Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Temirga boy mahsulotlar

100 g mahsulotga nisbatan:
- pista 60 mg
- jigar: molniki 7 mg, tovuqniki 3 mg
- ismaloq 13,51 mg
- yasmiq 11,8 mg
- noʻxat 6,8-9,4 mg
- grechka 8,3 mg
- arpa yormalari 7,4 mg
- joʻxori uni 5,5 mg
- bugʻdoy 5,4 mg
- yeryongʻoq 5 mg
- keshyu 3,8 mg
- makkajoʻxori 3,7 mg
- qaragʻay yongʻoqlari 3 mg.

Kundalik temirga boʻlgan ehtiyoj:
♂️ erkaklar uchun — 10 mg
♀️ ayollar uchun — 18 mg


@endocrinoo
👍3🔥1
Toksikoz- homiladorlikda uchrovchi holat boʻlib, dispeptik buzilishlar bilan namoyon boʻladi

Toksikoz asosan 1-trimestrda yani dastlabki 3 oyda oʻtib ketishi kerak. Agar holat yana choʻzilsa davolash talab qilinadi.

Yengil darajada - parxez yani mevalar oz-ozdan yeyish kerak, yogʻli hamir ovqatlarni cheklash kerak
Oʻrta darajada - toksidoks,normodoks tabletka 1x2 mahal va albatta parxez.
Ogʻir darajada - jigarni toksinlardan tozalash uchun essensial 5.0+glukoza 5.0 tomirdan 1 mahal 5 kun , reosorbilakt 200 ml tomirdan holatga qarab oʻrtacha 3 kun.

Bundan ham natija boʻlmaganda toza kislorod bilan terapiya yani ozonterapiya qilinadi

Kanalga aʼzo boʻling yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍5💯1
Qandli diabetli kishilar yoki ularning yaqinlari tomonidan:

Diabetning qaysi turi xavfli?
degan savol ko'p beriladi.


Aslida bu xavf deganda nimani tushinishimizga bogʻliq. Mening fikrimcha xavfni qandli diabetning turlariga qarab emas, balki uni qanchalik nazorat qilishimizga qarab ajratishimiz kerak.
Ularni kuyidagicha tariflash mumkin:

1⃣ Nazorat qilingan qandli diabet.
Bunda odam doimo qand miqdorini o'lchab boradi va meyorida ushlab yuradi. Doktor tavsiyalariga rioya qiladi, shu bilan birga o'zi xam izlanadi. Bunday odamlar diabet bo'lsada sogʻlom xayot kechiradi.

Taniqli diabetolog Djoslin aytganidek o'zini nazorat qilib boradigan diabetli odam, diabeti yo'q odamlardan ko'ra ko'proq va sog'lomroq yashaydi.

2⃣ Nazorat qilinmagan qandli diabet.
Bu xolatda odam o'z sogʻligʻini nazorat qilmaydi. Qand miqdorini o'lchamaydi. Aksar xollarda "Baland chiqsa kayfiyatim tushadi" degan vajni ko'rsatadi. Aslida qand miqdori baland chiqsa uning sababini topib shuni bartaraf qilish orqali  qand miqdorini meyoriga keltirish mumkinku. Qandli diabetni "muloyim qotil" deb xam atashadi. Agar diabet nazorat qilinmasa u o'z asoratlarini ku‌rsatadi.

❗️Dunyoda ko'rlikka olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda oyoq amputatsiyasi (olib tashlanishi) ga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

Xulosa o'zingizdan...
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍3💯21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nonushtaga nima yeysiz

Ozishni istovchilar uchun ovqatlanishni reja qilishda oltin qoʻllanma (kerakli video)

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍2
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Gemoglobin (Hb) — bu kislorodni biriktira oladigan va tashiydigan, temir atomini o’z ichiga olgan oqsildir. Gemoglobin qizil qon hujayralari (eritrosit)da bo’ladi. Gemoglobin miqdori gramm/litr (gr/ l) da o’lchanadi. Gemoglobin miqdorini aniqlash juda muhim, chunki uning miqdorining pasayishi butun tananing to’qimalari va organlariga kislorod yetishmasligiga olib keladi.

Gemoglobinning kamayishi (kamqonlik) — sabablari

Anemiya
Leykemiya
Tug’ma qon kasalliklari (o’roqsimon hujayrali anemiya, talassemiya)
Temir yetishmasligi
Vitaminlarning yetishmasligi
Qon yo’qotish

Gemoglobinning oshishi sabablari

Degidratsiya (organizmda suyuqlikning kamayishi (chanqoq), ortiqcha terlash, buyraklar faoliyatini pasayishi, diabet kasalligi, qandsiz diabet, haddan tashqari qusish yoki diareya, diuretiklarni qo’llash)
Yurak va o’pkaning tug’ma nuqsonlari
O’pka yetishmovchiligi yoki yurak yetishmovchiligi
Buyrak kasalligi (buyrak arteriyasi stenozi, yaxshi sifatdagi buyrak o’simtalari)
Gematopoez (qon shaklli elemetlarini ishlab chiqarish) kasalliklari (eritremiya)

Kanalga azo bo'ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2🔥1
#hazil_time

Tugʻruqxonada xonalar toʻla ekanligi sababli koridorda farzand tuqqan ayol nimaga doim bu tugʻruqxona odamlar bilan toʻla boʻladi. Nimaga sharoitlar yetarli emas depti.

Shunda doya aytipti - siz koridorda tug'dingiz shukr qiling. 2 yil oldin bir ayol joy yoʻqligidan avtostoyankada tuqqan edi depti.

Shunda haligi ayol ha oʻsha ayol men edimda degan ekan.

Qanchalar odamsizman deganingizda shu ayolni eslang🤣😉

@endocrinoo
😁6
- Siz olimsiz, sizdan oldin ham olimlar o'tkan. Nima uchun hamma ilmli bo'lib ketmagan?
- Sen nima ish qilasan?
- Sovun sotaman.
- Nimaga hamma ozoda bo'lib ketmagan?

@endocrinoo
💯3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qasamyod qilaman!!!

Sizchi shunday qasam ichgan bo'larmidingiz?

(Kerakli video)

@endocrinoo
👍3
Terapevtlar orzusidagi dori😅

@endocrinoo
😁2
Tetratsiklinli tishlar simptomi

Suyak to‘qimasi shakllanishi va mineralizatsiyasi davrida tetratsiklinni qabul qilish oqibatida tishlar rangining o‘zgarishi. Tetratsiklin tish to‘qimasiga kiradi va tish emali mineralizatsiya jarayonidagi kalsiy bilan bog‘lanib, tishning rasmdagidek rangi o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

❗️Eslatma. Homilador ayollarga va 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Tetratsiklin antibiotigini qabul qilish mumkin emas!

@endocrinoo
👍5👏2
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qalqonsimon bez funksiyasi Ortishi- Gipertireoz Kamayishi - Gipotireoz Agar sizda ushbu belgilar mavjud boʻlsa endokrinologga murojaat qiling @Endocrinoo
Tugʻma gipotireoz!!!
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchrovchi eng ogʻir endokrin kasallik.

Sababi: onaning homiladorlik davrida davolanmagan gipotireozi.(☝️☝️☝️)

Belgilari•
Katta vaznli chaqaloq(4kg)
•Ovqat va suyuqlik isteʼmoliga befarqlik
•Emish refleksi sustligi
•Quvvatsiz, horgʻin,uyquchan
•Mushaklar zaifligi
•Uzoq davom etgan sariqlik
•Skelet shakllanishi sustligi
Puls kamligi(bradikardiya)
Ich qotishi, ishtaxasizlik,yutish qiyinligi
•Tirnoq qalin,teri quruqlashishi
•Teri sovuq va rangpar
•Til kattalashishi(ogʻiz bazan ochiq)
•Yuz va qovoq shishi
•Kindik churrasi(bazan)


Kasallikning eng yomon asorati bu aqliy zaiflik rivojlanishidir. Agar kech aniqlansa ortga qaytmas aqliy zaiflik kuzatiladi.
Qancha erta tashxis qoʻyilsa bolani aqliy rivojlanishini tiklash shuncha oson boʻladi.

Tashxis qoʻyish chaqaloq tugʻruqxonadaligidayoq tovondan qon olib tekshiriladi.

Davolash faqat endokrinolog bilan bajariladi.

Oʻzingizni va farzandingizni asrang
Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
5🔥1👏1
Keling bugun bir dardlashaylik,
Duo qiling tolguncha bilak.
Eng goʻzal kun Sayyid ul ayyom,
Aziz doʻstim juma muborak.

@endocrinoo
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport bilan shugʻullanib ham semiryapsizmi?

Sogʻlom turmush tarzi va sportni ozishdagi oʻrni (kerakli video)

@endocrinoo
👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozish uchun irodangiz yetadimi?

