Eltuz portali
5.32K subscribers
3.28K photos
1.53K videos
11 files
76 links
Shikoyat va arizangiz bo‘lsa, qisqa qilib tushuntiring. Faktlar, hujjatlar, audio va videolarni yo‘llang. Shaxsingizni hech qachon oshkor etmaymiz.

Murojaat uchun: @eltuzportali_bot

Elektron manzil: eltuzportali@gmail.com
Download Telegram
EP: “Yaroqsiz simyog‘ochlar: 2019 yilda elektr simi uzilishi oqibatida uch bosh mol halok bo‘lgandi”

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Toshbuloq qishlog‘idan yozmoqdamiz. Hududimizdagi simyog‘ochlar yaroqsiz holga kelib qolgan. 2019 yilda ushbu simyog‘ochlardan elektr simi uzilib tushishi oqibatida uchta yirik shoxli qoramol halok bo‘lgandi. Xudo ko‘rsatmasin, bu joyda o‘ynaydigan bolalarga biror kor-hol bo‘lsa kim javob beradi?! Shahrisabz tumani hokimligi hamda elektr tarmoqlari korxonasidan amaliy yordam so‘raymiz”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Rossiyadan mashinada kelishda yurtdoshlarimiz aldanib qolmasin...”

Andijonlik Sardorman. 5-kuni Rossiyaning Anapa shahridan O‘zbekistonning turli shaharlariga “Largus” mashinasida keldik. Toshkentgacha 10 ming, To‘rtko‘lgacha 11 ming, Gulistongacha 10 ming rubldan gaplashgan edik. Ammo O‘zbekistonga o‘tganda pul talab qilishdi. Yurtdoshlarimiz aldanib qolmasin...”

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: O'qituvchilarning oyligi ham avansi ham tushirib berilmayapti...

"Salom Tuz og'a, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani o'qituvchilari nomidan yozyabman.

Chiroqchi tumanidagi deyarli barcha maktab o'qituvchilariga iyul oyligi ham avans ham hozirgacha tushmagan hamma kutib yuribdi. Berilmay qolib ketishi mumkin degan gaplar ham ko'paygan. Iyul oyiga o'zi 4-5 kunga pul chiqadi endi o'qituvchilarning shu risqiniyam olib qo'yish insofdanmi?"


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Bunday yig‘ilishlar gohida kuniga bir necha marta tashkil qilinadi”

“Namangan viloyatidan yozmoqdamiz. Joriy yil 14 avgust kuni soat 15:45 da viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida “temir daftar”dagi oilalarga parranda tarqatilishi masalasida ZOOM orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahallabay agentligi, shahar-tuman hokimliklari mas’ullari va mahalla vakillari qatnashdi. Bunday yig‘ilishlar gohida kuniga bir necha marta tashkil qilinmoqda. Majlislarni kamaytirishning imkoni yo‘qmi?”

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Ishdan tashqari topshiriq yoki hokim tazyiqi

"Assalomu alaykum tuz og‘a. Men Xorazm viloyati Shovot tumanida bir tashkilotda oddiy xodim bo‘lib ishlayman. Bugun 18 avgust kuni rahbarimiz Shovot tuman hokimi ertalab soat 08:00 da tuman hokimligi zalida majlis qilib tumandagi barcha tashkilotlarga quyidagi topshiriqlarni beribdi.

1. Olis hududdagi Qirg‘oq bo‘yi MFY da hech kim sotib olmayotgan domlardan xar bir idora 2 tada sotib olishi kerak.

2. Tashkilot xodimlariga tegishli ko‘chmas mulk ob’yektlarining yer maydonlarini xususiylashtirish to‘g‘risida (kamida 3-4 million bilan xususiylashtiriladi ekan)

3. Tumanda uy joy olish uchun subsidiya ajratilgan fuqarolarni topib mashinaga o‘tqazib ularga joy topib afarmileniya qilish kerak ekan

Rahbarimiz bizdan hamma ishingizni yig‘ishtirib yuqoridagi topshiriqlar bilan shug‘ullanasizlar deb aytdi.........

Axir bizlar demokratik davlatda yashayapmiz-ku, qonun qoidalar faqat oddiy odamlarga yuradimi nimaga rahbarlarga yurmaydi?
"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Maktab o'qituvchilari o'z hisobidan xonani remont qilmoqda. Ajratilgan pullar qayerda?

"Assalom alaykum hurmatli ijodkorlar. Men Olmaliq shahridagi xalq ta’limi tizimidan shikoyat qilmoqchiman.

Onam shahardagi maktablarning birida pedagog bo‘lib ishlaydi. Sinf xonasini yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun o‘zining shaxsiy oyligidan pul sarflab remont qilmoqda. Men onamga borib yordam berayapman. Direktordan remont uchun kraska so‘ragan edi baloga qoldi. "Qayerdan topib beraman sizga kraska" deb baqirib ketdi. Zavxoz to‘g‘ri tushuning gorona bor yo‘g‘i 10 dona kraska berdi u qayerga ham yetadi shuning uchun direktor asabiy deb direktorni yonini oldi. Maktab sinf xonalarini remont qilishga mablag‘ni kim ajratadi. Ajratilgan bo‘lsa u yetib bordimi deb kim nazorat qiladi.

Maktabda korrupsiya paydo bo‘lishi sababi bu mablag‘ ajratilmay o‘z holiga tashab qo‘yganligi deb o‘yladim."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EP: “Baza ishlamay, odamlar soatlab kutib qolyapti”

“Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo avtomashinalarga raqam, texpasport va haydovchilik guvohnomasi berish idorasidagi holat. Baza ishlamay qolyapti. Oqibatda odamlar soatlab kutyapti. Odamlar sarson, ovora bo‘lmasin. Ishni tartibli tashkil qilishlarini so‘raymiz”

@eltuzportali - muammolar yechimi!
Audio
EP: Institut rektori 30 yildan ortiq ishlagan o'qituvchilarni ishdan bo'shatmoqda...

"Salom, Farg'ona jamoat salomatligi institutidan yozmoqdaman.

Bizning so'king'ich rektor A. Siddiqov atrofiga erdan ajragan ayollarni yig'ib olib ularning gapiga kirib kadrlarni bo'shatib kelmoqda.

Yoshi katta 30 yil ishlagan o'qituvchini bo'shatib haqorat qilib ishdan haydab yubordi."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Qo‘lbola simlar shamolda uzilib ketdi. Elektr korxonasi xavfli holatni qachon bartaraf etadi?”

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Koriz Arab MFY Qirg‘iz qishlog‘idan murojaat yo‘llayapmiz. Hududimiz elektr ta’minoti tizimi ta’mirtalab. Kuni kecha ro‘y bergan shamolda qo‘lbola elektr simlar uzilib, aholiga xavf soldi. Xudo ko‘rsatmasin, yosh bolalar tegib ketsa nima bo‘lardi?! Elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qildik, lekin kelishmadi. Noiloj o‘zimiz yana qo‘lbola usulda ta’mirlayapmiz.
Bu masalada 3-4 yildan beri murojaat qilamiz. Endi kelasi yilda qilib beramiz deb va’da qilishyapti. Bu gal ham va’da yolg‘on emasmikan? Mutasaddilardan amaliy harakat kutib qolamiz”.


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Yangi gaz hisoblagich bepul almashtirilishi kerak-ku...”

Farg‘ona viloyatidan murojaat yo‘llayapman. Prezidentimiz imzolagan hujjatga ko‘ra eski gaz hisoblagichlar yangi aqlli hisoblagichga bepul almashtirilishi kerak. Marg‘ilon shahrida tekinga almashtirib ketishdi. Ammo Farg‘ona shahridagi xonadonimizda buning uchun 150 ming so‘mdan yoppasiga pul yig‘ishdi. Texnik ko‘rikka deb yozishdi. Holbuki, texnik ko‘rik ham tekin bo‘lishi kerak. Nega ikki yonma-yon shaharda tartib-qoida turlicha ishlamoqdami? 150 ming so‘mli yig‘im qonuniymi?”

