Ayollar bepushtligiga qanday dorilar mavjud
🔺Klomid - ovulyatsini chaqiradi. follikulalarni koʻpaytiradi.
🔺CHMG - gonodotropin - follikulani stimullovchi garmonni faollaydi.
🔺Rekombinant Gonodotropin- xomilador boʻlish foizini oshiradi
Shifokor koʻrsatmasi bilan qabul qilinsin!!!
@endocrinoo

👍3
Bolalarda suvchechak kasalligining belgilari
▪️Isitma(37,5-38,5 °C)
▪️Ishtaha pasayishi
▪️Bosh og'rig'i
▪️Umumiy holsizlik(Tez charchash)
▪️Qichishish
▪️Toshma
Kasallik o'tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti yoki qizil rangdagi dog'-papula bo'lib, bir necha soatdan keyin 5 mm diametrli vezikulaga(tiniq suyuqlik bilan to'lgan yumaloq yoki oval shakldagi pufakcha) aylanadi. Toshmalar sutka oxiriga kelib quriydi, bo'shashadi va jigarrang qatqaloqqa aylanadi(Rasmda toshma evolutsiyasi). Pigmentli dog'lar 2-3 oy saqlanadi, chandiq hosil bo'lmaydi.
Toshmalar bolaning yuziga, boshning sochli qismi, tana va oyoq-qo'llariga toshadi. Toshmalar bir vaqtda emas, balki turtkisimon(isitmadan keyin) toshadi. Shu sababdan bemorning terisida bir vaqtning o'zida toshmaning turli rivojlanish (dog', papula, vezikula, qatqaloq) bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu holat soxta polimorfizm deyiladi.

Endokrinolog maslahati 📄✍️
Bolalarda suvchechak kasalligining belgilari ▪️Isitma(37,5-38,5 °C) ▪️Ishtaha pasayishi ▪️Bosh og'rig'i ▪️Umumiy holsizlik(Tez charchash) ▪️Qichishish ▪️Toshma Kasallik o'tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti…
Hozirda bolalar orasida suvchechak ancha avj olgan.
Habarni onalarga yuboring zero kasallikni qancha erta aniqlansa davolash shuncha oson boʻladi
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

👍1
Bugundan boshlab endokrinologik dorilar bilan bir qatorda qon taxlilidan olinadigan gormon va boshqa koʻrsatkichlarni topshirish uchun bemor qay holatda boʻlishi va nega topshirilishi haqida ham maʼlumotlar joylab boraman
#analiz xeshtegi orqali buni oʻqib boring
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling
@endocrinoo
#analiz xeshtegi orqali buni oʻqib boring
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling
@endocrinoo
👍3
#analiz
Gormon tahlillar uchun qon ertalab och qoringa olinishi kerak. Agar buning iloji bo'lmasa, kunduzi va kechqurun oxirgi ovqatdan 4-5 soat o'tgach, ba'zi gormonlar uchun qon berilishi mumkin (qonni ertalab qat'iy ravishda topshirish kerak bo'lgan tahlillar bundan mustasno).
Sinovdan 1-2 kun oldin yog'li ovqatlarni dietadan chiqarib tashlashingiz va oxirgi ovqat katta kaloriyali bo'lmasligi kerak.
Tadqiqotdan 1 kun oldin psixo-emotsional zoʻriqish va jismoniy kuchli yuklama boʻlmasligi kerak.
Tahlil olinadigan kun ertalap suv ichilmasligi , tish yuvilmasligi , qabul qilinadigan dorilar ichilmasligi zarur.

👍5
Yurak ham endokrin faoliyatga ega
Yurak bo'lmachalaridagi kardiomiotsitlarda "atrial natriy uretik" gormon ishlab chiqariladi. U 28 aminokislota qoldig'idan iborat polipeptid hisoblanadi.
Vazifalari:
1⃣ Renin ajralishini ingibirlaydi.
2⃣ Aldosteron sekretsiyasini ingibirlaydi.
3⃣ Antidiuretik gormon sekretsiyasini ingibirlaydi.
4⃣ Qon-tomirlar relaksatsiyasini chaqiradi.

