Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
SSV maʼlumotlariga koʻra oʻtgan 2023-yilda tez tibbiy yordamga 3505 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan.
Shulardan eng koʻpi Toshkent viloyatiga tegishli 630 ta.
Keyingi oʻrinlarda Farg'ona 518 , Qashqadaryo 502 ta qayd etilgan.

Ushbu chaqiriqlar sabab kerakli manzilga kechikib borishlar kuzatilishi tabiiy.

@endocrinoo

Guruh manzili 👉 @endokrinolog_maslaxatii
👍4💯1
Surunkali kasalligi bor insonlarda uchrovchi shish haqida
Koʻp hollarda 2 hil shish farqlanadi buyrak va yurakka aloqador

Buyrak shishi:

Tez rivojlanadi, keng tarqaladi.
Yuz soxadan boshlanadi
.
Asosan ertalab paydo boʻladi.
Rangi oq, suvli harakatchan boʻladi.
Yuzi oqargan , so'liqqan.
Kamdan kam hollarda jigar ham shishadi

Yurak shishi:

Sekin asta rivojlanadi.
Oyoqdan boshlanadi.
Kun ohirida paydo boʻladi.
Qattiq, harakatsiz, koʻkargan.
Yuzi ko'kargan.
Ortopnoe holati hos.
Jigar hamma vaqt kattalashadi.

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

Toʻgʻrimi tez yordamchilar😂

@endocrinoo
😁4👍3
Siz bilgan qandli diabet qachondan beri mavjud?

Xech qiziqib koʻrganmisiz?

Maʼlumotlarga koʻra hattoki Misr ehromlari davrida ham qandli diabet mavjud boʻlgan. Buni ehromlarga chizilgan suratlar dalil qiladi.

U davrda chanqagan va siyishi koʻp boʻlgan insonni siydigi tekshirib koʻrilgan (til orqali) va shirin ekani aniqlangan. Davolash haqida esa maʼlumotlar yoʻq.

Bu kasallik bilan hayvonlar ham ogʻrishi tadqiqotlarda aniqlangan.

1889-yilda Jozef fon Mering va Oskar Minkovski oshqozon osti bezi olib tashlangan itlarda ham qandli diabet kelib chiqqanini aniqlagan. Shuningdek mushuklar hastalanishi aniqlangan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Zero biz siz uchun harakatdamiz.

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👏5👍2
#hazil_time

Qadimda ham EKG qilishgan 😅

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo

Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
😁7🤔1
Tushuncha

Odamlar juda ajoyib va shu bilan bir qatorda sodda.
Dori yozsangiz firma emasmi deguvchilar juda koʻp.

Xech bir dori osmondan tushmaydi yoki o'z oʻzidan hosil boʻlmaydi.
Yani hamma dori qaysidir firmaniki.

Paratsetamol yoki shu singari qadimiy dorilar xech qanday reklama talab qilmaydi va uni firma emas degan ishonchi bor insonlarda.

Oddiygina sodda dori yozib bersak ham aptekachilar oʻzgartirib berishi kunda juda koʻp takrorlanadi. Bemor shularga nega bunaqa yozilsa bunaqa berding demaydi lekin shifokorga firma yozma deydi. Firma yozmasa dori yozmaslik kerak tushuntira oldimmi.

Masalan oddiy metformin yozaman odatda lekin bemorlar kirib aptekadan asformin,metfogamma,glukofaj,diaformin olib ichib yuraveradi. Siz bemorni oʻylaysiz arzonroq olsin deb lekin bemorni haq huquq talab qiluvchi kuchi aptekada kuchsizlanib qoladi.

Demoqchi boʻlganim shifokor vijdonli boʻlsa aytganidek oling.
Zero barchamiz manzilimiz bir yerga boradi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍11
Qandli diabetning profilaktikasi haqida ma’lumot bersangiz?

Qandli diabetning 2-turi organizmda insulin miqdorining kamayishi sababli uglevod almashinuvining buzilishidan kelib chiqadi. Kasallik semizlik, zararli odatlar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning kamligidan kelib chiqadi. Kasallik kelib chiqishining oldini olish uchun birinchi navbatda tana vazniga e’tibor berish, parhez qilish zarur. Bundan tashqari sport bilan muntazam shug‘ullanish kerak. Suzish, yurish va velosiped haydash eng foydalisi hisoblanadi.

🥦 Yana bir usullardan biri parhez bo‘lib, ovqat ratsionidan uglevod va yog‘ miqdorini cheklash zarur. O‘rniga oqsilga boy mahsulotlar va sabzavotlar iste’molini ko‘paytirish lozim. Shokolad, muzqaymoq, turli shirinliklar va zararli odatlarni voz kechish lozim.

🔸Qandli diabet profilaktikalaridan yana biri bu yaxshi kayfiyat. Stress, depressiya, ko‘p asabiylashish ham kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
#hazil_time

Bemorga ham vaqt ajratish uchun qogʻozlardan voz kechishga yana necha asr kerak boʻlar ekana

Hazil achchiq haqiqati bilan

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍6👏1
#analiz
#bepushtlik

Prolaktin gormoni- erkak va ayollarda mavjud bo'lgan 300 dan ortiq vazifa bajaradigan gormon. Gipofiz bezidan ajraladi.
Uning ajralishi kun davomida ham o'zgarib turadi. Infektsion kasallik, harorat ortishi sababli ortadi va kamayib turadi.
Gormonning vazifasi ayollarda sut bezi shakllanishi, sut sekretsiyasini taminlaydi.
Miqdori ortishi 2 hil ko'rinishda bo'ladi
Fiziologik
Patologik

Erkaklarda fiziologik ortishi sababi:
Kuchli jismoniy mehnat
Stress
Oqsilli mahsulotlar istemoli
Sport zalida ishlash
Uyqu
Jinsiy aloqa

Erkaklarda patologik ortishi sababi:
Gipofiz o'smasi
Gipotireoz
Jigar sirrozi
Buyrak yetishmasligi

Erkaklarda ushbu gormon ortishi sababli kelib chiquvchi holatlar
Psixoemotsional buzilish
Metobolik o'zgarishlar
Jinsiy sistema tarafdan
Erektil disfunksiya
Bepushtlik
Ginekomastiya
Insulin ortishi
Semizlik
Osteoporoz
Uyqusizlik

Shuningdek medikamentoz giperprolaktinemiya (dorilar sabab kelib chiquvchi) turi ham bo'lib quyidagi dorilar sababli paydo bo'ladi - neyroleptik, antidepressant, trankvilizator, oral kontraseptiklar(esterogen), kalsiy kanali blokatorlari, qon bosim pasaytiruvchilar, dofamin ingibitorlari, sudorgiga qarshi dorilar.

Bazan chekish va narkotik ham oshirishi aniqlangan.

Davolash faqat endokrinolog bilan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3👍1💯1
Somatotrop o'sish gormoni - kun davomida sekretsiyasi o'zgarib turadi. Uyquning dastlabki 1- 2- soatida eng ko'p ishlab chiqariladi.

Somatotrop gormonini ishlab chiqarilishini oshiruvchilar:
Somatoliberin
Grelin
Jismoniy mashqlar
Bazi aminokislotalar(arginin, ornitin, lizin, glutamin)
Gipoglikemiya
Glukokortikoidlar(oz miqdori)
Esterogenlar

Gormon miqdorini kamaytiruvchilar:
Somatostatin
Giperglikemiya
Glukokortikoidlar (yuqori miqdori)
Qondagi erkin yog' kislotalar

Kanalga azo bo'ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍2👏2
Juda kerakli rasm

Glikirlangan gemoglobin natijasiga asosan qondagi qand darajasini bilish (turli o'lchovdagi)


Masalan sizning glukometringiz 194 ko'rsatdi bu aslida nechchi degani? Shu haqida rasmda ☝️☝️

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯4
Assalomu alaykum va rahmatulohi va barokatuh

Kunlarning sayyidi hajjul masokin juma muborak bo'lsin 🌙

Boshlangan kuningiz fayzu barakaga boy bo'lsin

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
5👍1
Sindrom MEN-1 (Sindrom Vermer)
Ko'plab endokrin neoplaziyalar bo'lib - qalqon oldi bezi o'smasi, meda osti bezi o'smasi, adenoma gipofiz bilan namoyon bo'ladi.
Yaqqol kechganda giperparatireoz 97%,meda osti bezi o'smasi 80%,adenoma gipofiz 54% da uchraydi.

Birlamchi giperparatireoz sababli
Nefrolitiaz, nefrokalsinoz, osteopeniya, dispeptik belgilar, qabziyat, ozish, meda yarasi, depressiya, uyquchanlik kuzatiladi.
Diagnostikasi giperkalsiyemiya, PRT gormoni ortishi, giperkalsiyuriya, gipofosfatemiya.

Meda osti bezi o'smasida
Gastrinoma(25-60%),insulinoma,glukagonoma kuzatiladi.

Adenogipofiz o'smasi
Prolaktinoma, somatotropinoma yoki gormonal noaktiv o'sma uchrasa, kam hollarda kortikotropinoma uchraydi.

Davolash
Sporadik o'smani olib tashlash.
Giperparatireoz agar Zollinger Ellison kasalligi bilan birga kechsa meda sekretsiyasini pasaytirish uchun omeprazol qo'llab shundan so'ng subtotal yoki total paeatireoidektomiya qilinadi.
Shundan so'ng gastrinoma uchun operatsiya o'tkaziladi.
Bazan kasallik holatiga qarab operatsiya ketma ketligi o'zgarishi mumkin.

Kanalga azo bo'ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍3💯1
MEN-1 (Sindrom Vermer)
MEN-2A (Sindrom Sippl)
MEN-2B (Sindrom Gorlin)

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#hazil_time

- Adasi, eski kiyimlarimni ochlikdan qiynalayotgan bechoralarga beraman.
- Sening kiyimlaring mos kelgan odam aniq ocharchilikda emas.

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
😁9👍1😢1
#hazil_time

Bir vrach ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga “Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz”, - deb yozib qoʻyibdi.
Yoʻldan oʻtib ketayotgan bir yigit, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini soʻrabdi.

— Men taʼmni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Ie, bu benzinku!
— Tabriklayman, taʼm bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Yigit jahl bilan pulni toʻlab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 toʻlab ketasiz. Yigit pulni toʻlab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun oʻtib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani koʻrmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 soʻm pul.
— Ie, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, koʻrish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.😆

@endocrinoo
😁13🤔1
Klimaks (yun. klimakter — zinapoya), klimakteriya davri — jinsiy faoliyatning susayib, keksaya borish davriga oʻtish pallasi. Ayollarda ham, erkaklarda ham kuzatiladi. Kelib chiqish sababi esa oddiy har bir ayol organizmida malum miqdorda folikula mavjud boʻladi va ular har bir hayz davrida yoriladi. Folikulada esa esterogen va progesteron gormonlari hosil boʻladi. Folikula tugagach gormonlar ham hosil boʻlmay qoʻyadi.

Kechishiga koʻra 3ta davri bor

Yengil kechishi - terlash (tungi va kiyim almashtiradigan darajada) ,qizish, sovuqqotishi,uyqu buzilishi, depressiya, qon bosimi ortishi, semirish, holsizlik, diqqat buzilishi, libido pasayishi, boshda ogʻriq. Qizish va sovuqqotishi 40-60% hollarda kuzatiladi.

Oʻrta kechishi - bachadon va bachadon boʻyni quruqlashishi, siydik tutolmaslik, sistalgiya, qizib ketishi, soch toʻkilishi.

Ogʻir kechishi - osteoporoz va yurak qon tomir kasalligi bilan yakunlanadi.

Kasallik toʻlqinsimon va mavsumiy (kuz-bahor) kechadi.

Davolash:
Yengil kechishida - dieta , vitaminoterapiy , davolovchi jismoniy tarbiya.

Ogʻir kechishida - oʻrin bosuvchi gormonal terapiya.
1,2,3 fazali terapiya oʻtkaziladi.

Oʻrin bosuvchi gormonal terapiyaga qarshi koʻrsatma - sut bezi raki, endometriya, koagulopatiya , tromboflebit , bachadondan qon ketishi, melanoma , meningioma , buyrak va jigar kasalliklarida.

Klimaksdagi ayollarda sogʻlom ayollarga qaraganda miokard infarkti bilan kasallanish 5 barobar yuqori boʻladi. Shuning oʻzi qanday jiddiy holat ekanini bildiradi.

Monoterapiya - proginova,estrofem,premarin,ovestin.
Ikki fazali terapiya-
Klimen , divitren , klimonorm , sikloproginova.
Uch fazali terapiya -
trisekvens

Qabulimizda boʻladigan koʻplab bemorlarga klimaks davolanmasa osteoporoz bilan yakunlanishi haqida koʻp aytaman, amal qilish esa ulardan.

Kanalga aʼzo boʻling.
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍21
Semizlik tasnifi
(Dedov,Melnichenko 2004)

1.Ekzogen-kontitutsional semizlik( birlamchi, alimentar-konstitutsional )

2. Simptomatik (ikkilamchi) semizlik
A. Genetik defekt
B. Serebral ( Adipozogenital distrofiya, sindrom Babinskiy-Freliksa-Pekxrans)
---- Bosh miya oʻsmasi
---- Sistemali zararlanish, infeksion kasalliklar
---- Psixik zararlanish fonida

3. Endokrin semizlik
---- Gipotireoid
---- Gipoovarial
---- Gipotalamo-gipofizar buzilish
---- Buyrak usti bezi kasalliklari


4. Yatrogen (dori vositalari sababli kelib chiqadigan)

Semizlikni davolashda aynan kasallik kelib chiqishiga asosan davolansa natija yaxshi boʻladi

Maʼlumotni endokrinolog Fayzullayev Jahongir yozib chiqdi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5