Kutubxona
47.4K subscribers
408 photos
116 videos
1.37K files
6.29K links
Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!

🎶 Audio | @Audio_Kutubxona_uz

📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot

📈 Reklama | @Marketolog1

📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona
Download Telegram
Hazrat bilan unashtirilganimizda, uyimizda koʻpchilik istixora qilgan. Deyarli hamma tushida uyum-uyum kitob koʻrgan.

©️Fotimaxon Ismoilova (Islomga bagʻishlangan umr) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yoshli bir juft ko'z, dard to'la bir yurak va tilidan to'kilgan shu so'zlar edi: "Ey Zaynab! Sendan keyin bu hayot hecham go'zal emas!"

©️Murat Tosun
(Olim yetishtirgan onalar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir yor istardim, quvvatli, har nega qodir, g'amu qayg'uga madadkor, yordamimga hamisha hozir suyukli bir yor istardim. Va nihoyat, topdim. Istardimki, sevgilimni har kim sevsin. Uni sevgan ko'pmi, ozmi, men Uni sevaman. Unga oshiqman. Marhamatli, mehribon, doim men bilan birga, har qachon har yerda madadkor Yaratgan Allohga oshiqman. Uni telbalarcha sevaman. Uni topdim. Sevgilimni topdim. Uni sevaman, Uni sevganlarni sevaman. Yaratgan egam, qalbimizni ishqing ila yondirgin.

©️Amina Shenliko'g'li
(Vijdon azobi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ona tiling seni boshqa tillardan rashk qiladi. O'zidan ko'ra uni yaxshiroq bilishingga aslo yo'l bermaydi! Boshqa tillar hamisha ona tilingdan keyingi o'rinda turishga mahkum. Avval o'z ona tilingni sev, keyin esa boshqa tillarni.

©️Solih Uyan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ehtimol, uni hozir qanday boʻlsa, shunday boʻlishi uchun oʻqitishgandir.

©️Chingiz Aytmatov
(Asrni qaritgan kun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
-Dunyoning yarmi ayollar, qolgan yarmi ularning tarbiyalanuvchisidir.

©️Shayh Ali Tantoviy
(Ey qizim) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir odamni agarda, u xushfe’l yoki aqlli , desagu, boshqa birini jaxldor yoki ahmoq desak noto’g’ri gapirgan bo’lamiz .Biz bo’lsak doimo odamlarni shunday ajratamiz. Bu esa NOTO’G’RI .
Odamlar daryodek gap: hammasining suvi bir xil, hamma joyda o’sha suv, lekin daryo goh keng bo’ladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, goh suvi tiniq bo’ladi, goh loyqa, goh sovuq bo’ladi, goh iliq bo’ladi. Odamlar ham shunday. Har bir odamda ham insoniy xususiyatlarning kurtagi bor. Odam shu xususiyatning goh birini, goh boshqasini namoyon qiladi, ba’zan o’sha odamning o’zi butunlay o’zgarib ketadi.

©️Lev Tolstoy
(Tirilish) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Daraxt hayron edi bir holga xasta,
Uni turfa yo'lda ishlatdi usta.
Bir uchi beshikka atalgan bo'lsa,
Bir uchi tobutga bo'lgandi dasta.

©️Umar Hayyom

Telegram | Instagram | Audiokitob
Nahotki, biror narsani anglashi uchun kishi fojiani, qashshoqlikni, azobni, o'lim nafasini boshidan o'tkazishi kerak?

©️Erix Mariya Remark
(Qarzga olingan umr) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ular bir-birlarini koʻzyoshlariga belanib sevdilar...

©️Murod Muhammad Do’st
(Lolazor) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbat g'olib chiqadi. Har doim muhabbat g'alaba qozonadi.

©️Mich Elbom
(Morrining seshanba darslari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ichishga bir piyola suvingiz, yeyishga bir burda noningiz, yotishga boshpanangiz bormi? Mabodo o'lib qolsansiz, o'ligingiz ko'chada qolib ketmaydimi? Namuncha bunchalar noshukur bo'lasiz?

©️Erkin Malik
(Sajdada orom bor) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Vaqtinchalik xavfsizlikni sotib olish uchun erkinlikdan voz kechganlar na erkinlikka, na xavfsizlikka loyiqdir.

©️Benjamin Franklin

Telegram | Instagram | Audiokitob
Manzilga muhabbat bilan chiqib, itoat bilan yetasiz. Itoat bo'lmasa, demak muhabbat ham yo'q.

📚Egasiz joynamoz kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Eng achinarlisi, axborot bellashuvida haqiqatni gapiruvchilar yutqazadi. Chunki haqiqat chegaralangan, yolg'onning esa cheki yo'q.

©️Robert Shekli

Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar odamlarning senga munosabatlari oʻzgarsin desang, avval oʻzingning oʻzingga munosabatingni oʻzgartir. Oʻzing oʻzingni chin qalbdan sevishni oʻrganmaguningcha, seni hech kim seva olmaydi...

©️Rashod Nuri Guntekin
(Choliqushi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayollarning barchasi bir-biriga o'xshaydi. Ularni faqat hayo ajratib turadi.

©️Ali Tantoviy
(Ey qizim) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Erkak men xotinimga ishonaman, desa bu uning xotiniga ishonishini bildiradi. Ayol men erimga ishonaman, desa bu uning o‘ziga ishonishini bildiradi!

©️Faina Ranevskaya

Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamlar bug‘doyga o‘xshaydi: xom bo‘lsa boshi osmonda, pishib yetilganida boshlarini egadilar.

©️Jaloliddin Rumiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Go‘zallik zavqlantiradi, bilim hurmat uyg‘otadi, ammo insonlarni bir-biriga bog‘laydigan narsa faqat mehribonchilikdir!

©️Lev Tolstoy

Telegram | Instagram | Audiokitob