Eltuz portali
5.31K subscribers
3.31K photos
1.54K videos
11 files
76 links
Shikoyat va arizangiz bo‘lsa, qisqa qilib tushuntiring. Faktlar, hujjatlar, audio va videolarni yo‘llang. Shaxsingizni hech qachon oshkor etmaymiz.

Murojaat uchun: @eltuzportali_bot

Elektron manzil: eltuzportali@gmail.com
Download Telegram
EP: "Qashqadaryo viloyati Dehqonobod Tumangaz tashkiloti ishchi hodimlariga shanba - yakshanba kunlari ham majburiy ishlatib kelmoqda. Ammo ish haqiga kelsak o'zgarish bo'lmaydi, ishbay asosida to'g'ri taqsimot yo'q, rahbarlar xohlagan ishini qiladi. Oddiy ishchilar ezilmoqda, bu nohaqlikni yechimi bormi kimdan yordam kutaylik?"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Chiroqchida klaster degan muttahamlar g'alla pulini jig'ildoniga urib yubordi..."

"Assalomu alaykum Tuz og'a! Chiroqchi tumanidan Xo'jamiyor bobo fermer xo'jaligi boshlig'iman. Sizga yuzlab fermerlar nomidan murojaat qilyapman.

G'alla yetishtirishni oshig'i bilan bajargan bo'lsakda haligacha klaster pulimizni tulab bermadi, shartnoma bo'yicha 1- sentyabrgacha to'liq to'lab berishi kerak edi. Davlat Don korxonasi g'alla pulini 100% klasterga to'lab bergan, klaster esa jig'ildoniga urgan, muttahamlar!

Paxta shartnomasiniyam tumanimiz respublikada birinchilardan bo'lib bajargan bo'lsakda shu muttaham klaster haligacha 1 so'm ham bermadi. Ichki ishlar, prokuratura DXX va tuman hokimiga o'n martalab murojaat qildik, bizni vakolatmas deyishyapti. Sudga berarmishmiz, bilasiz bizdagi sud tizimini. Sud hukm chiqardiyam deylik MIB degan tashkilot 2 yildayam ijroni ta'minlamaydiku?

Sizdan iltimos shu murojaatimizni bizga yordam beroladigan biror bir tashkilot yoki rahbarga yo'naltirib bering!
"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Online internet do'konining hammasiga ham ishonavermang, firibgarlardan ehtiyot bo'ling❗️

"Assalomu alaykum @eltuz2022
Men Buxoro viloyatidan murojaat qilyapman.

Internet orqali 137.000 sòmdan ikkita mahsi oldim. Jami 274.000 sòmga va menga bitta bonus qòshib berishini aytishdi.

Buni qarangki, mahsulot uyga kelganida ochib kòrsam ichida uch xil mahsi bor ekan. Biri orginal, ikkitasi qòlbola mahsi.
Qiziģi suv òtkazmaydi deya yuqoridagi videoda kòrsatilgan narsa videodagi kabi emas, oddiy matodan tikilgan ekan.
Mahs tortib ham bòlmaydi, shundoqqina suvni shimib oyoģingizni namlab turadi.

Operatorga murojaat qilsam telefonimni umuman kodlab tashladi😡


Men yurdoshlarimizdan bunday mahsilarni olib, aldanib qolmasliklari uchun murojaat qilmoqdaman. Internetda, turli telegram kanallarda reklama qilingan mahsulotlarning hammasi "Yuzi yaltiroq-ichi qaltiroq".

Pulingizni behuda sovurmang, aziz yurtdoshim!
Iymonini ham jiģildoniga tiqqan bunday firibgarlarga ALLOH kifoya qilsin!


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Boysun tuman hokimi va energetika rahbarlari Prezidentning qarorlarini mensimaydi.

"Assalomu alaykum Eltuz! Biz Boysun tuman Shifobuloq mahalla Shurob qishlog‘idan yozyapmiz.

Shu kungacha qishlog‘imizda grafik asosida 2 soat chiroq berib 2 soat o'chirilayotgan edi. Bugun Prezident energetika bo'yicha yig‘ilish o'tkazib, bir qancha mas’ullarni jazoladi. Bu Boysun tuman hokimiga va energetiga sohasi vakillariga salbiy ta’sir o'tkazgan ko'rinadi. Endi 1 soat elektr berib 3 soat o'chirishyapti. Prezidentimizning shuncha jon kuydirib gapirgani Surxondaryo rahbarlari uchun qiziq emasmikan? Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari AJ bosh direktori Ma’ruf Shamsiddinovning 93 526 2272 raqamli telefoni hamda 24 soat ishlaydi degan 1154 va 76 224 2157 raqamli telefonlari ishlamaydi. Bu raqamlar ishlamasa nima qilishadi xalqni aldab, muammo bo'lsa shu raqamlarga telefon qilinlar deb...

Iltimos qishlogimizga chiroq berishsin xalq elektorga muhtoj. Bu darajada noinsof bo'lmasin Boysun rahbarlari."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "O'qishlarni bir oyga online ta'limga o'tkashini so'raymiz..."

"Assalomu alaykum Tuz og‘a, yaxshimisiz?

Toshkent sovib yotibdi, internet shu harorat yana 1-2 hafta davom etishini ko'rsatmoqda. Sizdan iltimos o'qishni faqatgina 1 oyga online qilib turishsin. Talabalar yana sarson bo‘ladi. Yotoqxonalar muzlab yotibdi.

Yuridik Unversiteti rahbariyatiga ushbu taklifimiz yetib borsa xursand bo‘lar edik.

Yotoqxonasi Uchtepada joylashgani sabab 3 kundirki atapleniyalar ishlamaydi. Yana shu holga 18-dan o'qish deb chaqirib yotibdi. Iltimos faqatgina 1 oyga online qilishni iloji borku?"


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Ortiqxo'jayev qamalsa bizning uylar bitib qolarmikan?"

"Assalom alaykum, yaxshimisiz, biz "Olmazor City" turar joyidan kvartiraga to'lov qilgan edik, hali bitmagan uyimiz. Ortiqxo'jayev hozir hibsga olinsa uylar bitarmikan? Sababi "Olmazor City" Ortiqxo'jayevniki edi."

@eltuzportali - muammolar yechimi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EP: "98 yoshli otaxon sovuqda qolib ketdi. Koson tumani vallomatlari xabar ham olmayapti..."

"Qashqadaryo viloyati Koson tumani Lolazor mahallasida yashovchi Sattor boboni ahvolari yomin. Mahalla yoki hokimyatdagilar shu buva bilan ham kelib bir rasm tushsa yaxshi bo'lardi. Uy sovuq gaz yo'q, qiynalib qolganlar."

Ps: Eltuzga ma'lumki, eng ko'p muammo faqat Qashqadaryoning Koson tumanidan kelib tushadi. Biz hokimning qanday insonligini juda yaxshi bilamiz. Xalqni bir tiyinga ilmaydigan va mensimaydigan bunaqa rahbarlar nima sababdan hali ham ishlab yuribdi? Orqasida kim bor?

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Andijon shahardagi maktabning kotyoli portlab ketdi.

"Assalomu alaykum tuz o'g'a yaxshimisiz Andijon shahridagi 5-maktabda juda ajoyib ishlar bo'lmoqda.

Maktabda o'quvchilar yo'q vaqti kotyo'l portlab ketibdi . O'quvchi va o'qituvchilar yo'q bo'lsa nega ishlatiladi hayronman. Undan ham qizig'i keyin boshlandi , maktabda portlashda derazalar yorilibdi va shunga o'qituvchilar 100 mingdan pul yig'ilarkan. Endi tasavvur qiling qancha pul yig'ilib qanchasi maktab direktori Yorqinning cho'ntagiga ketishi qiziq."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Talabalar sarson bo'lyapti, vazirlikdagilar avval bir qarorga kelishsin..."

"Assalomu alaykum yaxshimisiz, charchamang, hamma joyda o’qish masalasi,aksariyat talabalar (yotoqxonadagilar) dardini yozyapti, gaz, svet, sovuq, sharoit yo’qligi va hokazolar haqida.

Lekin bechora kvartirada turadiganlarni hech kim gapirgani ham o’ylagani ham yo’q, bu gaplar bilan qaysidir ayrim yotoqxonalar sharoiti balki yaxshilanar, lekin institut talabalari bir qismchasigina yotoqxonada turadi xolos, aksariyati kvartiralarda turishadi, kv.dagi sharoitlarni endi aytmasa ham bo’ladi😢😞

Uzoq yo’ldan jonini qiynab, pul sarflab o’qishga deb kelyapti talabalar, bitta qarorni chiqarishdan oldin iltimos o’ylashsin har tomonlama, yo’llar muzlagan, gaz zaprafkalar ishlamasa, yo’lkiralar palon pul, poyezdga bilet yo’q yoki reyslar bekor qilingan, o’zimas bor-kel qilishni, shu tomonlarini ham inobatga olishsin, hamma ham pul bosib yotgani yo’q, sharoiti borlar qiladi mayli, oddiy oylikka yashaydiganlar nima qilsin, bunaqa paytda shamollash ham xavfli, chunki shamollab dori ichib o’lganlar qancha…

Online… ofline… kelaveringlar… ketaveringlar deb odamni sarson qilmay bira to’la online qilishsin ho’p, shunchalik qaror qabul qilishga ikkilanishsa, o’qidikku pandemiya paytlari onlineda, bu muammo bo’lmaydi hech kimga menimcha😞
Iltimos shular haqida ham yozing, biz institut rahbariyatiga, tyutorlarga yozsak ular e’tibor bermasligi mumkin lekin sizni kanalizni juda ko’pchilik o’qiydi. His qilishsin talabalarni ham ozgina….😔😔😔"


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EN: 98 yoshli nuroniy otaxon holidan xabar olindi

"Bugun Koson tumani Lolazor mahallasida istiqomat qiluvchi 98 yoshli Sattor bobo Avazovning yashash sharoiti o‘rganildi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Anvar Qobilov va tuman hokimligi mas'ullari otaxon bilan muloqotda bo‘lib, muammolari bilan qiziqdi.

Ma'lum bo‘lishicha,  Sattor bobo yashab kelayotgan uy avvalroq qarzdorlik sabab gaz ta'minotidan uzilgan. Bunday sovuq havoda isitish tizimida muammo yuzaga kelgan. Shu sababli bobo murojaat bilan ham chiqqan. Bugunning o‘zida Sattor bobo xonadonida gaz ta'minoti qayta tiklandi.

Bundan tashqari, bobo tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning yashash tarzi doimiy nazoratga olinadigan bo‘ldi."


©Koson tumani axborot xizmati

@eltuzportali - muammolar yechimi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EP: "Maktab o'qituvchilari majburiy mehnat qilishga majbur bo'lmoqda"

"Men Toshkent shahar , Yunusobod tuman 250- maktab o'qituvchisiman.

Toshkent shahar maktablarida o'qituvchilarni turli ishlarga majburlashadi. Anomal sovuqda qorni tozalattiradi.

Ayollar karidorni tozalaydi, erkaklar daraxt kesadi, qum - tuproq tashiydi. Bundan tashqari har oy maktabda qorovillikka navbatchilikka turishga majbur bo'lamiz.

Maktab remonti uchun o'qituvchilardan pul ham yig'ishadi. Sinf rahbarlardan o'quvchilardan fond puli yig' deb talab qilishadi. Sinfxonadan turli ayblar topishadi. Maktab tizimi ham poraxo'rlikka botib ketgan.

Maktab direktorining eri O'zbekistonning mansabdor shaxslaridan.

Iltimos maktab tizimini tanqid qilib chiqinglar. Shoyad zolim rahbarlar insofga kelib qolsa. Misol uchun meni va boshqa iqdidorli o'qituvchilar o'quvchilarga qo'shimcha mashg'ulot o'tsa dars jarayoniga halaqit qilishadi va xo'jalik ishlarini bajarishga majbur qilishadi."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Termiz shahridagi tuman bolalar shifoxonasida ertalabdan beri chiroq yo'q"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Payariq tumani hokimi bizga o'xshagan "churka"larni qabul qilmas ekan..."

"Assalomu alaykum Eltuz og'a sizga Samarqand viloyati Payariq tumanidan ushbu maktubni yo'llayabman.

Bizning Payariq tumanida har yili hokim almashadi.Buning sababi hokimlikga kelgan janoblar xalq bilan bir tiyinlik ishi yo'q. Tumanimizning "Tomoyrot "mahallasi Cho'mishli qishlog'iga oxirgi marta 2022 yil 20 noyabrda suyultirilgan gaz berilgan. Shundan beri suyultirilgan gaz etkazib berilmayabdi. 8-yanvardan beri ikki marta gaz to'ldirib keldim. Bugun chiqsam prapan gazning narxi 3700 ga chiqibdi. Bir necha kundan beri tuman hokimligining tezkor shtabiga qo'ng'iroq qilsam, telefon nomer berib unga telefon qil bunga telefon qildan nariga o'tmayabdi. Bu hokimiyat qoshida tashkil etilgan "Tezkor shtab"mi yoki telfon raqam beradigan idorami, tushinmayabman? Kecha kechga yaqin yana tezkor shtabga telefon qildim gaz idorasidan Naxalov Qilichboy ishimli hodim bilan ulab berishdi u insondan o'zim iltimos qildim murojaatni rasmiylashtirishni va hokimga yetkazishni. Bugun borib hokim buva bilan uchrashdim. Janob Zafar Avazovich Ergashev yig'ilshda ekanlar. Birinchi o'rnibosarning aytishicha "Janob Zafar Avazovch"bizga o'xshagan "churka"larni qabul qilmas ekan. Payariq tuman hokimligining fuqoralarni murojatlarini rasmiylashtiradigan daftarini ahvolini qarang. Yana bu daftarni fuqoralarga ko'rsatish mumkin emas ekan."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Namangan Milliy bank filialining rahbarini tekshiradigan biror bir mard bormi? "

"Assalomu alaykum
Man Namangan milliy bank filiali mijoziman.

Namangan milliy bankida faqat boylaru amaldorlani ishi bityapti halos. Boshqaruvchi Temur Malik Baratov janoblari kayfiyatlariga qarab ish qiladila. Hoxlagan odamlariga kredit beradilar, hohlamagan odamlariga bermaydilar. Oldindan pul bergan odamlani ishi bityapti halos. Ba'zida pul bergan odamlarniyam ishi bitmaydi. Qaytarib berish togrisida ham o'ylamaydilar.

Bu akamizzi orqalarida juda katta odamlar bor ekan. Qayerga murojaat qilsangiz ham o'z o'zidan jim bo'lib ketaveradi. Oldilariga kirish uchun soatlab kutish kerak. Uxlayotgan boladilar, ovqatlanyotgan boladilar ish paytida.

Kredit olish uchun ariza berasiz oylab umringiz bankda o'tadi natija nolga teng. Qandaydir kamchiliklar topilib ish bitmay yuraverasiz oxiri taqdirga tan berasiz. O'tgan vaqt mablag'ingiz to'g'risida bu vallomat rahbar o'ylamaydilar. O'ylab qolasan kishi, Milliy bank Namangan filiali bu janobi oliylariga otalaridan meros qolganmi, hech kimni nazariga ilmaydigan bu insonni harakatlariga qonuniy baho beradigan tashkilotlar ham bormikin davlatimizda? Yoki hamma tashkilotlarda akamizzi qarindoshlari ko'pmikan?

Tadbirkorlani yo'liga to'g'anoq byukrokrat korrupsioner rahbarlar bor ekan qanday qilib tadbirkorlik rivojlanadi. O'z manfaatlari yo'lida milliardlab kredit oladi norasmiy rahbar amalda qo'g'irchoq rahbarlani qo'yib, lekin o'zlaridan eshtsangiz akamiz qanotsiz farishtalar. Bu narsalarni yozishimdan maqsadim shaxsiy manfaatlarim uchun emas balki oddiy xalqimizni sarson bo'layotganini ko'rib bilib turib vijdonim qiynalgani uchun yozyapman. Hulosa qilib huquqiy baho berilishini sorab qolaman.

Jonkuyar, vijdonli, insofli, hudodan qorqadigan rahbarla ko'payishini so'rab hurmat bilan Ozbekiston Respublikasining oddiy bir fuqarosi…"


@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: "Taksi haydovchilari anomal sovuq sababdan yo'l kira narxlarini ko'tarib yuborishdi..."

"Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan yozyapmiz kunning anomal sovuqligidan foydalangan taksi haydovchilari ikki minglik yo‘l gaqqini 5-10 minggacha ko‘tarib xalqing harakatlanishiga va benzin gaz yo‘qligini sabab qilib narxlarni asossiz ko‘tarib olishmoqda. Bo‘lmasa bizning ham oylik maoshlarimizni anomal sovuq bo‘lganligi uchun ko‘tarib to‘lashsin, buni surushtiradigan tashkilot GAI va daryo xizmatlari agentligi qayerga qarashiyapti? Yoki o‘zlari xam sherikmi ushbu masalada?"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Xalqparvar niqobidagi firibgar

"Assalomu alaykum hurmatli admin. Bizni murojatimiz o‘zidan xalqparvar yasab olgan Mirzohid ismli firibgar to‘g‘risida.

Yanvar oyi boshida Namangan shahar, Sardoba bozoriga Mirzohid kelib bozordagi musorlarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligini va boshqa maishiy muammolarni hal etib beraman deya 15-20 ta rastada savdo qiluvchi tadbirkorlarning har biridan 300 ming so‘mdan pul yig‘di.
Mirzohid o‘zini “Haqiqat istab” kanali muhbiri deya tanishtirib podpischiklari ko‘pligini qolaversa Bozorga mashhur deputat Rasul Kusherbayevni olib kelishini, yig‘ilgan pullarga  Rasul Kusherbayevning Kosonsoydagi dachada dam olishi va ziyofat uchun sarflashini aytib bizni ishontirdi.

Biz bozordagi 20 nafar tadbirkorlar Rasul Kusherbayevni hurmat qilganimiz uchun pullarni yig‘ib Mirzohidga berdik. Biroq, keyinchalik bilsak, Rasul Kusherbayevni Namanganlik Anas Dadaboyev mehmon qilganligi, Mirzohid esa bizdan yig‘ilgan pullarni o‘z jig‘ildoniga ishlatganligini bildik.

Endi o‘ylang haqiqiy xalqparvar deputat Rasul Kusherbayevdek hurmatli insonni pesh qilib pul ishlash va o‘zini piar qilish hamda internetga chiqvolib o‘zidan xalqparvar yasab olgan bunday kimsalarni kim deb atash mumkin.
Hurmatli Rasul aka Sizga hurmatimiz cheksiz, lekin Mirzohid degan ittan tarqagan bola mashhur insonlar bilan go‘yoki o‘zini yaqindek tutib pul ishlab kelmoqda.

Bundaylarni asl basharasini ko‘rib qo‘ying deya bu maqolarni yozmoqdamiz. Sizni hurmat qilamiz lekin, Mirzoxid kabi o‘z jig‘ildonidan boshqa narsani o‘ylamaydigan kimsalarni xalq ko‘rib qo‘yishini hoxlaymiz."


@eltuzportali - muammolar yechimi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EP: Koson tuman hokimi boquvchisini yo'qotgan oilaga yordam bermayapti.

"Assalomu alaykum, men Qashqadaryo viloyat Koson tuman Paxtazor MFY ga 2 nafar voyaga yetmagan farzandim bilan yashaymiz. Boquvchim yo'q yolg'iz onaman uyimizni sharoiti yo'q, sovuq shunday bo'lsa ham eplab yashab turibmiz. Tuman viloyat hokimiga bordim foydasi yo'q, yolg'iz ona ishsizman! Hurmatli eltuz tahririyati, videomni ijtimoy tarmoqlaringizda chiqarib bering iltimos. Telefon raqamimi: +998970707389"

@eltuzportali - muammolar yechimi!