Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bilmam qancha asrlar kerak
Yana bir bor quyosh chiqquncha.
Koʻrguligin qoʻymaydi falak
Birimizni yerga tiqquncha.

Men oʻlimdan qoʻrqmayman, axir,
Har qadamim tahlika, urush.
Biroq mingta oʻlimdan ogʻir
Sizni boshqa birovga berish.

@endocrinoo
10👍21
Assalomu alaykum barcha barchaga

Yakshanba dam olish kuni barchaga maroqli hordiq tilayman


@endocrinoo
👍8
Ba'zan odamlar konsultatsiyalar(shifokor ko‘rigi) qimmatligidan nolishadi.

Keling tahlil qilib ko‘raylik. Poytaxtda xususiy klinikalarda o‘rtacha konsultatsiya 100 ming so‘m atrofida. Sifatli futbolka sotib olaman desangiz 100 mingdan ko‘p sarflaysiz, bir marta choyxonada o‘rtoqlar bilan maza qilib o‘tiraman desangiz 100 ming dan ko‘p sarflaysiz. Haqli savol tug‘uladi. Sog‘ligimiz uchun 100 ming(so‘mda aytyapman) sarflay olmaymizmi? To‘y, mashina va uy-joy uchun 50-100 millionlab topgan, sog‘lik uchun 100 ming so‘m topilmaydimi?

Endi tangani ikkinchi tomoni qaraymiz. Bir inson yaxshi shifokor bo‘lish uchun qancha umrini sarflaydi deb o‘ylaysiz? Eng kamida 10 yil, konsultatsiya esa 100 ming so‘m(yiliga 10 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan). Endi sizga bir savol bermoqchiman. Bir kasbni egallash uchun 10 yil umringizni sarflarmidingiz? Ha desangiz siz qahramonsiz. Chunki ha deyishni o‘zi ham bir jasorat aslida.

Sog‘lik uchun vaqtida pul ajratmasangiz, keyin kech bo‘lishi va milliardlar(dollarda aytyapman) ham yordam bermasligi mumkin.

Bu dunyoda eng buyuk ne'mat bu sog‘lik. Shunday ekan uni ko‘z qorachig‘iday asraylik!

@endocrinoo
👍16👏3
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Trombotsitlar

Qonning shaklli elementi. Gemostaz (qon ivishi) jarayonida ishtirok etadi. Trombotsitlar suyak ko‘migida, megakariotsitlardan hosil bo‘ladi.
Trombotsitlar miqdori oshishi (trombositoz)
Qon ketishlarida;
Splenektomiyada (taloq olib tashlanganda);
Kortikosteroidlar bilan davolaganda;
Jismoniy zo‘riqqanda;
Temir tanqisligida;
Yomon sifatli o‘smalarda;
O‘tkir gemolizda;
Miyeloproliferativ buzilishlar (eritremiya, miyelofibroz);
Surunkali yallig‘lanishli kasalliklar (revmatoid artrit, sil, jigar sirrozi);
Trombotsitlar miqdori kamayishi (trombositopeniya)
Trombotsitlar hosil bo‘lishi kamayishida;
DVS – sindromi;
Trombotsitlar parchalanishi oshishi;
Gemolitik-uremik sindrom;
Splenomegaliya;
Autoimmun kasalliklar.
Trombotsitlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlab berishdir. Trombotsitlar tarkibida qonning ivishida ishtirok etadigan komponentlar bor, ular qon tomirlar shikastlanganda ajralib chiqadi. Buning natijasida qon tomirlarda tromb hosil bo‘ladi va qon oqishi to‘xtaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍7
G'aming oshsa, daryo yoqala.
Shodlik oshsa mozor yoqala.

© Sa'diy Sheroziy

@endocrinoo
👍11
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

Leykotsitlar
Oq qon tanachalari. Qizil suyak iligida hosil bo‘ladi. Leykotsitlarning vazifasi organizmni begona moddalar va mikroblardan himoya qilish, boshqacha qilib aytganda – ular immunitetdir.
Infeksion-yallig‘lanishlarda;
Allergiyada;
Leykozda;
O‘tkir qon yo‘qotishlardan keyingi holatlarda, gemolizda;
Leykotsitlar miqdori kamayishi
Suyak iligi kasalliklarida;
Infeksiya (gripp, qizamiq, qizilcha va boshqalar);
Immunitetning irsiy anomaliyalarida;
Taloq funksiyasi kuchayishida.
Leykotsitlarning turli xil shakllari borligini hisobiga olib, ularning miqdori oshishi yoki kamayishida alohida jihatlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi

@endocrinoo
👍4🤔2
Bissinoz - kasbiy kasallik bo'lib, uzoq muddat paxta, zig'ir yoki kanop tolalarini nafas yo'llariga tushib turishi natijasida yuzaga keladi. Bunda etiologik agent vazifasini tolalardagi bakteriya endotoksini bajaradi.

