Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Semirish oqibatlari:
1. Yurakning ishemik kasalligi va miokard infarkti;
2. Hayz siklining buzilishi va bepushtlik;
3. Uyqu paytida nafas olishni qiyinlashishi;
4. Bo'g'imlarning kasalliklari;
5. O't tosh kasalligi;
6. Qon bosimining oshishi;
7. 2-toifa qandli diabet;
8. Yomon yog'larning ko'payishi;
9. Oyoqlarda tomirlarning yetishmasligi;
Va agar siz ularga o'z vaqtida murojaat qilsangiz, bu oqibatlarning oldini olish mumkin!‌‌

@endocrinoo
👏2
Insulinrezistentlikda uchrovchi tashqi belgilar.

Koʻpchilikda bu simptomlar mavjud boʻlib buni dermatolog bilan davolamoqchi boʻladi

@endocrinoo
👍1
Qandli diabet kasalligi haqida xalq orasida keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar

1.«Qandli diabet qo‘rquvdan kelib chiqadi», «Qandli diabet boylarning kasalligi»...

Qandli diabet kasalligining ikkita turi mavjud. 1-tur qandli diabet autoimmun kasallik. Qolaversa, uning kelib chiqishida pankreatotrop (oshqozon osti bezida yashashga moyil) virusli infeksiyalar (gepatit, parotit, qizilcha, qizamiq va boshqalar) ning ham muhim o‘rni bor. 2-tur qandli diabetning kelib chiqishida asosan kamharakatlik, yengil hazm bo‘luvchi ulevodlarga boy mahsulotlarni, hayvon yog‘i mahsulotlarini surunkali tarzda, ko‘p va ortiqcha miqdorda iste'mol qilib yurish va buning ortidan organizmda (asosan qorinda) yig‘iladigan ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘qimasining shakllanishi muhim ahamiyatga ega.

2.Qondagi qand tahlili ilk marta baland chiqqanda qayta tahlil uchun parhez qilib qon topshirish kerak…

Parhez buyurilganda qondagi qand miqdori oldingi holatiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi va bu bilan uglevodlar almashinuvining xaqiqiy holatiga baho berib bo‘lmaydi. Qandli diabet kasalligiga shubha qilinayotgan bemor aniq tashxis qo‘yilguncha odatdagidek ovqatlanishi shart.

3.Qandli diabet bilan og‘riydigan bemor 6 oyda statsionar sharoitda davolanib turishi kerak…

Qandli diabet kasalligining davosi asosan 4ta tarkibiy qismdan iborat: parhez, qand pasaytiruvchi vosita, jismoniy faollikni oshirish, qandli diabet kasalligi haqida o‘rganish.

Bemor bu rejimga har kuni qat'iy rioya qilishi kerak. Qondagi qand miqdori sutka davomida doimo to‘liq me'yorida yursagina qandli diabetning asoratlarini oldini olish yoki kechiktirish mumkin. Aks holda, 6 oy tugul har oyda 10 kun statsionarda davolanib yurgan taqdirda ham diabetning asoratlarini oldini olish imkonsiz. Har 6 oyda 10 kun statsionar sharoitda davolanish kerakligi haqida biron bir endokrinologiya yoki diabetologiyaga oid adabiyotlarda ko‘rsatilgan emas.

4.Grechkani qatiqqa aralashtirib yeyish qand kasalligi uchun yaxshi davo bo‘ladi…

Grechka bor yo‘g‘i oddiy ozuqa mahsuloti, xolos. Qatiq ham. Shunchaki, ularning tarkibida uglevodlar miqdori kamroq va shuning uchun ular qondagi qand miqdorini unchalik oshirmaydi.

5.Ko‘k olma qondagi qand miqdorini oshirmaydi…

Olmaning ta'mi uning tarkibidagi organik kislotalar miqdoriga bog‘liq. Qand miqdori esa uning rangiga emas, hajmi va yetilish darajasiga bog‘liqdir.

6.Toza asalni yesa bo‘ladi, chunki uning yarmi fruktozadan iborat, shuning uchun u qand o‘rnini bosuvchi hisoblanadi va qondagi qand miqdorini oshirmaydi…

Asal taxminan teng nisbatdagi fruktoza va glyukozadan iborat. Iste'moldagi shakar (saxaroza) ham fruktoza va glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Asalning qondagi qand miqdorini oshirish xususiyati xuddi shakarniki kabidir.

7.Insulin kasallikning oxirgi bosqichida buyuriladi…

1-tur qandli diabetda organizm qisqa vaqt ichida insulin ishlab chiqarish salohiyatini yo‘qotadi. Ya'ni, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar qisqa muddat ichida nobud bo‘ladi. Bunda organizmga tashqaridan insulin kiritib turishdan boshqa choraning o‘zi yo‘q.

