Elshodev | Hayot & Kod
32 subscribers
123 photos
19 videos
4 files
30 links
Salom, men Elshod!
Bu kanalda sizga Front-end dasturlash bo‘yicha tajribam, hayotimdagi o‘zgarishlar, motivatsiya va shaxsiy rivojlanish haqida yozib boraman.
Kod yozamiz, hayot haqida fikrlashamiz, oldinga birga yuramiz!
Download Telegram
tree src /F /A > structure.txt


Shu joyda turib tursin kerakli kod ekan
Ey o‘g‘lim, dunyoda rizqingni izla, lekin oxiratingni yo‘qotib qo‘yma. Ilm o‘rgan, chunki ilmsiz niyat adashadi. Halol mehnat qil, chunki birovga yuk bo‘lish mo‘minga yarashmaydi. Omonatga xiyonat qilma, kichik narsa bo‘lsa ham. Pulni qo‘lingda tut, qalbingga kiritma. Odamlarning muhtojligidan foydalanma, aksincha ularga yengillik qil. Solihlar bilan yur, chunki qalb suhbatdan rang oladi. Har kuni o‘zingdan so‘ra: bugun Allohga yaqinlashdimmi yoki faqat dunyoga?
⚡2🔥2😢2🕊1
Siz ko'pincha kelajakdagi o'zingiz bilan bugungi o'zingizni solishtirasiz. Shunda miya "men hali hech narsaga erishmadim" degan xulosaga keladi.
✍1🔥1😁1🤯1🤓1
Ishlasak koʻraverar ekanmiz har hil joylarni
🔥4😁1😱1🆒1
Payg'ambarimiz (s.a.v) dedilar:
"Ey ummatim, siz uchun qo'rqqanlarimning eng daxshatlisi ikki narsadir: Hoyu-havas va havoyi nafsga berilmoq. Hoyu havas oxiratni unuttiradi. Havoyi nafsga berilish esa kishini to'g'ri yoldan adashtiradi". "Men uch narsa kishini uch narsaga hech shak-shubxasiz mubtalo qilishiga kafilman".
👏1🕊1
Elshodev | Hayot & Kod
Payg'ambarimiz (s.a.v) dedilar: "Ey ummatim, siz uchun qo'rqqanlarimning eng daxshatlisi ikki narsadir: Hoyu-havas va havoyi nafsga berilmoq. Hoyu havas oxiratni unuttiradi. Havoyi nafsga berilish esa kishini to'g'ri yoldan adashtiradi". "Men uch narsa kishini…
1.Mol-dunyoga butun borlig'i bilan tashlanmoq.
Bu shunday qashshoqlik keltiradiki, undan keyin ortiq boylik bo'lmaydi. Ya'ni, butun borlig'ini dunyoga bag'ishlagan kimsa, qanchalik boylik orttirgan bolmasin, o'zini boy kormaydi.

2.Dunyoda ochko'z bo'lmoq.
Bu odamga shunday mashg'ullik keltiradiki (ya'ni odamni ishga bog'lab tashlaydiki), undan hech bir ibodat, hech bir hayrlashish uchun bo'sh vaqt qolmaydi. Chindan ham, dunyoga to'ymaydigan kimsaning ibodat va boshqa hayrli ish uchun bo'sh vaqti yoqdir.

3.Dunyo moliga xasislik.
Bu shunday qayg'u, shunday tashvish olib keladiki, undan keyin ortiq sevinch va farog'at yoq. Ham o'ziga ham o'zgaga xasislik qiluvchi kimsa moliga kop mol qo'sholmayotganidan siqilb yuradi.
💯2🕊1
#savol

Consolega qanday javob chiqadi?

➡️ Javobni izohlarda kutamiz!
....
💯4😁2
Forwarded from OsonJoy
Kvartira qidirish endi biroz osonroq 🏠
Toshkentda ijara uy topishda turli kanallarni ko‘rib chiqish, bir xil e’lonlarga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilish va mos variant izlash ko‘p vaqt oladi.
Shu jarayonni qulayroq qilish uchun OsonJoy yaratildi.
Platformada siz:
🔹 tuman, narx va xona soni bo‘yicha qidirishingiz;
🔹 oilaga, yigitlarga yoki qizlarga mos uylarni tanlashingiz;
🔹 kvartira, hovli va xonalarni bir joyda ko‘rishingiz;
🔹 yoqqan e’lonlaringizni saqlab qo‘yishingiz mumkin.
Ilova yuklash shart emas — telefon brauzeri orqali foydalanasiz.
Rasmlarni chapga surib, OsonJoy imkoniyatlari bilan tanishing 👉
🌐 osonjoy.uz
👏3
Elshodev | Hayot & Kod
Xudo xohlasa yangi start-up boshlayapman. Hozircha qanday ekanini ayta olmayman. Bitgandan keyin aytaman. Omad tilab turila.
Osonjoy.uz shaxsiy startup loyiham Toshkentda kvartira qidiradigan website. Hali kamchiliklari bor ustida ishlayapman.
Forwarded from OsonJoy
Osonjoy.uz ni haftalik analitikasi hali reklama bermagan holatimda bu
👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👀1
Elshodev | Hayot & Kod
Photo
Men frontendni o'rganishni boshlaganimga qariyb 4 yil bo'ldi. Shu vaqt ichida turli loyihalarda ishladim va bitta narsani tushundim.

Agar bugun mendan "Frontendni noldan o'rganaymi?" deb so'rashsa, men tavsiya qilmagan bo'lardim.

Nega?

Chunki bozor juda o'zgardi.

Hozir junior frontend dasturchilar juda ko'p. Lekin vakansiyalar aksincha kamayib boryapti. Ko'plab kompaniyalar junior olish o'rniga, tajribali middle yoki senior dasturchilarni olib, AI bilan ularning samaradorligini bir necha baravar oshiryapti.

Bu degani frontend kerak emas degani emas.

Frontend hali ham kerak. Lekin bugun kompaniyalarga ko'proq tajribali mutaxassislar kerak.

Endi o'zingizni yangi boshlayotgan odamning o'rniga qo'ying.

Siz frontendni o'rganishga kamida bir-ikki yil vaqt sarflaysiz. Shu vaqt ichida esa AI bundan ham kuchli bo'ladi. Bu jarayon to'xtamaydi.

Shuning uchun men bugun noldan boshlayotgan odamga frontendni emas, boshqa yo'nalishni tanlashni maslahat bergan bo'lardim.

Bu shunchaki mening 4 yillik tajribam davomida kelgan shaxsiy xulosam.

Siz bunga qo'shilasizmi? Fikringizni kommentariyada yozing.

https://t.me/elshodev
💯4⚡1
React’da createPortal nima?
Oddiy qilib aytganda, createPortal componentni yozilgan joyida emas, DOM’ning boshqa joyida chiqarish uchun ishlatiladi.
Masalan modal button ichida turadi:
<MoreFilters />

Lekin modal ochilganda u button turgan joyning ichida emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri document.body ichida chiqadi.
Nega kerak?
Agar modal parent div ichida qolsa:
overflow hidden modalni kesib qo‘yishi mumkin
z-index ishlamay qolishi mumkin
fixed modal noto‘g‘ri joyda chiqishi mumkin

createPortal esa modalni body ichiga chiqaradi va modal butun ekran ustida to‘g‘ri ko‘rinadi.
Oddiy misol:
import { createPortal } from "react-dom";

function Modal() {
return createPortal(
<div className="fixed inset-0 bg-black/40">
<div className="bg-white">
Modal content
</div>
</div>,
document.body
);
}

Ya’ni component React’da qayerda chaqirilgan bo‘lsa ham, DOM’da body ichiga chiqadi.
🔥1