Gazakka (perekus) xurmoni tanlashga sabab
Gazak — bu, ochganda asosiy ovqatgacha yeb oladigan, ochlikni biroz soʻndirib turadigan yeguliklar guruhiga aytiladi.
Xurmo ochlikni yaxshi qondiradi, chunki u beta-karotin (sogʻlom teri va koʻrish oʻtkirligini yaxshilovchi modda), kalsiy, natriy, temir va marganetsni (hatto olmadan ham koʻproq) tabiiy manbaidir.
Xurmoda koʻp miqdorda oshqozon uchun foydali boʻlgan va tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydigan kletchatka mavjud.
@endocrinoo

Selen (Se) yetishmasligi
Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.
✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).
✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.
📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

Voz kechishingiz kerak boʻlgan ovqatlanish odatlari
• Tez ovqatlanish va tez chaynab yutish. Bu ovqat hazm qilish jarayonining yomonlashishiga, sekinlashishiga va qorin dam boʻlishiga olib keladi.
• Tez-tez tamaddi qilish. Bu metabolik kasalliklarga olib keladi. Kuniga 5-marta ovqatlanish kerak emas.
• Koʻp shakar iste’mol qilish. Koʻp shakar va oddiy uglevodlar oshqozon osti bezini ishini buzadi.
• Qovurilgan ovqatlarni koʻp iste’mol qilish. Bunday oziq-ovqatlarni qovurilgan qobigʻi kuchli kantserogen hisoblanadi.
• Katta porsiyada yeyish. Ular oshqozonni choʻzilishiga, oshqozon-ichak traktini ortiqcha yuklanishiga olib keladi. Kamroq ovqatlanishni odat qiling.

❤1
Vitamin "S" (Askorbin kislota)
Asosiy vazifalari:
1. Kollagen sintezida;
2. Xolesterindan oʻt suyuqligi hosil qilishda;
3. Qon tomir devorlarini mustahkamlashda;
4. Yaralarni tez bitishida
5. Temirni ichaklarda soʻrilishida
6. Immunitetni kuchaytirishda ishtirok etadi.
Gipo/avitaminoz vitamin "S"
(MKB-10: E54)
Asosiy belgilari:
• Milklar qonashi;
• Yarani sekin bitishi;
• Tishlarni boʻshab qolishi, tushishi;
• Terida qon quyilishlar;
• Ishtaha yoʻqolishi;
• Qon ketishlar (burundan, bachadondan)
• Teri quruqlashishi
• Ogʻir formalarida Singa kasalligi rivojlanadi.
Sutkalik ehtiyoj: 70–100 mg
Rasmda S vitaminiga boy mahsulotlar keltirilgan.

👍1
Semirish uchun kichik tavsiyalar:
✓ Ovqatlanishdan avval, albatta, biror ishtaha ochuvchi: meva yoki sabzavotdan tayyorlangan sharbat ichishdan, ziravorlardan boshlang.
✓ Kuniga kamida olti mahal va iloji boricha bir xil oraliqda tamaddi qiling.
✓ Ovqatlanib boʻlgach, biroz muddat hech qanday jismoniy mehnat bilan shugʻullanmay, hordiq chiqaring.
✓ Limonoʻt (melissa)li damlama ham tana ogʻirligini oshirish xususiyatiga ega.
✓ Tezda vazn ortishiga yordam beradigan xamirli, qovurilgan taomlar hamda shirinliklarni odatdagidan koʻproq iste’mol qiling, ammo ular taomnomangizni asosiy qismini egallashi shart emas.
✓ Uglevodlar, oqsil va yogʻ (asosan oʻsimlik yogʻi)ga boy boʻlgan taomlarni iste’mol qiling.
✓ Sportning biroz ogʻir turlari bilan shugʻullanish va ortiqcha asabbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik tavsiya qilinadi.
Ozish uchun esa yuqoridagilarni teskarisini bajarish tavsiya etiladi 😉
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii

Shirin gazli ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi
Homilador ayollar gazlangan ichimliklar ichishdan ogohlantiriladi. 2010-yilda Daniyada 60000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, gazlangan va gazsiz shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli koʻproq.
Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38%ga koʻp.

Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot
Qalqonsimon bez eng muhim endokrin a’zo boʻlib, uning funksiyasi gormonlarning murakkab tizimi bilan belgilanadi. Bu juda kichik, lekin juda kuchli bez boʻlib, kapalak shakliga ega va boʻyin tagida joylashgan. Uni kayfiyatni, metabolizmni, yurak urishini, haroratni va nafas olishni tartibga soluvchi oʻziga xos nazorat markazi deb atash mumkin.
Gipotireoz — tanada juda kam qalqonsimon gormon ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Ushbu holatning alomatlari har xil boʻlsa-da, charchoq hissi, vazn ortishi, ich qotishi, shishgan yuz va aqliy zaiflik tez-tez uchraydi. Bu yod tanqisligidan tugʻuruqdan keyingi tiroiditgacha boʻlgan turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Gipertireoz — tanada juda koʻp tiroid gormoni ishlab chiqarilganda paydo boʻladi. Odatda bu holat uyqu, mushaklar kuchsizligi, giperaktivlik, qizib ketish hissi va asabiylashish bilan bogʻliq muammolar bilan ajralib turadi. Shuningdek, ortiqcha yod va qalqonsimon bez yalligʻlanishidan Greyvs kasalligigacha boʻlgan koʻplab anormalliklarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Qalqonsimon bezning holatiga nafaqat genlar, balki atrof-muhit va turmush tarzi, shu jumladan ovqatlanish ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradigan ozuqaviy moddalarga boy mahsulotlar mavjud.
Qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasalliklar uchun yagona dori vositasi yoʻqligini va hatto ovqatlanish ham ahvolni butunlay oʻzgartira olmasligini yodda tutish kerak. Agar sizda qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasallik boʻlsa, turmush tarzini oʻzgartirishni tavsiya etishdan tashqari dori-darmonlar buyuradigan endokrinologga borganingiz ma’qul. Biroq, oʻz vaqtida uxlash, stressni boshqarish, muntazam jismoniy mashq va toʻgʻri ovqatlanishni kundalik tartibingizga kiritish juda muhimdir.
Bundan tashqari, shamollashga qarshi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez holatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Тҳе Caндида Диет kitobi muallifi diyetolog Liza Richardsning soʻzlariga koʻra, shamollashning oldini oladigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish Greyvs kasalligi yoki Hashimoto kabi autoimmun kasalliklarga chalingan odamlarga yordam beradi. «Nosogʻlom yoki nomutanosib ichak koʻplab salbiy oqibatlarga olib keladi, shu jumladan, zaif immunitet funksiyasi ham», — deydi Liza.
Ichak qalqonsimon bezni sogʻlom saqlashda va yalligʻlanishni nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. Antioksidantlar va kletchatkalar kabi ichak uchun foydali oziq moddalarga boy supermahsulotlarni iste’mol qilish qalqonsimon bez kasalliklari va alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.
Yalligʻlanishga qarshi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:
– yogʻli baliq (masalan, losos va seld baligʻi)
– yongʻoqlar;
– urugʻlar;
– rezavorlar;
– zaytun moyi.
Qalqonsimon bez uchun eng foydali taomlar qatoriga antioksidantlar, kletchatkalar, A, S vitamini, magniy, kaliy, sink va selenga boy ovqatlar kiradi:
– qovoq urugʻlari;
– Braziliya yongʻogʻi;
– chernika;
– qora shokolad (70-85 foiz kakao);
– olma;
– tuhum.
Kuniga 300 gramm quritilgan qovoq urugʻini iste’mol qilish tiroid gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan modda — ruxga boʻlgan kunlik ehtiyojni qondiradi.

#bepushtlik
Bepushtlik sabablari
❗️Yoshlikda oʻtkazilgan, davolanmay qolgan kasalliklar va ularning asoratlari bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin.
👉 Oʻgʻil bolalarda oʻtkazilgan epid parotit (xalq tilida tepki) kasalligi boʻlsa, qizlarda endokrin va somatik hamda turli yalligʻlanish kasalliklari sabablardan biridir.
👩🏻 Ayollarda uchraydigan gormon (estrogen) farzand koʻrish qobiliyatini yuzaga keltiradi. Qiz bola organizmida estrogen gormonining kamayib ketishi oqibatida tuxumdon faoliyati susayadi. Bu esa follikulaning oʻz vaqtida yetilmasligi natijasida hayz siklining buzilishi, koʻkrak bezi va bachadonning qisqarishiga olib keladi.
❗️Estrogen gormonining kamayib ketishi qalqonsimon bez xastaligi bilan ham bogʻliq muammolardan biridir.

AYOLLARDA KLIMAKS
Klimaks - inson hayotidagi fiziologik davr boʻlib, ayollarda reproduktiv vazifaning tugashi, erkaklarda esa jinsiy bezlar ishidagi oʻzgarishlar bilan kechadi. Klimaks 40 yoshdan keyin yuzaga keladi va ayollarda oʻrtacha 10-yil, erkaklarda 5-yil davom etadi.
📌 SABABLARI
Ayol reproduktiv sistemasidagi oʻzgarishlar.
Bu holat quyidagilardan keyin yuzaga keladi:
• Organizmning qarishi;
• Jinsiy a’zolarning yalligʻlanish kasalliklari;
• Kichik chanoq a’zolarIdagi operatsiyalar;
• Tuxumdonlar funsional faolligining pasayishi;
❗️Ortiqcha vazn, surunkali alkogolizm, notoʻgʻri hayot tarzi erta klimaksga olib keladi.
📌 BELGILARI
- "koʻtarilishlar" (toʻsatdan toʻlqinsimon qizib ketish);
- Hayzning toʻxtashi (menopauza);
- Bosh ogʻrishlari;
- Ter ajralishining kuchayishi;
- Asabiy ta’sirchanlik;
- Libido (jinsiy mayl) ning pasayishi;
- Tushkunlikka moyil boʻlish;
- Siydik tutolmaslik;
- Siydik chiqarishga tez-tez signal boʻlishi;
- Qin shilliq qavatining qurishi;
- Teri quruqligi;
- Soch toʻkilishi.
🔬 DIAGNOSTIKA
Klimaksni va unga koʻriladigan choralarni aniqlash maqsadida vrach-ginekolog quyidagi analizlarni buyuradi:
1. Qonning umumiy va biokimyoviy analizi;
2. Kichik chanoq organlarining ultratovush tekshiruvi;
3. Bachadon ichki qavati (endometriy) dan namuna olib tekshirish;
4. Qindan surtma olib tekshirish;
5. Mammografiya;
6. Suyak-mushak tizimining rentgenologik tekshiruvi.
💊 DAVOLASH
• Antidepressantlar;
• Nogormonal preparatlar - biofosfonatlar;
• Tabletka va krem koʻrinishidagi estrogenlar;
• Gormonal preparatlar.
❗️XAVF
Agar klimaksning davosi oʻz vaqtida boshlanmasa, u quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
- Infarkt, insult xavfining oshishi;
- Yurak ishemik kasalligi;
- Bachadondan qon ketishlar;
- Osteoporoz;
- Ateroskleroz.
📌 PROFILAKTIKASI
Hozir yoshroq boʻlishingiz mumkin. Ammo kelajakda klimaksingiz yengil oʻtishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
° Siydik yoʻllari va jinsiy a’zolar kasalliklarini oʻz vaqtida davolash;
° Zararli odatlardan voz kechish;
° To'g'ri ovqatlanish

QANDSIZ DIABET
Qandsiz diabet - vazopressin gormoni yetishmovchiligi xisobiga kuchli chankash va kup mikdorda siydik ajratish bilan kechadigan kasallik. Vazopressin - bosh miyada gipofiz bezining orka kismida yigiladi va konga chikadi.
Buyraklar organizmda asosiy konni tozalovchi organ bulib, kon buyraklardan utganda birlamchi siydik xosil buladi va u uzida organizm uchun kerak bulgan ozuka moddalarini saklaydi. Xosil bulgan birlamchi siydik vazopressin gormoni taъsirida kayta konga suriladi va barcha kerakli bulgan ozukalar, gyukoza, elektrolitlar konga kaytariladi. Shundan keyin ikkilamchi siydik xosil bulib u organizmga kerak bulmaganligi uchun tashkariga chikariladi. Mana shu ikkilamchi siydik xosil bulishida ishtirok etadigan vazopressin gormoni yetishmovchiligida barcha kerakli minerallar , suv va elektrolitlar biroamchi siydik kurinishida organizmdan chikib ketadi.
QANDSIZ DIABET turlari:
🥵-markaziy shakli
- buyrak shakli
🥵- yengil (sutkada 6-8 litrgacha peshob ajaraladi);
- o'rta (8-14 litr);

- og'ir (14 litrdan ko'p);
SABABLARI:
- nasldan utadi (tugma kandsiz dmabet rivojlanadi);
- miya rivojlanishidagi nuksonlar (tugma KD);
- bosh miya travmasi (orttirilgan QD);
- bosh miya usmalari va metastazlar;
- insult
- tuberkulyoz, sarkoidoz
- infeksiyalar - entsefalit, meningit;
- idiopatik (sababi nomvъlum);
- buyrak kasalliklari;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
BELGILARI: qandsiz diabetning asosiy belgilari - kup mikdorda siydik ajratish (4-16litr sutkada), kup suv ichish (3-18 litr sutkada), chankash, uykusizlik, teri kurishi, ishtaxasizlik.
Tekshiruvlar:
- umumiy siydik analizi;
- Zimnitskiy sinamasi;
- ko'rish maydoni;
- qondagi Antidiuretik gormon mikdorini aniqlash;
DAVOLASH: qandsiz diabetni endokrinolog aniqlaydi va davolaydi. Asosiy davo - vazopressinning sintetik analogi - desmopressin buyuriladi. U tabletka, tomchi va sprey ko'rinishida buladi.
XA AYTGANCHA, qandsiz diabetda qondagi qand miqdori meyorida bo'ladi 😊👍👌

👏1
❓Yod preparatlarini qancha vaqt ichish kerak?
Qalqonsimon bez faoliyati uchun eng muhim mikroelement yod hisoblanadi. Yodni qalqonsimon bezning ozuqasi desa ham boʻladi. Qalqonsimon bez faoliyati normal holatda kechishi uchun kunlik ehtiyoji qondirilishi lozim.
Qalqonsimon bez faoliyatining ortishi, gipertireoz va diffuz toksik buqoq kasalliklarida, yod preparatlariga allergiya boʻlsa, kasallik davolanmaguncha yod preparatlarini ichish mumkin emas.
Hech qanday qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa:
- 5-6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 50 mkg,
- 5-6 yoshdan 14-15 yoshgacha boʻlgan maktab yoshidagi bolalar uchun 100 mkg,
- 15 yoshdan kattalar uchun 150 mkg,
- homilador va emizikli ayollar uchun esa 200 mkg ichish tavsiya etiladi.
Ushbu dozalar profilaktik kichik dozalar boʻlib, kunlik ehtiyojini ta’minlash uchun ichiladi.
Bu dozalarda doimiy ichish mumkin faqat har 6 oy 1-yilda endokrinolog koʻrigidan oʻtish va qalqonsimon bez faoliyatini tekshirtirib turish lozim.

❤1👍1
✅ Soqov (belgilarsiz rivojlanadigan) kasalliklar
🔹Qandli diabet: har ikki bemordan birini belgilarga qarab emas, tasodifan tibbiy tekshiruvlar vaqtida aniqlashar ekan.
🔹Gepatit: Ushbu virus inson tanasida bir necha yil davomida rivojlanib, organizmni ich-ichdan yemirishga qodir.
🔹Gepatoz (jigarni yogʻ bosishi): Kishi uzoq vaqt davomida jigarni yogʻ bosishi xastaligi bilan ogʻriganini payqamaydi ham.
🔹Yoʻgʻon ichak saratoni: shunisi bilan xavfliki, erta bosqichlarda hech qanday alomatlarsiz namoyon boʻladi.

⚡️Aptekachi sizga maslaxat bersa javobgarlikni oʻziga yuklang.
Oʻzini xurmat qilgan aptekachi vrach yozuviga asosan dori beradi. Retsept bu vrachning aptekachiga murojati.
Ammo koʻp aptekachilar bemorlarga tibbiy tavsiya berishadi. Holbuki, ularning vakolati va saviyasi bunga toʻgʻri kelmasada.
Agar aptekachi sizga oʻzbilarmonlik ila tavsiya bersa - Javobgarlikni boʻyningizga olasizmi deb soʻrang. Olmasa aql oʻrgatishdan oʻzini tiygani ma’qul.
Tajribali aptekachilar dorini oʻxshashini taklif qilishlari mumkin va albatta vrach bilan maslaxatlashishni ta’kidlaydilar.
Yaxshi vrach toping va buyurganini qilishga xarakat qiling. Qoʻshnilar, koʻchadagilar va aptekachilarning tavsiyalarining tagi boʻsh.
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

❤2👍1
❓SAVOL:
Boʻyni qanday oʻstirish mumkin?
✅ JAVOB:
Voyaga yetgan odam uchun, oʻsish zonalari yopilgandan keyin, boʻy oʻsishini oshirish mumkin emas. Bu tibbiyot tomonlama isbotlangan.
P.S. Agar siz voyaga yetgan boʻlsangiz, xar xil "garantiya" beradigan "boʻy oʻstiruvchi" dorilar reklamasiga ishonib qolmang.

🌺Insulin haqida nimalarni bilasiz?
Koʻpchilik “insulin“ soʻzini qandli diabet bilan bogʻlaydi va shu bilan insulin xaqida, tushuncha koʻpchilikda nixoyasiga yetadi. Insulin nima va u nima uchun bizga kerak?
◻️Insulin - oshqozon osti bezining maxsus hujayralarida ishlab chiqariladigan gormon. Insulin organizmga, qonda glyukoza miqdorini pasaytirish uchun kerak.
◼️Insulin ishlab chiqarilishi qondagi glyukoza darajasiga bogʻliq: glyukoza qonda qanchalik yuqori boʻlsa, insulin qonga shunchalik koʻp chiqadi.
◻️Qonda glyukoza miqdori, insulin glyukozalarni xujayra ichiga olib kirishi evaziga pasayadi.
🟧1-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq) insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralari tugʻma "yoʻq" boʻladi.
🟧2-toifa qandli diabetda (insulinga bogʻliq boʻlmagan) oshqozon osti bezi hujayralarida muammo boʻlmaydi. Biroq, insulinni sezuvchi toʻqimalarning hujayralari insulinga sezgirligini yoʻqotgan buladi.

👍3
🔴Gemofiliya—irsiy kasallanadigan o‘g‘ir kasallik,erkaklarda ham ayollarda ham uchraydi. Kasallikni keltirib chiqaradigan gen onadan o‘tadi. Buvi kasal, ona sog‘lom bo‘lsa ham farzandlari kasal bo‘lishi mumkin
🔰Gemoliyaga uchragan bemorlarda, qon ivishini taminlaydigan oqsil—antigemofil globulin yetishmaydi. Natijada qon ivish xususiyatini yo‘qotadi,kichik jarohat ham bemor hayotiga katta xavf tug‘diradi
⛔️Bemor lat yeganida terisi ostiga, muskuli orasiga va boʻgʻimiga koʻp qon quyiladi; tilini tishlab olganida, tishini oldirganida ham juda koʻp qon oqib, hayoti xavf ostida qoladi.

♻️Gemodializ - bu sun‘iy yasalgan qurilma yordamida,yarim o'tkazuvchan membrana orqali qonni tozalash jarayoni.
✅O'tkir buyrak etishmovchiligi, giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar, zaharli moddalar bilan zaharlangan odamlar uchun gemodializ zarur.
🔰Ammo surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan odamlarning aksariyati gemodializga muhtoj
⭕️Gemodializ uchun qurilma qondan toksinlarni, karbamidni filtrlaydi, ortiqcha suyuqlikni yo'q qiladi, elektrolitlar muvozanatini, qon bosimini normallashtiradi va kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi.

Hayotda shunday bemorlar borki,
💭Ular o‘rinlaridan turishni orzu qilishadi...
💭Ular havodan to‘yib nafas olishni orzu qilishadi...
💭Ular o‘z yuzlarini, atrofni, yaqinlarini ko‘zlari bilan ko‘rishni orzu qilishadi...
💭Ular uyg‘onib, oilasi uchun nonushta tayyorlashni orzu qilishadi...
🕳 Ammo bunday qila olmaydilar...
🟢 Har qanday holatimiz uchun Allohga shukur aytaylik, zero bizga berilgan ne'matlar cheksiz va sanoqsizdir

👍4