This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EP: “7 oydan beri aliment ololmayapman”
“Men – Gulrux Xolmatova, Farg‘ona viloyati Quva tumanidan murojaat yo‘llayapman. Bir nafar farzandim bor. Ota-onamnikidaman. 7 oydan beri aliment ololmayapman. 12 million so‘m aliment yig‘ilib qolgan. MIBga bir necha marta borib, boshliq qabuliga kira olmadim. Qiynalib ketdim. Faqat bir million so‘m o‘tkazishibdi. O‘zimning tobim yo‘q, bolam kam qon. Nega bolamning otasiga yon bosishyapti? Mutasaddilardan alimentni vaqtida, to‘liq undirib berishlarini so‘rayman”.
@eltuzportali - muammolar yechimi!

EP: “Mahallamizda har kuni soat 10:00 dan kechki soat 18:00 gacha chiroq o‘chadi”
“Toshkent shahri Sergeli tumani Qo‘shqo‘rg‘on MFYda 2024 yilning iyun oyidan shu kunga qadar har kuni soat taxminan 10:00 dan kechki soat 18:00 ga qadar chiroq o‘chadi. Iyun oyida “Hududiy elektr tarmoqlari”ga murojaat qilganimizda, iyul oyining oxirida o‘chirish to‘xtatiladi, elektr simlari almashtirilmoqda deb aytishgan edi. Mana, avgust o‘tib boryapti, ammo haligacha chiroq o‘chishi to‘xtamadi. Tasavvur qiling, uyingizda yoshi ulug‘ keksalar, chaqaloqlar bor va chiroq uzib qo‘yiladi. Elektr ta’minoti uzluksiz bo‘lishini so‘raymiz”.

Audio
EP: “Salkam 6 oydan buyon mahallamizga suyultirilgan gaz ballon kelmaydi”
“Andijon viloyati Shahrixon tumani Sherqo‘rg‘on-Birlashgan MFY fuqarolari nomidan murojaat qilyapman. Salkam 6 oydan buyon mahallamizga suyultirilgan gaz ballon kelmaydi. Bu bo‘yicha +99871 2021104 raqamiga 1 oydan buyon murojaat qilaman, lekin natija yo‘q. Call markaz xodimi “Murojaatingiz yuzasidan siz bilan xodim bog‘langan, unga hech qanday e’tirozim yo‘q degansiz”, deydi. Holbuki, men bilan hech kim bog‘lanmadi. Respublika “Hududgaz” rahbariyati holatga e’tibor qaratsa yaxshi bo‘lardi”.

EP: “Mehnat shartnomamizda har 12 oyda 1 marotaba maosh oshirilishi ko‘rsatilgan edi”
“Imkon savdo”da ishlayotganimga ham 2 yil bo‘ldi. Ishga kirishimizda tuzilgan mehnat shartnomamizga asosan ish haqimiz har 12 oyda 1 marotaba oshirilishi kerak edi. Lekin 18 oydan buyon oshirilmadi. Maoshimizni oshirishlarini talab qilsak, “bo‘shashga ariza berib ketaver” deb qo‘rqitishmoqda. Hozirda “Imkon savdo”ning respublika bo‘yicha 40 dan ortiq filiali va 2000 dan ortiq ishchisi bor. Mehnat shartnomasini buzganlik uchun chora bormi? Kompaniya rahbariyati oyligimizni oshirib bersa yaxshi bo‘lardi”.