“Kundalik non, tirikchilik haqidagi fikrlar bemor tashvishlaridan chalgʻitmasligi uchun shifokor boylardek kiyinishi, qimmatbaho uzuklar taqishi, eng yaxshi otlarga ega boʻlishi lozim”
Abu Ali ibn Sino
@endocrinoo
Abu Ali ibn Sino
@endocrinoo
👍4
MAGNE B6
👩⚕️Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin mineralli majmua
📖Qoʻllanilishi:
➖Asabiylik, taʼsirchanlik, kuchsiz xavotirlik, oʻtkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishida.
➖Mushak tirishishlari, sanchilish hissi boʻlganda
➖Epilepsiya xurujidan keyingi holatlarda qoʻllash mumkin
➖Meʼda-ichak spazmlari
➖Xomiladorlikda beriladi
📝Qoʻllash usuli va dozalari:
Kattalar kuniga 2 - 3 tabletka qabul qilishlari mumkin.
🚯Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
➖Kalsiy va fosfor preparatlari bilan bir vaqtda mumkin emas.
➖Emizish davrida
➖6 yoshdan kichik bolalarga

👍2
Gabanerv © dori vositasi haqida
TARKIBI
Gabapentin -- 300 mg .
Metilkobalamin -- 500 mkg.
TA'SIRIGA KO'RA
Tirishishga qarshi vosita.
💊QO'LLANILISHI
-- Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda tutqanoqda kuzatiladigan fokal tirishishlarni monoterapiya oʻtkazishda.
-- Neyropatik ogʻriq (postgerpetik, diabetik, trigeminal, OITV ga bogʻliq boʻlgan, alkogolli nevralgiya, orqa miya kanalini stenozidagi nevralgiya) da qoʻllanadi.
💊QO'LLASH USULI VA DOZASI
Ichga, ovqatlanishdan qatʼiy nazar kuniga 1-3 tabletkadan qabul qilinadi. Davolash birinchi kunida 1 tabletka bilan boshlanadi, soʻngra kuniga bitta tabletkaga oshiriladi. Neyropatik ogʻriqlarda davolashni kuniga 3 tabletka bilan boshlash mumkin
🚫NOJO'YA TA'SIRI
-- Uyquchanlik , toliqish va bosh aylanishi.
-- Taxikardiya va qon bosimni pasayishi kuzatilishi mumkin.
-- Teri qichishishi va teri qizarishi kuzatilishi mumkin.
❌QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
-- Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda.
--12 yoshgacha boʻlgan bolalarda parsial tirishishlarda qoʻllash mumkin emas.
-- Neyropatik ogʻriqni davolash uchun 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga buyurish mumkin emas.
ADMIN MASLAHATI
💥Homiladorlik davrida shifokordan so'rab qabul qilish buyuriladi ( esda saqlang ).
💥Emizikli ayollar esa preparatni qabul qilish davrida emizishni to'xtatishlari kerak.
💥Preparat og'riqni kamaytiruvchi ta'sirga ega.
💥Preparatni qabul qilish jigar faoliyatiga zarar yetkazmaydi.Jigar faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi.
💥 Artritda bo'g'imlarni shikastlanishini kamaytiradi.
💥Preparatni qon bosimi tushgan vaqtda qabul qilmang . Chunki gabanerv qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.
💥Tirishish kasalligida 12 yoshdan kichik bo'lganlarga berish tavsiya qilinmaydi.
Qo'llash -- retsept bilan qabul qilish buyuriladi.
Ishlab chiqaruvchi -- Hindiston.

#DOLZARB
#TARQATING
Bugunni vijdonsiz oʻz kasbini loyga bo'ktirayotgan,tibbiy saviyasi past, poraxoʻr va xech qachon aybini tan olmaydigan akusher-ginekologlar bilan janjal sabab buzdik.
Farzandim tugʻilganiga 5 kun boʻldi. Tugʻruqda tugʻruq yoʻli yirtilishi (ichki-tashqi) kuzatildi. Tugʻruq uchun yangi qurilgan roddomda davlat tomonidan xech qanday dori darmon yoʻqmi yoki ishlatishmaydimi bilmadim, hammasi dorixonadan olib chiqdik. Farzand uchun qancha boʻlsa sarflaysiz albatta. Endi bu yogʻini eshiting tugʻruqdan keyin 4 kun ichida qon ketish , yirtilish tikilish boʻlgan ayol yoniga ginekolog kirmagan. Ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun antibiotik buyurilmagan , qon ketishni oʻrnini bosish uchun qon koʻpaytiruvchilar qilinmagan, infuzionterapiya qilinmagan. Yonida birga yotgan 3 ayol ham yirtilish bilan asoratlangan lekin sodda halq xech qanday davo muolajalarisiz uyga javob berilgan. Man oʻzim shifokor boʻlganim uchun tugʻruq kuniyoq qon koʻpaytiruvchi, aminokislotalar, antibiotiklar olib kelgan edim. 3-kuni man aytganim uchungina aminokislota ulangan. Roddomda kasallar oʻzi uchun oʻzi dori olib kelib ulashsa ginekolog nimaga kerak degan savol boʻlishi tabiiy. Bu gaplarni ularga aytganimda siz oʻzizi bollarizi op keting qolganlar bilan qiziqmeng deyishdi(yani qolgan kasallarni eri shifokor boʻlmasa dorini oʻzi bilib olib kelmasa bemor asorat bilan uyiga javob berib yuboriladi)
Shuncha kun davomida biror marotaba na nonushta na tushlik na kechki ovqat berilmagan.
Oʻzlarini aytishi boʻyicha 6 oydan buyon skrining uchun qon ham olinmayotgan ekan. Yani bola tugʻilganda tovondan qon olinadi va irsiy kasalliklar uchun tekshiriladi. Bundan kelib chiqadiki bolada irsiy kasallik mavjud ekanini qachonki bola 4-5 yosh bo'lguncha aniqlay olmay yuriladi. Kasallik esa oldi olinmaydi.
Ginekolog oʻzini oqlash uchun aytgan gapi esa uni parishonxotir ekanini bildirib turardi, nima emish man onasi uchun antibiotik zarur emas deb xisoblagandirmanki buyurmaganman.
Aslida esa haqiqat u biror marotaba tekshiruv( opxot ) uchun kirmagan.
Manda hali vijdon bor ekani va hali qiyomatda olovda yonishdan qo'qqanim uchun bular bilan tortishdim va tabiiyki ularni yengib boʻlmasdi (hammasi ayol)
Janjal nimadan boshlandi oʻzi...
Ketar paytimiz eshiklar yopiq kirish imkonsiz. Ayolimga sumkalarni olib chiqishga ham yordam berishmadi. Oʻzim kirib olib chiqishga uringanim sababli janjal boʻldi. Va man bu janjal boʻlganidan xursandman vijdonsiz ekanini yuzlariga solganim va bizdan keyingi kasallarga sal odamdek muomalada boʻladi degan niyatim bor.
Har hil komentariya va postlarda,gruppalarda shifokorlar haqida yomon gap aytilsa butun halqqa qarshi soatlab kontr argument va faktlar bilan javob qaytarib shifokorlarni tarafini olardim. Bugun bildimki guruch orasida kurmaklar juda koʻp ekan va ular *kaltak yeyishga* loyiq ekanlar.
Sodda halqim haqqingizni talab qiling, bepul dorilarni soʻrang, yaxshiroq qaraydi deb pul bermang. Ginekolog-akusherlar bilan jiddiyroq ohangda gaplashing...
Ushbu postni maksimal tarqating
Halq bilishi kerak qachon nima yoʻl tutishni.
Maqsad tezroq roddomdan uyga ketish boʻlib qolmasin.

💯8👍5
#analiz
Qalqonsimon bez gormonlari:
Erkin T4 qalqonsimon bezning eng muhim biologik faol moddalaridan biri bo'lib, oqsil birikmalarini tashish va ularning tanadagi optimal muvozanatini saqlash uchun javobgardir.
✅Sog'lom odam uchun normal plazma darajasi 10 dan 22 mmol / l gacha.
⏫Ortiqcha ko'rsatkich somatik yoki ruhiy kasalliklarni, lipemiyani ko'rsatadi.
⏬Kamligi esa - homiladorlik, noto'g'ri ovqatlanish, og'ir jismoniy faoliyat, bir qator dori vositalaridan foydalanish haqida maʼlumot beradi
TTG - qalqonsimon bezga bevosita ta'sir qiladi va uning tarkibiy qismlarining aylanishi uchun javobgardir.
✅Mutlaqo sog'lom odam uchun norma 0,4 dan 4 mU / litrgacha.
⏫Ortiqcha ko'rsatkich buyrak usti bezi etishmovchiligini, qalqonsimon bo'lmagan murakkab patologiyani, gipotireozni va boshqalarni ko'rsatadi.
⏬Past daraja - tireotoksikoz, kortizol muvozanati va boshqalar haqida maʼlumot beradi

👍2❤1
Kuchli yoʻtalga qarshi ajoyib retsept
🔶 Qisqa muddatda kuchli yoʻtaldan xalos boʻlish imkoni mavjud.
Buning uchun oʻrtacha kattalikdagi bir nechta sabzi qirgʻichdan oʻtkaziladi va unga 1 choyqoshiq asal aralashtiriladi.
🔶 Bu davolovchi ichimlikdan kuniga 4-5-marta ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 oshqoshiqdan isteʼmol qilinadi
Yaqinlarga ham ulashing
Hozirgi kasallar orasida yoʻtal dolzarb muammo boʻlayotgani bor gap

Qalqonsimon bez gormonlari
Qalqonsimon gormonlar darajasini dastlab tekshirganda, testdan 2-4 hafta oldin qalqonsimon bez ishiga ta'sir qiluvchi dori-darmonlarni to'xtating. Davolanishni kuzatishda, analiz olinadigan kunida dori-darmonlarni qabul qilishni istisno qiling (shuningdek, boshqa dori-darmonlarni - aspirin, trankvilizatorlar, kortikosteroidlarni, og'iz kontratseptivlarini qabul qilish analiz notoʻgʻri chiqishiga sabab boʻlishiga e'tibor bering).

📍Qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkin
🖥 Kanadalik olimlar qandli diabet kasalligini ovoz orqali aniqlovchi dastur yaratdi.
♻️ Mexanizmning ishlash tamoyili oddiy. Bir kishi ma’lum davr oralig‘ida bir xil iborani takrorlab, o‘z tovushini yozib oladi. Shundan so‘ng audiodagi individual fiziologik parametrlar sun’iy intellekt tomonidan tahlil qilinadi.
📊 Ushbu tadqiqot uchun Amerika diabet assotsiatsiyasi ko‘rsatmalariga muvofiq, jami 267 nafar kishi — qandli diabetga chalinmagan 79 ayol va 113 erkak hamda ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan 18 ayol hamda 57 erkak jalb qilindi.
🗣 Ishtirokchilar 2 hafta davomida kuniga 6 marotabadan ma’lum bir iborani talaffuz qilib, o‘z smartfonlariga yozib oldi. Natijada 18 ming 465 ta audioyozuv paydo bo‘ldi.
📈 Natijada sog‘lom va bemor insonlarning ovoz parametrlari bir-biridan keskin farqlanishini aniqladi.
🔬 Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayonda 14 ta akustik xususiyat bemorning qandli diabetga chalinganini ifodalaydi.

1 tur qandli diabetning uchrash extimolligi foizda %:
#⃣ Qarindoshlarda diabet yo'q - 0,2-0,4%
#⃣ Otada diabet bo'lsa farzandda uchrashi 3,6 - 8,5%
#⃣ Onada diabet bo'lsa farzandda 1,1 - 3,6%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 4%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan ikkitasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 9,5%
#⃣ Ota onaning birida va aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 12%
#⃣ Ota onaning ikkalasida xam diabet bo'lsa farzandda uchrashi 34%
📚 I.I. Dedov, M.V.Shestakova.
Saxarny diabet tipa 1. Realii i perspektivy. Moskva 2016 yil

Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
1. Stolda, o‘tirib ovqatlaning, yurib emas!
Dasturxon ustida ovqat iste’mol qilsangiz, ovqatlanish odatingizni buzmaysiz, ko‘p ovqat yemaysiz, faqat ovqatlanishga e’tibor qaratasiz.
2. Ovqatlanayotganda gadjetlarga chalg‘imang!
Diqqatimizni faqat taomlanishga qaratganimizda to‘yish hissini televizor ko‘rgandagi yoki telefon o‘ynagandagidan ko‘ra tezroq va ongli ravishda sezamiz.
3. Taomlanish vaqti kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak!
Insonda to‘qlik hissi darhol paydo bo‘lmaydi. Bu ovqatlanishdan keyin taxminan 15–20 daqiqa davom etadi.
4. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling!
Hammasi sabzavot tarkibidagi tola (uzoq hazm qilinadigan ovqat tolasi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu bizni to‘yinganimizga sezilarli ta’sir qiladi.
5. Ko‘proq suv iching!
Agar siz ochlikni his qilsangiz, shunchaki suv iching, chunki chanqoqlik bizning tanamiz tomonidan ovqat yeyish istagi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bir stakan toza ichimlik suvidan keyin ochlik hissi kamayadi.

👍5🔥2
Kanaldagi endokrinologiyaga oid maqolalarni o'zim yozib chiqaman va bu uchun ancha vaqt sarflayman.
Iltimos maqolani ko'chirayotganda kanal nomi bilan saqlang.
Hizmatimizni qadrlang zero biz faqat siz uchun faoliyat yuritamiz

👍14👏8❤3🔥1
Bir boyning uyida mehmon bo'lgan yigit hayol surib o'tirar ekan, yonidagi do'stiga shunday dedi: "Shu mol-davlatlar bandalar orasida taqsim qilinayotganida biz qayerda edik-a?!"
Buni eshitgan do'sti uni kasalxonaga yetaklab bordi va shunday dedi: "Mana bu kasalliklar taqsimlanayotganda-chi?!"
Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak

❤4👍2
48 ming o‘zbekistonlikda OITS aniqlangan
Eng ko‘p OITS yuqtirganlar Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Sanepidqo‘mning ma’lum qilishicha, bemorlar OITS infeksiyasini 1987-2023 yillar oralig‘ida yuqtirgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni.

😢3👍1
#analiz
Estradiol
Hayz siklining 5-6- kunida yoki 21-23-kunida tahlil uchun olinadi.
Estradiol ayollarning qonida faol komponent bo'lib, jinsiy hujayralarning kamolotiga yetishiga javob beradi va homiladorlik davrida homilaning to'g'ri rivojlanishiga ta'sir qiladi.
✅Normada hayot kechirishiga qarab o'zgaradi: 200 dan 286 pm / l gacha (follikulyar fazadagi ayollar uchun), 52 dan 136 pm / l gacha (menopauza davrida ayollar uchun) va 441 dan 576 gacha (luteal fazadagi qizlar).
⏫ Ortiqcha ko'rsatkich tuxumdonlarda mumkin bo'lgan o'smalarni ko'rsatadi
⏬ Yetishmovchilik gonadotrop gormonlar chiqarilishida muvaffaqiyatsizlikni ko'rsatadi.

👍5❤3