Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qonda D3 vitaminining individual normasi qancha? Norma 30 - 100 ng/ml ni tashkil qiladi. Diapazon juda keng.

1. Vitamin D3 - bu kalsiy uchun avtobus va usiz kalsiy kilogrammlab qabul qilingan taqdirda ham ichaklarda so'rilmaydi!

2. Vitamin D3 siydik orqali kalsiyni yo'qotmasligimiz uchun buyraklardagi kalsiyning qayta so'rilishini taʻminlaydi.

3. D3 vitamini qondagi kalsiyni kerakli joyga olib boradi! Bu nafaqat suyak to'qimasi, balki tananing mutlaqo har bir hujayrasi uchun muhim!

Kalsiy (Ca) har qanday reaksiya uchun zarur bo'lgan asosiy mikroelementdir.

Oddiy qon Ca darajasi ko'plab mexanizmlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi! Kalsiy hayotiy muhim mikroelement!

❗️ Shunday qilib, D vitamini kamayganda (kamayish darajasiga qarab) kalsiy yomon so'riladi yoki oziq-ovqat / suv / qo'shimchalardan umuman so'rilmaydi, siydik orqali yo'qoladi va qonda kamayadi.

Qonda kalsiyning kamayishi uyg'onish chaqiruvi bo'lib, paratiroid gormoni deb ataladigan gormon ko'tarila boshlaydi, bu esa o'z navbatida Ca ni suyaklardan va boshqa zahiralardan qonga tortib olishni boshlaydi. Natijada qondagi Ca darajasi normal holatga qaytadi.
Uzoq muddatli yuqori paratiroid gormoni kalsiyning kamayishi va osteoporozga olib keladi!

Shuning uchun qondagi D3 vitaminini normal holatga keltirish juda muhim!
Aynan u kalsiyning so'rilishini normallashtirish orqali paratiroid gormoni darajasini pasaytiradi, bu osteoporoz va sinish xavfini kamayganini anglatadi.

Paratiroid gormoni D3 vitaminining individual darajasini aniqlashga yordam beradi.

Sog bo'ling!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍61🔥1
Oshqozoningizda muammo bormi

Unda quyidagicha parxez qiling

@endocrinoo
👍4
#asorat

Diabetik retinopatiya

Qandli diabetda rivojlanuvchi koʻz simptomi boʻlib 3 ta darajasi mavjud.

Noproliferativ
Preproliferativ
Proliferativ

Kechishida jarayon oʻgʻirlashib koʻz qon tomirlarida tromb , mikroanevrizmlar hosil boʻlib boradi. Toʻr parda koʻchishi, qon tomirlar yanada ortib borishi sababli hatto ko'rlikka olib boradi.

Oldini olish : qondagi qand miqdorini meʼyorda saqlashga urinish , tashqi taʼsirlardan saqlash zarur boʻladi.

Davolash kechki bosqichlarda lazerkoagulyatsiya qilish va yangi qon tomir va tromb hosil boʻlishini oldini olishga qaratiladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
#asorat

Shiatsu usulida Marutakuning oyoq massaji

Ushbu mashqlar diabetda rivojlanuvchi asorat boʻlgan diabetik toʻpiq sindromi va angiopatiyani oldini olish uchun foydali hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏1
#hazil_time

Hirurglarga yuboramiz

@endocrinoo
😁7👍1
#asorat

Qandli diabetda bemorlarninh koʻpida oyoqda qizish bor ekani maʼlum.
Bu diabetik polineyropatiyaning bir turi boʻlib davolash talab qiladigan holatdir.

Davolashda qonda qand miqdorini meʼyorda saqlab yurish bilan bir qatorda dori vositalari ham talab qiladi.

Qizishning eng katta sababi esa nerv hujayrasi qobigʻi mielinning yemirilishi yani demielinizatsiyadir.

Sizda ham ushbu holatlar kuzatilsa endokrinologga murojaat qiling

@endocrinoo

Guruh manzili 👉 @endokrinolog_maslaxatii
👍5
Parvo qilmang, bo'lmaganni bo'ldiramiz.
Paymonasi to'lmaganni to'ldiramiz.
Avvallari otar edik, osar edik...
Endi esa majlis qilib o'ldiramiz.

@endocrinoo
😁6
Ogʻriq joyiga qarab kasallik haqida tahmin qilish mumkin.

@endocrinoo
👍5
#hazil_time

Shaxsiy hayotingizda muammo bormi?

Unda 2 stavka ishlang va siz shaxsiy hayotga vaqt ajrata olmaysiz😁

@endocrinoo
😁14👍2
SSV maʼlumotlariga koʻra oʻtgan 2023-yilda tez tibbiy yordamga 3505 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan.
Shulardan eng koʻpi Toshkent viloyatiga tegishli 630 ta.
Keyingi oʻrinlarda Farg'ona 518 , Qashqadaryo 502 ta qayd etilgan.

Ushbu chaqiriqlar sabab kerakli manzilga kechikib borishlar kuzatilishi tabiiy.

@endocrinoo

Guruh manzili 👉 @endokrinolog_maslaxatii
👍4💯1
Surunkali kasalligi bor insonlarda uchrovchi shish haqida
Koʻp hollarda 2 hil shish farqlanadi buyrak va yurakka aloqador

Buyrak shishi:

Tez rivojlanadi, keng tarqaladi.
Yuz soxadan boshlanadi
.
Asosan ertalab paydo boʻladi.
Rangi oq, suvli harakatchan boʻladi.
Yuzi oqargan , so'liqqan.
Kamdan kam hollarda jigar ham shishadi

Yurak shishi:

Sekin asta rivojlanadi.
Oyoqdan boshlanadi.
Kun ohirida paydo boʻladi.
Qattiq, harakatsiz, koʻkargan.
Yuzi ko'kargan.
Ortopnoe holati hos.
Jigar hamma vaqt kattalashadi.

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

Toʻgʻrimi tez yordamchilar😂

@endocrinoo
😁4👍3
Siz bilgan qandli diabet qachondan beri mavjud?

Xech qiziqib koʻrganmisiz?

Maʼlumotlarga koʻra hattoki Misr ehromlari davrida ham qandli diabet mavjud boʻlgan. Buni ehromlarga chizilgan suratlar dalil qiladi.

U davrda chanqagan va siyishi koʻp boʻlgan insonni siydigi tekshirib koʻrilgan (til orqali) va shirin ekani aniqlangan. Davolash haqida esa maʼlumotlar yoʻq.

Bu kasallik bilan hayvonlar ham ogʻrishi tadqiqotlarda aniqlangan.

1889-yilda Jozef fon Mering va Oskar Minkovski oshqozon osti bezi olib tashlangan itlarda ham qandli diabet kelib chiqqanini aniqlagan. Shuningdek mushuklar hastalanishi aniqlangan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Zero biz siz uchun harakatdamiz.

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👏5👍2
#hazil_time

Qadimda ham EKG qilishgan 😅

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo

Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
😁7🤔1
Tushuncha

Odamlar juda ajoyib va shu bilan bir qatorda sodda.
Dori yozsangiz firma emasmi deguvchilar juda koʻp.

Xech bir dori osmondan tushmaydi yoki o'z oʻzidan hosil boʻlmaydi.
Yani hamma dori qaysidir firmaniki.

Paratsetamol yoki shu singari qadimiy dorilar xech qanday reklama talab qilmaydi va uni firma emas degan ishonchi bor insonlarda.

Oddiygina sodda dori yozib bersak ham aptekachilar oʻzgartirib berishi kunda juda koʻp takrorlanadi. Bemor shularga nega bunaqa yozilsa bunaqa berding demaydi lekin shifokorga firma yozma deydi. Firma yozmasa dori yozmaslik kerak tushuntira oldimmi.

Masalan oddiy metformin yozaman odatda lekin bemorlar kirib aptekadan asformin,metfogamma,glukofaj,diaformin olib ichib yuraveradi. Siz bemorni oʻylaysiz arzonroq olsin deb lekin bemorni haq huquq talab qiluvchi kuchi aptekada kuchsizlanib qoladi.

Demoqchi boʻlganim shifokor vijdonli boʻlsa aytganidek oling.
Zero barchamiz manzilimiz bir yerga boradi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍11
Qandli diabetning profilaktikasi haqida ma’lumot bersangiz?

Qandli diabetning 2-turi organizmda insulin miqdorining kamayishi sababli uglevod almashinuvining buzilishidan kelib chiqadi. Kasallik semizlik, zararli odatlar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning kamligidan kelib chiqadi. Kasallik kelib chiqishining oldini olish uchun birinchi navbatda tana vazniga e’tibor berish, parhez qilish zarur. Bundan tashqari sport bilan muntazam shug‘ullanish kerak. Suzish, yurish va velosiped haydash eng foydalisi hisoblanadi.

🥦 Yana bir usullardan biri parhez bo‘lib, ovqat ratsionidan uglevod va yog‘ miqdorini cheklash zarur. O‘rniga oqsilga boy mahsulotlar va sabzavotlar iste’molini ko‘paytirish lozim. Shokolad, muzqaymoq, turli shirinliklar va zararli odatlarni voz kechish lozim.

🔸Qandli diabet profilaktikalaridan yana biri bu yaxshi kayfiyat. Stress, depressiya, ko‘p asabiylashish ham kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3👏1
#hazil_time

Bemorga ham vaqt ajratish uchun qogʻozlardan voz kechishga yana necha asr kerak boʻlar ekana

Hazil achchiq haqiqati bilan

Kanal manzili👉 https://t.me/endocrinoo


Guruh manzili👉 https://t.me/endokrinolog_maslaxatii
👍6👏1
#analiz
#bepushtlik

Prolaktin gormoni- erkak va ayollarda mavjud bo'lgan 300 dan ortiq vazifa bajaradigan gormon. Gipofiz bezidan ajraladi.
Uning ajralishi kun davomida ham o'zgarib turadi. Infektsion kasallik, harorat ortishi sababli ortadi va kamayib turadi.
Gormonning vazifasi ayollarda sut bezi shakllanishi, sut sekretsiyasini taminlaydi.
Miqdori ortishi 2 hil ko'rinishda bo'ladi
Fiziologik
Patologik

Erkaklarda fiziologik ortishi sababi:
Kuchli jismoniy mehnat
Stress
Oqsilli mahsulotlar istemoli
Sport zalida ishlash
Uyqu
Jinsiy aloqa

Erkaklarda patologik ortishi sababi:
Gipofiz o'smasi
Gipotireoz
Jigar sirrozi
Buyrak yetishmasligi

Erkaklarda ushbu gormon ortishi sababli kelib chiquvchi holatlar
Psixoemotsional buzilish
Metobolik o'zgarishlar
Jinsiy sistema tarafdan
Erektil disfunksiya
Bepushtlik
Ginekomastiya
Insulin ortishi
Semizlik
Osteoporoz
Uyqusizlik

Shuningdek medikamentoz giperprolaktinemiya (dorilar sabab kelib chiquvchi) turi ham bo'lib quyidagi dorilar sababli paydo bo'ladi - neyroleptik, antidepressant, trankvilizator, oral kontraseptiklar(esterogen), kalsiy kanali blokatorlari, qon bosim pasaytiruvchilar, dofamin ingibitorlari, sudorgiga qarshi dorilar.

Bazan chekish va narkotik ham oshirishi aniqlangan.

Davolash faqat endokrinolog bilan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3👍1💯1
Somatotrop o'sish gormoni - kun davomida sekretsiyasi o'zgarib turadi. Uyquning dastlabki 1- 2- soatida eng ko'p ishlab chiqariladi.

Somatotrop gormonini ishlab chiqarilishini oshiruvchilar:
Somatoliberin
Grelin
Jismoniy mashqlar
Bazi aminokislotalar(arginin, ornitin, lizin, glutamin)
Gipoglikemiya
Glukokortikoidlar(oz miqdori)
Esterogenlar

Gormon miqdorini kamaytiruvchilar:
Somatostatin
Giperglikemiya
Glukokortikoidlar (yuqori miqdori)
Qondagi erkin yog' kislotalar

Kanalga azo bo'ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍2👏2
Juda kerakli rasm

Glikirlangan gemoglobin natijasiga asosan qondagi qand darajasini bilish (turli o'lchovdagi)


Masalan sizning glukometringiz 194 ko'rsatdi bu aslida nechchi degani? Shu haqida rasmda ☝️☝️

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯4