© Element_math
3.28K subscribers
381 photos
60 videos
620 files
650 links
🗺 Guliston sh. joylashgan oʼquv markaz!

🎯 Kanalda quyidagi fanlardan

- Matematika (milliy sertifikatdan mock test, blok testlar)
- Prezident maktabi kirish testlari berib boradi!

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Download Telegram
2024 tushgan savollar'.pdf
1.2 MB
2024 Uz BMB (DTM) Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

⚡️14-iyuldan to 19-iyulgacha Imtihonda tushgan savollarning barchasi bitta faylda.

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍3
UzBMB 20.07.2024 1-smena.pdf
485.7 KB
2024 Uz BMB (DTM) Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

⚡️20-iyul 1-smenada Imtihonda tushgan savollar.

❗️ Yangi savollar kun davomida qo'shib boriladi.

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍12❤‍🔥1🏆1
© Element_math
UzBMB 20.07.2024 1-smena.pdf
Savollar yangilandi. Yangi qo'shilgan savollarni ko'rish uchun faylni qaytadan yuklang
👍61
Forwarded from © Element_math
❇️ Kanalga joylangan Blok testlar ro'yxati!

Sizga qulay bo'lishi uchun bir sahifaga yig'dik.


1-Blok test

2-Blok test

3-Blok test

4-Blok test

5-Blok test

6-Blok test

7-Blok test

8-Blok test

9-Blok test

10-Blok test

11-Blok test

12-Blok test

13-Blok test

14-Blok test

15-Blok test

16-Blok test

17-Blok test

18-Blok test

✳️ Kanal ma‘lumotlaridan foydalanganingizda manba ko‘rsating. Muallif mehnatini hurmat qiling! 😊 Yaqinlaringizga ulashing.

#bloktest

Barchasi bu yerda! 👈
👍4🔥21👏1
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent

Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.

Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Keling aniq misolda ko‘ramiz.

Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Bosh vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.
👍5
• Биз шундай жамиятда яшаймизки, ёшларнинг мақсадлари олийгоҳга киришгача бўлади.
• Ҳар бир ўзбек жамияти аъзоси учун чизиб берилган мақсадлар намунаси бор: амаллаб олийгоҳга кириш, амаллаб битириш, амаллаб бирор ишга кириш ва амаллаб пенсияга чиқиш...
• Очиғи, ўзим ҳам ўқишга кирганимдан кейин нима қилишни билмай қолган эдим. Чунки олдимда бошқа мақсад қолмаган эди.
• Айни шунинг учун анча йил бемақсад тентираб юрган бўлсам керак.
• Ўз ҳаёт йўлимни топиб олиш учун узоқ вақт кетди. Лекин бир тарафдан шу муддат бўлмаса, ҳаёт йўлимни топиб олишим ҳам амримаҳол бўлардими...
• Демоқчи бўлганим, фарзандингизга олий мақсад қилиб олийгоҳга киришни белгилаб берманг. Олийгоҳ бу ҳаёт йўлидаги бир трамплин бўлиши керак. Асосий ҳаёт олийгоҳга киргандан кейин бошланади, ҳақиқий илм олишга олийгоҳга киргандан кейин бел боғлаш кериак.
• Бизда эса ҳаммаси олийгоҳга кириши билан тақатақ тўхтайди...

Vafo Moʻmin
👍20🔥3🕊3💯1
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24239

Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/19940

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).

Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
👍10
Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlandi

Jami 12 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o’tkazildi.

Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.

Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo’nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.

@elementuby
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ 75.6 balldan kam to’plaganlar o’qishga kira olmaydi ya’ni super kontrakt qilish imkoniyati ularga berilmaydi!

Joriy yilgi, yani 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
↪️ sog’liqni saqlash, xuquq, biznes va boshqaruv yonalishlari uchun - 75,6 ball;
↪️ boshqa yo’nalishlar uchun - 66.5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, yani 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:
↪️ sog’liqni saqlash, xuquq, biznes va boshqaruv yonalishlari uchun -94,5 ball;

↪️ boshqa yo’nalishlar uchun - 75,6 ball etib belgilanadi.
👍81
Forwarded from Xushnudbek.uz
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga to‘g‘ri keladi
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.

Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.

56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni ⬆️ 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.

O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.

2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.

🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,9%
⬆️ Toshkent viloyati — 4,9%
⬆️ Jizzax — 3.7%
⬆️ Buxoro — 3,5%
⬆️ Sirdaryo — 3,1%

O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5😱1
Biroz tanaffusdan so'ng kanalimiz quyidagi tartib bo'yicha o'z faoliyatini davom ettiradi.

Kelgusi haftadan yangi testlar joylanadi!

20 talik testlar - umumiy matematika mavzulariga oid savollar

Mock test - matematikadan milliy sertifikatga tayyorlanayotganlar uchun namunaviy savollar.

Ingliz tili - ingliz tiliga oid 30 talik testlar

PM testlar - Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoni savollari

Fizika - fizikiga oid 20 talik testlar

Sizga sanab o'tilgan fanlardan testlar kerak bo'lsa bizga obuna bo'ling!

Testlar "Element" o'quv markazining tajribali ustozlari tomonidan tuzib boriladi!

Barcha savollarning javobi va yechimlari berib boriladi.


Telegram | Instagram |Test kanal
👍15
‼️Minimal o’tish bali o’zgarmadi

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unda ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Bundan avval joriy yildan boshlab minimal ball oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov “O’zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilgan edi.

Vazirning so’zlariga ko’ra, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishi kerak edi.

Ammo negadir minimal ballni oshirmasdan, eskicha saqlab qolishga qaror qilingan.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


@elementuby
🔥2👍1
Минимал ўтиш балли ўзгармади

Давлат гранти бўйича минимал ўтиш балли – 68,0 балл (максимал 189,0 баллнинг 36 фоизи); тўлов-контракт бўйича минимал ўтиш балли – 56,7 балл (максимал 189,0 баллнинг 30 фоизи) этиб белгиланди.

👉 https://kun.uz/kr/18959423

Kun.uz расмий канали
🎉4👍1
⚡️ Testga kirgan abituriyentlarning har 4 nafaridan bittasi talaba bo’lishi kutilmoqda

Qolganlar xususiy oliygohlarga kirishadi!

Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan.

Shundan 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.

Qabul kvotalar soni esa 200 mingga yaqin (194 ming 892ta)
Bu degani, hujjat topshirgan har 4 ta abituriyentdan bittasi, yohud 56,7 dan ko‘proq ball to'plagan har 2 ta abituriyentdan bittasi talaba bo’lishi mumkin!

@elementuby
👍8❤‍🔥2
39-Test matematika.pdf
841 KB
39-Test matematika (20 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Ashurmatov R
#matematika
👍6👏2
39-Test matematika javobi.pdf
10.6 MB
39-Test matematika yechimi.

Savoli bu yerda

#matematika #javoblar
👍52
Forwarded from © Element_math
Baʼzilar savolni va uning javoblarini topishga qiynalayabmiz degani uchun barcha postlarni tartiblab chiqdik.

Endilikda sizga kerak bo'lgan testda uning javobi ko'rsatilgan link tugmasini joylab chiqdik (rasmga qarang)

Javobi berilgan postda savoli ko'rsatilgan link joylandi (rasmga qarang)

Qisqasi savolni topsangiz javobini topasiz, javobini topsangiz savolini ham topasiz!


⚠️ Ushbu linklar savolning javobi berilgandan so'ng paydo bo'ladi.

Tushunarli bo'lgan bo'lsa reaksiya qoldiring!
👍15🥰32