2-tur qandli diabetda dastlab kasallik aniqlangan paytdan boshlab (og‘ir hamroh kasalliklar bo‘lmasa) qand miqdorini tushiruvchi tabletkalar buyuriladi.

Bunday bemorlarga og‘ir hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, sil, og‘ir jarohatlar, pnevmoniya va boshqa o‘tkir holatlar) qo‘shilsa, qand tushiruvchi tabletkalarning sutkalik maksimal miqdori buyurilganda ham qondagi qand miqdori me'yoriga kelmasa yoki jarrohlik muolajalari vaqtida hamda undan oldin va keyin (ma'lum muddat davomida) insulin preparati buyuriladi.

8.Shirinliklarni ovqatlanish ratsionidan to‘liq chiqarib yuborish mumkin emas, chunki glyukoza miya oziqlanishi uchun zarur…

Miya hujayralari haqiqatan ham glyukoza bilan oziqlanadi, lekin qandli diabet kasalligi bilan og‘riydigan bemorning qonida qand o‘zi shundoq ham baland bo‘lsa, unga qo‘shimcha glyukoza berishdan ma'no yo‘q.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍52
Nega qoʻllar titraydi?

⚡️ Titroq fiziologik boʻlishi mumkin: masalan, jismoniy mashqlar paytida, yuqori harorat, chekish, choy va qahvani ortiqcha isteʼmol qilish natijasida.

🔸Baʼzi dori-darmonlarni - neyroleptiklar, antiyepileptik preparatlar, antidepressantlarni qabul qilishda qoʻllarda fiziologik titroq paydo boʻlishi mumkin.

@endocrinoo
👍1
Tugunli buqoq
Qalqonsimon bez ichidagi patologik hosila boʻlib atrofdagi toʻqimadan parenximasi bilan farq qiladi.

Kelib chiqishi:
Yod yetishmovchiligi eutireoid buqoq rivojlanishining atigi bitta bo'lsada, lekin juda ahamiyatli sabablaridan biri.

Bundan tashqari bu kasallik etiologiyasida quyidagi sabablar ham yotgan bo'lishi mumkin:
--yodning ichakda so'rilishining buzilishi,
--bir xildagi asosan zobogen effektli mahsulotlar bilan ovqatlanish,
--zobogen samarali dori vositalari qabul qilish,
--tireoid gormonlar sintezi va metabolizmida qatnashuvchi fermentlar nuqsoni va boshqalar.

Paypaslab koʻrilganda meyordagidek koʻringan qalqonsimon bez UTT qilinganda 50% hollarda tugun borligi aniqlangan. Yani diagnostikada UTT muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Klimaksda nega tana vazni ortadi?

Klimaksda folikulalar tugashi va ularda hosil boʻluvchi esterogen endi hosil boʻlmasligi haqida yozgan edim☝️

Organizm estrogenlarsiz yashashga odatlanmagani bois estrogenlarni teri osti yog’larida to’plashni boshlaydi. Bu barcha ayollarda bir xilda kuzatiladi va yog’ zaxirasi deb ataladigan qorincha paydo bo’ladi, bel esa kengayadi. Albatta vaznni nazorat qilish kerak, ammo qo’shimcha 4 kg dan kamroq vazn olish hali xavfli emas.

Shu bilan birga, maqsadli ravishda vazn tashlash zarurati yo’q — ozg’in ayollar estrogenlar saqlanadigan yog’ zaxirasi kam bo’lgani sababli tezroq qarishga moyil bo’lishadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Bugundan sizlar uchun ozishda qoʻl keluvchi 33 tavsiyani berib boraman!!!

#Ozishda_33 👈👈👈xeshtegi bilan oʻqib chiqasiz Insha Alloh

Bizni kuzatishda va qoʻllashda bardavom boʻling, biz siz uchun yangilik izlaymiz siz biz uchun shunchaki maʼlumotni yaqinlarga ham ulashib turing

Endokrinolog - Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#Ozishda_33

Ovqatlanish

1. Muvozanat
To’g’ri ovqatlanishga amal qilinmasa, sport sezilarli yordam bermasligi mumkin. Sport zalida kaloriyalarni yoqish uchun ko’p shug’ullanish noto’g’ri ovqatlanish yetkazadigan «zarar»ni qoplay olmaydi. Shu sababli ozishda dastavval ovqatlanishni qayta ko’rib chiqish tavsiya etiladi va bunga oid ba’zi oddiy maslahatlar:

Oddiy uglevodlarni murakkablariga almashtirishga harakat qiling. Donlar, jigarrang guruch, kartoshka, yong’oq kabi murakkab uglevodlar kletchatkaga boy, shuning uchun hatto oz miqdorda iste’mol qilinganda ham uzoq vaqt davomida kishini to’q tutadi.

Yog’ iste’mol qilish semizlikka olib kelmaydi. Aslida yog’ taomnomaning ajralmas qismidir, uni faqat me’yorda iste’mol qilish zarur.

Oqsillar juda muhimligini unutmang.
Uch tarkibiy qism — uglevodlar (murakkab), oqsillar va yog’larga e’tibor qarating. Taomnomada ularning barchasi mavjud bo’lishi kerak.
Ovqatlarni sariyog’ yoki kokos yog’ida tayyorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

18 yoshda:
Sevib qolding, yuraging qinidan chiqib ketaman deb uryapti ❤️💔❤️‍🔥

44 yoshda:
Aksirib yubording va tizzang oyoqdan uzilib ketay deb ogʻriyapti 🥵🥶🤯

@endocrinoo
😢5😁2👍1
#Ozishda_33

Ovqatlanish ritmi

Asosiy qoida — ovqatlanish vaqtini o’tkazib yubormaslik! Kuniga to’rt marta ovqatlanish tavsiya etiladi: ertalab, tushlik vaqti, soat 16:00 va 20:00 da. Bu organizmni ovqatlanishning ma’lum bir maromiga odatlantiradi. Bundan tashqari ba’zi bir mahsulotlarni kunning turli vaqtlarida iste’mol qilish mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#Ozishda_33

Ertalab energiya, kechqurun yengil ovqatlanish

Ozish uchun quyidagi oddiy qoidalarni yodda tutish kerak:

Ertalab — javdar noni, donlar (o’ta shirin turlari emas, masalan, myusli yoki bug’doy kepagi), kivi yoki greypfrut, yog’siz yogurt. Nonushta energiya berishi lozim;

Tushlik uchun murakkab uglevodlar, masalan, makaron, guruchli taomlarni iste’mol qilish mumkin. Parranda go’shti yoki baliq bu garnilarga juda mos keladi;
Soat 16 da — yengil tamaddi: bir bo’lak non + meva;
Soat 17:00 dan keyin uglevodlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Kechki ovqat uchun baliq, omlet yoki sabzavotli sho’rva tayyorlash mumkin.
Jismoniy mashg’ulotlardan oldin proteinli batonchik iste’mol qilish mumkin. Shuningdek organizmdagi suv-tuz balansini me’yorda ushlab turish uchun mineral suv ichish haqida unutmang. Shaxsiy ovqatlanish bo’yicha kengroq maslahatlar olish uchun endokrinolog yoki dietologga murojaat qilish mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Oyoq terlashini qanday bartaraf qilish mumkin?

Oyoq terlashiga:

▪️oyoq gigiyenasiga rioya etmaslik;
▪️qattiq yoki noqulay poyabzal kiyish;
▪️issiq kunlarda haddan tashqari issiq yoki yopiq poyabzal kiyish;
▪️gormonal buzilishlar;
▪️tananing surunkali kasalliklari (qandli diabet, zamburug‘);
▪️muntazam jismoniy faoliyat;
▪️irsiy moyillik va maymoqlik sabab bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

🔹Oyoqlaringizni har kuni yuving va sochiq bilan yaxshilab quriting.
🔹Oyoqlarga sintetik paypoq kiymang.
🔹Mavsum uchun bir nechta juft poyabzal oling.
🔹Oyoq kiyimlaringizni kuniga kamida 2-3 marta yechib kiying.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Stomatit nima sababdan yuzaga keladi?

Stomatit - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, virus, bakteriya va zamburug‘ sababli yuzaga keladi. Og‘iz bo‘shlig‘iga infeksiya tushishi, LOR a’zolari onkologik kasalliklari, hazm tizimi kasalliklari (12 barmoqli ichak va oshqozon yarasi, gastrit, kolit), organizmda vitamin V, fosfor va ruh elementlarining yetishmovchiligi ham stomatitlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

🔻Kasallikni davolash asosiy kasallikni davolash va mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari yordamida amalga oshiriladi.

🔹Kasallikni oldini olish uchun og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish, tishlarni o‘z vaqtida davolash va immunitetni mustahkamlash lozim.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6
Klimaks sababli qandli diabet kelib chiqishi mumkin!!!

Hissiy tanazzul fonida harakatchanlik kamayadi, ishtaha esa kuchayishi mumkin. Buning natijasida ayollarda ortiqcha vazn to’planishi kuzatiladi. Bundan tashqari modda almashinuvi ham sekinlashadi. Ortiqcha vazn esa qandli diabet, ikkinchisining fonida esa Altsgeymer kasalligi rivojlanishi xavfi ortadi. Shu sababli, klimaks boshlangach tana vazni va tomirlar holatini mas’uliyat bilan nazorat qilish zarur

Endokrinolog - Fayzullayev Jahongir

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
#Ozishda_33

Shakar iste’molini kamaytiring

Shakar iste’mol qilishda me’yorni bilish juda muhim, eng yaxshi holatda esa undan butunlay voz kechish zarur. Bu ozishning eng tezkor usullaridan biri. Avvalo, oziq-ovqatning 90 foizida shakar mavjudligini tushunish lozim va bu bir qarashda beziyon mahsulot ortiqcha vazn olishga ulkan hissa qo’shadi.

Tushlik vaqti ichilgan gazlangan ichimlik, kechki ovqatdagi makaron yoki nonushta uchun yorma o’z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlaydi. Shu sababli har safar do’konga borganda mahsulotning shakar darajasini tekshirib ko’ring va u kam bo’lgan mahsulotlarni tanlashga harakat qiling.

Hech kim shakar iste’molini butunlay bekor qila olmaydi va buni amalga oshirish kerak ham emas. Tabiiy shakarni iste’mol qilish organizm uchun normal holatdir, ammo tozalangan shakar sog’liq uchun zararli hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4
Askarida(Askaridoz) bilan zararlanish belgilari:

💠Ishtaha pasayishi
💠Ozib ketish
💠Isitma(davriy ravishda)
💠Ich ketish(yoki qotishi)
💠Ko‘ngil aynishi
💠Qusish (kam hollarda)
💠Qorinda og‘riq(kindik atrofida va qovurg‘a ostida)
💠Qo‘zg‘aluvchanlik
💠Tez charchash
💠Bosh og‘rig‘i
💠Uyqu buzlishi(Tungi qo‘rquv)
💠Tishini g‘ichirlatishi(Uyqu paytida)
💠Anemiya
💠Ko‘p so‘lak ajralishi
💠Soch to‘kilishi(tanga shaklida)


Davolash gelmintolog bilan bajariladi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Bir a’robiyga:
«Robbingga chiroyli duo qila olasanmi?» deyishdi.

«Ha» , dedi u.

«Qani, duo qil-chi?» deyishdi. Shunda u:

«Allohim! So‘ramasak ham bizga Islom ne’matini ato qilding. Endi so‘raganimiz – jannatdan bizni mahrum qilma!» dedi

@endocrinoo
9👍3
#asorat

Diabetik nefropatiya

Qandli diabet 1-tipida diabetik nefropatiya kelib chiqishi bevosita kasallikning paydo boʻlish muddati bilan bogʻliq boʻlib, bemorlarda kasallik davomiyligi 10 yilgacha boʻlganlarda diabetik nefropatiya kelib chiqishi 5-6% ,
20 yil boʻlganlarda 20-25%,
20-30 yil boʻlganlarda 35-40% ,
40 yilgacha boʻlganlarda esa 45% deb statistika qilinadi.

Diabetik nefropatiya paydo boʻlishini tushuntiruvchi 3 hil nazariya (tahmin) mavjud boʻlib bu haqida keyinroq batafsil yozaman.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🤔1
Klimaksning ijobiy tomoni bor !!!

Ijobiy taraflari
Bachadon miomasi va endometrioz tugunlari yo’qola boshlaydi. Ikkala kasallik ham jinsiy gormonlarga bog’liq. Gormonlar bo’lmasa mioma so’rilib keta boshlaydi. Ammo gormonlarning sapchish davrida (menopauzaning boshida), endometriyda faol ravishda poliplar yoki giperplaziyalar o’sishni boshlashi mumkin, shuning uchun ularni nazorat qilish lozim. Olti oyda bir marta ginekolog va endokrinolog ko’rigidan o’tish tavsiya etiladi.

Endokrinolog - Fayzullayev Jahongir

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31
#Ozishda_33

Ko’k choy iching

Ko’k choy eng foydali ichimliklardan biridir. Tadqiqotlar shuni isbotladiki, ko’k choy tarkibida ko’p miqdorda antioksidantlar mavjud bo’lib, ular yog’larni yoqilishini rag’batlantiradi va modda almashinuvini tezlashtiradi.

Choy uchun eng yaxshi vaqt — nonushtadan keyin va tushlik paytida, chunki bu modda almashinuvi darajasi eng yuqori bo’lgan paytdir. Ko’k choy bu jarayonni yuqori darajada ushlab turadi va natijada ovqatning yaxshiroq hazm bo’lishiga yordam beradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏1