Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Eozinofillar — bu toksik moddalarni, parazitlarni tozalash bilan shug’ullanadigan leykotsitlarning bir turi, saraton hujayralariga qarshi kurashda ishtirok etadi. Ushbu turdagi leykotsitlar gumoral immunitetni shakllantirishda ishtirok etadi (antitanalar bilan bog’liq immunitet)

Qonda eozinofillerining oshishi sabablari

Allergiya (bronxial astma, oziq-ovqatga allergiya, pollinoz, atopik dermatit, allergik rinit, preparatlarga allergiya)
Parazitar kasalliklar — ichak parazitlari (lyamblyoz, askaridoz, enterobioz, opistorxoz, exinokokkoz)
Infektsion kasalliklar (sil, mononukleoz, vena kasalliklari)
Saratonli o’smalar
Gematopoez tizimi kasalliklari (leykemiya, limfoma, limfogranulematoz)
Revmatik kasalliklar (revmatoid artrit)

Qonda eozinofillarning kamayishi sabablari

Og’ir metallar bilan zaharlanish
Yiringli jarayonlar, sepsis
Yallig’lanish jarayonining boshlanishi

kanalga azo bo'ling
malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍3
Bu sizga yangi yilni kutishga "motivatsiya"

Qadriga yeting, barini va barchani.

@endocrinoo
💯4👍1
Yangi yil uchun kam uglevodli Filadelfiya salati🎄

1 ta porsiya uchun:
• Yengil tuzlangan forel baliq - 100 g
• Bodring - 80 g
• avokado - 50 g
• pishloq - 50 g
• Zaytun moyi - 1 osh qoshiq.
• Susan - 1 choy qoshiq.
• Nori - 1 varaq
• Soya sousi (ixtiyoriy) - 1 osh qoshiq.

Yodingizda boʻlsin kam uglevodli ovqatlanish sizda qondagi glukoza darajasini keskin ortishiga yoʻl qoʻymaydi

@endocrinoo
👍5
Sizga keladigan tabriklar😂😂

@endocrinoo
😁9
Sizning javobingiz esa😂😂😂

@endocrinoo
😁11
Assalomu alaykum
2024-yilda kanal aʼzolari soni judayam koʻpayib sig'me ketsin
Yangi kirganlar sal siljiylar biz ham kirelik desin.
Endokrinologiyaga oid dunyodagi eng soʻngi yangilik ,ixtiro , davolash usullari bilan sizlarni taminlab turish bizga ham nasib qilsin.

Maʼlumotni sekinroq joylelar e miya uspet qimayapti uje devorilar

Bugun imlo hatolar va shevada yozishlar kuni bilan barchani tabrikleman

Barchamizga yil omadli kelsin

@endocrinoo
8👍2👏1
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Monotsitlar — tananing eng katta o’lchamli immunitet hujayralaridir. Ushbu oq qon hujayralari begona moddalarni tanib olish va boshqa leykotsitlarni ularni tanib olishni o’rgatish bilan shug’ullanadi. Ular qondan tananing to’qimalariga ko’chib o’tishlari mumkin. Qon oqimidan tashqarida, monositlar o’z shakllarini o’zgartiradi va makrofaglarga aylanadi. Makrofaglar yallig’langan to’qimalarni o’lik hujayralardan, leykotsitlardan, bakteriyalardan tozalashda ishtirok etish uchun yallig’lanish markaziga to’planadi. Makrofaglarning bu ishi tufayli shikastlangan to’qimalarning tiklanishi uchun sharoit yaratiladi.

Monotsitlar ortishining sabablari (monotsitoz)

Viruslar, zamburug’lar (kandidoz), parazitlar va sodda hayvonlar tufayli kelib chiqqan infektsiyalar
O’tkir yallig’lanish jarayonidan keyin tiklanish davri
Spetsifik kasalliklar: sil, bezgak, brutsellyoz, sarkoidoz
Revmatik kasalliklar
Gematopoetik kasalliklar: o’tkir leykemiya, mieloma, limfogranulematoz
Fosfor, tetraxloroetan bilan zaharlanish.

Monositlarning kamayishi sabablari (monotsitopeniya)

Aplastik anemiya
Tukli hujayrali leykemiya
Yiringli jarohatlar (abstsesslar, flegmonalar, osteomiyelitlar)
Tug’ruq
Jarrohlikdan so’ng
Steroid preparatlarini qabul qilish (deksametazon, prednizolon)

kanalga azo bo'ling
malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kam ovqat yeyman deydiganlar uchun!

Aslida ovqatni miqdori Kkal bilan oʻlchanishi zarur. Ayniqsa diabetiklar va ozishni istovchilar uchun bu katta mahorat maktabi boʻlishi darkor

Qancha yeyishingiz emas qancha kaloriya qabul qilishingiz muhim!

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
4👍1🔥1😁1
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Limfotsitlar leykotsitlarning ikkinchi yirik sonli qismidir. Limfotsitlar immunitet (antitanalar orqali) va hujayrali (hujayraning bevosita aloqasi va limfosit vayron qilinganidan) immunitetda muhim rol o’ynaydi. Qonda turli xil limfotsitlar — yordamchilar, bosimchilar va qotillar tarqaladi. Har bir oq qon hujayrasi muayyan bosqichda immunitetni shakllantirishda ishtirok etadi.

Limfotsitlar sonining oshishi sabablari (limfotsitoz)

Virusli kasalliklar: infektsion mononukleoz, virusli gepatit, sitomegalovirus infektsiyasi, gepatit infektsiyasi, qizilcha
Toksoplazmoz
O’RVI
Qon tizimi kasalliklari: aktiv limfotsitik leykemiya, surunkali limfotsitik leykemiya, limfosarkoma;
Tetraxloroetan, qo’rg’oshin, mishyak, uglerodli disulfid bilan zaharlanish
Dori vositalaridan foydalanish: levodopa, fenitoin, valproik kislota, giyohvandlik vositalari
Leykoz

Limfotsitlar sonining kamayishi sabablari (limfopeniya)

Tuberkulyoz
Limfogranulematoz
Aplastik anemiya
Buyrak yetishmovchiligi
Onkologik kasalliklarning terminal bosqichi
OITS
Radioterapiya
Kimyoterapiya
Glukokortikoidlarni qo’llash

kanalga azo bo'ling
malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kaloriya haqida🍔🍞🍅🍏

Ozishda kaloriyani xisobga olish bu juda muhim! (kerakli video)

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍4🔥1
#hazil_time

Shifokor - men anglab yetdim. Bir umr shifokorlik uchun tugʻilganimni. Men oʻz kasbini fidoiysiman. Bir umr shu soxada ishlamoqchiman

Hodim - kreditlaringiz koʻpmi

Shifokor - 😩😩😩

@endocrinoo
😁71
Katta yoshli insonning boshi oʻrtacha 5 kilogrammni tashkil qiladi, boʻyin ushbu yukni qiyinchiliksiz tutib tura oladi. Lekin boʻyin egilishi ortishi bilan unga tushayotgan yuk ortib boradi. Boʻyinnig 60 gradusga egilishi boshning ogʻirligini 27 kilogrammgacha (!) orttiradi.

Shuning uchun qadrli kanalimiz aʼzolari, qaddingizni doim toʻgʻri tutishga harakat qiling!

@endocrinoo
🎅3🎄1
Tez tibbiy yordam ham deyarli shunday

Avtomobil tashqi koʻrinishini aytaman😁

@endocrinoo
😁102
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dieta qanday qilinadi?
Kim bizga yordam beradi?
Qaysi usul qulay va samarali?

Barchasi video yakunida😉
(Kerakli video)

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
😁8
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Trombotsitlar kichik, yadrosiz hujayralardir. Ushbu qon tarkibiy qismining asosiy vazifasi qonning ivishida ishtirok etishdir. Trombotsitlar ichida koagulyatsion (ivish) omillarning aksariyati mavjud bo’lib, kerak bo’lganda qonga quyiladi (masalan tomir devoriga zarar yetkazilganda). Ushbu xususiyat tufayli shikastlangan tomir tromb tashkil etuvchi tromb tomonidan tiqilib qoladi va qon ketish to’xtaydi.

Qonda trombotsitlarning ortishi sabablari

(trombotsitoz, 320×109 hujayra / l dan ortiq trombotsitlar soni)

Taloqni olib tashlash
Yallig’lanish jarayonlari (revmatizmni kuchayishi, osteomiyelit, sil kasalligi, abstsess)
Turli kamqonlik turlari (qon ketishdan keyin, temir tanqisligi, gemolitik)
Jarrohlikdan so’ngSaraton kasalligi
Jismoniy charchoq
Eritremiya

Qonda trombotsitlarning kamayishi sabablari

(trombotsitopeniya — 180×109 hujayra/l dan kam bo’lishi)

Tug’ma qon kasalliklari (gemofiliya)
Idiopatik autoimmun trombositopenik purpura
Tizimli qizil yugurigi
Infektsiya (virusli va bakterial infektsiyalar, bezgak, toksoplazmoz)
Aplastik anemiya
Paroksimal kechki gemoglobinuriya
Evans sindromi (autoimmun gemolitik anemiya va trombotsitopeniya)
Qon quyish
Bolalarda muddatidan oldin tug’ilish
Yurak yetishmovchiligi
Buyrak venalarining trombozi

kanalga azo bo'ling
malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
2
Maxsulotlarning GLIKЕMIK INDЕKSI xaqida gaplashamiz:
GLIKЕMIK INDЕKS - oziq-ovqat maxsulotlari tarkibidagi uglevodlarning qondagi glukoza miqdorini o'zgartiruvchi ko'rsatkich xisoblanadi.
GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlar sekin xazm buladi, sekin so'riladi va oqibatda qondagi qand miqdori nisbatan kamroq va sekinroq ko'tariladi. GI 3 turda boʻladi:
1. GI past - < 55;
2. GI o'rtacha - 56-69;
3. GI yuqori - 70+;

GLIKЕMIK INDЕKSI 100 va undan yuqori boʻlgan maxsulotlar:
- oq non - 100;
- maltoza - 105;
- oq guruch - 112;
- kartoshka - 118;
- kukuruz yormasidan iborat quruq nonushta - 132;
- shirinliklar - 105-135;

GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilish :
1. Diabetda qand miqdorini me’yorlashtiradi;
2. Tana vaznini ushlab turadi;
3. Xomiladorlik sogʻlom kechadi;
4. yurak sogʻlom boʻladi;
5. Aql faollashadi;
6. Ko'krak raki xavfi kamayadi;
7. Kuzlar salomatligi uchun;

XULOSA qilib aytganda qancha GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilsangiz shuncha sogʻlom bo'lasiz 👍☺️

@endocrinoo
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixell glukometrida oʻlchov birligini мг/дл dan ммоль/л ga oʻtkazish haqida videorolik.

Mg/dl da -----norma 80-120 boʻladi
Mmol/l da ----esa norma 3.3-5.5 boʻladi

@endocrinoo
👍5