Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Kuchli yoʻtalga qarshi ajoyib retsept

🔶 Qisqa muddatda kuchli yoʻtaldan xalos boʻlish imkoni mavjud.
Buning uchun oʻrtacha kattalikdagi bir nechta sabzi qirgʻichdan oʻtkaziladi va unga 1 choyqoshiq asal aralashtiriladi.

🔶 Bu davolovchi ichimlikdan kuniga 4-5-marta ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 oshqoshiqdan isteʼmol qilinadi

Yaqinlarga ham ulashing
Hozirgi kasallar orasida yoʻtal dolzarb muammo boʻlayotgani bor gap

@endocrinoo
👍21
#analiz

Qalqonsimon bez gormonlari

Qalqonsimon gormonlar darajasini dastlab tekshirganda, testdan 2-4 hafta oldin qalqonsimon bez ishiga ta'sir qiluvchi dori-darmonlarni to'xtating. Davolanishni kuzatishda, analiz olinadigan kunida dori-darmonlarni qabul qilishni istisno qiling (shuningdek, boshqa dori-darmonlarni - aspirin, trankvilizatorlar, kortikosteroidlarni, og'iz kontratseptivlarini qabul qilish analiz notoʻgʻri chiqishiga sabab boʻlishiga e'tibor bering).

@endocrinoo
👍3
📍Qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkin

🖥 Kanadalik olimlar qandli diabet kasalligini ovoz orqali aniqlovchi dastur yaratdi.

♻️ Mexanizmning ishlash tamoyili oddiy. Bir kishi ma’lum davr oralig‘ida bir xil iborani takrorlab, o‘z tovushini yozib oladi. Shundan so‘ng audiodagi individual fiziologik parametrlar sun’iy intellekt tomonidan tahlil qilinadi.

📊 Ushbu tadqiqot uchun Amerika diabet assotsiatsiyasi ko‘rsatmalariga muvofiq, jami 267 nafar kishi — qandli diabetga chalinmagan 79 ayol va 113 erkak hamda ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan 18 ayol hamda 57 erkak jalb qilindi.

🗣 Ishtirokchilar 2 hafta davomida kuniga 6 marotabadan ma’lum bir iborani talaffuz qilib, o‘z smartfonlariga yozib oldi. Natijada 18 ming 465 ta audioyozuv paydo bo‘ldi.

📈 Natijada sog‘lom va bemor insonlarning ovoz parametrlari bir-biridan keskin farqlanishini aniqladi.

🔬 Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayonda 14 ta akustik xususiyat bemorning qandli diabetga chalinganini ifodalaydi.

@endocrinoo
👍4
1 tur qandli diabetning uchrash extimolligi foizda %:
#⃣ Qarindoshlarda diabet yo'q - 0,2-0,4%
#⃣ Otada diabet bo'lsa farzandda uchrashi 3,6 - 8,5%
#⃣ Onada diabet bo'lsa farzandda 1,1 - 3,6%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 4%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan ikkitasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 9,5%
#⃣ Ota onaning birida va aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 12%
#⃣ Ota onaning ikkalasida xam diabet bo'lsa farzandda uchrashi 34%

📚 I.I. Dedov, M.V.Shestakova.
Saxarny diabet tipa 1. Realii i perspektivy. Moskva 2016 yil


@endocrinoo
👍3
Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?

1. Stolda, o‘tirib ovqatlaning, yurib emas!
Dasturxon ustida ovqat iste’mol qilsangiz, ovqatlanish odatingizni buzmaysiz, ko‘p ovqat yemaysiz, faqat ovqatlanishga e’tibor qaratasiz.

2. Ovqatlanayotganda gadjetlarga chalg‘imang!
Diqqatimizni faqat taomlanishga qaratganimizda to‘yish hissini televizor ko‘rgandagi yoki telefon o‘ynagandagidan ko‘ra tezroq va ongli ravishda sezamiz.

3. Taomlanish vaqti kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak!
Insonda to‘qlik hissi darhol paydo bo‘lmaydi. Bu ovqatlanishdan keyin taxminan 15–20 daqiqa davom etadi.

4. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling! 
Hammasi sabzavot tarkibidagi tola (uzoq hazm qilinadigan ovqat tolasi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu bizni to‘yinganimizga sezilarli ta’sir qiladi.

5. Ko‘proq suv iching!
Agar siz ochlikni his qilsangiz, shunchaki suv iching, chunki chanqoqlik bizning tanamiz tomonidan ovqat yeyish istagi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bir stakan toza ichimlik suvidan keyin ochlik hissi kamayadi.

@endocrinoo
👍5🔥2
Kanaldagi endokrinologiyaga oid maqolalarni o'zim yozib chiqaman va bu uchun ancha vaqt sarflayman.
Iltimos maqolani ko'chirayotganda kanal nomi bilan saqlang.
Hizmatimizni qadrlang zero biz faqat siz uchun faoliyat yuritamiz

@endocrinoo
👍14👏83🔥1
Qish ham kirib keldi mana❄️❄️❄️

@endocrinoo
8👏3👍1
Bir boyning uyida mehmon bo'lgan yigit hayol surib o'tirar ekan, yonidagi do'stiga shunday dedi: "Shu mol-davlatlar bandalar orasida taqsim qilinayotganida biz qayerda edik-a?!"
Buni eshitgan do'sti uni kasalxonaga yetaklab bordi va shunday dedi: "Mana bu kasalliklar taqsimlanayotganda-chi?!"

Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak

@endocrinoo
4👍2
48 ming o‘zbekistonlikda OITS aniqlangan

Eng ko‘p OITS yuqtirganlar Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Sanepidqo‘mning ma’lum qilishicha, bemorlar OITS infeksiyasini 1987-2023 yillar oralig‘ida yuqtirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni.

@endocrinoo
😢3👍1
#analiz
Estradiol

Hayz siklining 5-6- kunida yoki 21-23-kunida tahlil uchun olinadi.

Estradiol ayollarning qonida faol komponent bo'lib, jinsiy hujayralarning kamolotiga yetishiga javob beradi va homiladorlik davrida homilaning to'g'ri rivojlanishiga ta'sir qiladi.

Normada hayot kechirishiga qarab o'zgaradi: 200 dan 286 pm / l gacha (follikulyar fazadagi ayollar uchun), 52 dan 136 pm / l gacha (menopauza davrida ayollar uchun) va 441 dan 576 gacha (luteal fazadagi qizlar).

Ortiqcha ko'rsatkich tuxumdonlarda mumkin bo'lgan o'smalarni ko'rsatadi

Yetishmovchilik gonadotrop gormonlar chiqarilishida muvaffaqiyatsizlikni ko'rsatadi.

@endocrinoo
👍53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️ Qish Sonatasi.

☃️ Hammamizga Qish fasli ajoyib onlarni tortiq qilish nasib qilsin 😊

O‘zbekistonda ilk marta 2003 yilda «1 TV» hozirgi «O‘zbekiston» telekanalida namoyish etilgan

@endocrinoo
👍5🥰2
Bolalar intellektini (IQ) "o‘ldiradigan" 6 ta "qotil"

1. Yod tanqisligi.
Homiladorlik oldi va homiladorlik davrida ona organizmidagi yod tanqisligi bolalar IQ sini 12,4 darajaga pasaytiradi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan va homiladorlarga tavsiya: har kuni 200 mg yod preparatlarini qabul qilishi kerak. Yod elementi folat kislota (vitamin B9) (400 mkg sutkalik ehtiyoj) ishtirokida yaxshi so‘riladi.

2. Ko‘krak suti bilan oziqlantirmaslik.
Bolalar uchun kerakli barcha vitamin va minerallar ona sutida bor. Bolani ham jismonan, ham aqlan rivojlanishi uchun ona suti juda muhim. Tavsiya: bolani kamida 6 oy, eng yaxshisi 2 yoshgacha emizish kerak. Turli xil kimyoviy qo‘shimchalarni bermagan ma’qul.

