Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozish uchun irodangiz yetadimi?

(Kerakli video)

@endocrinoo
👍2🔥1👏1
💊Aminoglikozidlarning terapevtik dozada yuzaga keladigan nojo‘ya effektlari

⭕️ Ototoksik (streptomitsin,gentomitsin) - tashqi va ichki quloqda yig‘ilib, Kortiev organi hujayra tolalarining degenerativ o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bolalarda karlikka sabab bo‘lishi mumkin.
⭕️ Nefrotoksik (gentamitsin,amikatsin, kanamitsin, tobramitsin) - Buyrak proksimal kanalchalarining hujayralarida to‘planadi va lizosomani parchalanishini chaqiradi. Oqibat intersitsial nefrit yuzaga keladi.
⭕️Nerv-mushak bloki - diafragma va boshqa nafas mushaklari paralichi hisobiga nafas to‘xtashi mumkin
⭕️Ichakdan so‘rilishni buzilishi
⭕️Allergik reaksiyalar(toshma, qichishish, shish)
⭕️Polinevritlar
⭕️Flebitlar(venadan yuborilganda)

@endocrinoo
👍2
#analiz

Leykotsitlar — katta bo‘lmagan yaltiroq dumaloq shakldagi hujayralar, eritrositlardan 1,5– 2 marta kattaroq, ularningyadrosi ko‘pincha ko‘rinmaydi.
Erkaklarda — 0–3 ko‘ruv maydonida, ayollarda — 0–6 ko‘ruv maydonida bo‘ladi.

Leykotsituriya (leucocyturia) — siydikda leykositlar miqdorini oshishi.

Siydik yo‘llari va buyraklarning yallig‘lanish jarayonlaridan darak beradi:
• nefritlar (piyelonefrit, interstisial nefrit, yugurigli nefrit);
• o‘tkir va surunkali glomerulonefritlar (limfosituriya); 
• uretritlar, prostatitlar, sistitlar, piyelitlar; 
• nefrozlar, nefrosklerozlar; 
• buyrak tuberkulezi; 
• isitmalash, intensiv fizik zo‘riqishlar; 
•  toksik ta'sirlar va dori moddalar (antibiotiklar: penisillinlar, aminoglikozidlar; temir preparatlari; Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositlari; rentgenkontrast moddalar).

Agar ko‘ruv maydonida leykositlar miqdori 60 dan oshsa piuriya (pyuria)xaqida gapiriladi.
Sog‘lom odam siydigida leykositlar asosan neytrofillar hisobiga bo‘ladi. Bir qancha patologik holatlarda leykositlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi mumkin. Nefrotik sindromda uni o‘lchami kichiklashadi, pardasi qalinlashadi
Piyelonefritda leykositlar hajmi kattalashadi (ba'zan 2–3 marta), rangpar, ingichkalashgan,pardasi g‘adir-budir bo‘ladi. Sistitda leykositlar deformasiyalanadi, konturlari va donadorligi noaniq.Eozinofilli granulositlar siydikda surunkali piyelonefritda, maxsus (tuberkulezli) va nomaxsus xarakterda,yana allergik piyelonefrit va piyelosistitda uchraydi.

Limfositlar eritrositlardan o‘lchami bo‘yicha bir qancha kattaroq, rangsiz, nursiz,uning sitoplazmasi nativda murakkabligi aniqlanadi. buyrakni leykozli infiltrasiyasi natijasida, limfositlar siydikda limfoleykozni oxirgi bosqichida, yana buyrak kasalliklarida, qaysiki etiologiyasi immun omillar bilan bog‘liq (glomerulonefrit) da aniqlanishi mumkin. 
Leykosituriya manbaini aniqlash va differensial diagnoz uchun 3-stakanli Tompson sinamasi qo‘llaniladi. 
Birinchi stakanda siydikning dastlabki porsiyasi, ikkinchisida siydikning asosiy porsiyasi ajraladi, siydik pufagi butunlay bo‘shatilmaydi.
Prostataning massajidan keyin 3- stakanga siydik qoldig‘i yig‘iladi. Birinchi porsiyada leykositlar ko‘p bo‘lishi uretrit haqida, uchinchisida prostatit haqida gapirish mumkin.
Barcha stakanlarda leykositlar miqdorining bir xil bo‘lishi buyrak yoki siydik pufagi yallig‘lanish jarayoni joylashganligidan dalolat beradi. Siydikda asosiy reaksiyaning hujayra strukturasi tez buziladi, shuning uchun leykosituriya darajalari haqida gapirish qiyin

@endocrinoo
👍3
Glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptid (sinonimlar: glyukozaga bogʻliq insulinotrop peptid, ilgari keng tarqalgan nomlar: gastroingibitor polipeptid, gastroingibitor peptid, oshqozon ingibitor peptidi ; umumiy qisqartmalar: GIP) — oʻn ikki barmoqli ichak shilliq qavatining K-hujayralari va ingichka ichakning proksimal qismi tomonidan ishlab chiqariladigan peptid gormon. 

Tuzilishi
Glyukozaga bogʻliq inson insulinotrop polipeptid 42 ta aminokislota qoldigʻidan iborat: GIP molekulasining bir qismi sekretin molekulasi bilan, ikkinchisi glyukagon molekulasi bilan mos tushadi.

Funksiyalari
Glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptid inkretindir, yaʼni u ichakda ovqatni ogʻiz orqali qabul qilishga javoban ishlab chiqariladi. Oʻn ikki barmoqli ichakning kriptalarida va (kamroq darajada) ingichka ichakning proksimal qismida joylashgan K-hujayralari 153 aminokislotadan iborat proprotein ishlab chiqaradi, keyinchalik u GIPga aylanadi. GIPning yarimparchalanish davri 18 minut.

GIP sekretsiya stimulyatorlari — oshqozonda hazmlangan oziq-ovqatning yogʻlari va uglevodlari ingichka ichakka tushishidir.
Boshqa gormonlar singari, GIP qon oqimi bilan tashiladi.

Glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptidning asosiy vazifasi ovqatni isteʼmol qilishga javoban oshqozon osti bezi beta hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasini stimullashdir.
Bundan tashqari, GIP yogʻlarning soʻrilishini ingibirlaydi, ovqat hazm qilish traktida natriy va suvning reabsorbsiyasini kamaytiradi va lipoprotein lipazani ingibirlaydi. 

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍21👏1
Yechim izlagan imkon topar😂😂

@endocrinoo
😁6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tez va oson ozishni xoxlaysizmi?

Unda videoni koʻring (kerakli video)

@endocrinoo
👍2👏21
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Mochevina (siydikchil) jigarda sintezlanib va parenximatoz organlarning hujayra membranalari va eritrotsitlardan erkin o'tadigan past molekulyar og'irlikdagi birikma. U glomeruladagi qondan filtrlanadi, ammo uning sezilarli passiv reabsorbsiyasi tubulalarda bo'ladi, ayniqsa siydik oqimi tezligi pasaysa. Mochevinaning plazmadagi konsentratsiyasi uning sintez tezligiga, glomerular filtratsiya tezligiga (glomerular filtratsiya tezligi) va buyrak perfuziyasi tezligiga bog'liq.
Mochevina kam nisbatda bo'lsada zahar hisoblanadi. Mochevina osmotik faol moddadir, shuning uchun mochevina to'planishi parenximatoz organlarning to'qimalari, miokard, markaziy asab tizimi va teri osti to'qimalarida shish paydo bo'lishiga olib keladi. Plazmadagi mochevina konsentratsiyasi ko'pincha buyrak glomerulyatsiyasi ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi, ammo plazmadagi kreatinin kontsentratsiyasini o'lchash yanada aniqroq baho beradi. Mochevina kontsentratsiyasining oshishi, aniq intoksikatsiya klinik sindromi bilan birga uremiya deyiladi.

 Normada 2,5 - 8,3 mmol / l ni tashkil qiladi.

⬆️ Plazmadagi mochevina miqdorining oshishi:
Renal retensiya azotemiyasi (siydikda mochevina yetarli darajada chiqmasligi, buyrakning chiqarilish funktsiyasi susayishi):
• glomerulonefrit;
• buyrak amiloidozi;
• pielonefrit;
• nefrotoksik dorilarni qabul qilish.
 Buyrakdan tashqari tutilish azotemiyasi: (buyrak gemodinamikasining buzilishi):
• yurak etishmovchiligi;
• qon ketish;
• travma;
• ichak tutilishi;
• kuyish;
• siydik chiqarishining buzilishi;
 Azotemiya (oqsil katabolizmining kuchayishi bilan qonda mochevinani oshishi):
• kaxeksiya;
• leykemiya;
• xavfli o'smalar;
• glyukokortikoidlar va androgenlarni qabul qilish;
• febril sharoitlar;
• jismoniy faollik yuqoriligi;
• tarkibida oqsil miqdori yuqori bo'lgan parhez.
⬇️ Plazmadagi mochevina darajasining pasayishi:
• jigar faoliyati buzilganligi (mochevina sintezi buzilgan);
• fosfor, mishyak bilan zaharlanish;
• homiladorlik;
• akromegaliya;
• malabsorbsiya sindromi;
• dializdan keyingi holat.

@endocrinoo
👍2🔥1
Halqaro diabet federatsiyasi maʼlumotlariga koʻra 2014-yilda yer yuzida 371 mln qandli diabet bilan hasta insonlar mavjud boʻlib.
Shulardan 10% qismi qandli diabet 1-tipiga mansubdir.
Ushbu bemorlarning 40% qismida jinsiy kasalliklar, bepushtlik, jinsiy zaiflik yuzaga keladi.
1-tip qandli diabetli bemorlarda bu holat ertaroq paydo boʻladi.[ 35-55% ]
Sogʻlom odamlarga qaraganda erektil disfunksiya 3 barobar koʻp uchraydi.

Erektil disfunksiya tasnifi:
•Organik
•Psixogen
•Aralash
•Medikamentoz

Diagnostika va davolash:
Urolog va endokrinolog koʻruvi bilan

@endocrinoo
👍2😢2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Meni dushmanim oʻzim...

Ozmoqchi boʻlganlar uchun foydali maslahatlar aynan bizning kanalda
(Kerakli video)

@endocrinoo
👍2🔥1😁1
Yod yetishmasligi belgilari

@endocrinoo
👍5🔥1
#hazil_time

Logika-logikali fizika-fizikali😂😂

@endocrinoo
😁9🤔2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ideal vazn nechi boʻladi?
Qanday aniqlanadi?
(Kerakli video)

@endocrinoo
👍3
#hazil_time

Men juda soppa sogʻman.
Faqat shu protez tishlarimni solib, varikozimni oldirsam va buyrakdagi toshlarni eritib yuborsam va a.. boshida nima dedim😜

Hayrli kun. Kuningiz maroqli va sermazmun oʻtsin!

@endocrinoo
😁51👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2030-yilga kelib yer aholisining 45% qismi semizlik bilan asoratlanadi
(Kerakli video)

@endocrinoo
👍4
#Мулохаза_учун 📌

Умрага бориб келгач, ҳаётингиз ижобий томонга ўзгармаса, ҳаётингизда бўлмаган суннат кириб келмаса, қалбингиз нопок хислатлардан узоқлашиб гўзаллашмаса, сиз Умрага расмга тушгани борибсиз.

Муҳаммад Одил Ҳамид.

@endocrinoo
👍9🔥31
Antibiotiklar klassifikatsiyasi

Do'stlarga ham ulashing!

@endocrinoo
👍4
Birov qurar ekan, birov buzar ekan naqli suratga mos tushsa kerak.

Suyak yemirilishi haqida

@endocrinoo
👍6💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarkibida shakar boʻlgan mahsulotlar aslida shakarni berkitish uchun hiyla qilishidan habaringiz bormi?
(Kerakli video)

@endocrinoo
💯5👏1
Kichkina maslaxat

Ozolmayotganlar ham semira olmayotganlar ham eng avvalo uyquni to'g'irlanglar.

Sababi organizmdagi eng yaxshi moddalar almashinuvi uyquda sodir bo'ladi.

Yoshingizga qarab 7-8 soat to'liq uxlang. Imkon qadar 10 da uxlab 6 da turing. Shuni to'g'irlashingizni o'zi 30% maqsadingizga yetishtiradi.

@endocrinoo
👍5👏1
Qanday holatda uxlash foydali?

2012 yilda AQShning Rochester universiteti olimlari tadqiqotning yangi uslublari orqali buni kashf qilishdi.

Yaqinda maʻlum bo'ldiki, limfatik tizim yonboshda uxlaganda yaxshi ishlaydi, chalqancha yotganda uncha yaxshi faoliyat olib bormaydi, qorinda uxlaganda esa umuman yomon. Bunday holatda toksinlar chiqib ketish yo'li yopilib qoladi, shuning uchun ham ular miyada qolib ketadi.

Bizga 1400 yil avval qoldirilgan maʼlumotlarni g'ayridinlar asta-sekin aniqlab borishyapti

Maʼlumotni imkon qadar yaqinlarga ulashing


@endocrinoo
👍3🎉1💯1