#progesteron_haqida
Progesteron (yani Dyufaston) haqida ajoyib ma'lumot. Progesteron asosan ayollar tuxumdonlaridan sintezlanadi. Agar bu gormon kam sintezlansa, turli belgilar berishi mumkin. Masalan,
1. Sovuqqotish
2. Soch to'kilishi
3. Semirish
4. Endometrioz
5. Hayz siklining buzilishi
6. Bachadon miomasi
7. Ko'p miqdorda hayz kelishi
8. Fibroz-kistoz mastopatiya (ko'krak bezida o'zgarishlar)
9. Bepushtlik.
Shuni ko'ring ki, bu belgilar boshqa juda ko'plab kasalliklarda bo'lishi ham mumkin. Organizm bir butun tizim, bitta o'zgarish butun tana ga tasir qilmay iloji yo'q, Alloh o'zi o'ta mukammal va nuqsonsiz zod, o'z qo'llari bilan yaratgan inson tana sini ham mukammal yaratgan.
Bizdachi....
Yuqoridagi shikoyatlar bilan har qanday mutaxassisga borish mumkin, masalan hayz sikli buzilsa siz hech qachon to'g'ri Endokrinolog ga borib gormonlarizni aniqlatmaysiz ku, siz ginekologga borasiz(qo'rqmang bu bizi sharoitiga normal holat😊😊) , u sizni gormonlarizni ham aniqlamaydi, hatto bazilari STOLga chiqarib ham ko'rmaydi. Dori yozib beradi, yaxshi bo'lib ketsangiz, Alloh shifo berdi, yaxshi bo'lmasangiz, Endokrinologga boring sizda gormonal buzilish boʻlsa kerak, deydi😁😁😁.
O'zi hozir shunday ishlamoqdaman, bironta mutahasisga boradi, hech tuzalmasa Endokrinologga boring deydi. aa bizda Endokrinologiya 👎👎👎👎👎👎. Keyin men avval noto'g'ri yoki foydasiz davolanganini, keyin esa asosiy kasalligini davolashimga to'g'ri kelmoqda. Alloh doimiy sabr, mustahkam sog'lik bersin
@endocrinoo

👍2
Gormonlar buzilishini kim qanday tushunadi…
Men gormonlar haqida ko’p o’qidim , ilmiy ishlar, olimlar fikrlari, kitoblar, maqolalar. Asosiysi tajribamda kasallarni ko’ra boshladim. Bitta gormonni buzilishini to’g’rilash oson, lekin yomon tarafi o’sha buzilgan gormon sizda qachondan beri buzilgan holatda ekan, shuni si muammo, masalan, deylik sizda TTG(yani qalqonsimon bez gormoni) ko’tarilgan TTG gormoni baland degani sizda qalqonsimon bezizdan ishlab chiquvchi gormonlar miqdori juda pasayib ketgan bo’ladi, bu esa follikula yorilishi va yetilishida muammoga sabab bo’ladi. . Siz TTG ko’tarilgan holatda 6 oydan oshiq dorilarsiz yashadiz. Endi TTG gormoni Prolaktinni ko’payishiga sabab bo’ladi(chunki bu ikkalasi bir joydan ishlab chiqariladi). Prolaktin gormoni esa follikula yetilishi va yorilishini yana ham qiyinlashtiradi. Aslida prolaktin emiziklilar va homiladorlarda baland boladi, shuning uchun emiziklilarda(agar regulyar emizilsa) follikula yorilmay, homilador bo’lmaydi. Davom etamiz, siz yana ginekolog va tabiiy narsalar qidirib yuraverdiz, prolaktin baland holatda yana 6 oy yurdiz, natijada prolaktin tuxumdonlarizga ta’sir qilaverib tuxumdonlar po’stlog’ini QALINLASHTIRIB qo’yadi. Bu holatda hamma gormonlarizni norma qilsayiz ham follikula yorilmay, homilador bo’lmaysiz. Endi po’stlog’ini yumshatishga ham davolanish kerak.

👍2👏1
#Yangi_tadqiqot: Diabet 5 turga ajratildi
Shvetsiya diabetni oʻrganish markazi va Finlyandiya molekulyar tibbiyot instituti tadqiqotchilari diabet tashxisi qoʻyilgan 8980 nafar bemorni tekshiruvdan oʻtkazishdi. Oxir-oqibat barcha bemorlar kasallik xususiyati va asoratlari ehtimoliga koʻra besh guruhga ajratildi. Lancet diabetology and endocrinology shu haqidagi ma’lumotlar bilan boʻlishdi.
Barcha bemorlarda tana massasi indeksi, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar faolligi, insulinga ta’sirchanlik, glikilir gemoglobin konsentratsiyasi va glutamat dekarboksilazga antijismlarning bor yoki yoʻqligi hisoblab chiqildi.
1-guruh: ogʻir autoimmun diabet. Yoshlikdan boshlanadi.
2-guruh: autoimmun tabiatga ega boʻlmagan ogʻir insulin tanqisligi. Kasallik yoshlikda boshlanadi, biroq bemorlarda ortiqcha vazn bilan bogʻliq muammo boʻlmaydi. Bunday holatda kasallikning asosiy sababi - oshqozon osti bezidagi beta-hujayralar faoliyatining buzilishi tufayli insulin tanqisligi hisoblanadi. Bu guruhda koʻrish qobiliyati bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelish xavfi yuqori.
3-guruh: ogʻir insulinga chidamli diabet, semizlik va insulinga jiddiy chidamlilik bilan xarakterlanadi. Bu guruhdagi odamlarda buyraklar kasalligi xavfi yuqori boʻladi.
4-guruh: semizlik bilan bogʻliq, lekin uchinchi guruhga nisbatan yengil shakldagi me’yoriy diabet.
5-guruh: yengil "yoshga bogʻliq" diabet. Bu bemorlar qolgan guruhlardan ancha katta yoshda boʻlib, ularning belgilari nisbatan yengilroq kechadi.
Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, shu paytgacha "2-turdagi diabetda niqoblangan" ikkinchi va uchinchi guruhlar diabetning eng ogʻir shaklini namoyon etadi. Shvetsiya va Finlyandiyadagi umumiy hisobda 5795 nafar bemorda oʻtkazilgan takroriy tahlillar xulosalarni tasdiqladi.
Shunday ekan, samarali davolash muolajalari uchun diabet turlari diagnostikasini takomillashtirish zarur.
Tadqiqotchilar diabetning bir shakli boshqasiga oʻtishi mumkinligi ehtimoldan xoli emasligini aytishmoqda. Ular masala bundan keyingi izlanishlarni talab qiladi, deya ta’kidlashmoqda, zero aslida diabet turlari biz oʻylagandan-da koʻproq boʻlishi mumkin.

👍2🔥1👏1
#Tadqiqot:
Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yoʻli topildi
Kanada olimlari qandli diabet kasalligining 2- turi rivojlanishini sekinlashtirish va oldini olish yoʻlini topdi. Buning uchun tegishli koʻrsatmaga muvofiq, D vitamini qabul qilish zarur.
Tadqiqotda ishtirok etgan koʻngillilar olti oy davomida odatdagi me’yordan koʻproq dozada mazkur darmondorini qabul qildi. Yakunda ushbu muolaja qandli diabet rivojlanishiga moyilligi boʻlgan va oz muddat avval ushbu kasallikka chalingan bemorlarda yaxshi samara berishi aniqlandi.
Ammo koʻp yillardan beri xastalikdan aziyat chekib kelayotganlar salomatligida D vitamini natijasida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi. Olimlar fikricha, bunday bemorlarda metabolik funksiyaning yaxshilanishini qiyin kechishi tabiiy. Ijobiy koʻrsatkichga erishish uchun yanada koʻproq vaqt talab etilishi mumkin.
❗️Shuningdek, qandli diabet bilan ogʻrigan va unga moyilligi boʻlganlar maxsus ovqatlanish ratsioniga qat’iy amal qilib, jismoniy faol turmush tarziga odatlanishlari zarur.

#QALQONSIMON_BEZINI_TEKSHIRISH_KERAKLIGI_XAQIDA_10_TA_BELGI.
Tushkun kayfiyat va depressiya.Qalqonsimon bezi gormonlarining yetarlicha ishlab chiqarilmasligi (gipotireoz) tushkunlik, apatiya va depressiyaga sabab boʻladi. Aksincha ortigʻi bilan ishlab chiqarilishi (gipertireoz) esa odamlarni agressiv, ta’sirlanuvchan va xavotirli qilib qoʻyadi. Quyida biz gipotireozning asosiy belgilariga toʻxtalib oʻtamiz:
Ich qotishi. Xazm qilishni va ich kelishini buzilishi, kekirish va oshqozon soxasidagi ogʻirlik gipotireozning keng tarqalgan simptomlari xisoblanadi.
Uyquchanlik. Gipotireozi mavjud odamlar sutkasiga 12 soat yoki bir necha kun davomida tinimsiz uxlashi mumkin, lekin baribir oʻzini charchagan xis qiladi. Uyquchanlik va lanjlik xavfli signallar xisoblanadi.
Soch toʻkilishi va teri quruqshashi. Gormonal disbalans va moddalar almashinuvini pasayishi natijasida teri vo soch tolalarini oziqlanishini buzilishi kuzatiladi. Nursiz koʻzlar, terini oqarib, sargʻayishi gipotireozning yana bir belgisi xisoblanadi.
Semirish. Sababsiz tana vaznining ortishi uning xar qanday parxez va cheklovlar ta’sirida xam tushmasligi buqoq bezi faoliyati pasayganda kuzatiladi.
Muskullar ogʻrigʻi va pay tortishishi. Gipotireoz natijasida nervlarni zararlanishi va muskullar spazmi, talvasasi va oyoq-qoʻllar uyushishi kuzatiladi.
Yurak ritmini buzilishi. Yurak urishlari sonini va arterial qon bosimini pasayishi, shuningdek yurak soxasidagi ogʻriqlar buqoq gormonlarini pasayishida kuzatiladi.
Parishonxotirlik. Gipotireozga xotira va ish faoliyatini pasayishi, diqqat-e’tibor susayib, axborotlarni qabul qilishni qiyinlashuvi xos.
Shishlar. Tilning yoʻgʻonlashuvi, unda tish izlarini qolishi, yuz va oyoq-qoʻllarni shishi, barmoq bilan bosganda chuqurchalarni qolmasligi gipotireozga xos.
Boʻyin soxasidagi diskomfort. Buqoq bezining kattalashuvi bemor tomogʻiga biror narsa tiqilganini xis qilishi va ovozi boʻgʻilishiga sabab boʻladi.
‼️Ushbu holatlar sizda mavjud boʻlsa endokrinologga uchrang

👍3🔥1👏1
Endemik buqoq- bu qalqonsimon bez xajmini katta boʻlishi (sababi yod yetishmovchiligi).Lekin uning gormon ajratishi turli xil buladi.
1.Gipertireoz(tireotoksikoz)-qalqonsimon bez gormonlari ko'p sekretsiyalanishi
2.Eutireoz(endemik buqoq bor ammo gormon sekretsiyasi buzilmagan)
3.Gipotireoz(kam sekretsiya qilinishi).Agar qalqonsimon bez yod saqlovchi follikulalari destruksiyaga uchragan boʻlsa (operatsiya tufayli olingan) u yod elementini, tiroksinni saqlamaydi.
Shu sababli nazorat bilan o'rin bosuvchi gormonal terapiya qilinadi.

QORA AKANTOZ
Qora akantoz - tananing tabiiy burmalari soxasida terining shikastlanishi. Bunda teri dagʻal bo'lib qoladi, xar xil tuk va qo'ng'ir rangda sugalsimon xosilalar paydo boʻladi.
SABABLARI:
1. Insulinga rezistentlik
2. Ortiqcha tana vazni, tsellyulit
3. Irsiyat
4. Sindrom Ruda
5. Sindrom Mishera
6. Onkologik kasalliklar oldi xolati
7. Gormonal dorilarni qabul qilish
8. Gipogonadizm
QORA AKANTOZning o'ziga xosligi shundaki terining shikastlanishi ikkala tomonda bir xil boʻladi. Asosan buyinning orqa qismida, chov burmalarida, tirsak tizza soxalarida, kukrak bezlarini ostida kuzatiladi.
Boshlanishiga dogʻlar och tusda boʻladi, keyinchalik to'qlashib kirga o'xshab qoladi. Davolanilmasa bu dogʻlar o'tkir uchli sugallarga aylanib ketadi.
Agar xavfsiz akantoz bo'lsa, sababini davolagach orqaga qaytib yo'qolib ketadi.
Kim davolaydi?
Endokrinolog bilan onkolog.

Insulinrezistentlikda uchrovchi tashqi belgilar.
Koʻpchilikda bu simptomlar mavjud boʻlib buni dermatolog bilan davolamoqchi boʻladi
@endocrinoo
Koʻpchilikda bu simptomlar mavjud boʻlib buni dermatolog bilan davolamoqchi boʻladi
@endocrinoo
❤2👍1👏1🤔1
Normal follikula o'sib yorilishini buzilishini bir necha turlari bor.
Follikula arteziyasi bu dominant follikula o'sib yorilmasligi.
Follikula persistensiyasi follikulani o'sib ketib yorilmasdan o'lchamlarini katta bo'lib ketishi va multifollikulalar yani bir vaqtni o'zida bir necha 10ga yaqin yoki ko'proq follikula o'sishi bilan kuzatiladi.

❤1👍1
Rasmda qalqonsimon bez va uni ikki yonidagi 2 juft qalqonsimon bez oldi bezi ko'rsatilgan.
Qalqonsimon bez oldi bezi suyak xosil bo'lishi, uni musatahkamligida va kalsiy, fosfor, magniy va vitamin D almashinuvida juda muhim rol o'ynaydi.
Qalqonsimon bez oldi bezini funksiyasi oshishi qonda kalsiy miqdorini oshishi suyaklar yemirilishi, buyraklarda tosh xosil bo'lishi, erta ateroskleroz, pankreatit va gastrit kabi kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.
Bezni faoliyati pasaysa qonda kalsiy, magniy, vitamin D kamayib ketishiga, mushaklarda tirishish, sudorgi va xolsizlik, suyak zichligi pasayishi, yurakda o'tkazuvchanglik buzilishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin.

👍1
animation.gif
287.2 KB
Diabetli bemorlar uchun oyoqlar parvarishidan tafsiyalar:
1) Oyoqlarni har kuni illiq suv bilan yuving.
2) Oyoqlarni doim quruq saqlang, ayniqsa barmoqlar orasini.
3) Terini qurishiga qarshi choralar ko'ring. Oyogingida qurish yoki yorilishlar bo'lsa yog'li, vitamin E, glitserin yoki vazilinli kremlar surib parvarish qiling.
4) Oyoqlardagi qadoqni qurishi, yorilishlarni tekshirib turing.
5) Tirnoqlarni vaqtida oling kalta ham uzun ham bo'lmasin.
6) Paypoqni va oyoq kiyimni o'zingizga mosini yumshog'ini va siqmaydiganini kiying.
7) Oyoq kiyim doim illiq va quruq qulay bo'lsin.
8) Tashqarida oyoq jarohatlanish havfi bor joyda hech qachon oyoqyalang yurmang.
9) Oyoq kiyimni tekshiring unda sizni jarohatlovchi narsa bo'lmasin.