EP: UZDJTU talabalari: "O'n nafar talabani deb hamma qiynalishi kerakmi? "
"Assalomu alaykum hurmatli Eltuz jamoasi. Sizga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari nomidan murojaat qilmokdamiz. Zero bu 10 yoki 20 nafar talabaning iltimosi emas.
Biz bu masalada fakultet rahbariyatiga bir necha marotaba murojaat qildik ammo foydasi boʻlmadi, biz na izoh oldik na tayinli javob.
Biz ushbu fakultetda 4-bosqich bitiruvchi talabalarimiz. Ushbu fakultetda 4-bosqich talabalari 400 nafardan oshadi. Bizni 2-smenaga yani 11:50 yoki 13:10 ga dars boshlanishiga qo'yib qo'yishgan. Bu esa bizga katta noqulayliklar keltirib chiqaradi.
Barchaga maʼlum universitetda qizlar soni juda koʻp. Koʻp talabalar farzandli boʻlishgan, koʻplar tushlikdan keyin kontrakt to'lashga yoki oʻzining harajatlari uchun pul topishga majbur boʻlib ishlashadi.
Biz bu qabul qilingan smena jadvallariga qarshi boʻlib vaziyatni tushuntirishga fakultet rahbariyati Zafar Abdumuminovichga hamda Dilshod Mamadiyarovichga bir necha marotaba murojaat qildik lekin foydasi yo'q. Tayinli javob ham berishmayabdi.
Faqatgina 10 nafar talaba 3- bosqichda koʻp fanlardan yiqilganini roʻkach qilib siz tushlikdan keyin o'qisangiz ular ertalab qayta o'qib olishadi deyishdi va guruhga faqat boshga talabalarga maʼlumot yetkazish uchun yozishingiz kerakligini bildirib ogʻzimizni yopishdi.
Bizning aybimiz nima?? 10 nafar talabani deb biz shuncha qiynalishimiz kerakmi?? Koʻplar norozilik qilishdi shundan beri necha kun oʻtdi sichqonning uyasi ming tanga deganlaridek Zafar akadan umuman xabar yo'q. Goʻyoki u qayergadir daf boʻlgan. Savollarga umuman javob yo'q.
Sizlardan ushbu murojaatni yoritib berishingizda yordam soʻraymiz. Zero umidimiz faqat sizlardan 400 nafar talaba sizlarga muhtoj."

EP: “Universitet o‘qituvchilari rektor aytgan do‘kondan kostyum sotib olishi kerak ekan”
“Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchilariga majburiy kostyum sotib olish talabi qo‘yildi. 600 ming so‘mlik kostyumni aynan rektor aytgan magazindan xarid qilishimiz kerak ekan. O‘qituvchilar bir xil formada bo‘lmasa, “ta’lim sifati tushib ketadi” ekan. Aytishlaricha, o‘qituvchilar bir xil kiyinsa, tez muddatda Amerikadan xam o‘tib ketar ekanmiz. Shu xabarni amerikaliklarga yetkazib qo‘yinglar, xarakatlarini qilishsin, bo‘lmasa bizdan ortda qolishadi. Hazil o‘z yo‘liga, rektorning bu talabi qonuniymi?”

EP: “Shifoxonami yo kabobxona? Issiqda derazani ham ocha olmayapmiz”
“Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi markaziy shifoxonada davolanyapmiz. Shifoxona atrofida noqonuniy kabobxonalar bor ekan. Noxush hid sabab derazalarni ham ocha olmayapmiz. Tutun chiqarib bemorlarga aziyat yetkazishyapti. Holatni ekologiya, sanitariya idoralari nazoratga olsa yaxshi bo‘lardi”.
@eltuzportali - muammolar yechimi!
“Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi markaziy shifoxonada davolanyapmiz. Shifoxona atrofida noqonuniy kabobxonalar bor ekan. Noxush hid sabab derazalarni ham ocha olmayapmiz. Tutun chiqarib bemorlarga aziyat yetkazishyapti. Holatni ekologiya, sanitariya idoralari nazoratga olsa yaxshi bo‘lardi”.
@eltuzportali - muammolar yechimi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
EP: “Mahallamizga suyultirilgan gaz ballon almashtirish uchun kelgan mashina ichki ko‘chalarga kirmadi”
“Andijon viloyati Asaka tumani Oqbo‘yra MFY Yuqori ko‘chadan murojaat qilyapmiz. Kuni kecha mahallamizga suyultirilgan gaz ballon almashtirish uchun mashina keldi. Afsuski, har doimgidek bizning ichki ko‘chalarga kirmadi. Muhtaram Prezidentimizdan amaliy ko‘mak so‘raymiz. Gaz ballon xonadonlarga qulay masofada yetkazib berilsin”.

