AYOLLARDA KLIMAKS
Klimaks - inson hayotidagi fiziologik davr boʻlib, ayollarda reproduktiv vazifaning tugashi, erkaklarda esa jinsiy bezlar ishidagi oʻzgarishlar bilan kechadi. Klimaks 40 yoshdan keyin yuzaga keladi va ayollarda oʻrtacha 10-yil, erkaklarda 5-yil davom etadi.
📌 SABABLARI
Ayol reproduktiv sistemasidagi oʻzgarishlar.
Bu holat quyidagilardan keyin yuzaga keladi:
• Organizmning qarishi;
• Jinsiy a’zolarning yalligʻlanish kasalliklari;
• Kichik chanoq a’zolarIdagi operatsiyalar;
• Tuxumdonlar funsional faolligining pasayishi;
❗️Ortiqcha vazn, surunkali alkogolizm, notoʻgʻri hayot tarzi erta klimaksga olib keladi.
📌 BELGILARI
- "koʻtarilishlar" (toʻsatdan toʻlqinsimon qizib ketish);
- Hayzning toʻxtashi (menopauza);
- Bosh ogʻrishlari;
- Ter ajralishining kuchayishi;
- Asabiy ta’sirchanlik;
- Libido (jinsiy mayl) ning pasayishi;
- Tushkunlikka moyil boʻlish;
- Siydik tutolmaslik;
- Siydik chiqarishga tez-tez signal boʻlishi;
- Qin shilliq qavatining qurishi;
- Teri quruqligi;
- Soch toʻkilishi.
🔬 DIAGNOSTIKA
Klimaksni va unga koʻriladigan choralarni aniqlash maqsadida vrach-ginekolog quyidagi analizlarni buyuradi:
1. Qonning umumiy va biokimyoviy analizi;
2. Kichik chanoq organlarining ultratovush tekshiruvi;
3. Bachadon ichki qavati (endometriy) dan namuna olib tekshirish;
4. Qindan surtma olib tekshirish;
5. Mammografiya;
6. Suyak-mushak tizimining rentgenologik tekshiruvi.
💊 DAVOLASH
• Antidepressantlar;
• Nogormonal preparatlar - biofosfonatlar;
• Tabletka va krem koʻrinishidagi estrogenlar;
• Gormonal preparatlar.
❗️XAVF
Agar klimaksning davosi oʻz vaqtida boshlanmasa, u quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
- Infarkt, insult xavfining oshishi;
- Yurak ishemik kasalligi;
- Bachadondan qon ketishlar;
- Osteoporoz;
- Ateroskleroz.
📌 PROFILAKTIKASI
Hozir yoshroq boʻlishingiz mumkin. Ammo kelajakda klimaksingiz yengil oʻtishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
° Siydik yoʻllari va jinsiy a’zolar kasalliklarini oʻz vaqtida davolash;
° Zararli odatlardan voz kechish;
° To'g'ri ovqatlanish
@endocrinoo

QANDSIZ DIABET
Qandsiz diabet - vazopressin gormoni yetishmovchiligi xisobiga kuchli chankash va kup mikdorda siydik ajratish bilan kechadigan kasallik. Vazopressin - bosh miyada gipofiz bezining orka kismida yigiladi va konga chikadi.
Buyraklar organizmda asosiy konni tozalovchi organ bulib, kon buyraklardan utganda birlamchi siydik xosil buladi va u uzida organizm uchun kerak bulgan ozuka moddalarini saklaydi. Xosil bulgan birlamchi siydik vazopressin gormoni taъsirida kayta konga suriladi va barcha kerakli bulgan ozukalar, gyukoza, elektrolitlar konga kaytariladi. Shundan keyin ikkilamchi siydik xosil bulib u organizmga kerak bulmaganligi uchun tashkariga chikariladi. Mana shu ikkilamchi siydik xosil bulishida ishtirok etadigan vazopressin gormoni yetishmovchiligida barcha kerakli minerallar , suv va elektrolitlar biroamchi siydik kurinishida organizmdan chikib ketadi.
QANDSIZ DIABET turlari:
🥵-markaziy shakli
- buyrak shakli
🥵- yengil (sutkada 6-8 litrgacha peshob ajaraladi);
- o'rta (8-14 litr);

- og'ir (14 litrdan ko'p);
SABABLARI:
- nasldan utadi (tugma kandsiz dmabet rivojlanadi);
- miya rivojlanishidagi nuksonlar (tugma KD);
- bosh miya travmasi (orttirilgan QD);
- bosh miya usmalari va metastazlar;
- insult
- tuberkulyoz, sarkoidoz
- infeksiyalar - entsefalit, meningit;
- idiopatik (sababi nomvъlum);
- buyrak kasalliklari;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
BELGILARI: qandsiz diabetning asosiy belgilari - kup mikdorda siydik ajratish (4-16litr sutkada), kup suv ichish (3-18 litr sutkada), chankash, uykusizlik, teri kurishi, ishtaxasizlik.
Tekshiruvlar:
- umumiy siydik analizi;
- Zimnitskiy sinamasi;
- ko'rish maydoni;
- qondagi Antidiuretik gormon mikdorini aniqlash;
DAVOLASH: qandsiz diabetni endokrinolog aniqlaydi va davolaydi. Asosiy davo - vazopressinning sintetik analogi - desmopressin buyuriladi. U tabletka, tomchi va sprey ko'rinishida buladi.
XA AYTGANCHA, qandsiz diabetda qondagi qand miqdori meyorida bo'ladi 😊👍👌

👏1
❓Yod preparatlarini qancha vaqt ichish kerak?
Qalqonsimon bez faoliyati uchun eng muhim mikroelement yod hisoblanadi. Yodni qalqonsimon bezning ozuqasi desa ham boʻladi. Qalqonsimon bez faoliyati normal holatda kechishi uchun kunlik ehtiyoji qondirilishi lozim.
Qalqonsimon bez faoliyatining ortishi, gipertireoz va diffuz toksik buqoq kasalliklarida, yod preparatlariga allergiya boʻlsa, kasallik davolanmaguncha yod preparatlarini ichish mumkin emas.
Hech qanday qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa:
- 5-6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 50 mkg,
- 5-6 yoshdan 14-15 yoshgacha boʻlgan maktab yoshidagi bolalar uchun 100 mkg,
- 15 yoshdan kattalar uchun 150 mkg,
- homilador va emizikli ayollar uchun esa 200 mkg ichish tavsiya etiladi.
Ushbu dozalar profilaktik kichik dozalar boʻlib, kunlik ehtiyojini ta’minlash uchun ichiladi.
Bu dozalarda doimiy ichish mumkin faqat har 6 oy 1-yilda endokrinolog koʻrigidan oʻtish va qalqonsimon bez faoliyatini tekshirtirib turish lozim.

❤1👍1
✅ Soqov (belgilarsiz rivojlanadigan) kasalliklar
🔹Qandli diabet: har ikki bemordan birini belgilarga qarab emas, tasodifan tibbiy tekshiruvlar vaqtida aniqlashar ekan.
🔹Gepatit: Ushbu virus inson tanasida bir necha yil davomida rivojlanib, organizmni ich-ichdan yemirishga qodir.
🔹Gepatoz (jigarni yogʻ bosishi): Kishi uzoq vaqt davomida jigarni yogʻ bosishi xastaligi bilan ogʻriganini payqamaydi ham.
🔹Yoʻgʻon ichak saratoni: shunisi bilan xavfliki, erta bosqichlarda hech qanday alomatlarsiz namoyon boʻladi.

⚡️Aptekachi sizga maslaxat bersa javobgarlikni oʻziga yuklang.
Oʻzini xurmat qilgan aptekachi vrach yozuviga asosan dori beradi. Retsept bu vrachning aptekachiga murojati.
Ammo koʻp aptekachilar bemorlarga tibbiy tavsiya berishadi. Holbuki, ularning vakolati va saviyasi bunga toʻgʻri kelmasada.
Agar aptekachi sizga oʻzbilarmonlik ila tavsiya bersa - Javobgarlikni boʻyningizga olasizmi deb soʻrang. Olmasa aql oʻrgatishdan oʻzini tiygani ma’qul.
Tajribali aptekachilar dorini oʻxshashini taklif qilishlari mumkin va albatta vrach bilan maslaxatlashishni ta’kidlaydilar.
Yaxshi vrach toping va buyurganini qilishga xarakat qiling. Qoʻshnilar, koʻchadagilar va aptekachilarning tavsiyalarining tagi boʻsh.
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

❤2👍1
❓SAVOL:
Boʻyni qanday oʻstirish mumkin?
✅ JAVOB:
Voyaga yetgan odam uchun, oʻsish zonalari yopilgandan keyin, boʻy oʻsishini oshirish mumkin emas. Bu tibbiyot tomonlama isbotlangan.
P.S. Agar siz voyaga yetgan boʻlsangiz, xar xil "garantiya" beradigan "boʻy oʻstiruvchi" dorilar reklamasiga ishonib qolmang.

🌺Insulin haqida nimalarni bilasiz?
Koʻpchilik “insulin“ soʻzini qandli diabet bilan bogʻlaydi va shu bilan insulin xaqida, tushuncha koʻpchilikda nixoyasiga yetadi. Insulin nima va u nima uchun bizga kerak?
◻️Insulin - oshqozon osti bezining maxsus hujayralarida ishlab chiqariladigan gormon. Insulin organizmga, qonda glyukoza miqdorini pasaytirish uchun kerak.
◼️Insulin ishlab chiqarilishi qondagi glyukoza darajasiga bogʻliq: glyukoza qonda qanchalik yuqori boʻlsa, insulin qonga shunchalik koʻp chiqadi.
◻️Qonda glyukoza miqdori, insulin glyukozalarni xujayra ichiga olib kirishi evaziga pasayadi.
🟧1-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq) insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralari tugʻma "yoʻq" boʻladi.
🟧2-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq boʻlmagan) oshqozon osti bezi hujayralarida muammo boʻlmaydi. Biroq, insulinni sezuvchi toʻqimalarning hujayralari insulinga sezgirligini yoʻqotgan buladi.

👍3
🔴Gemofiliya—irsiy kasallanadigan o‘g‘ir kasallik,erkaklarda ham ayollarda ham uchraydi. Kasallikni keltirib chiqaradigan gen onadan o‘tadi. Buvi kasal, ona sog‘lom bo‘lsa ham farzandlari kasal bo‘lishi mumkin
🔰Gemoliyaga uchragan bemorlarda, qon ivishini taminlaydigan oqsil—antigemofil globulin yetishmaydi. Natijada qon ivish xususiyatini yo‘qotadi,kichik jarohat ham bemor hayotiga katta xavf tug‘diradi
⛔️Bemor lat yeganida terisi ostiga, muskuli orasiga va boʻgʻimiga koʻp qon quyiladi; tilini tishlab olganida, tishini oldirganida ham juda koʻp qon oqib, hayoti xavf ostida qoladi.

♻️Gemodializ - bu sun‘iy yasalgan qurilma yordamida,yarim o'tkazuvchan membrana orqali qonni tozalash jarayoni.
✅O'tkir buyrak etishmovchiligi, giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar, zaharli moddalar bilan zaharlangan odamlar uchun gemodializ zarur.
🔰Ammo surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan odamlarning aksariyati gemodializga muhtoj
⭕️Gemodializ uchun qurilma qondan toksinlarni, karbamidni filtrlaydi, ortiqcha suyuqlikni yo'q qiladi, elektrolitlar muvozanatini, qon bosimini normallashtiradi va kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi.

Hayotda shunday bemorlar borki,
💭Ular o‘rinlaridan turishni orzu qilishadi...
💭Ular havodan to‘yib nafas olishni orzu qilishadi...
💭Ular o‘z yuzlarini, atrofni, yaqinlarini ko‘zlari bilan ko‘rishni orzu qilishadi...
💭Ular uyg‘onib, oilasi uchun nonushta tayyorlashni orzu qilishadi...
🕳 Ammo bunday qila olmaydilar...
🟢 Har qanday holatimiz uchun Allohga shukur aytaylik, zero bizga berilgan ne'matlar cheksiz va sanoqsizdir

👍4
👶🏻Liqildoq
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh aylanasi me’yorda 34-36 santimetrni tashkil etib, hayotining ikkinchi oyida 36-37 santimetratrofida bo‘ladi. Bir yoshga qadar esa bu ko‘rsatkich 46 santimetrga yetadi. Liqildoq chaqaloq boshining tepa qismidagi qotmagan soha, miya ustidagi qalin himoya qavati bo‘lib, me’yoriy holatda
✅chillali chaqaloqlar uchun 26-28 mm
✅ikkinchi oydan boshlab 22-25 mm
✅bir yoshgacha 8-10 mm.gacha kichrayib boradi.
Bola boshidagi liqildoq taranglashib, shishgan bo‘lsa va u bezovtalansa, bosh miya bosimining oshgani taxmin qilinadi. Bu holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur.

FOLIKULA YETILMASLIGI VA YORILMASLIGI (ANOVULYASIYA) NIMA?
Anovulyatsiya – hayz siklining buzilishi oqibatida me’yordagi tuxum hujayra yetilmasligi va follikula yorilmasligidir. Bepushtlikning eng koʻp uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi.
Tibbiyotda fiziologik va patologik anovulyatsiya tushunchasi bor.
Fiziologik anovulyatsiyada tabiiy sabablar mavjud. Misol uchun, tugʻruqdan keyingi va emizish davrida ovulyatsiya boʻlmaydi. Undan tashqari jinsiy yetilish davrida va erta klimaks boʻlganda ham shunday holat yuz beradi. Har bir ayolda yilda 1−2 hayz davri an’anaviy follikula yorilishi va tuxum hujayraning chiqishi bilan tugallanmaydi. Bu sogʻlom ayol uchun me’yordagi holat sanaladi. Fiziologik anovulyatsiya 45−50 yoshdan oshgan ayollarda ham kuzatiladi. Biroq reproduktiv yoshdagi ayollarda ovulyatsiyaning muntazam boʻlmasligi – patologik jarayon alomati hisoblanadi.
OVULYATSIYA FAOLIYATI BUZILISHINING KECHISH JARAYONI
Tuxumdon gipotalamus va gipofiz tizimi faoliyatiga ta’sir etuvchi steroid gormoni ishlab chiqaradi. U esa oʻz navbatida tuxum hujayraning yetilishi va follikuladan chiqishi uchun zarur boʻlgan LG va FSG gormoni ishlab chiqarilishini muvozanatlaydi. Bu tizim mexanizmining bitta “halqasi” ishdan chiqsa yoki notoʻgʻri ishlasa anovulyatsiya roʻy beradi. Agar ayol kishida endokrin tizimda muammolar boʻlsa, tuxumdonlarda buyrakosti bezida, qalqonsimon bezda surunkali kasalliklar boʻlsa, modda almashinuvi buzilgan boʻlsa, ovulyatsiya boʻlmaydigan sikllar koʻpayib surunkali hol olishi mumkin. Gormonlar muvozanati buzilishiga nazoratsiz dorilar ichish, infeksion kasaliklar, tana vazni oʻzgarishi sabab boʻlishi mumkin.
FOLIKULA YETILMASLIGI SABABLARI VA ALOMATLARI
Hayz siklining buzulishiga olib keluvchi asosiy omil ayol reproduktiv faoliyati gormonal boshqaruvida uzilish boʻlishidir. Buning sabablari juda koʻp. Davolashni tayinlashdan oldin anovulyatsiya sababini aniqlash muhim. Anovulyatsiyaning koʻp tarqalgan sabablariga quyidagilar kiradi:
Tuxumdonlarning polikistoz sindromi;
Giperprolaktinemiya;
Tuxumdonlarning barvaqt yaroqsizlanishi;
Gipofiz va gipotalamus faoliyatida me’yordan chetlashuv;
Qalqonsimon bezda yoki buyrakusti bezi poʻst qatlamida funksional oʻzgarishlar (buqoq);
Ayrim ginekologik kasalliklar (endometrioz, tuxumdonda xavfli oʻsmalar);
Kichik tos a’zolarida surunkali yalligʻlanish va infeksiya;
Androgen (erkak jinsiy gormonlari) gormonlar miqdorining me’yordan ortiqligi;
Asabiy−ruhiy buzulishlar;
Zaharlanishlar;
Vitamin yetishmovchiligi yoki oziqlanish xarakteridagi buzilishlar;
Reproduktiv tizimdagi turli nuqsonlar;
Jinsiy yetilishning kechikishi;
Irsiy (genetik) kasalliklar;
Ba’zida ravon hayz siklida ham anovulyatsiya alomatlari koʻrinmasdan ham kechishi mumkin. Bunda faqat bepushtlik boʻyicha tekshiruv oʻtkazgandan keyin aniqlanishi mumkin. Anovulyatsiyaning asosiy alomatlari – davriy ravon boʻlmagan hayz sikllari ( 21 kundan kam yoki 36 kundan koʻp) va bachadondan qon kelishi.

Bugun Asformin tabletkasi haqida...
Asformin tarkibi Metformin gidroxloridi, biguanidlar guruhiga kiruvchi tabletka. Bu tabletka tasiri ko'p, asosiy tasiri insulin gormoni ni to'qimalarga ta'sirini yaxshilaydi. Qonizda insulin ko'pmi, demak metformin ichish kerak😊😊.
Bu dorini Endokrinolog va Ginekologlar ishlatishadi, bu dorini profilaktika uchun ham ichsa bo'ladi. Yani sog'lom odam ham yillab ichishi mumkin. Asosan qandli diabet 2 tur iga yaxshi tasir qiladi. Yana polikistoz kasalligini davolashda ham asosiy dorilardan biriligini bir necha jahon olimlari tomonidan isbotlandi. Chunki polikistoz kasallgida ham insulin gormoni ko'payishi ham sodir bo'lishi kuzatilagan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, bachadon va tuxumdonlar va ko'krak sut bezi onkologik kasalliklariga qonda insulin gormoni ko'p bo'lishi ham olib kelishi isbotlandi. Bilingki sizda ortiqcha tana vazni bor, oilangizda kimdir qandli diabet bilan og'riydi, demak sizda insulin gormoni qonda ko'pligi aniq. Siz avvalo qandli diabet ga moyilsiz, yoki polikistoz bolishga. Chet ellarda xatto ba'zi ayollar onkologik kasallik orttirilmasligi uchun metformin dorisini ichib yurishar ekan.
Insulin gormoni to'qimalarni o'sish ini kuchaytiradi. Tasavvur qiling qonizda insulin gormoni ko'p, bu gormon tanayizda har qanday to'qimani o'stirishi mumkin. Masalan bachadon ichki qavatini o'stirib yuborsa UZI chi "Sizda Endometrioz bor ekan" deb, sizni vahimaga solishi mumkin(hech qachon UZI chi endometrioz tashxisi ni qo'ya olmasligi isbotlangan bo'lsa ham). Shunday qilib metformin ni qandli diabet bor ham, polikistozi bor ham, semirishi bor ham, sog'lom odam ham ichishi mumkin, lekin shifokor tavsiyasi bilan.

👍1
Og'izda ovqatni uzoq chaynash bu sog'lom bo'lishning asosiy kaliti !!!
To'g'ri ovqatlanishni boshlashdan oldin qanday , qachon va qanaqa qilib, ovqat isteʼmol qilayotganingizni nazorat qiling.
Ovqatni 32 marta chaynang,xar bir tishingiz ovqat xazm qilishda ishtirok etsin.
Shu bugungi tushlikni shu qoida bilan yeng !
Uzingiz o'zgarishni shu zaxoti sezasiz. 32 marta maydalangan ovqat bo'lagi ogʻiz boʻshligʻida erib ketadi.
Jigar,o't qopi va oshqozon osti beziga siz 99,9 % yordam berasiz!
Sizga bir sirni aytsam shu oddiy element bilan minimum 10 kg ortiqcha tana vazndan qutilasiz

#progesteron_haqida
Progesteron (yani Dyufaston) haqida ajoyib ma'lumot. Progesteron asosan ayollar tuxumdonlaridan sintezlanadi. Agar bu gormon kam sintezlansa, turli belgilar berishi mumkin. Masalan,
1. Sovuqqotish
2. Soch to'kilishi
3. Semirish
4. Endometrioz
5. Hayz siklining buzilishi
6. Bachadon miomasi
7. Ko'p miqdorda hayz kelishi
8. Fibroz-kistoz mastopatiya (ko'krak bezida o'zgarishlar)
9. Bepushtlik.
Shuni ko'ring ki, bu belgilar boshqa juda ko'plab kasalliklarda bo'lishi ham mumkin. Organizm bir butun tizim, bitta o'zgarish butun tana ga tasir qilmay iloji yo'q, Alloh o'zi o'ta mukammal va nuqsonsiz zod, o'z qo'llari bilan yaratgan inson tana sini ham mukammal yaratgan.
Bizdachi....
Yuqoridagi shikoyatlar bilan har qanday mutaxassisga borish mumkin, masalan hayz sikli buzilsa siz hech qachon to'g'ri Endokrinolog ga borib gormonlarizni aniqlatmaysiz ku, siz ginekologga borasiz(qo'rqmang bu bizi sharoitiga normal holat😊😊) , u sizni gormonlarizni ham aniqlamaydi, hatto bazilari STOLga chiqarib ham ko'rmaydi. Dori yozib beradi, yaxshi bo'lib ketsangiz, Alloh shifo berdi, yaxshi bo'lmasangiz, Endokrinologga boring sizda gormonal buzilish boʻlsa kerak, deydi😁😁😁.
O'zi hozir shunday ishlamoqdaman, bironta mutahasisga boradi, hech tuzalmasa Endokrinologga boring deydi. aa bizda Endokrinologiya 👎👎👎👎👎👎. Keyin men avval noto'g'ri yoki foydasiz davolanganini, keyin esa asosiy kasalligini davolashimga to'g'ri kelmoqda. Alloh doimiy sabr, mustahkam sog'lik bersin

👍2