ngil aynib, qayt qiladi.

🩺 Davolash:
Qon tomirlarni kengaytiruvchi (vazodilatator), og'riq qoldiruvchi preparatlar, fizioterapiya, igna sanchib davolash.

‼️ Bemor shifokor nazorati ostida davolanishi lozim.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#Ozishda_33

Ertalab limon va asalli suv iching

Uyg’ongach, asal va limon qo’shilgan bilan bir stakan iliq suv iching. Bu kaloriyalik nuqtai nazaridan ortiqchalik qilmaydi va ayni paytda ozish uchun samarali usul hisoblanadi. Ushbu ichimlik modda almashinuvini tezlashtiradi va uni och qoringa ichish orqali organizmni yog’larni yoqishiga tayyorlagan bo’lasiz.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
Ozishni oltin sxemasi

O‘z hayot tarzingizni o‘zgartirib, ozmoqchimisiz?

Nimadan boshlash kerak?

1. Maqsad. O‘ylang, aslida bu sizga kerakmi? O‘zingiz, ya’ni sog‘lom bo‘lish uchun ozmoqchimisiz yoki... 

2. Tayyorgarlik. Energetik balans nazariyasini o‘rganing va o‘zingiz sarflaydigan energiyani hisoblab chiqing

3. Qancha kaloriya qabul qilayotganingizni va qancha kaloriya qabul qilish kerakligini bilib oling va shunga qarab ratsion tuzing 

4. Amal qiling! Qayerda bo‘lmang o‘zingiz tuzgan ratsionga amal qiling. Shirinliklardan, hamirli mahsulotlardan, fast-fudlardan tiyiling

5. Tez natijaga erishishga shoshilmang! Sabrli bo‘ling! Har haftada 1 marotaba, ertalab och qoringa tarozida tana vazningizni o‘lchab turing, o‘zgarishni albatta ko‘rasiz!

"Keyingi dushanbadan boshlayman" deganlarga — bugundan boshlasangiz xam bo'ladi ! )

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

Qozog‘iston sharafini himoya qiladigan tennischi Aleksandr Bublik vaqti-vaqti bilan mana shunaqa shoular ko‘rsatib turadi.

1. To‘pni qo‘ldan va pastdan o‘yinga kirityapti
2. Endi bunisi shedevr👍

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
#Ozishda_33

Mevalar iste’mol qiling, sharbat emas

Sharbat ko’pincha sog’lom oziq-ovqat deb ataladi, ammo shuni yodda tutish kerakki, u past kaloriyali ichimlik emas. 250 ml apelsin sharbati 110 kkal saqlaydi, bu ikkita apelsinga tengdir. Hamma ham kuniga ikkidan ortiq meva iste’mol qilmaydi, ammo agar sharbat mavjud bo’lsa, odatda bir nechta stakan ichish odatiy holdir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Ozishda eng muhim jihatlardan biri bu tarelka qoidasiga amal qilish hisoblanadi.

Bunda tarelkani 100% deb olsak

50% qismi meva-sabzavotlar
25% qismi goʻsht, baliq mahsulotlari
25% qismi uglevodlar tashkil qilishi kerak.

Admin tavsiyasi
Bu eng effektiv usul hisoblanadi.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏4👍1💯1