eMaktab.uz
16.9K subscribers
2.17K photos
2.39K videos
1.22K files
5.44K links
Ta’lim yangiliklari

Murojaat uchun: @Mr_Darhanov
Download Telegram
❄️🖥Raqamli Avlod IT Oromgohi 2024!

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan an'anaviy Raqamli Avlod IT oromgohimizning qishki mavsumiga start beramiz! Mazkur oromgoh 2024-yil, 5-yanvardan 9-yanvarga qadar offline va online formatda bo'lib o'tadi. Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Online yo'nalishlar:
🔹.Net
🔹Web Dizayn
🔹AI (Tools)
🔹Front-end
🔹No coding
🔹Python

Offline yo'nalishlar:
🔸Raqamli Dizayn
🔸3D Dizayn
🔸Kibersport (Dota 2)
🔸Robototexnika
🔸Website (no coding)

🎁Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (online va offline) qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi!

📝Ro'yxatdan o'tish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offline yo'nalish uchun joylar chegaralangan!
_
Digital Generation Uzbekistan

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

🔴 2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni kasbga tayyorlash yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

maktablarda 1-11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etildi;

har bir tuman (shahar)da bittadan, jami 208 ta maktabda 17 082 nafar (8 454 nafari qizlar, 49,5 foiz) 10-sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatish tizimi joriy etildi;

10-sinflar uchun “Kasbiy ta’lim” fani joriy etildi va ushbu fanga haftasiga 2 o‘quv soati ajratildi;

o‘quvchilarga 15 ta ishchi kasb, 4 ta tadbirkorlik, 8 ta axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi;

o‘quvchilarni kasb va mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 1,8 mln nafardan ortiq o‘quvchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va agrotexnologiya yo‘nalishidagi korxonalarga 9 709 ta ekskursiya, 4 563 ta seminar, 27 259 ta uchrashuvlar tashkil etildi;

olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 112 856 nafar 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga jalb qilindi;

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-son umumta’lim maktabining o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Диққат #Тарқатинг
⚡️Эртадан барча ходимлар учун 2024 йилнинг биринчи иш куни ҳисобланади.

Президент фармонига мувофиқ, Янги йил байрами муносабати билан барча ходимларга кетма-кет 4 кунлик дам олиш куни берилди.

Эртадан, яъни 3 январдан бошлаб барча ходимлар учун 2024 йилнинг биринчи иш куни ҳисобланади.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik_oyligi

Posboniman muqaddas yurtning!

⚡️Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!


➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#натижалар #2023й #ЗМ #умумий 🟩🟩

📈 Ушбу графикдан ҳудудлар кесимида натижаларнинг динамикасини кўришингиз мумкин. Йил сайин натижасини фақат ижобий томонга ўзгартирган ҳудудлар сифатида — Қорақалпоғистон Республикаси, Андижон ва Тошкент вилоятлари ҳамда Тошкент шаҳрини кўрсатиш мумкин. Айниқса, Қорақалпоғистон Республикаси (8,8%→35,9%→58,6%) ва Тошкент шаҳри (28,1%→61,8%→89,7%) ўз натижаларини сезиларли даражада яхшилашга муваффақ бўлишди.

📉 Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятларида ҳам график фақат ўсган бўлсада, афсуски ушбу ҳудудлар қуйи учликни тарк эта олишмади.

Аксинча, Бухоро вилояти эса ҳеч қачон иккинчи ўриндан пастламагани диққатга сазовор. Шунингдек, икки йилдан бери Навоий ва Хоразм вилоятлари нисбатан яхши кўрсаткичларга эришмоқда. Сирдарё вилоятида эса, бу йил катта пастлаш кузатилди (75,0%→46,5%).

Ушбу ҳавола орқали ўтган йилдаги натижа билан танишиш мумкин.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#натижалар #2023й #ЗМ #умумий 🟩🟩

🕐 3 йилда жами 5059 та мактаблар баҳолашдан ўтказилди. Шу жумладан, 2021 йилда дастлаб 42 та (апробация), кейин 751 та, 2022 йилда (қисман 2023 йилда) 2022 та ҳамда 2023 йилда юқорида айтиб ўтилганидек 2244 та мактаблар ўрганилди.

📈 Аввалги постларда айтиб ўтдик, мақом олиш динамикаси ижобий ўсишда — 2021 йилда (1-ярим йилликда) 19.0 %, 2021 йилда (2-ярим йиллик) 19.6 %, 2022 йилда 44.9 % ва 2023 йилда 50,1 %ни ташкил этди. Бунга Бухоро вилояти ўзининг нисбатан барқарор натижалари билан (жами ўрганилган мактаблар сонига нисбатан мақом олганлари энг кўп ҳудуд — 78,5 %), шунингдек Фарғона (2021 йилда 57,7 %) ва Навоий (2022 йилда 82,2 %) вилоятларининг ҳамда Тошкент шаҳрининг (2023 йилда 89,7 %) турли йилдаги юқори кўрсаткичлари билан ҳиссаларини қўшдилар.

🔽Натижалар йилдан йилга яхшиланаётган бўлсада, "қизил" даражали мактаблар кўплигича қолмоқда. Бугунга қадар ўрганилган мактабларнинг 2872 таси ёки 56,8 фоизи мақом ололмаган. Жами ўрганилган мактаблар сонига нисбатан энг паст натижа Қашқадарё вилоятида (77,0 % мактаб "қизил"), кейинга поғоналарда Сурхондарё (75,1 %) ва Самарқанд (67,6 %) вилоятлари жой олишмоқда.

Ушбу ҳавола орқали ўтган йилдаги натижа билан танишиш мумкин.

Каналга уланиш:
📱 @Maktablar_reytingi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🕌 БУГУН БУХОРОДА ДРОНЛАР ШОУСИ ЎТКАЗИЛАДИ.

Бугун 3-январь куни соат 18:00 да Бухоро шаҳридаги Арқ қўрғони майдонида, дронлар шоуси бўлиб ўтади.

Яқинларга тарқатинг!

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Tavsiya

⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!


Multfilmlar bilan quyida tanishing:

🟢“Qiziqarli matematika”;
🟢“Charxpalak”;
🟢 “Super kitob”;
🟢“Avtosarguzashtlar”;
🟢 “Aqltoyning sarguzashtlari”;
🟢“Jajji pari”;
🟢"Qari bilganni pari bilmas";
🟢"Rustam va Said";
🟢"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
🟢"Gʻildirakli uy";
🟢 "Quvvat";
🟢 “Dovyurak oshpaz”;
🟢 "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
🟢 "Afandi va laqma boy"

❗️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🔴🔴
🇺🇿ДРОНЛАР ШОУГА ТАЙЁР

Бугун соат 18:00 да Бухоро шаҳридаги АРК ҚЎРҒОНИ майдонида дрон шоу ўтказилади.

Бизни кузатиб боринг!

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
❇️Romitan tumanidagi 3-maktabning 1-sinf oʻquvchisi Aynura Mitinbayeva mental arifmetika bo‘yicha jahon va xalqaro olimpiadalar g‘olibi

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

#Savol
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

#Javob
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Manba

Tajriba-sinov tarzida o'tkazilgan attestatsiya test sinovlarida o'qituvchilar qanday savollarga duch kelishgani sizga qiziq bo'lsa, unda quyidagi videolavhani tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#натижалар #2023й #ЗМ #умумий 🟩🟩

Ушбу расмдан ҳудудлар бўйича жорий йилдаги натижалар билан батафсил танишишингиз мумкин.

🟢Унда жумладан, жами ўрганилган мактаблар сони, мақом олган мактабларнинг даражалар бўйича сони, моқом берилмаганлар сони ҳамда натижанинг ўрганилган мактаблар сонига нисбатан улушларини кўришингиз мумкин бўлади.

📊 Бундан ташқари, умумий натижаларни ўтган йилган нисбатан ижобий ёки салбий ўзгариш бўлганлиги кўрсатиб ўтилган.

🖥 Жадвалда эса, мақом олганлар фоизига кўра ҳудудлар рейтинги келтирилган.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
692-qaror.pdf
975.5 KB
Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагогларига малака тоифалари беришнинг янги тартиби белгиланди

2023-йил 29-декабрда Вазирлар Маҳкамасининг “Вазирлар Маҳкамасининг "Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2021-йил 17-сентябрдаги 572-сон қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги 692-сон қарори тасдиқланди.

Унга кўра:

2024-йил 1-январдан бошлаб давлат мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларига малака тоифасини беришнинг янги тартиби жорий қилинади.

Бунда:

малака тоифасини олиш бўйича синовлар бир йилда камида бир маротаба икки босқичда ўтказилади ҳамда биринчи босқичда талабгорнинг мутахассислик фани ва касб стандарти бўйича билим даражаси, иккинчи босқичда –– педагогик маҳорати баҳоланади;

мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказишни Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан амалга оширилади.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
⚡️Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash amaliyotini joriy etish choralarini koʻrish vazifasi belgilandi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Ўқув-йиғини кўрсатма хати.pdf
1.5 MB
ММТВ нинг 2024 йил 3-январдаги 06-06/3-1 сонли хати

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Channel photo updated
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Миллий_таълим

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Boshqarma boshlig'i Umid Rahmonov "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Milliy ta'lim" ko'rsatuviga intervyu berdi.

❗️Unda olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda joriy yilda erishilgan yutuqlar haqida so'z bordi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Pedagoglari uchun Metodik marafonga start berilmoqda

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4-yanvar kuni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafonga start berilmiqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 O‘quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarning PISA 2022 tadqiqotida matematika bo‘yicha natijalari tahlili;
👉 Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirishda yozma nutq koʻnikmasini rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarni kelajakka qanday tayyorlaymiz?

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/98880064659

ID: 988 8006 4659
Kod: 457684

📌 Onlayn vebinarlar soat 10:00 dan boshlanadi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Faxrimiz

🔴 Ayni damda Dubayda Boks bo’yicha "Osiyo bolalari xalqaro turniri" o’tkazilmoqda.

❗️Unda Andijon tumani 54-maktab o’quvchilari:

Islombek Abdullayev,
Abrorbek Hodjayev,
Rahmatillo Qahhorjonov,
Abdurashid Abdufattoyev 1-o’rinni qo'lga kiritishdi.

⚡️O’quvchilarimizni g’alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi o’qishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz