Eltuz portali
5.32K subscribers
3.28K photos
1.53K videos
11 files
76 links
Shikoyat va arizangiz bo‘lsa, qisqa qilib tushuntiring. Faktlar, hujjatlar, audio va videolarni yo‘llang. Shaxsingizni hech qachon oshkor etmaymiz.

Murojaat uchun: @eltuzportali_bot

Elektron manzil: eltuzportali@gmail.com
Download Telegram
EP: "Denov tumani egasiz qolgandek..."

"Surxondaryo viloyati Denov tumani "Mehr oqibat" mahalasi 32 - uy atrofini fuqarolar o‘zboshimcha o‘rab olishdi. Xudo ko‘rsatmasin yong‘in chiqsa o‘t o‘chirish mashinasi qanday kiradi?

Tuman hokimiyati va mahallaga murojaat qilganimizdan so‘ng, mas’ul xodimlari kelib "bartaraf qilamiz" deb, va'da berib ketganiga ham 6 oydan oshdi. Kimga murojaat qilishimizni ham bilmay qoldik. Go'yoki Denov tumani egasiz qolgandek."

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Ixtisoslashgan maktablarga boylarning farzandlari saralanib olinyapti"

"Salom tuz og'a, tepadagi skrinshot Prezident ta’lim muassasalari agentligi qoshida yangi tashkil etilgan ixtisoslashgan maktablarga 1 oy oldin bo‘lib o‘tgan imtihon uchun 1 oydan keyin kelgan sms.

1 oy oldin bo‘lgan imtihonlarni javob natijalaridan hali darak yo‘q, Bilmiyman nimani kutishyapti.

Imtihon topshirgan o‘quvchilarni ota onalari orasida "cho‘ntagi baquvvat o‘quvchilar saralanib olinyapti" degan gaplar tarqalishni boshladi.

Agentlikka imtihon natijalari qachon chiqadi deb so‘rov yuborsak shunaqa sms bilan javob qaytarishibdi, kulishni ham kuyishni ham bilmiysan"


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Karantinda niqob taqmagan fuqaroga jarima qilishardi. Bir zalda 300 odamga koronavirus bilan kasallangan rahbar majlis o‘tkazishi mumkinmi?"

"Assalomu alaykum tuz og‘a men Shovot tumanida bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimida ishlayman. Shovot tuman hokimi O.Artikov 3 - avgust kuni koronavirus bo‘lgani haqida tuman SESda ishlaydigan opamdan eshitgandim.

Ordan 5 kun o‘tib bugun 8-avgust kuni tuman hokimligi zalida qariyb 300 rahbar va xodimlarga hokim majlis o'tkazayapti, bu qonunga zid-ku!"


@eltuzportali - muammolar yechimi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EP: Ko'ring, zavqlaning...

"O’zbekistonda ham shunaqa manzarali tog’larimiz bor.

Korrupsionerlar pullarini Shvetsariyaga tashigandan ko’ra, shunaqa joylarga ham pul tikishsa, Shvetsariyadan kami bo’lmas edi"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "O‘z mablag'imiz evaziga sotib olingan yopiq kabelni transformatorga ulab berilmayapti..."

"Farg'ona viloyati Bag'dod tumani Obod ko‘chasida yashayman.

Bizning mahallada 2 ta ota-onasi yo‘q, 3 ta boquvchisi yo‘q, 13 nafar qo‘shni davlatlarga borib ishlovchi va 7 nafar mavsumiy ishchi hamda 4 nafar doimiy ishga ega bo‘lgan jami 29 nafar oila vakillari istiqomat qiladi.

2021 yilda aholidan 14 mln so‘m mablag' yig‘ilib ko‘chamizni izolyatsion (yopiq) kabel sotib olingan. Bir necha bor tuman hokimligi va tuman elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishimizga qaramay, ushbu o‘z mablag'imiz evaziga sotib olingan yopiq kabelni transformatorga ulab berilmayapti.

Sizdan iltimos ushbu muammoni ijobiy hal qilishda yordamingizni ayamasangiz. Hurmat va ehtirom bilan 100 ga yaqin inson istiqomat qiluvchi Obod ko‘chasi aholisi..."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: O'zbekistonda xor bo'layotgan tibbiyot hodimlari

"Bugun 8-avgust kuni Buxoro viloyati Peshku tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilindi.

Tibbiyot birlashmasi oldidan o'tgan yo'lni ikkiga ajratib turuvchi beton to'siqlarni taxminan 10-15ta tibbiyot birlashmasi xodimlari tushlik vaqtigacha oqlab yurishdi."

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Urganchda insofsiz dorixona odamlarni aldab, yo'q dorini pulga sotmoqda...

"Assalomu alaykum!
Xorazm viloyati Urganch shahar tug'ruqxonasi oldidagi aptekalardan “BIORA” firmasiga tegishli dori (poroshok) 56 ming so'mdan xarid qilingan. Quti ichidan esa dorisi bo'lmagan qopchalar chiqmoqda. Har kuni qancha sotilishini bilmayman, lekin tug'ilgan chaqaloqqa shu doridan albatta yozilar ekan, albatta ichini ochib ko'rib olish kerak ekan, aka holda ko’pchilik kuyib qolmoqda.

Eltuz, iltimos, shu masalani chop etsangiz, halol mehnati qilib, bolasi sog'ligini o’ylagan odamlarni bunaqa yo'l bilan ezish, aldash insofdan emasligini ba’zi bir dori-darmon ishlab chiqaruvchi firmalar his qilsa yaxshi bo'lardi.
"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EP: Farg‘onada 50 tup ko‘p yillik va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlar «elektroset» xodimlari tomonidan kesib tashlandi.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
Audio
EP: 🔞Sariosiyo XTB mudiri direktor va bug'galterni "itarmoqchi"

"Sariosiyo tumanidagi 65-sonli maktab direktori Xudoydotov Nusratullo uzoq tog‘li hududda rahbarlik qiladi, o‘qituvchilar otpuska pulini mudirning ruxsatisiz bug‘alter berganligi uchun tuman XTB mudiri A. Boboyev yig'ilishda "Seni k*tingga ham s...n, bug‘alteringni k*tiga ham s...n" kabi nojo'ya so'zlar bilan haqorat qilgan. Bunday tizim qayerda bor?

Qaysi maktablar mudirning xizmatini qilsagina oylik maoshlarini berishga ruxsat beriladi. Bo‘lmasa o‘qituvchilar pulsiz qolishadi.

Bu Sariosiyo tumanidagi yakka hukmronlik, xohlagan ishini qiladigan mudir. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Saparov, boshqarma boshlig‘i Suluv Hamidova, Sariosiyo tumani hokimi Abdusalom Xo‘jaqulovlar Sizlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EP: Kosonlik ayol Prezidentga murojaat yo'lladi.

"Ikki nafar nogiron singlim bor. Uyni ta'mirlash uchun ko'p joyga murojaat qildim, rasmga tushirib ketadida yana yo'q bo'lib ketadi. Uyda erkak kishi yo'q, yomg'ir yog'ganida uyimizdan suv tomadi. Shifrlarimiz ham sinib ketgan. Hokimiyatdagilar eshitmay ham qo'yishdi. Janob Prezident bizga ozgina yordam qiling..."

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Yo‘l ikki hafta davomida yopiq bo‘lsa, tirikchilikni qanday o‘tkazamiz?”

Surxondaryo viloyati Termiz shahri Istiqlol ko‘chasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar nomidan murojaat yo‘llayapmiz. YPX xodimlari test imtihoni o‘tkazilishi sabab 8 avgustdan Istiqlol ko‘chasining Qaldirg‘och bekatidan Yoshlar markazi bekatigacha qismi yopiladi deb og‘zaki ravishda xabar berishdi. Imtihonlar “Alpomish” o‘yingohida o‘tar ekan. Ana shu yopilgan yo‘l bo‘ylab bir qancha oziq-ovqat do‘konlari, restoranlar, kafe, choyxona va oshxonalar bor. Bu yerda ko‘plab ishchilar ro‘zg‘or tebratib yuribdi. Ikki hafta yo‘l yopilsa, shuncha odamning kunlik ro‘zg‘ori izdan chiqib ketadi. Bu muddat ichida mijozlarni ham yo‘qotib qo‘yamiz. Imtihon bir-ikki kun bo‘lsa ham mayli edi. Ikki hafta davomida soliqlarni qanday to‘laymiz? Mutasaddilar yo‘lni yopayotganda tadbirkorlar ish faoliyatiga to‘sqinlik qilmasliklarini so‘rab qolamiz”.

@eltuzportali- muammolar yechimi!