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Bir yildan oshdi, gaz haqini kimga to‘lashni bilmay boshimiz qotgan”

“Men – Dildora Umarova, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Ipakchi MFY Qirq hovuz ko‘chasi 14/1 13-uyda istiqomat qilaman. Bu yangi qurilgan 7 qavatli namunali uylar hisoblanadi. Uyni 20 yil muddatga kreditga olganmiz. Oyiga 4000000 so‘mdan to‘laymiz. Lekin kelganimizdan buyon iste’mol qilayotgan gazimizga qayerga pul to‘lashni bilmaymiz. Boshida turmush o‘rtog‘im gaz idorasiga qo‘shnilarimiz bilan borib, hisob raqami ochtirmoqchi bo‘lganlarida, bir xodim xonadon sohiblaridan taxminan 200000 so‘mdan pul olib hisob raqami ochib berishini aytgan, ammo vaqt o‘tgach, u ishdan bo‘shab ketgan. Bir yildan oshdi, gaz haqini kimga to‘lashni bilmay boshimiz qotgan.
Men 12 yil Marg‘ilon shahridagi 9-BMS maktabida ishladim, hozirda dekret ta’tilidaman. Turmush o‘rtog‘im ham bir necha yillar davomida umumta’lim maktbida direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, shu yili kreditga pul yetkizolmay Rossiyaga ishga ketdilar.
Qish mavsumi yaqinlashgan sari gaz muammosi bizni tashvishga solmoqda. Nahot shuncha pul to‘lab ham masalani hal qila olmasak? Nega gaz xodimlari uyma-uy yurib shunday muammolarni hal qilmaydi?
Yana bir gap. Uy sotayotgan odam bizga hududdagi xonadonlar buziladi, ular o‘rnida bolalar maydonchasi qilib beramiz deb va’da bergan edi, lekin uni bajarmadi. Hech bo‘lmaganda gaz hisoblagich masalasini hal qilib berishsin. Iltimosimiz yerda qolmaydi degan umiddamiz”.


@eltuzportali - muammolar yechimi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EP: "Pul bersang elektr tokiga qayta ulaymiz..."

Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i tadbirkordan elektr tokiga qayta ulash uchun pora talab qildi.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EP: “Madaniy meros idorasi ixtiyoridagi masjid qachon ta’mirlanadi?”

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidan murojaat yo‘llamoqdamiz. O‘rta mahallasida joylashgan Xo‘ja Abdulla Ansoriy masjidining atrofi sobiq viloyat hokimi Zoir Mirzayevning tashabbusi bilan o‘zgacha qiyofa kasb etdi, ziyoratgohda katta bunyodkorlik ishlari qilindi. Ammo 11 asrlik masjid avariya holatida qolib ketgani achinarlidir. Holbuki, qadimiy masjid 2016 yilda madaniy meros idorasi ixtiyoriga o‘tgan. Madaniy merosni tiklash bo‘yicha Prezidentimizning qator qarorlari qabul qilingan. Mutasaddilar qadimiy masjidni ham ko‘rkam holatga keltirib berishlaridan umidvormiz”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Majburiy mehnatdan keyin terlab ishxonasiga yo'l olayotgan shifokorlar...

"Assalomu alaykum. Men Qo'qon shahar SESda vrach yordamchisi bo'lib ishlayman.

Bizda majburiy mexnat hali ham barham topmagan, har chorshanba kuni hodimlarni yig'ib erta tongda yer choptirishadi, ajriq choptirishadi, gulzorlarni o'tini yuldirishadi, xazonni shipirtirishadi. Bir xilda vrachlar-u yordamchilar birga ishlashadi. Ertalabda terlab keyin ishni davom ettiramiz, shunga majburlashadi.

Chiqib ishlamasak bosh vrach va bo'lim boshlig'imiz bizga chora ko'rishadi, kasaba uyushmasi bilan birga.

Davlat ishida ishlab bola boqish shunchalar qiyinmi bular qonunga amal qilishmaydimi? Bog'bon unda nima ish qiladi? Bizga Respublika, ses, prokurorlar, viloyat hokimlari yordam berishsin, iltimos."


@eltuzportali - muammolar yechimi!