3. Qandli diabet 1-tipi.
Bu autoimmun kasallik bo‘lib
, bolani aqliy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bunda insulinrezistentlik va gipoglikemiya rivojlanadi va bosh miya normadan kichik bo‘lib qolishi kuzatiladi.

4. B12 vitamini yetishmasligi.
Bu vitamin markaziy va umumiy nerv tizimi rivojlanishi uchun juda muhim

5. Ovqat qo‘shimchalarida yoki kundalik ratsionida shakarni ko‘p iste’mol qilish.
Insulinrezistentlikka, qonda insulinni ortishiga olib keladi va bosh miyada glyukoza yetishmasligi kuzatiladi.

6. Turli kimyoviy moddalar bilan kontakt.
Asosan sifatsiz plastik idishlarga issiq taom solinganda o‘zidan zararli kimyoviy moddalar (ftalat) ajratadi. Yoki sifatsiz plastik o‘yinchoqlarni bolalar og‘ziga solganda va tishlaganda ajraladi.

Emizikli onalar ratsionida yod, folat (B9), B 12 vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Agar dori ko‘rinishida iste’mol qilinsa yanada yaxshi, sababi doim ham yeguliklardan sutkalik ehtiyojni qondirib bo‘lmaydi.

@endocrinoo
👍6
📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.

Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁

@endocrinoo
👍3
⚠️Sogʻligingiz haqida koʻp narsalarni aytib beradigan 7 ta qon koʻrsatkichi:

1⃣ Gemoglobin.
Qizil qon hujayralarida topilgan qon pigmenti. Asosiy vazifasi kislorodni va SO2 ni tashish.

2⃣ Qizil qon tanachalari.
Ortiqcha yurak nuqsonlari, bronxlar, oʻpkalar, buyraklar va jigar kasalliklarida namoyon boʻladi.

3⃣ Leykotsitlar
Haddan tashqari infeksiya va yalligʻlanish mavjudligini koʻrsatadi.

4⃣ Trombotsitlar
Qon ivishini ta’minlaydi. Agar ular me’yordan ortiq boʻlsa, unda sizda sil kasalligi, yarali kolit, jigar sirrozi boʻlishi mumkin.

5⃣ Glyukoza
Ortiqcha - notoʻgʻri ovqatlanish, gormonal kasalliklarda qonda miqdori koʻpayadi.
Salbiy tomoni diabetdir.

6⃣ Umumiy protein
Jigar, buyraklar, notoʻgʻri ovqatlanishning yomonlashishi bilan uning miqdori normadan kamayadi.

7⃣ Umumiy bilirubin.
Jigar koʻrsatkichi. Gepatit, oʻt qopi tosh kasalliklarida yoki qizil qon hujayralari kamayishi bilan bilirubin miqdori koʻtariladi.

@endocrinoo
💯2👍1👏1
"Aqlli bemor"

1) Shifokorga borishdan oldin o'sha sohani "eng zo'ri"ni oldiga boradi!
Va 5-6 soat navbat kutib qaytib chiqadida qo'lida 2-3 tagina dori yozilgan retsep varog'ini olib chiqadi. Va bu yaxshi emas ekan deydi.

2)So'ngra boshqa shifokorga boradi, u esa retsep varog'ini ikki tomonini ham to'ldirib beradi. Va U yana bu ham shifokor yaxshi emas ekan deydi,

3) Yana boshqa shifokorlarga boradi, xullas kech kirib "gastrol safari" tugasa hafsalasiz holda Dorixonaga kirib bari retseplarni ko'rsatadi. Va Dorixonachi o'zi retsep tuzib beradi, kamiga Shifokor yaxshi retsep yozmaganini ham ro'kach qilib qo'yadi. Dorixonachi "aqllida" ko'o'p o'qigan.

10 ta shifokorga kirib oxiri aptekachidan dori olib ketishadi🤦‍♂.
Shunday bemorlar juda ko'p...


@endocrinoo
😁11👍2
Munisa Rizayeva & Konsta...
RizaNovaUZ
#music_time

Konsta oʻz ritmida
Bomba tarona Munisa bilan
❤️

@endocrinoo
👍3🔥2
🔸Ortiqcha vazn xotirani pasaytiradi.

🔸Semirib ketish xotira pasayishi uchun xavf omilidir. Ortiqcha vazn miyadagi xotira bilan bog'liq genlarning o'zgarishiga olib kelishi mumkin, bu esa xotiraga salbiy ta'sir qiladi.

🔸Eksperiment doirasida olimlar 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan bir guruh odamlarni kuzatdilar va yuqori tana massa indeksi xotira testlarida yomon natijaga ta'sir ko'rsatishini aniqladilar.

🔹Semirib ketish, shuningdek, Altsgeymer kasalligini rivojlanish xavfini oshiradi.

@endocrinoo
👍3
Semizlik anemiyani (kamqonlik) birinchi sababi

Amerikada oʻtkazilgan tadqiqotlarda ortiqcha tana vazniga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda normal tana vazniga ega boʻlganlarga nisbatan plazmadagi temir miqdori normadan 2 barobar past boʻlgan.

Sabablari:
1. Alimentar yetishmovchilik. Semizlikda ichaklarda temirni yaxshi soʻrilmasligi.
2. Tana massasini ortishi, qon miqdorini oshishiga olib keladi, bu esa plazmadagi temir konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi.
3. Semizlikda yogʻ toʻqimalarida koʻplab kichik yalligʻlanish oʻchoqlari paydo boʻladi. Yalligʻlanishga javoban makrofaglarni koʻplab safarbar etilishi ham temir taqchilligiga olib keladi.

@endocrinoo
👍4
Nima uchun D vitamini kerak?

Avstraliyalik olimlar demensiya va D vitamini tanqisligi o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini aniqladilar.

Ular 294 514 kishining genetik ma'lumotlarini tahlil qilishdi va D vitaminining past darajalari miya hajmining kichikligi va demensiya va insult xavfi ortishi bilan bog'liqligini aniqladilar.

*Demensiya-aqliy zaiflik

@endocrinoo
👍5
Oyoqlarda chayqalish va tortishish temir tanqisligi anemiyasini ko'rsatishi mumkin

Agar siz doimo oyoqlaringizni harakatga keltirishingiz yoki o'tirganingizda biron joyda yurishingiz kerakligini his qilsangiz, sizda bezovta oyoq sindromi mavjud bo'lishi mumkin.

Bu hissiyotni oyoqlarda yonish, chayqalish, tortishish hissi sifatida ta'riflash mumkin. Shifokorlar bu g'alati tuyg'ularga nima sabab bo'lishini hali to'liq aniqlay olishmadi, ammo bu alomatlarni keltirib chiqaradigan muammolardan biri temir tanqisligi ekanligi aniq.

@endocrinoo
👍4
Bugun sizlarga 1-tip qandli diabet bilan og'rigan insonlarga to'liqroq hayot kechirish imkonini beradigan yangi texnologiya haqida gapirib bermoqchiman: sun'iy oshqozon osti bezi.

Qandli diabetni nazorat qilishning asosiy maqsadi har kuni yaxshi va xavfsiz qondagi glukoza darajasiga erishishdir.

Bu 1-toifa diabet bilan og'rigan odamlarga qon glyukozasini doimiy va qo'lda nazorat qilmasdan va insulinni shpris orqali kiritmasdan yashash uchun ko'proq erkinlik beradigan birinchi texnologiya.
Sun'iy oshqozon osti bezi insulin nasosining simsiz analogi bo'lib, insulinni o'z vaqtida yetkazib berish orqali qonda glukoza darajasini tartibga solishni ta'minlaydi. Qurilma maxsus o'rnatilgan dasturga ega har qanday planshet yoki smartfon yordamida boshqariladi.
Qurilma har besh daqiqada qondagi glyukoza o'lchovlariga javoban insulinni avtomatik ravishda etkazib beradi yoki to'xtatadi.

@endocrinoo
👍5