ENDO CASE
1.06K subscribers
120 photos
83 videos
11 files
51 links
Stomatologiyaga oid case va lifehacklar✅️
Download Telegram
🦷1.5 tish. Vertucci klassifikatsiyasi bo‘yicha 2-tip.
🔻Ustya sohasida 2 ta kanal bilan boshlanib, apeks sohasida ularni birlashishi.

Buni rentgen diagnostikasida farqlay olmasligimiz mumkin
Kanallar irrigatsiyasi vaqti birinchi kanalga yuborilgan NaOCl ikkinchi kanaldan chiqib kelishi, apeks sohasida kanallarni birlashib ketganligidan dalolat beradi

@endocase
👍81
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Изолировать любой ценой)
🤣11👎3👍1😁1
#Taxlil 🦷

🖼️Rengen snimkada yuqori frontal tishlar taxminan 5 yil avval plomba qilingan

🧐Metod : monoshtift
💦Siller : endofilling

☝️Birnechta xulosalar chiqarish mumkin shu snimkadan

1) Biokeramik siller bilangina monoshtift usuli foyda berishi mumkin. O’zi umuman monoshtiftni yagona afzalligi bor. Bu ham bo’lsa kamroq vaqt sarflanishi.

2) Sillerlar so’rilmaydi deganlar uchun isbot

3) Endofilling ishlatmaslik kerakligi isboti

4) Kanalni 95 % filler 5 % siller tashkil qilishi kerak. Snimkada esa aksincha. Gutta perchani o’zi qolgan

5) Vertikal kompaksiyani iloji bo’lmagan taqdirda ham lateral kompaksiyadan foydalanish kerak

6) Kanalni kengaytirgan razmerizga mos bo’lgan gutta percha ishlatish muximligi. Masalan kanalni primerno 35:04 gacha kengaytirsam 35:04 gutta qo’yaman. Shunda ham profayl va gutta bir biriga spetsifik tog’ri kelmaydi

Manba:
khusniddin_stom

@endocase
👍10
Chuqur kariesda
Endo qilamiz yoki yo‘q?

@endocase
🔥7👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alginat qolip oluvchi hom ashyoni qorishni yangi metodi

@endocase
👍7
Forwarded from Dr_Khusniddin 🦷
Yo’naltirish - bilimsizlik emas !!

Bu mavzuda fikr yuritishimdan maqsad hozirgi davr stomatologiyasida o’zidan yaxshiroq mutaxasisga yo’naltirish bu - bilimsizlik deya talqin qiladigan doktorlar ko’payib ketganidir.

Tabiiyki patsientni o’zingizdan ko’ra bilimliroq mutaxasisga yo’naltirgani nafsingiz yo’l qo’ymaydi …


🤔Ko’pchilikni nazdida patsientni boshqa doktorga yuborsam menga nisbatan ishonchi yo’qoladi degan fikr mavjud. Rostan ham shundaymikin ?

Masalan ortodontiya va ortopediya bizda juda og’riqli mavzu. Hozir ortodontiya haqida hattoki boshlang’ich bilimga ega bo’lmagan doktorlar ham breket qo’yib yotishibdi !

🚫Muammo breketni ko’r ko’rona qo’yib qo’ygan bilan hal bo’ladimi ? Undan keyingi bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar haqida habari bormi ? Asorat kelib chiqsa patsientni ishonchi qoladimi ? Patsient bilan konflikt kelib chiqadi. Natijada o’sha patsient umrini oxirgacha sizni yomonlaydi !!!

📌Ortopediya mavzusi bu alohida mavzu. Charxlashni bilgan ham bilmagan ham, ferrul nima, milk biotipi nima ? Qachon depulpatsiya qilish kerak va qachon qilmaslik kerak, qancha miqdorda va qanday charxlanishi kerak degan savollarga javob topmasdan turib ortopediyaga harakat qilish bu mutlaqo insofsizlik !!!!

Xulosa : Aqlimiz yetmagan ishga aralashmaylik. O’zimizdan yaxshiroq mutaxasisga ham yo’naltirishni bilaylik. Maqsadimiz shaxsiy manfaatlarimiz emas, bemor manfaati bo’lsin.

©️Dr_Khusniddin 👨🏻‍⚕️
👏83
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦷MAF nima ?

Muallif: khusniddin_stom
👏71
📚MAF bo’yicha statya
Ko'pchilik karies markeridan kariesga uchragan to'qimalarni olib tashlashni nazorat qilish va bemorga kariesga chalingan joylarni ko'rsatish uchun foydalanadi.

🙌 Markerdan foydalanishning yana 3 usulini qarshi oling:

-> plombalar va tish to'qimalaridagi mikro yoriqlarni aniqlash va vizualizatsiya qilish;

-> obliteratsiyalangan ildiz kanallari og‘izlarini topishni osonlashtirish;

-> nekroektomiya va karioz kovakni shakllantirish eski plombalarni olib tashlashni nazorat qilish.

Yangi boshlovchi shifokorlar ko‘pincha vizualizatsiya qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi — eski plombani to‘liq olib tashlaganini tushunishi qiyin.

Rasmda restavratsiya qoldiqlarini ko‘rsatish maqsadida karies markeridan foydalanish misoli keltirilgan 👉

Avtor: Yuliya Rayevskaya
1
1.Kuraray Caries Detector
2.Sable Seek
3.Omega Dent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endomotor "Настройки" qilish
Koʻpchilikni savoliga javob berilgan.

👤 Oybek Tulkunov

@endocase
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endodontik instrumentlarni konustligi batafsil tushuntirilgan.

Video rus tilida. Lekin juda oddiy tushuntirilgan.

Автор Карина Дьячкова

@endocase
41