Elshodev | Hayot & Kod
32 subscribers
123 photos
19 videos
4 files
30 links
Salom, men Elshod!
Bu kanalda sizga Front-end dasturlash bo‘yicha tajribam, hayotimdagi o‘zgarishlar, motivatsiya va shaxsiy rivojlanish haqida yozib boraman.
Kod yozamiz, hayot haqida fikrlashamiz, oldinga birga yuramiz!
Download Telegram
Bugun 3 yillik yo‘limga qarab, o‘zimga bitta narsa aytmoqchiman: har bir kichik qadam, har bir o‘rganilgan mavzu, har bir kechki o‘tirib qilgan kod — hammasi meni shu yerga olib keldi.
Lekin bu yo‘lning oxiri emas. Bu — boshlanishi.

Endigi katta niyatim:
bir kuni shunaqa postlarni chet elda turib yozish, boshqa davlatda ishlayotganimni, yangi jamoalar, yangi texnologiyalar va global loyihalardagi tajribalarimni bo‘lishish nasib qilsin.

Bu orzu shunchaki istak emas — bu yo‘l uchun har kuni ishlab kelayapman:
bilim yig‘ib, tajriba oshirib, o‘zimni har tomonlama kuchaytirib.

Har bir bosqich meni keyingisiga tayyorlab bormoqda.
Va ishonaman — vaqt kelib, shu gaplar ham amalga aylanadi.

Harakat bo‘lsa, nasib qiladi. InshaAllah.
🕊5
💻 IT yo‘lida o‘sishni osonlashtirish uchun oddiy maslahat

Siz IT sohasini qachon boshlaganingizni eslab qoling va har bir loyihangizni yozib boring. Bu oddiy odat, lekin keyinchalik resume yaratish yoki portfolioga loyiha qo‘shishda sizga katta yordam beradi.

Har bir loyihani qayd qilayotganda quyidagilarga e’tibor bering:
1️⃣ Loyiha nomi – loyihani qisqacha nom bilan belgilash.
2️⃣ Vaqti – loyiha qancha vaqt davom etgani.
3️⃣ Maqsadi – loyiha nima uchun qilindi, qanday muammoni hal qiladi.
4️⃣ Texnologiyalar va kutubxonalar – qaysi framework, kutubxona yoki vositalardan foydalangansiz.
5️⃣ Yangi o‘rgangan narsalar – loyiha davomida nimani yangi o‘rgandingiz.
6️⃣ Qiyinchiliklar – duch kelgan muammolar va ularni qanday hal qilganingiz.

🔒 Maxfiy loyiha yoki backend ishlamasa — nima qilish kerak
Agar loyiha API bilan bog‘langan bo‘lsa lekin server ishlamayotgan yoki loyiha maxfiy bo‘lsa, quyidagilarni bajaring:

Demo versiyasini yarating: loyihaning ishchi demo versiyasini soxta (mock) ma’lumotlar bilan tayyorlang. Bu sizga loyiha funksiyasini ko‘rsatish imkonini beradi, lekin maxfiy kod yoki haqiqiy ma’lumotlarni oshkor qilmaydi.

Soxta ma’lumotlarni JSON fayl sifatida yoki local mock server orqali taqdim eting (masalan, mockData.json yoki msw, json-server bilan).

Logo va maxfiy brend elementlarini olib tashlang: maxfiy brend yoki mijoz logosini qo‘ymang.

Backend mavjud emasligini yozib qo‘ying: portfolio yoki README’da “Backend mavjud emas — demo mock data ishlatilgan” deb aniq ko‘rsating.

Deploy: demo versiyani Netlify/Vercel/Static hostingga joylang — shunda ish beruvchi yoki HR 1-2 daqiqada tekshirib ko‘ra oladi.

Xavfsizlik: hech qachon haqiqiy API kalitlarini, credential yoki shaxsiy ma’lumotlarni public repoga joylamang — hammasi env yoki umuman repoda bo‘lmasin.

📝 Maslahat: Har bir loyihani kichik bloklar bilan yozing. Shu bilan nafaqat o‘z o‘sishingizni ko‘rasiz, balki resume yoki portfolioga ma’lumotlarni tez va oson qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘zingiz qilgan ishlarni eslab qolish — bu nafaqat tarix, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun poydevor. Siz ham bugundan boshlang va har bir loyihangizni qayd qilib boring! 🚀
👍2👎1
Elshodev Resume.pdf
92.7 KB
Bugun yangi resume yasab chiqdim ko'rib baho beringlar hali to'liq tayyor emas.
👍4👎4🔥1
Elshodev | Hayot & Kod
Elshodev Resume.pdf
Shu oxiri dislike ni yopib qo'yar ekanmanda
🤣4👎2⚡1👍1
Elshodev | Hayot & Kod
https://youtu.be/YE24a8NOh4w?si=3YGB9yMuWSFW3BB9
Aviakompaniya tomonidan Oʻzbek boʻlgani uchun samalyotdan tushirib yuborilgan bola haqida aytilgan qoʻshiq. Hech boʻlmasa like bosib qoʻshiqni qoʻllab yuborsak arziydi
👎2🔥2
Shunaqa gaplar
👎2
Elshodev.uz Qish uchun yangi update
🆒2👎1🔥1😎1
Chatgptga 🎁 shuni joʻnatsangiz rasm soʻraydi va rasm joʻnatganizdan keyin sovgʻa video yasab berar ekan.
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elshod. You've been so naughty this year that I brought you something I know you'll hate. It's a 10,000 piece blank jigsaw puzzle. Just beige.
A completely blank puzzle.
🔥3🤩2⚡1
#library
Reactda table yasash uchun kutubxona
npm i material-react-table
🔥2
Jaloliddin Rumiy shunday deganlar:

Dunyo moli dengizga, inson esa dengiz ustidagi kemaga o‘xshaydi. Mol‑dunyo, ya’ni dengiz suvi qanchalik ko‘p bo‘lsa, kema manziliga shunchalik bemalol va be’zarar yetib boradi. Lekin suv kemani ichiga kirsa, ya’ni mol‑dunyo muhabbati qalbni is’telo qilsa, cho‘kib ketish hech gap emas.

— Savdogar sahobalar yohud Saodat asrida tijorat kitobidan
👍1👏1
👀3🔥2
Quyosh botishi
🔥3👍2⚡1🤔1
Zavrtakka ketadiyu😋
🔥6😁2🤩1🆒1
🔥4😁2⚡1🤔1
ChatGPT 1 oyga pro versiyasini tekinga berayapti ekan. Sinab ko'rish uchun bosvordim
🔥2😁1
No comment
😁5🤗3👍2🔥1