(Kerakli video)

@endocrinoo
👍2🔥1👏1
💊Aminoglikozidlarning terapevtik dozada yuzaga keladigan nojo‘ya effektlari

⭕️ Ototoksik (streptomitsin,gentomitsin) - tashqi va ichki quloqda yig‘ilib, Kortiev organi hujayra tolalarining degenerativ o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bolalarda karlikka sabab bo‘lishi mumkin.
⭕️ Nefrotoksik (gentamitsin,amikatsin, kanamitsin, tobramitsin) - Buyrak proksimal kanalchalarining hujayralarida to‘planadi va lizosomani parchalanishini chaqiradi. Oqibat intersitsial nefrit yuzaga keladi.
⭕️Nerv-mushak bloki - diafragma va boshqa nafas mushaklari paralichi hisobiga nafas to‘xtashi mumkin
⭕️Ichakdan so‘rilishni buzilishi
⭕️Allergik reaksiyalar(toshma, qichishish, shish)
⭕️Polinevritlar
⭕️Flebitlar(venadan yuborilganda)

@endocrinoo
👍2
#analiz

Leykotsitlar — katta bo‘lmagan yaltiroq dumaloq shakldagi hujayralar, eritrositlardan 1,5– 2 marta kattaroq, ularningyadrosi ko‘pincha ko‘rinmaydi.
Erkaklarda — 0–3 ko‘ruv maydonida, ayollarda — 0–6 ko‘ruv maydonida bo‘ladi.

Leykotsituriya (leucocyturia) — siydikda leykositlar miqdorini oshishi.

Siydik yo‘llari va buyraklarning yallig‘lanish jarayonlaridan darak beradi:
• nefritlar (piyelonefrit, interstisial nefrit, yugurigli nefrit);
• o‘tkir va surunkali glomerulonefritlar (limfosituriya); 
• uretritlar, prostatitlar, sistitlar, piyelitlar; 
• nefrozlar, nefrosklerozlar; 
• buyrak tuberkulezi; 
• isitmalash, intensiv fizik zo‘riqishlar; 
•  toksik ta'sirlar va dori moddalar (antibiotiklar: penisillinlar, aminoglikozidlar; temir preparatlari; Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositlari; rentgenkontrast moddalar).

Agar ko‘ruv maydonida leykositlar miqdori 60 dan oshsa piuriya (pyuria)xaqida gapiriladi.
Sog‘lom odam siydigida leykositlar asosan neytrofillar hisobiga bo‘ladi. Bir qancha patologik holatlarda leykositlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi mumkin. Nefrotik sindromda uni o‘lchami kichiklashadi, pardasi qalinlashadi
Piyelonefritda leykositlar hajmi kattalashadi (ba'zan 2–3 marta), rangpar, ingichkalashgan,pardasi g‘adir-budir bo‘ladi. Sistitda leykositlar deformasiyalanadi, konturlari va donadorligi noaniq.Eozinofilli granulositlar siydikda surunkali piyelonefritda, maxsus (tuberkulezli) va nomaxsus xarakterda,yana allergik piyelonefrit va piyelosistitda uchraydi.

Limfositlar eritrositlardan o‘lchami bo‘yicha bir qancha kattaroq, rangsiz, nursiz,uning sitoplazmasi nativda murakkabligi aniqlanadi. buyrakni leykozli infiltrasiyasi natijasida, limfositlar siydikda limfoleykozni oxirgi bosqichida, yana buyrak kasalliklarida, qaysiki etiologiyasi immun omillar bilan bog‘liq (glomerulonefrit) da aniqlanishi mumkin. 
Leykosituriya manbaini aniqlash va differensial diagnoz uchun 3-stakanli Tompson sinamasi qo‘llaniladi. 
Birinchi stakanda siydikning dastlabki porsiyasi, ikkinchisida siydikning asosiy porsiyasi ajraladi, siydik pufagi butunlay bo‘shatilmaydi.
Prostataning massajidan keyin 3- stakanga siydik qoldig‘i yig‘iladi. Birinchi porsiyada leykositlar ko‘p bo‘lishi uretrit haqida, uchinchisida prostatit haqida gapirish mumkin.
Barcha stakanlarda leykositlar miqdorining bir xil bo‘lishi buyrak yoki siydik pufagi yallig‘lanish jarayoni joylashganligidan dalolat beradi. Siydikda asosiy reaksiyaning hujayra strukturasi tez buziladi, shuning uchun leykosituriya darajalari haqida gapirish qiyin

@endocrinoo
👍3
Glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptid (sinonimlar: glyukozaga bogʻliq insulinotrop peptid, ilgari keng tarqalgan nomlar: gastroingibitor polipeptid, gastroingibitor peptid, oshqozon ingibitor peptidi ; umumiy qisqartmalar: GIP) — oʻn ikki barmoqli ichak shilliq qavatining K-hujayralari va ingichka ichakning proksimal qismi tomonidan ishlab chiqariladigan peptid gormon. 

Tuzilishi
Glyukozaga bogʻliq inson insulinotrop polipeptid 42 ta aminokislota qoldigʻidan iborat: GIP molekulasining bir qismi sekretin molekulasi bilan, ikkinchisi glyukagon molekulasi bilan mos tushadi.

Funksiyalari
Glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptid inkretindir, yaʼni u ichakda ovqatni ogʻiz orqali qabul qilishga javoban ishlab chiqariladi. Oʻn ikki barmoqli ichakning kriptalarida va (kamroq darajada) ingichka ichakning proksimal qismida joylashgan K-hujayralari 153 aminokislotadan iborat proprotein ishlab chiqaradi, keyinchalik u GIPga aylanadi. GIPning yarimparchalanish davri 18 minut.

GIP sekretsiya stimulyatorlari — oshqozonda hazmlangan oziq-ovqatning yogʻlari va uglevodlari ingichka ichakka tushishidir.
Boshqa gormonlar singari, GIP qon oqimi bilan tashiladi.

Glyukozaga bogʻliq insulinotrop polipeptidning asosiy vazifasi ovqatni isteʼmol qilishga javoban oshqozon osti bezi beta hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasini stimullashdir.
Bundan tashqari, GIP yogʻlarning soʻrilishini ingibirlaydi, ovqat hazm qilish traktida natriy va suvning reabsorbsiyasini kamaytiradi va lipoprotein lipazani ingibirlaydi. 

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍21👏1
Yechim izlagan imkon topar😂😂

@endocrinoo
😁6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tez va oson ozishni xoxlaysizmi?

Unda videoni koʻring (kerakli video)

@endocrinoo
👍2👏21
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Mochevina (siydikchil) jigarda sintezlanib va parenximatoz organlarning hujayra membranalari va eritrotsitlardan erkin o'tadigan past molekulyar og'irlikdagi birikma. U glomeruladagi qondan filtrlanadi, ammo uning sezilarli passiv reabsorbsiyasi tubulalarda bo'ladi, ayniqsa siydik oqimi tezligi pasaysa. Mochevinaning plazmadagi konsentratsiyasi uning sintez tezligiga, glomerular filtratsiya tezligiga (glomerular filtratsiya tezligi) va buyrak perfuziyasi tezligiga bog'liq.
Mochevina kam nisbatda bo'lsada zahar hisoblanadi. Mochevina osmotik faol moddadir, shuning uchun mochevina to'planishi parenximatoz organlarning to'qimalari, miokard, markaziy asab tizimi va teri osti to'qimalarida shish paydo bo'lishiga olib keladi. Plazmadagi mochevina konsentratsiyasi ko'pincha buyrak glomerulyatsiyasi ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi, ammo plazmadagi kreatinin kontsentratsiyasini o'lchash yanada aniqroq baho beradi. Mochevina kontsentratsiyasining oshishi, aniq intoksikatsiya klinik sindromi bilan birga uremiya deyiladi.

 Normada 2,5 - 8,3 mmol / l ni tashkil qiladi.

⬆️ Plazmadagi mochevina miqdorining oshishi:
Renal retensiya azotemiyasi (siydikda mochevina yetarli darajada chiqmasligi, buyrakning chiqarilish funktsiyasi susayishi):
• glomerulonefrit;
• buyrak amiloidozi;
• pielonefrit;
• nefrotoksik dorilarni qabul qilish.
 Buyrakdan tashqari tutilish azotemiyasi: (buyrak gemodinamikasining buzilishi):
• yurak etishmovchiligi;
• qon ketish;
• travma;
• ichak tutilishi;
• kuyish;
• siydik chiqarishining buzilishi;
 Azotemiya (oqsil katabolizmining kuchayishi bilan qonda mochevinani oshishi):
• kaxeksiya;
• leykemiya;
• xavfli o'smalar;
• glyukokortikoidlar va androgenlarni qabul qilish;
• febril sharoitlar;
• jismoniy faollik yuqoriligi;
• tarkibida oqsil miqdori yuqori bo'lgan parhez.
⬇️ Plazmadagi mochevina darajasining pasayishi:
• jigar faoliyati buzilganligi (mochevina sintezi buzilgan);
• fosfor, mishyak bilan zaharlanish;
• homiladorlik;
• akromegaliya;
• malabsorbsiya sindromi;
• dializdan keyingi holat.

@endocrinoo
👍2🔥1
Halqaro diabet federatsiyasi maʼlumotlariga koʻra 2014-yilda yer yuzida 371 mln qandli diabet bilan hasta insonlar mavjud boʻlib.
Shulardan 10% qismi qandli diabet 1-tipiga mansubdir.
Ushbu bemorlarning 40% qismida jinsiy kasalliklar, bepushtlik, jinsiy zaiflik yuzaga keladi.
1-tip qandli diabetli bemorlarda bu holat ertaroq paydo boʻladi.[ 35-55% ]
Sogʻlom odamlarga qaraganda erektil disfunksiya 3 barobar koʻp uchraydi.

Erektil disfunksiya tasnifi:
•Organik
•Psixogen
•Aralash
•Medikamentoz

Diagnostika va davolash:
Urolog va endokrinolog koʻruvi bilan

@endocrinoo
👍2😢2💯1