Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
616 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
✔️ Har yili 300 000 dan ortiq odam paxtali tayoqchadan notoʻgʻri foydalanish tufayli eshitish qobiliyatiga zarar yetkazadi.

@endocrinoo
💯1
Har yili dorixonachi tomonidan dorini o'zgartirib berishi sababli 7000-9000 inson vafot etadi.

Bundan umumiy zarar 40 million dollardan ortadi va yilligi 7 mln inson bundan jabr koʻradi.

Dunyoda dorilarni juda koʻp turi va nomi mavjud boʻlib hozirgi rivojlanish sababidan bu koʻrsatkich jiddiy tarzda ortib bormoqda

Sizdan qilinadigan yagona ish bemor boʻldingizmi shifokor bilan maslahatlashing va shifokor boʻlmagan har xil insonlar tavsiyasiga amal qilavermang!

Maʼlumotni barchaga yetkazing😉

@endocrinoo
💯4🤔1
Vitamin D yetishmasligi oʻlim havfini sezilarli darajada oshiradi

Avstraliya universiteti olimlari vitamin D yetishmasligi erta oʻlim, saraton , yurak yetishmasligi , oʻpka kasalliklari sababli oʻlim kelib chiqishini oshirishini aniqlashdi
Tadqiqot Annals of internal medicine jurnalida chop etildi.
Tadqiqot Buyuk Britaniyada biobankida mavjud boʻlgan 307000 inson maʼlumotidan foydalanildi

Jiddiy tanqislik bilan o'lim ehtimoli yuqori bo'ldi. Misol uchun, sog'lom odam bilan solishtirganda, o'ta tanqisligi bo'lgan bemor har qanday sababdan yoki yurak-qon tomir kasalliklaridan olti baravar ko'p, saraton kasalligidan uch baravar va o'pka kasalliklaridan 12 marta ko'proq vafot etgan. D vitamini yallig'lanishga qarshi va boshqa biologik ta'sirga ega bo'lib, saraton hujayralari o'sishini va o'simta rivojlanishini sekinlashtiradi.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍6💯1
Bemor doktor qabuliga kelib debdi:⠀
— Doktor, men internetga juda qattiq bogʻlanib qolganman. Hecham undan ajrala olmayman. Agar shu kasalligimni davolasangiz, doim sizni xabarlaringizga “Layk” bosib turishga vaʼda beraman.

@endocrinoo
😁12
#analiz

Ferritin murakkab protein kompleksi (temir oqsili) bo'lib, odamlar va hayvonlarda asosiy hujayra ichidagi temir ombori vazifasini bajaradi.

Tarkibiy jihatdan u apoferritin oqsili va fosfat gidroksid tarkibidagi temir atomidan iborat.

Bitta ferritin molekulasi 4000 tagacha temir atomini o'z ichiga olishi mumkin.Deyarli barcha organlar va to'qimalarda mavjud bo'lib, unga muhtoj bo'lgan hujayralardagi temir zaxirasidir.

Ferritin muhim temirni bog'laydigan oqsil bo'lib, uning asosiy vazifasi tanadagi temir zahiralarini yaratishdir.Erkin temir atomlari tana uchun zaharli ekanligi ma'lum,shuning uchun uni zararsiz saqlashga imkon beradigan shakl kerak.

Ferritin deyarli barcha organlar va hujayralarda mavjud.Agar odamda temir yetarli bo'lmasa, masalan surunkali qon yo'qotish yoki oziq-ovqatda yetishmasligi tufayli, zahira ishlatila boshlaydi.

Analiz ertalap kamida 8 soat ovqatlanishsiz holatda olinadi. Stress va dorilardan saqlangan holatda borish kerak boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍2
Kasalligiga diagnozni Google dan izlagan inson,
Davolashni ham Yandeks dan izlasin !

*Google
*Yandeks-global qidiruv tizimi

@endocrinoo
😁3
D vitamini yetishmovchiligi surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi

Qandli diabet bilan og'rigan odamlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfi zardobdagi 25-gidroksivitamin D kontsentratsiyasiga bog'liq.

Xitoyning Janubiy tibbiyot universiteti olimlari D vitamini yetishmovchiligi qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Diabetes care jurnalida chop etildi.

Qon zardobidagi 25(OH)-vitamin D darajasining bir standart og'ish pasayishi diabet bilan og'rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi ehtimolini 8 foizga oshirdi. Shunday qilib, diabet bilan og'rigan va D vitamini konsentratsiyasi 50 nmol / L dan yuqori bo'lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfi D vitamini tanqisligi (25 (OH) - D vitamini darajasi 25 nmol / L dan past) bo'lgan odamlarga qaraganda 23% past edi.

Sogʻlom odamlar orasida D vitamini yetishmovchiligi surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga ta'sir ko'rsatmadi.

Tadqiqotga Buyuk Britaniyaning Biobank ma'lumotlar bazasidan surunkali buyrak kasalligi bo'lmagan 34 8243 katta yoshli bemorlar kiritilgan. Qon zardobidagi 25(OH)-vitamin D kontsentratsiyasi kimyoluminesans ferment immunoassay yordamida o'lchandi.
Surunkali buyrak kasalligiga genetik moyillik glomerulyar filtratsiya tezligi uchun mas'ul bo'lgan 263 ta bitta nukleotid polimorfizmi yordamida baholandi.

12 yillik kuzatuv davomida surunkali buyrak kasalligining 9344 ta yangi holati aniqlandi.

Manba: Qandli diabetga qarshi kurash

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍5👏1
#asorat

Diabetik ensefalopatiya – qandli diabet fonida yuzaga keladigan diffuz degenerativ miya zararlanishi.

Xotiraning buzilishi,
intellektual sohaning pasayishi,
nevrozga o’xshash o’zgarishlar,
asteniya,
vegetativ-qon tomir disfunktsiyasi
fokal simptomlar bilan tavsiflanadi.

Nevrologik tekshiruv, EEG, REG va miya MRT ma’lumotlarini keng qamrovli tahlil qilish natijasida diabetga chalingan bemorlarda tashxis qo’yiladi.

Davolash qon tomir, metabolik, vitamin, antioksidant, psixotrop, anti-sklerotik preparatlarni o’z ichiga olgan antidiabetik terapiya fonida amalga oshiriladi

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍3
Kushing sindromi - bu qondagi kortizol yoki tegishli kortikosteroidlar darajasining surunkali ko'tarilishi natijasida yuzaga keladigan klinik belgilarning kombinatsiyasi.

Itsenko-Kushing kasalligi- bu Kushing sindormi va gipofizda adrenokortikotrop gormonning (AKTG) haddan tashqari ishlab chiqarilishi natijasida yuzaga keladi, odatda gipofiz bezining kichik yaxshi o'smasi - adenoma tufayli yuzaga keladi.

@endocrinoo
👍2
Tarqalgan skleroz - surunkali autoimmun kasallik bo'lib, unda tananing immun tizimi markaziy asab tizimidagi (CNS) nerv tolalarini himoya qiluvchi miyelinga hujum qiladi.

Bu miyelinning shikastlanishi va yo'qolishiga olib kelishi mumkin, bu esa nerv impulslarining uzatilishini qiyinlashtiradi.

@endocrinoo
#analiz

Kreatin- jigarda hosil bo'ladi, shundan so'ng u qon bilan birga mushaklarga yuboriladi. U yerda maxsus ferment ta'sirida modda metabolitlarga bo'linadi, ulardan biri kreatinindir.

Organizmdan siydik bilan birga buyraklar orqali chiqariladi. Agar tahlilda qonda kreatininning ko'pligi aniqlansa, bu buyraklar faoliyatidagi nomutanosiblikni ko'rsatadi.
❗️Salbiy oqibatlarga olib kelmaslik uchun o'z vaqtida davolanishni o'tkazish muhimdir

Normada qonda
ayollarda - 44-97 mkmol/l,
erkaklarda - 44-115 mkmol/l.

Kreatinin darajasi jinsga qarab farqlanishining sabablaridan biri esa, ayollarda metabolik jarayonlar sekinroq, ular ko'proq ovqatlanadilar va gormonal o'zgarishlar va ayniqsa homiladorlik davri ta'sir qiladi.

14 yoshgacha turli jinsdagi bolalarning qonida kreatinin darajasi bir xil bo'ladi(yani bolalarda jins tanlamaydi)

Agar me'yordan ortishi sababi noto'g'ri ovqatlanish bo'lsa, unda quyidagi ovqatlardan voz kechish kerak:

yog'li baliq va go'sht;
dudlangan va achchiq ovqatlar;
sut va fermentlangan sut mahsulotlari;
pishloqlar;
kuchli qahva va choy;
tuz va shakar.


Qanday kasalliklarda kreatinin ortadi:

-Qandli diabet
-Arterial gipertoniya
-Pielonefrit
-Surunkali buyrak yetishmasligi
-Uzoq vaqt ezilish sindromi(Krash)
-Gipertireoz
-Kuchli kuyish
-Og'ir jismoniy mehnat
-Go'sht va uning mahsulotlarini koʻp yeyish

Qachon kreatinin pasayishi kuzatiladi:
-Onkologik kasalliklarda
-Oqsil kam isteʼmol qilishda
-Homiladorlik soʻngi trimestrida
-Muskul atrofiyasida

Mana endi bilib oldingiz nega kreatininni tekshirish kerak ekanligini😉

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍3👏1
❄️
7🔥1
Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush.
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq bo'ldi tush.

Bir ajoyib qor yog'ar bu kech,
Uchib tushar mening yonimga.
Men-ku seni o'ylamasman hech,
Sen tushasan ammo yodimga...

©️ Rauf Parfi
Sanjarshams

@endocrinoo
👍4
Bugungi kunni boʻy oʻsishiga ⬆️ bagʻishlangan postlarni jamlash bilan yakunlasam

Oʻsish_zonasi. Bolalar_bo'yi

Boʻy_uchun_vitaminlar.

Top_10mahsulot. Boʻy_formulasi

Bo'ypastlik. Ilizarov_operatsiya

Gormonlari. Pakanalik

Dorilar. Dorilar_2

Basketbol. Somatotrop

Gormonlar_turi. Gigantizm

Yozuvlar ustiga bosib kerakli maʼlumotlarni oʻqing va amal qilish orqali natijaga erishing

Sizga kerakli maʼlumotlar berishdan charchamasligimiz uchun maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring

@endocrinoo
👍7
Ichak disbakteriozi - bu ichakdagi foydali va zararli bakteriyalar o'rtasidagi muvozanatning buzilishidir.

Ichak disbakteriozining sabablari:

-Antibiotiklarni qabul qilish:
Antibiotiklar ichakdagi yaxshi va yomon bakteriyalarni yo'q qilishi mumkin.

-Jarrohlik:
Ichak jarrohligi tabiiy ichak mikroflorasini buzishi mumkin.

-Oshqozon-ichak trakti kasalliklari: Oshqozon-ichak traktining ayrim kasalliklari, masalan, seliakiya kasalligi va yarali kolit, ichak disbakterioziga olib kelishi mumkin.

-Oziqlanish:
Noto'g'ri ovqatlanish, shu jumladan tolasi past va shakarga boy dietalar ichak disbakteriozining rivojlanishiga sabab boʻladi

-Stress:
Stress immunitet tizimini zaiflashtirishi mumkin, bu esa organizmni ichak disbakterioziga ko'proq moyil qiladi.

@endocrinoo
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rak hujayralari har bir inson organizmida mavjud.

Ularning pa
ydo boʻlishi doimiy amalga oshadi. Rak hujayralari normal hujayra DNK kodlanishidagi xatoliklar natijasida yuzaga keladi. Shundan soʻng rak hujayralari agressiv o'sishni boshlashi mumkin, ammo...

Bu holatda bizning immun tizimimiz ishga tushadi va bunday hujayralarni bartaraf qiladi.

Ushbu funksiyani maxsus killer - hujayralar - T-killerlar amalga oshiradi.

Jarayon yuqoridagi videoda koʻrsatilgan !

@endocrinoo
👍4🔥1😢1
-to'xta to'xta shogird nega kesding? ahir hali erta ediku

Ustoz ayni vaqtida va joyida kesdim

-qanaqasiga? Hali narkoz bermadimku


- mana oʻzidan soʻrang. OKEY GUGL ustozga ham bir nima degin 🤣🤣🤣

@endocrinoo
😁5
Jin hojasiga dedi:
"Men sizning har qanday istaklaringizni bajaraman, lekin sizning dushmaningiz ham xuddi shu tilakdan oladi, lekin ikki baravar, nima xohlaysiz?"

- Qon bosimim doim 120/80 boʻlsin, 32 ta tekis chiroyli tishlar, ikkita butunlay sog'lom ko'zlar va haroratim doimo 36,6 boʻlsin 😆

@endocrinoo
😁6
Hayrli tong dushmaniga ham tilaklardan ulashuvchi qadrdonlar😁😁

Sovuq kunlarda sovuq tilaklar bilan 🥶

@endocrinoo
😁2👍1