EMU UNIVERSITY
5.13K subscribers
650 photos
378 videos
12 files
661 links
Emu University - O'zingga munosib kelajakni tanla!

Qabul bo'yicha savollar bormi? - @emuni_support1 barcha savollar uchun

+998 55 517 00 07

Website: https://www.emuni.uz/uz
Download Telegram
Amaliyotchi stomatologlar uchun xalqaro kongress O‘zbekistonda!

Markaziy Osiyoda ilk bor 8 nafar eng yaxshi amaliyotchilar “tishni qutqarish” yo‘lida birlashmoqda. Bunaqa spikerlar tarkibi hali bir sahnada bo‘lmagan!

Kongressda quyidagilarni olasiz:
• kuchli shikastlangan tishlarni tiklash bo‘yicha optimal yechimlar
• dolzarb amaliyotlar
• multiplikativ yondashuv
• zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlar
• konsepsiyalar va ularning amaliy natijasi
• networking

🗓Sana: 2026 yil 22 mart
Vaqti: 9:00 – 18:00
📌Manzil: «Alfred Nobel» kongress xoll
🧑🏻‍🎓Ishtirokchilar: yosh shifokorlar va istiqbolli talabalar

Bizning vazifamiz — tishlarni saqlash operatsiyalari bo‘yicha bilimlaringiz ufqini kengaytirishdir.

Ishonchimiz komilki, 22 martdan keyin “olish mumkin emas, qutqarish mumkin” tamoyili ostida o‘z mahoratingizni mustahkamlab olasiz!

Havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘ting.

Batafsil ma’lumot uchun @demyacad ga murojaat qilishingiz mumkin.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
93🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇷EMU University talabalari Parijning Sen-Jozef klinikasida bir oylik amaliyot o‘tashmoqda 😍💜

———

🇫🇷 Студенты EMU University проходят месячную практику в клинике Сен-Жозеф в Париже 😍💜


👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22212❤‍🔥5🏆4👏3🔥2🥰1
🌙 Muqaddas Ramazon oyi kirib kelmoqda

Mana, qalblarimiz intiqlik bilan kutgan muborak oy eshigimizni qoqmoqda. Bu oy — ma’naviy yangilanish, sabr-toqat va ezgu niyatlar davridir. Har bir xonadonga tinchlik, nur va baraka olib kirsin 🤲

Ramazon — bu nafaqat ro‘za tutish, balki qalbni poklash, niyatlarni mustahkamlash va har bir ezgu amalni yanada qadrli qilish oyidir. Bu davr ilmga intilish, yaqinlarga mehr ulashish va o‘z ustimizda ishlash uchun eng go‘zal imkoniyatdir.

Ushbu muborak oy davomida qiladigan barcha xayrli ishlaringiz, duolaringiz va sa’y-harakatlaringiz savobli va barakali bo‘lsin.

🗓 Sizning qulayligingiz uchun 2026-yil Ramazon taqvimini saharlik va iftorlikning aniq vaqtlari bilan tayyorladik. Uni yuklab olib, butun oy davomida foydalanishingiz mumkin.

🌙 Kirib kelayotgan Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!

📌 2026-yil Ramazon oyi yurtimizda 19-fevral sanasidan boshlanadi.

🇷🇺На русском языке
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3113🔥6❤‍🔥3👍3🥰2🏆2🤝2👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Orzular mehnat bilan amalga oshadi…

👌EMU University talabasi Akbaraliyeva Sarvinoz Umid qizi o‘z bilim va intilishi orqali grant sohibasi bo‘ldi.

Bu yutuq — tinimsiz harakat, qat’iyat va maqsad sari dadil qadamlar natijasidir.

Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va kelajakda yanada katta marralarni zabt etishiga ishonamiz 🤩



🎓 Мечты достигаются через труд…

👌Студентка EMU University Акбаралиева Сарвиноз Умид кизи благодаря своим знаниям, стремлению и усердию стала обладательницей образовательного гранта.

Эта победа — результат постоянного труда, настойчивости и уверенного движения к своей цели.

Поздравляем нашу студентку с этим достижением и желаем ей покорения ещё более высоких вершин в будущем 🤩

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
186🤩4🔥2🏆1
🌙 Ramazon oyi muborak bo’lsin!

Ramazon — bu qalblar poklanadigan, duolar ijobat bo‘ladigan, sabr va mehr ulug‘lanadigan oy 🤲

Ramazon — bu o‘zimizni yangilash, niyatlarimizni mustahkamlash va har bir kunni mazmunli o‘tkazish imkoniyati.

Har bir xonadonga tinchlik, baraka va nur tilaymiz
Tutgan ro‘zangiz, qilgan duolaringiz va barcha ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin.

🌙 Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
3312❤‍🔥8👏2🥰1🎉1
SAHARLIK DUOSI

Navaytu an asuma sovma shahri Ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.

IFTORLIK DUOSI

Allohumma laka sumtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftortu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4512🤝7❤‍🔥3🔥2🥰2👍1
10.png
3.2 MB
🌙 Ramazon uchun qulay telefon fon-taqvimlari

Toshkent vaqti asosida saharlik va iftorlik soatlari kiritilgan, Ramazon oylik taqvimi — telefoningiz uchun tayyor formatda.

Har kuni vaqtni qidirmaysiz. Hammasi qo‘lingiz ostida. 📱

Ramazonni tartibli va baraka bilan o‘tkazing. 🤲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3912🏆8🔥3
👌EMUda stol o‘yinlari kuni — endi 2-smena uchun ham.

Qishki imtihonlar yakunlandi — endi biroz dam olish vaqti 😉
Shu munosabat bilan EMU talabalari uchun yana stol o‘yinlari kunini tashkil etmoqdamiz!

Bu — biroz chalg‘ish, do‘stlar va kursdoshlar davrasida maroqli vaqt o‘tkazishning eng zo‘r usuli 🎲

📅 20-fevral, juma

🕙 2-smena: 10:00–12:00
🕓 1-smena: 16:00–18:00

📍 Qayerda?
3-qavat, “Maykl Fridman” kutubxonasi

🎯 Sizni nima kutmoqda?
• Qiziqarli stol o‘yinlari musobaqasi
• Do‘stona muhit
• Yangi tanishuvlar
• Kuchli raqobat va yaxshi kayfiyat

Tajribali yoki yangi o‘yinchi bo‘lishingiz muhim emas — bu yerda eng muhimi diqqat va pozitiv energiya 💥

👥 Do‘stlaringizni yig‘ing va “Eng yaxshi o‘yinchi” unvoni uchun kurashishga keling!
Yoki shunchaki kelib, maroqli vaqt o‘tkazing.

⚡️Barcha ishtirokchilar uchun Red Bull’dan quvvat beruvchi ichimlik tayyorlangan!

Ko‘rishguncha! 🎉

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏64🔥1
Iqtidorli yoshlar uchun innovatsion stomatologiya

"Nima uchun Biomimetika?" amaliy seminar!

Sizni stomatologiya amaliyotiga yondashuvni o‘zgartirayotgan falsafani kashf etishga taklif qilamiz.
Ushbu yondashuv – asoratlarni kamaytiradi, keraksiz davolanishning oldini oladi va uzoq muddatli natijalarni ta’minlaydi.

Ma’ruzachi: Ibrohimjon Azimov, stomatologlar sulolasining yorqin a’zosi, respublikadagi 3 ta “Biomimetika” magistrlaridan biri va Nejad Institute bitiruvchisi.

Sana: 2026 yil 28 mart

Vaqti: 10:00 – 13:00

Joy: “Singapur” holl, 4-qavat

Ishtirok etish faqat ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.
Ro'yxatdan o'tish uchun link

Oxirgi muddat: 2026 yil 1 mart.

Siz savollaringizni ro‘yxatdan o‘tish formasi orqali yuborishingiz mumkin
.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
83🔥2👏1🏆1
Kohlear implantatsiya bo‘yicha eng ilg‘or tajribalar

Bugungi kunda kohlear implantatsiya — bu chuqur sensorinevral eshitish qobiliyati pasayganda tovushni sifatli idrok etishni ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, minimal invaziv jarrohlik amaliyotidir.

Zamonaviy tizimlar nutqni yaxshiroq qayta ishlash va tezroq reabilitatsiya qilish imkonini beradi, hatto chaqaloqlarga ham tug‘ilganidan boshlab to‘liq eshitish va gapirish imkoniyatini yaratadi.

Ma’ruzachi:
Chag‘lar Batman — professor, Turkiya kohlear implantatsiya uyushmasi raisi.

Mavzular:
1. Kohlear anomaliyada kohlear implantatsiya.
2. Eshituv (evstaxiy) nayining ballon tuboplastikasi.

Sana: 2026-yil 25-fevral
Vaqt: 15:00–18:00
Joy: “Singapur” holl, 4-qavat

Yangi yo‘nalishlar, amaliy tajribalar va yangi mutaxassislikni egallash imkoniyatlari haqida bilib oling. Eng yaxshi mutaxassis bilan professional aloqalar o‘rnating.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
84