© Element_math
3.28K subscribers
381 photos
60 videos
620 files
650 links
🗺 Guliston sh. joylashgan oʼquv markaz!

🎯 Kanalda quyidagi fanlardan

- Matematika (milliy sertifikatdan mock test, blok testlar)
- Prezident maktabi kirish testlari berib boradi!

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Download Telegram
🧠 Nega matematika o‘rganayotganda "kalla achiydi"?

Yangi matematik mavzuni ko‘rganingizda hech narsani tushunmay, "bu juda qiyin/foydasiz" deb o‘ylaganmisiz? Oradan vaqt o‘tib, o‘sha misollarga qaytsangiz, hamma narsa osondek tuyuladi.

Buning orqasida qanday ilmiy jarayonlar yotibdi?

1️⃣ Kognitiv yuklanma (Miyaning "operativkasi"):
Yangi formulalar, xossalar va usullar miyangizga bir vaqtda kirib kelganda, miyaning "ishchi xotirasi" to‘lib qoladi. Xuddi kompyuter qotib qolgandek, miya ham ma’lumotni qabul qilishni to‘xtatadi va himoya reaksiyasi sifatida "bu tushunarsiz narsa" degan xulosa chiqaradi.

2️⃣ Konsolidatsiya (Miyada ma’lumotning pishishi):
Siz darsdan keyin dam olayotganingizda yoki uxlaganingizda, miyangiz "fondagi rejimda" ishlashda davom etadi. U tartibsiz formulalarni uzoq muddatli xotiraga joylaydi.
Natija: Ikkinchi marta misolga qaraganingizda, tushunchalar endi "begona" emas, balki "tanish" bo‘lib tuyuladi.

3️⃣ Miyelinatsiya — "Bilim yo‘llarining asfaltlanishi":
Matematikada bir usulni qayta-qayta ko‘rganingizda, neyronlar orasidagi yo‘llar maxsus qobiq (miyelin) bilan o‘raladi. Bu ma’lumotning miyada tezroq harakatlanishini ta’minlaydi.
Aha-moment: Ikkinchi marta ko‘rish — bu shunchaki takrorlash emas, balki miyangizdagi "yo‘llarni asfalt qilish"dir.

Xulosa:

Agar matematikada qiynalayotgan bo‘lsangiz, bu — qobiliyatingiz yo‘qligidan emas, balki miyangiz yangi bilimni "hazm qilayotganidan" dalolat.

Maslahat: Murakkab mavzuni tushunmasangiz, darrov voz kechmang. Uni bir necha kundan keyin yangi kalla bilan qayta ko‘ring. Miya baribir o‘z ishini qiladi va siz kutilmaganda "Iye, shunchalik osonmidi?" deb yuborasiz.

🚀 Matematika — bu miya uchun eng yaxshi trenajyor!

@element_math
👍9🔥53
Ertaga imtihonga kiradigan barcha ilm talabidagi o‘quvchilarimizga Allohdan muvaffaqiyat tilab qolamiz. 🤲

"Allohim, ushbu ilm yo‘lidagi yoshlarga ahli ilmlar uchun ochiladigan hikmat eshiklarini ochgin! Ularga maqsadlariga erishishni nasib etib, unutganlarini eslatgin.

Parvardigoro, ularga o‘tkir zehn, qalb xotirjamligi va qilgan mehnatlarining xayrli samarasini bergin. Zero, Sening yordamingsiz hech bir ish oson bo‘lmas!"
🤲

O‘quvchilar uchun muhim eslatmalar:

❇️ Imtihon vaqtida bilganlaringiz esdan chiqsa yoki hayojonlansangiz, ko‘p isti’for aytish va Payg‘ambarimizga salovat aytish zehnni ochishga yordam beradi, chunki gunohlar va haddan tashqari xavotir ilmni to‘sadi.

❇️ Imom Azam Abu Hanifa rahmatullohi alayh ilmni e’zozlash va ustozga hurmat tufayli ilm barakali bo‘lishini uqtirganlar. O‘quvchilarga ustozlaridan duo olishlarini ham tavsiya qilamiz.

@element_math
21👍7🔥2💯2👏1🤣1
Nasib bo'lsa bugun Mock test olamiz kutayotganlar bo'lsa reaksiya qoldiring.
19🔥14👍2👏1💯1🤣1
📣 BUGUN 27 FEVRAL SOAT 20:00 DA MATEMATIKADAN KATTA MOCK-TEST!

Matematika bilimingizni shunchaki ballarda emas, xalqaro Rash modeli orqali professional darajada tekshirib olishni istaysizmi?

Unda bu imkoniyatni boy bermang!

Testning afzalliklari:

Yangi format: Savollar hech qayerdan ko‘chirilmagan, mutlaqo yangi va o‘ziga xos.

Dasturga moslik: Milliy sertifikat talablari asosida, imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan mavzular qamrab olingan.

Sifatli kontent: Murakkab masalalar uchun maxsus ishlangan, aniq va sifatli chizmalar.


📍 Testda qatnashish uchun kanalga obuna bo'ling:
👉 ELEMENT MATH — Test aynan shu kanalda bo'lib o'tadi!

🚀Tayyor turing va bu xabarni matematik do‘stlaringizga ham ulashing!

Bilim ulashish bilan ko‘payadi.


@element_math
👍83👏1🤣1
Test yakunlanishi bilanoq, kanalimizga barcha misollarning to'liq va batafsil izohli yechimlarini joylaymiz.

Bu nima degani?
Bu xuddi malakali ustoz bilan yuzma-yuz o'tirib, xatolaringizni tahlil qilgandek bo'lasiz! Qayerda adashganingizni ko'rib, kamchiliklaringizni darhol to'g'irlab olasiz. 📝💡

Ko'plab kanallar bunday tahlillar uchun pul so'rayotgan bir vaqtda, biz sizga bu imkoniyatni mutlaqo bepul taqdim etyapmiz! 🔥

Bilimingizni oshirish uchun bu zo'r imkoniyatdan maksimal foydalanib qoling! Barchaga omad!

@element_math
👍103🤣1
Mock Test boshlanishiga 3 soat qoldi!

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar va abituriyentlar sizlarnini eksklyuziv savollardan iborat onlayn testimizda kutamiz.

📍 TG kanal: @element_math

🦾 Bot: @rash_modeli_bot

TESTDA QATNASHAMAN👈

Test kodi: 848AD0

Iltimos: Ushbu postni ko‘proq do‘stlaringizga ulashing. Bilim almashishda ko‘makchi bo‘ling!
5👍5🔥2🤣1
20 daqiqalarda testimizni boshlaymiz tayyorlanib turing
👌3👍1👏1🤣1🤓1
Diqqat!

Ildiz osti, P va boshqa matematik belgilarni chiqarish uchun:

1-rasmdagi belgini, keyin esa 2-rasmdagi klaviatura tugmasini bosing. Shunda barcha belgilar paydo bo'ladi.


BOT: @rash_modeli_bot
🔥2🤣2👍1
Qizilda belgilangan joylarni tanlab 4 xil klaviaturani chiqarishingiz mumkin.

BOT: @rash_modeli_bot
4🔥3🤣3👍1
Yaqinlaringizni taklif qiling qanchalik koʻp odam ishtirok etsa natijalar real imtihon darajasida chiqadi...
8🤣4👍3🔥2
Element Mock 09.pdf
942.3 KB
🔥 DIQQAT! Kutilgan milliy sertifikat testi boshlandi!

Bugun o'z bilimingizni real imtihon darajasida tekshirib ko'rishingiz mumkin. Savollar murakkablik darajasi bo'yicha saralangan.

Test kodi: 848AD0

Javoblarni jo'natish: @rash_modeli_bot

Kanalimizga obuna bo'ling: 👉 @element_math
5👏5👍2🤣2
5 daqiqadan soʻng testimizni yakunlaymiz
👍3
Testimiz yakunlandi birozdan soʻng natijalarni yuklaymiz.
👍3
Element Mock 09_statistika.pdf
76.8 KB
📊 Element Mock 09 testi uchun to'liq statistika va natijalar.
👍21
Element Mock 09 KALITI.pdf
1.2 MB
Element Mock 09 test kaliti.

@element_math
👍31
Elemen Mock 09 YECHIMI.pdf
52.9 MB
Bugungi testimizning izohli yechimi. Ko'ring kamchiliklaringizni to'g'irlab oling.
5👍3🔥1👌1
Bugun tushgan savollardan birining yechimi
7👍4
Yana bir savolning yechimi
👍62