Belgilar: Bronxial astmadagi kabi ko'krak qafasida siqilish va nafas qisishi.

Davolash: tashqi ta'sirotni to'xtatish va bronxolitiklar.

@endocrinoo
👍5
Buyrakdagi toshlar rentgen tasvirida shunday ko'rinishda bo'ladi.

@endocrinoo
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Litotripsiya - bu buyrakdagi toshlarni lazer yoki ultratovush yordamida parchalab, olib tashlash usuli.

👆Usul turlari va jarayon mexanizmi videoda batafsil ko'rsatib o'tilgan.

@endocrinoo
👍3
Siz rasmda ko'rib turgan moslama - bemorda gemodializ o'tkazish maqsadida o'rnatilgan.

🩸 Gemodializ - bu o'tkir yoki surunkali kasalliklar natijasida buyrak o'z faoliyatini (qonni tozalash) bajarolmaganda amalaga oshiriladigan maxsus protsedura hisoblanadi.

♻️ Gemodializ jarayonida moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan toksinlar qondan tozalanib, suv va elektrolitlar balansi normallashtiriladi.

🔃 Qon qizil naycha orqali tanadan gemodializ moslamasiga boradi va ko'k naycha orqali organizmga qaytadi.

Unutmang sizda qandli diabet mavjud boʻlgan taqdirda buyrak funksiyasi buzilishi diabetik nefropatiyaga sabab boʻladi va uning soʻngi bosqichida gemodializ zarur boʻladi

Oʻzingizni doimo taxlillar orqali nazorat qiling

@endocrinoo
👍7
Homilador ayollar qahva ichishlari mumkinmi?

Mumkin. Qahva vitaminlar va antioksidantlarni o'z ichiga oladi va turli surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ammo homilador ayollar uchun eng muhimi shundaki, u ko'ngilni ko'tarishga yordam beradi va energiya qo'shadi, bu ko'pincha yetishmaydi, ayniqsa birinchi trimestrda.

Biroq, siz uni faqat oz miqdorda ichishingiz mumkin. Kofein qon tomirlarini, shu jumladan bachadon va yo'ldoshni toraytiradi. Shuning uchun homilada yetarli qon bo'lmasligi mumkin. Kofeinni suiste'mol qilish esa bolaning o'lim xavfini oshirishi mumkin.

@endocrinoo
👍3
TOP 10

Ozdiruvchi mevalar

@endocrinoo
👍2
O'tkir xolеsistit

Shikoyatlari:
• O'ng qovurg'a ostida og'riq
• Badanni o'ng tomoniga irridasiyalanishi bilan;
• Ko'ngil aynish;
• Qayt qilish;
• Tana haroratini ko'tartlishi;
• Og'izni qurishi va achchiq–taxir ta'm.

Anamnеz:
• Noto'g'ri ovqatlanish (o'tkir, sho'r, yog'li ovqatlar)

Ko'rik:
• Tеri qoplamalari sovuq tеr bosgan
• Til quruq va karashli.
• Palipasiyada: o'ng qovurg'a osti mushaklari og'riqli va taranglashgan.
• Ortnеr, Mеrfi, Myussi, Shеtkin-Blyumbеrg simptomlari musbat.

Muolaja:
1. Og'riq qoldiruvchi preparatlar.
2. Xirurgiya bo'limiga gospitalizasiya qilish.

@endocrinoo
👍3
2011-yil Syurixda 1265 nafar insonda oʻtkazilgan tajribada aniq boʻldiki.
Inson uchun testosteronning eng yuqori nuqtasi tanadagi yogʻlar 11-17% holatda boʻlganda ekan.

Semizlik ortib borgan sari testosteron kamayib, esterogen esa ortib borgan.

Shunday ekan semirishdan va ortiqcha yogʻlardan saqlanish uchun ham sogʻlom turmush tarziga rioya qiling

©JFI

Maʼlumotni imkon qadar koʻproq yaqinlarga ulashing

@endocrinoo
👍3
⚡️Immun tizimi semizlik va suvsizlikni yoqtirmaydi.

Immun tizimi deganimizda koʻzimiz oldiga qandaydir sexrli kuch kelishi extimol. Aslida immunitetimiz bir gala faol xujayralardan iborat tizimdir.

Bu xujayralar suyuqlik muxitida tezroq xarakatlanadi. Ortiqcha vaznda qonda glyukoza, xar xil xolestrinlar, lipidlar koʻp boʻladi.

Soddaroq qilib tushuntirsam, suvda suzuvchi oʻrdak, agar suvda turli axlatlar, baklashkalar, toʻsiqlar boʻlmasa manzilga tez va oson yetib boradi.

Oʻsha oʻrdak semiz va suv kam iste’mol qiluvchi odamlar organizmida yaxshi xarakat qilolmaydi. Sababi, birinchidan suyuqlik kam, ikkinchidan suyuqlik ifloslangan.

Suv iching va ozing.

@ENDOCRINOO
👍4😁1
Kechki ishtaha bilan qanday kurashish kerak

Uch yo'l:

▫️Bir choy qoshiq asalni iliq suv bilan iching.

▫️ Bir stakan kefir iching. Bu nafaqat ochlikni qondiradi, balki umuman ayol tanasi uchun foydalidir va qomatga zarar yetkazmaydi.

▫️Bir stakan sut iching, iliq ham, sovuq ham ichishingiz mumkin. @endocrinoo
👍5
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qonning normadagi biokimyoviy ko'rsatkichlari Ushbu taxlildagi barcha koʻrsatkichlarni bugundan boshlab yoritib boramiz. Qaysi taxlil nega topshiriladi va natija ortish kamayishi nimani bildirishi haqida @endocrinoo
#analiz

AST - bu nima?
Bu qondagi jigar fermentlaridan biri - aspartat aminotransferaza darajasini aniqlash uchun test.

Aspartat aminotransferaza (AST) asosan jigar va yurak hujayralarida joylashgan fermentdir, shuning uchun qonda AST darajasi yuqori bo'lsa, bu jigar va yurak, shu jumladan miokard infarkti bilan bog'liq muammolarni ko'rsatishi mumkin.

AST tahlili ALT tahlili bilan bir qatorda jigar testlari qatoriga kiradi; ikkala test ham jigar kasalligiga shubha qilinganida, shuningdek, ikkala fermentning nisbatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qon testida AST darajasining oshishi bemorda yurak muammolari bo'lishi mumkinligini anglatadi. Agar ALT yuqori bo'lsa, unda, birinchi navbatda, jigarni tekshirish kerak.

Qachon taxlil uchun yuboriladi
Agar bemor qorin bo'shlig'idagi og'riqlar, meteorizm, ko'ngil aynishi va qayt qilish, ishtahaning buzilishi, terining va ko'z oqlarining qichishi va sarg'ayishi, zaiflik va charchoqdan shikoyat qilsa, AST tahlili ko'rsatiladi. Sargʻaygan siydik va najasning oqarishi ham sinovni buyurish uchun tashvish beruvchi alomatlardir

Taxlil vena qonidan olinadi
Natija 2-3 soatda chiqadi

Taxlildan 12 soat oldin dori va ovqatlanishdan cheklanishi kerak boʻladi. Ogʻizni chayqash,suv ichish taxlilni hato chiqishiga sabab boʻladi

Oʻzingizni nazorat qilish uchun ham doimo shifokorga murojaat qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍4
Bachadon miomasi (fibromioma, leyomioma) - bachadonning mushak qavatidan o'sib chiquvchi yaxshi sifatli o'sma.

Miomaning har bir tuguni - bo'linishi izdan chiqqan bitta silliq mushak hujayrasidir.

Mioma gormonga tobe rivojlanuvchi o'sma hisoblanadi.

@endocrinoo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Exokardiografiya(ExoKG) - yurakni ultratovush bilan tekshirishning zamonaviy va xavfsiz usuli bo‘lib, yurak strukturalardan qaytgan ultratovush signallarini ushlashga asoslangan.

Bu usul yurak klapanlari holati, perikarddagi(yurak xaltasi) suyuqlik hajmini, yurak va uning alohida strukturalari o‘lchamini baholashga qaratilgan.

@endocrinoo
👍2
Vitamin va minerallarni birgalikda qo'llanilishi jadvali.

🔴 - mos kelmaydi (birga foydalanish mumkin emas).
🔵 - mos keladi (birga foydalanish yaxshi ta'sir ko'rsatadi).
⚪️ - neytral (bir-biriga ta'sir qilmaydi).

@endocrinoo
👍4