EP: "Baxmal Group ishchilarni oyligini ko'tarishini so'rab qolamiz... "
"Assalomu alaykum. Xorazm viloyati Urganch shahridagi
" Baxmal group" ishlab chiqarish kompaniyasida ishlaymiz.
Korxonada sharoitning yomonligi, zarar miqdori balandligi, mehnatga yarasha haq toʻlanmasligi ishchilarning joniga tegdi.
Rahbariyat ishchilarni gapiga umuman eʼtibor qilmaydi.
Korxonada ish sharoiti juda ogʻir, turli stanoklar ishlagani uchun juda issiqda ishlaymiz. Oylik kamligi uchun koʻpchilik ishchilar boʻshab ketishyapti.
Xodimlarni oyligi 2200000 soʻm. Odamlarni ustidan kulishmi bu. Zavodda ogʻir sharoitda ishlasak, oyligimiz oz boʻlsa nima qilish kerak.
Korxona Telegram kanallarda vakant ishchi lavozimlar borligi haqida har hafta eʼlon beradi. Buning asosiy sababi oylik ozligi, mehnat sharoitlari qiyinligi uchun hech kim bu tashkilotga ishga kirmayapti.
Kirganlar tezda ishdan boʻshab ketyapti. Axir kim 2,200000 maosh uchun kun boʻyi ogʻir sharoitda ishlaydi. Korxona direktori Umrbek yaqinda Haj ziyoratini qilib, selfi tushib qaytdi. Qabul bo'larmikan bu odamni ziyorati?
Ishchilar bu yoqda qiynalib yursa, bu esa selfiga tushib yursa.
Tepadagilar ishchi-xodimlar arziga quloq tutadi, degan umiddamiz.Ishchilarni oyligini koʻtarib berishsin. Boshqa zavodlarda ishchilar kamida 5-6 mln maosh olishyapti."

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EP: OʻZBEKISTONNING SIYOSIY HUKMRON PARTIYASINI HOKIMLIK VAKILLARI EGALLAMOQDA
Partiya saylovlarida vakolat hokimliklarga oʻtkazilmoqda. Oʻzbekistonning hukmron partiyasi “UzLiDep” yangi saylovlarda yangicha taktika qoʻllayapti.
Masalan, “UzLiDep” partiyasining Toshkent shahar kengashi raisi Ravshan Fazilov topshirigʻi bilan barcha tuman kengashi raislaridan majburiy arizalar yozdirib olinmoqda. Ularning oʻrniga hokimlik vakillari tuman kengash raisi lavozimiga tayinlanyapti.
Siyosiy partiyalar orasida yetakchi boʻlgan “UzLiDep” 60 foizdan ortiq ovozga ega. Endi ushbu partiya deputatligiga nomzod qoʻyish va tasdiqlash tuman hokimlari istagiga koʻra amalga oshiriladi.
Tuman hokimlarining partiya kengash raisi maqomi 2026 yildan boshlab bekor qilinishi qonunan belgilangan. Hokimliklar yotib qolguncha otib qol qabilida partiyaga oʻz vakillarini singdirmoqda.
“UzLiDep” partiyasi majlisda hokimlik vakilini tuman kengashi raisiga nomzod qilib tasdiqlash masalasini muhokama qilmoqda. Buni yuqoridagi audio yozuv aniq tasdiqlaydi."

EP: “Ko‘mir koni ochgan tadbirkor qonun doirasida ish olib boryaptimi?”
“Surxondaryo viloyati Boysun tumani Xo‘jaidod mahallasi Nazariy qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. Xo‘jaidod mahallasi o‘rmon xo‘jaligiga tegishli Haqiq degan joyda toshkentlik tadbirkor ko‘mir koni ochishi natijasida archazorlar yer bilan yakson qilindi. Holatni ekologiya idorasi qanday izohlar ekan? Umuman, bu tadbirkor qonun doirasida ish olib boryaptimi?”