✅SEMIZLIK NIMA?
▶️Semizlik bu – organizmda ortiqcha miqdorda yogʻ toʻplanishidir.
Semizlikning kelib chiqishi asosan kamharakat hayot tarzi, yuqori kaloriyali va yengil hazm boʻluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini surunkali tarzda va ortiqcha miqdorda iste’mol qilish bilan bogʻliq!
▶️SEMIZLIKNI BARTARAF ETISH UCHUN NIMALARNI OʻZGARTIRISH KERAK?
1⃣ Har kuni imkoniyatga qarab, kamida 3-5 km faol tarzda piyoda yurish zarur (qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, albatta). Shuncha masofaga yugurish yana ham yaxshi boʻladi.
2⃣ Glikemik indeksi (iste’mol qilinganidan keyin qondagi qand miqdorini oshirish darajasi) past boʻlgan va ozuqaviy tolaga boy oziq-ovqat mahsulotlarini koʻproq iste’mol qilish kerak.
3⃣ Semizlikka olib keluvchi va biz koʻp iste’mol qiladiganimiz yana bir zararli mahsulot bu shakar va shakar qoʻshilgan yeguliklardir. U iste’mol qilingandan keyin ovqat hazm qilish traktida tez singadi, tezda qonga soʻriladi hamda qondagi qand miqdorini tez va koʻproq oshiradi. Biz shakar iste’molini keskin kamaytirib, uning oʻrniga koʻproq steviya iste’mol qilishimiz kerak.
▶️Bundan tashqari, ovqatlanish ratsionining asosini donli-dukkakli ekin mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yogʻsizlantirilgan yoki yogʻi kamaytirilgan sut-qatiq, koʻkatlar, yongʻoq, pista, bodom, goʻsht, tovuq goʻshti, baliq kabi mahsulotlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.
▶️Hayvon yogʻi mahsulotlari, oʻta qovurilgan ovqatlar, energetik ichimliklar, koʻp tuz qoʻshilgan oziq-ovqat maxsulotlarini doimiy tarzda iste’mol qilib yurish ham semizlik rivojlanishiga olib keladi va bu inson salomatligi uchun favqulodda xavflidir.

❤4👍2
✅GIPOFIZAR NANIZM
Oʻsish – bu organizmning rivojlanishi. Bolalarning oʻsishida gipofizning oʻsish gormoni, gipotalamus va qalqonsimon bez gormonlari, buyrak usti va jinsiy bezlar gormonlari qatnashadi. Oʻsish gormoni yetishmasligi koʻpgina kasalliklarda uchraydi.
🟢Gormon yetishmasligi gipofizar nanizmning bir turi hisoblanadi. Sogʻlom bolaning oʻsishi va voyaga yetgandagi oxirgi boʻy uzunligi tashqi va ichki irsiy, geografik, alimentar, ijtimoiy omillar ta’siriga bogʻliq. Shuningdek, uning hayot tarzi va toza havoda sayr qilishi, yetarlicha uyqu va harakatchanlik, endokrin bezlar faoliyati bilan uygʻun kechadi.
🟢Oʻsish gormoni yetishmasligida organizm rivojida tizimli buzilishlar sodir boʻlib, ogʻir kasallik – gipofizar nanizm(pakanalik) rivojlanadi.
Bunda bemorlarning ichki a’zolarida suyaklarning ingichkalashuvi, skeletning shakllanishi va juda sekin rivojlanadi. Ichki a’zolar kichkina, mushaklar va teri osti kletchatkasi yaxshi rivojlanmaydi.
‼️Nanizmning asosiy belgilari – boʻyning oʻsishi va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish. Koʻpincha bolalar tugʻilganda boʻyi va vazni me’yorda boʻladi. Pakanalik belgilari 2-4 yoshdan keyin namoyon boʻla boshlaydi. Shifokor – pediatr bemorni koʻrganda tana mutanosibligi jismoniy orqada qolgan, teri quruqroq boʻlib, teri ostki kletchatkasi sekin rivojlanadi. Bemorda ishtaha pasayib, qabziyatga moyillik kuzatiladi. Yurak zarblari sekin va zaif hamda tomir urishi sust, arterial qon bosim past boʻladi.
Bemorni davolash yillar davomida olib boriladi. Har bir bolaga oʻziga xos davo belgilanadi. Davolash kompleks ravishda olib boriladi. Eng avvalo kasallik sabablarini aniqlash va davolash zarur. Bemorga parhez buyuriladi.

✅HAR BIR AYOL BILISHI KERAK BOʻLGAN POLIKISTOZGA XOS 6 SIMPTOM
🟢Har ikkinchi ayolning bittasida uchraydigan tuxumdonlar polikistozi sindromi ayollardagi bepushtlikka xos keng tarqalgan sabab sanaladi. Shu bilan birga, hayot davomiyligiga ta’sir qiluvchi bir qancha xavfli kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻladi.
Quyidagi simptomlar kuzatilgan ayollarga zudlik bilan shifokorga borish tavsiya qilinadi.
1⃣HAYZ SIKLINING BUZILISHI
Erkaklarga xos simptomning kamayishi bilan tuxumdonlar faoliyati susayib, ovulyatsiya yomonlashadi. Shu sabab ham hayz siklida muammo kuzatilishi mumkin. Doimiy ravishda boʻlmasa va soʻnggi vaqtda muammo jadallashsa, shifokorga murojaat qiling. Qolaversa, tuxumdonlar polikistozi vaqtida ovulyatsiya testi notoʻgʻri natijani koʻrsatishi mumkin. Ammo oʻz vaqtida shifokorga murojaat qilinsa, muammoga yechim topish mumkin.
2⃣SOCh BILAN BOGʻLIQ MUAMMOLAR
Tuxumdonida polikistoz rivojlanayotgan ayollarda aksariyat hollarda soch toʻkilishi kuzatiladi. Yuzda esa aksincha koʻpayishi kuzatiladi.
Husnbuzar va teri bilan bogʻliq boshqa muammolar
Erkaklarga xos gormonning haddan tashqari koʻp ajralishi ham terining yogʻlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu qazgʻoq bosishi, husnbuzar va teri bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
3⃣VAZN ORTISHI
Tuxumdonlar polikistozi sindromida aksariyat hollarda ikki gormon — insulin va leptinga boʻlgan sezuvchanlik bilan bogʻliq muammo kuzatiladi. Birinchisi organizmda yogʻ toʻplanishi, ikkinchisi esa ishtaha va ochlik hissiga javob beradi. Agar toʻsatdan, ayniqsa bel sohasida yogʻ toʻplanganiga e’tibor bersangiz, insulin miqdorini tekshirtirish hamda shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
4⃣UYQU BILAN BOGʻLIQ MUAMMOLAR
Uyqu vaqtida nafasning 10—20 daqiqaga toʻxtashi bilan namoyon boʻladigan apnoe, aksariyat hollarda polikistozi bor ayollarda kuzatiladi. Sizda shunday muammo kuzatiladigan boʻlsa, darhol shifokorga borish tavsiya qilinadi.
5⃣TUXUMDONLARDAGI OʻSMA (KISTA)
Qanchalik gʻalati tuyilmasin, tuxumdonlar polikistozida hamma vaqt ham oʻsma paydo boʻlavermaydi. Ammo katta yoshli ayollarda ushbu simptomning kuzatilishi ehtimoli yoʻq emas.
6⃣XAVOTIR VA DEPRESSIYA
Depressiya, qoʻrquv, bipolyar depressiya va shunga oʻxshash psixologik muammolar tuxumdonlar polikistozi va unga xos alomat boʻlishi mumkin. Tuxumdonlarida polikistozi bor ayollardagi kortizolning oshishi psixologik muammolardan darak berishi mumkin.

👍4
AYOLDA TESTOSTERON GORMONINING OSHISHI
✅ Testosteron asosan erkaklar gormonidir, ammo u ayol tanasida ham uchraydi. Fakat kam miqdorda. Bu gormon ayollarda tuxumdonlarning sintez reaksiyalari uchun javobgardir. Bundan tashqari, skelet, mushak, yogʻ va sut bezlarini rivojlanishi uchun zarur.
🧬 Testosteron ortishining sabablari: buyrak patologiyasi, tanadagi onkologik jarayonlar, tuxumdondagi oʻzgarishlar, bachadon miomasi, nasliy omil, gipofiz bezidagi oʻzgarishlar, alkogolizm, giyohvandlik.
🔷Bunday holatda ovqatlanish tartibini qayta koʻrib chiqish, oqsil, uglevod va yogʻlarni kerakli miqdorda iste’mol qilish kerak. Bular testosteron konsentratsiyasini normallashtirishga yordam beradi.
📍Dori va davo usuli organizmdagi ushbu gormon miqdoriga qarab tanlanadi.