EMU EXPRESS
814 subscribers
42 photos
40 videos
21 links
EMU Express — O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda tez, ishonchli va o‘z vaqtida yetkazib berish.

@emupostbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMU EXPRESS jamoasi Buxoroda har bir viloyat menejerlarini yig‘ib, yillik seminar o‘tkazdi 🚆
Yig‘ilish davomida kompaniyaning 2026 yilga mo‘ljallangan rejalari 📊, yangi maqsadlar hamda rivojlanish strategiyalari menejerlar bilan batafsil muhokama qilindi 🤝

Shu bilan birga, jamoamiz menejerlar bilan Buxoroning muqaddas va tarixiy maskanlarini ziyorat qildi 🕌 Uning boy merosi, qadimiy obidalari va betakror muhitidan katta ilhom olindi

Bu safar jamoamizni yanada birlashtirib, kelajakdagi ulkan marralar sari ruhlantirdi 🚀

Bir jamoa – bir maqsad sari!
🔥15👍7👏21
🚀 YANGI FILIAL OCHILDI!

📍 EMU EXPRESS TTZ FERUZA filiali o‘z faoliyatini boshladi.
Endi jo‘natmalaringizni yanada tez, ishonchli va qulay topshirishingiz mumkin.

🏢 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza-1 massivi, 32A

📦 Hujjat, posilka yoki yuk — barchasini bizga ishoning!

📞 Telefon: +998 93 381 31 22
+998 71 200 96 69

EMU EXPRESS – Tez. Ishonchli. Qulay.
👍11🔥5🎉42🤝1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMU Express direktori Murod Jumayev Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universitetida ochiq dars o‘tkazdi.

Talabalarga kompaniyaning haqiqiy o‘sish yo‘li — ilk qadamlar va kichik jamoatdan boshlab, bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan yirik logistika tarmog‘igacha bo‘lgan jarayon haqida so‘zlab berildi. 🚚

Uchrashuvning asosiy g‘oyasi: katta biznes g‘oya, intizom va harakat qilish jasoratidan boshlanadi.

Yoshlar kuchli motivatsiya, amaliy tavsiyalar va mehnat bilan hamma narsaga erishish mumkinligiga ishonch oldilar.

EMU Express — yangi avlod yetakchilarini ilhomlantiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1531
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon – mehr-muruvvat va saxovat oyi.

EMU EXPRESS jamoasi muborak oyda barcha yurtdoshlarimizga tinchlik, baraka va osoyishtalik tilaydi.

Ramazon muborak bo‘lsin! 🌙🌫

🌙 Рамазан – месяц милосердия, единства и благодарности.

Команда EMU EXPRESS желает всем мира, благополучия и спокойствия.

С праздником Рамазан! 🌙🌫

🌙 Ramadan — a month of compassion and generosity.

The EMU EXPRESS team wishes everyone peace, prosperity, and serenity.

Ramadan Mubarak! 🌙🌫
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍642🎉2🕊2🤗21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 ZIYO MASKANI

Jamoaviy mutolaa va fikr almashuv maskoni

Bitta kitob — bir jamoa. Bir maqsad — bir yo‘l.

EMU kompaniyasida biz xodimlarning nafaqat ko‘nikmalariga, balki ularning tafakkuriga ham sarmoya kiritamiz. Chunki kuchli jamoa — bu chuqur fikrlaydigan va to‘g‘ri xulosa chiqaradigan jamoa 💡🤝

Bu safargi uchrashuvimiz “Million Dollar Xatolar” kitobiga bag‘ishlandi. Asarda muvaffaqiyat yo‘lida yo‘l qo‘yiladigan moliyaviy va strategik xatolar, noto‘g‘ri qarorlar hamda ularning oqibatlari haqida so‘z yuritiladi.

Muhokama davomida jamoamiz:

🔹 xatolardan saboq olish madaniyati
🔹 moliyaviy intizom va strategik fikrlash
🔹 mas’uliyatli qaror qabul qilish
🔹 uzoq muddatli rejalashtirishning ahamiyati

kabi muhim mavzular yuzasidan o‘z fikr va xulosalarini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar bizni ma’naviy jihatdan boyitadi, dunyoqarashimizni kengaytiradi va ham professional, ham shaxsiy rivojlanishimizga xizmat qiladi 🚀

EMU’da o‘sish — bu tasodif emas. Bu ongli tanlov.
👍119🔥61
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EMU kompaniyasi rahbar xodimlari XXRdagi pochta va kuryerlik sohasida joriy etilgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida Xitoyning yirik kompaniyasi — ZTO Express saralash markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida zamonaviy logistika tizimlari, avtomatlashtirilgan saralash uskunalari hamda raqamli boshqaruv jarayonlari o‘rganildi.

Mazkur xalqaro tajriba EMU xizmat sifatini yanada oshirish va mijozlarga tez, ishonchli hamda qulay yetkazib berish xizmatini taqdim etish yo‘lida muhim qadamdir. 🚀
🔥155🥰3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMU Express rahbariyati Xitoy safari davomida avtomatlashtirish sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri — Wayzim kompaniyasi shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi 🇨🇳🤝

Tashrif doirasida ombor logistikasini samarali tashkil etish, intellektual saralash tizimlari hamda zamonaviy avtomatlashtirish yechimlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi 📦⚙️

Uchrashuv davomida ilg‘or texnologiyalar, yuqori aniqlikdagi saralash uskunalari va raqamli boshqaruv tizimlari bilan yaqindan tanishildi 💡🔍 Mazkur tajriba almashinuvi EMU Express xizmatlarini yanada takomillashtirish, tezkorlik va samaradorlikni oshirish hamda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi 🚀

EMU Express — tez, ishonchli va zamonaviy logistika sari qat’iy qadam tashlamoqda 🌍
🔥16👍731👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMU Express rahbariyati XXRdagi Wayzim Technology kompaniyasining ishlab chiqarish zavodlariga tashrif buyurdi 🇨🇳🏭

Tashrif davomida avtomatik sortirovka tizimlari, fulfilment jarayonlarini avtomatlashtirish texnologiyalari hamda zamonaviy logistika uskunalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi ⚙️📦

Mazkur tashrif EMU Express kompaniyasining logistika jarayonlarini yanada takomillashtirish, xizmat tezligi va samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi 🚀
👍11🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun EMU ofisida qiziqarli tajriba o‘tkazamiz! 🔄📦

Bitta oddiy buyumdan boshlaymiz va uni hamkasblarimiz bilan ketma-ket almashib boramiz. Har bir almashuv orqali buyum qiymati qanday o‘zgarishini va oxir-oqibat qayergacha yetishini birgalikda kuzatamiz.

Qiziq tomoni — tajriba yakunida oddiy buyum qanchalik qimmatli narsaga aylanishi mumkinligini bilib olamiz! 😄
🔥1373👍1
📢 Kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha ofislarimizda 8-mart kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi.

⚠️ 7-mart kuni qabul qilingan barcha jo‘natmalar
9-mart kuni manziliga yetkazib beriladi.

🌸 Kirib kelayotgan bayram munosabati bilan aziz va muhtaram ayollarni samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy totuvlik va doimo ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz. Hayotingiz mehr, e’tibor va quvonchli lahzalarga boy bo‘lsin.

Kirib kelayotgan bayramingiz muborak bo‘lsin! Har bir kuningiz bahordek go‘zal va quvonchlarga to‘la bo‘lsin! 🌷
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun EMU Express kompaniyasi o‘z jamoasidagi ayol xodimalarni kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabrikladi 🌸

Bayram munosabati bilan ofislarimizda iliq va samimiy muhitda tabriklar tashkil etilib, xodimalarimizga ularning mehnati, fidoyiligi va kompaniya rivojiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi 💐

EMU Express barcha ayollarga baxt-saodat, mustahkam sog‘lik, bahordek go‘zal kayfiyat va cheksiz ilhom tilaydi!
10👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMU Express rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan dunyoning yetakchi logistika kompaniyalaridan biri — SF Express ishlab chiqarish va texnologik markazlariga tashrif buyurdi 🇨🇳🏭

Tashrif davomida jamoa avtomatik sortirovka tizimlari, fulfilment jarayonlarini avtomatlashtirish texnologiyalari hamda zamonaviy logistika uskunalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan va batafsil tanishdi ⚙️📦

Mazkur uchrashuv va tajriba almashinuvi EMU Express kompaniyasining logistika jarayonlarini yanada takomillashtirish, xizmat tezligi va samaradorligini oshirish hamda mijozlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi 🚀

EMU Express — tez, ishonchli va zamonaviy logistika sari qat’iy qadam tashlamoqda 🌍📦
👍84🔥31
🌸 Aziz va muhtaram ayollar!

EMU Express jamoasi nomidan sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! 💐

Sizlar hayotimizga mehr, go‘zallik va ilhom olib kiradigan eng qadrli insonlarsiz. Har bir kuningiz quvonchga, qalbingiz esa bahordek iliq va nurga to‘la bo‘lishini tilaymiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik va cheksiz ilhom tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌷
EMU Express 🚚📦
7👍2🔥22🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
China Post 🇨🇳

EMU Express rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasidagi dunyoning yetakchi logistika kompaniyalaridan biri — China Post ishlab chiqarish va texnologik markazlariga tashrif buyurdi 🏭

Tashrif davomida jamoa avtomatik sortirovka tizimlari, fulfilment jarayonlarini avtomatlashtirish texnologiyalari hamda zamonaviy logistika uskunalari bilan yaqindan tanishdi ⚙️📦

Mazkur tajriba almashinuvi EMU Express’ning logistika jarayonlarini yanada takomillashtirish, xizmat tezligi va samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi 🚀

EMU Express — tez, ishonchli va zamonaviy logistika! 🌍📦
🔥10👍44
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JDL Express

EMU Express rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yuritayotgan yetakchi logistika kompaniyalaridan biri — JDL Express’ning ishlab chiqarish va texnologik markazlariga tashrif buyurdi 🏭

Tashrif davomida jamoa zamonaviy avtomatik saralash tizimlari, fulfilment jarayonlarini avtomatlashtirish texnologiyalari hamda ilg‘or logistika uskunalari bilan yaqindan tanishdi ⚙️📦

Mazkur tashrif EMU Express logistika jarayonlarini yanada rivojlantirish, xizmat tezligi va samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi 🚀

EMU Express — tez, ishonchli va zamonaviy logistika! 🌍📦
👍9🔥752
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun EMU ofisida kichik va qiziqarli tajriba o‘tkazamiz 🎶
Hamkasblarimizning xarakteri, kayfiyati va ish uslubiga qarab ular qaysi qo‘shiqqa o‘xshashini aniqlab ko‘ramiz 😄

Qani ko‘ramiz, kim qaysi qo‘shiq bilan mos kelar ekan? 🎧
EMU Express — ish ham, kayfiyat ham birga! 📦🚀
👍13🤩951🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun EMU Express kompaniyasi “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazdi.

Hasharda kompaniyamizning barcha filiallari faol ishtirok etib, o‘z ofislari va atrof hududlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Hududlar tozalandi, tartibga keltirildi va yanada chiroyli muhit yaratildi.

Bunday tashabbuslar nafaqat ish joylarimizni yanada ozoda va tartibli qiladi, balki jamoamizda birdamlik va mas’uliyat tuyg‘usini ham mustahkamlaydi.

EMU Express — tozalik, tartib va hamjihatlik tarafdori!
👍19🔥42👏2
Hayit va Navro‘z bayramlari munosabati bilan EMU Express kompaniyasining ish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

🔹 20-mart — dam olish kuni
🔹 21-mart — dam olish kuni
🔹 22-mart — odatdagidek ish kuni

📦 19-mart kuni jo‘natilgan pochtalar 22-mart kuni manziliga yetkazib beriladi.

Bayram kunlari munosabati bilan yetkazib berishda kichik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Tushunganingiz uchun rahmat! 🎉
🎉6👍5🤝42🙏2