This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu video aynan 3 yil avvalgi — birinchi darsimga borayotgan vaqt.
Vaqt o'tadi, mehnat esa natija beradi.
Hamma boshlaydi, farqi shundaki ba’zi odamlar davom etadi.
Video 2022-yil 26-oktabrda olingan.
Bugun 2025-yil 29-oktabr.

🕊3😁1🏆1
Ozroq bosib o‘tgan yo‘lim haqida.
Men 2022-yil 26-oktabrdan 2023-yil dekabrgacha — 1 yil 2 oy davomida faqat o‘qiganman.
Hech qayerda ishlamaganman, faqat mustahkamlab, tushunib, qayta o‘rganib yurganman.
Hozir esa 8 oylik kursga toqat qilolmayotganlar ko‘p.
Aslida esa IT yo‘lida eng muhim narsa — vaqt emas, davom etish.

🔥5🕊1
Keyin esa 2023-yil dekabrdan 2024-yil avgustgacha "Codevision" kompaniyasida amaliyot qildim.
Bu davr men uchun juda katta maktab bo‘ldi — o‘rgangan barcha bilimlarimni real loyihalarda sinab ko‘rdim, kodimni boshqalar ko‘radigan, jamoa bilan ishlaydigan muhitga tushdim.
Va aynan shu paytlarda ba’zida pullik loyihalar ham chiqib turardi. Albatta, narxi arzon bo‘lardi, lekin men uchun bu puldan ko‘ra “tajriba” edi. Har bir kichik buyurtma ham meni keyingi bosqichga tayyorlardi.

🔥3
Keyin 2024-yil avgustdan 2025-yil maygacha Teamit Academy’da dars bera boshladim.
Bu davr mening o‘zim uchun ham juda katta poydevor bo‘ldi — chunki dars berish davomida har bir mavzuni qayta takrorladim, chuqurroq tushunib bordim va yangi qo‘shimcha ko‘nikmalar hosil qildim.
Ustozlik menga nafaqat bilim, balki mas’uliyat, muloqot, tushuntirish va real tajribani boshqacha ko‘rish imkonini berdi.

🔥4
Va keyin Toshkentga kelib, 2025-yil may oyidan boshlab QPS kompaniyasida ishlab boshladim.
Bu davr menga haqiqiy “production” muhitini ko‘rsatdi — real mijozlar, real vaqt va mas’uliyatni his qildim.
Toshkentdagi hayotning o‘zi ham meni o‘zgartirdi: tezlik boshqacha, jamoa ritmi boshqacha, talablari ham ancha yuqori. Bu bosqich menga moslashishni, tez fikrlashni va o‘z ustimda tinimsiz ishlashni o‘rgatdi.
O‘sha vaqtdan hozirgacha shu yerda ishlab, har kuni bir pog‘ona o‘sishni o‘zim uchun odatga aylantirdim. Orqaga qarasam, qancha yo‘l bosilganini ko‘raman; oldinga qarasam, yana qancha imkoniyatlar kutayotganini his qilaman.

🔥3🕊1
Bugun 3 yillik yo‘limga qarab, o‘zimga bitta narsa aytmoqchiman: har bir kichik qadam, har bir o‘rganilgan mavzu, har bir kechki o‘tirib qilgan kod — hammasi meni shu yerga olib keldi.
Lekin bu yo‘lning oxiri emas. Bu — boshlanishi.
Endigi katta niyatim:
bir kuni shunaqa postlarni chet elda turib yozish, boshqa davlatda ishlayotganimni, yangi jamoalar, yangi texnologiyalar va global loyihalardagi tajribalarimni bo‘lishish nasib qilsin.
Bu orzu shunchaki istak emas — bu yo‘l uchun har kuni ishlab kelayapman:
bilim yig‘ib, tajriba oshirib, o‘zimni har tomonlama kuchaytirib.
Har bir bosqich meni keyingisiga tayyorlab bormoqda.
Va ishonaman — vaqt kelib, shu gaplar ham amalga aylanadi.
Harakat bo‘lsa, nasib qiladi. InshaAllah.

🕊5
💻 IT yo‘lida o‘sishni osonlashtirish uchun oddiy maslahat
Siz IT sohasini qachon boshlaganingizni eslab qoling va har bir loyihangizni yozib boring. Bu oddiy odat, lekin keyinchalik resume yaratish yoki portfolioga loyiha qo‘shishda sizga katta yordam beradi.
Har bir loyihani qayd qilayotganda quyidagilarga e’tibor bering:
1️⃣ Loyiha nomi – loyihani qisqacha nom bilan belgilash.
2️⃣ Vaqti – loyiha qancha vaqt davom etgani.
3️⃣ Maqsadi – loyiha nima uchun qilindi, qanday muammoni hal qiladi.
4️⃣ Texnologiyalar va kutubxonalar – qaysi framework, kutubxona yoki vositalardan foydalangansiz.
5️⃣ Yangi o‘rgangan narsalar – loyiha davomida nimani yangi o‘rgandingiz.
6️⃣ Qiyinchiliklar – duch kelgan muammolar va ularni qanday hal qilganingiz.
🔒 Maxfiy loyiha yoki backend ishlamasa — nima qilish kerak
Agar loyiha API bilan bog‘langan bo‘lsa lekin server ishlamayotgan yoki loyiha maxfiy bo‘lsa, quyidagilarni bajaring:
Demo versiyasini yarating: loyihaning ishchi demo versiyasini soxta (mock) ma’lumotlar bilan tayyorlang. Bu sizga loyiha funksiyasini ko‘rsatish imkonini beradi, lekin maxfiy kod yoki haqiqiy ma’lumotlarni oshkor qilmaydi.
Soxta ma’lumotlarni JSON fayl sifatida yoki local mock server orqali taqdim eting (masalan, mockData.json yoki msw, json-server bilan).
Logo va maxfiy brend elementlarini olib tashlang: maxfiy brend yoki mijoz logosini qo‘ymang.
Backend mavjud emasligini yozib qo‘ying: portfolio yoki README’da “Backend mavjud emas — demo mock data ishlatilgan” deb aniq ko‘rsating.
Deploy: demo versiyani Netlify/Vercel/Static hostingga joylang — shunda ish beruvchi yoki HR 1-2 daqiqada tekshirib ko‘ra oladi.
Xavfsizlik: hech qachon haqiqiy API kalitlarini, credential yoki shaxsiy ma’lumotlarni public repoga joylamang — hammasi env yoki umuman repoda bo‘lmasin.
📝 Maslahat: Har bir loyihani kichik bloklar bilan yozing. Shu bilan nafaqat o‘z o‘sishingizni ko‘rasiz, balki resume yoki portfolioga ma’lumotlarni tez va oson qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘zingiz qilgan ishlarni eslab qolish — bu nafaqat tarix, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun poydevor. Siz ham bugundan boshlang va har bir loyihangizni qayd qilib boring! 🚀

👍2👎1
Elshodev Resume.pdf
92.7 KB
Bugun yangi resume yasab chiqdim ko'rib baho beringlar hali to'liq tayyor emas.
👍4👎4🔥1
Elshodev | Hayot & Kod
https://youtu.be/YE24a8NOh4w?si=3YGB9yMuWSFW3BB9
Vidoega kirib like bosib qoʻyaylik
👎1🆒1
Elshodev | Hayot & Kod
https://youtu.be/YE24a8NOh4w?si=3YGB9yMuWSFW3BB9
Aviakompaniya tomonidan Oʻzbek boʻlgani uchun samalyotdan tushirib yuborilgan bola haqida aytilgan qoʻshiq. Hech boʻlmasa like bosib qoʻshiqni qoʻllab yuborsak arziydi
👎2🔥2
Chatgptga 🎁 shuni joʻnatsangiz rasm soʻraydi va rasm joʻnatganizdan keyin sovgʻa video yasab berar ekan.
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elshod. You've been so naughty this year that I brought you something I know you'll hate. It's a 10,000 piece blank jigsaw puzzle. Just beige.
A completely blank puzzle.
A completely blank puzzle.
🔥3🤩2⚡1
🔥2