Kutubxona
48.1K subscribers
408 photos
116 videos
1.37K files
6.2K links
Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!

🎶 Audio | @Audio_Kutubxona_uz

📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot

📈 Reklama | @Marketolog1

📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona
Download Telegram
​​Agar o'rganib qolsang yig'lashga majbur bo'lasan

©️Antuan de Sent Ekzyuperi
(Kichkina shahzoda) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Pul topamiz o'qish uchun. O'qiymiz ishga kirish uchun. Ishga kiramiz pul topish uchun. Bunaqa "dohiyona" tizimni kim o'ylab topgan, hayronman.

©️Tom Hanks

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Sizga sodiq qolishganda, demak bu sevgi deb hukm chiqarishga shoshilmang. Ayol ruhiyatidan kelib chiqsak, sadoqat baʼzan toʻlov, hamdardlik va hatto qasos boʻlishi ham mumkin.

©️Stendal

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Och qorin, boʻsh hamyon, singan bir qalb senga qimmatli saboqlarni oʻrgatadi.

©️Robin Uilyams

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Ikki xil kecham bor. Ikkisi-da uyqusiz:
Biri – sen yoʻqsan uxlolmam;
Ikkinchisi – sen borsan uyqu harom.


©️Jaloliddin Rumiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Muhabbat kishiga baxt keltirishi kerak, yo'qsa, aql-idrokka suyanib undan voz kechiladi. Axir, ikki kishi sevsa-yu, bu tuyg'u ularga faqat kulfat, g‘am keltirsa, buning nimasi yaxshi?

©️Ulug‘bek Hamdam
(Sabo va Samandar) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yarim ko'ngil bilan o'sgan odamni na birovning ketishi ranjitadi, na ko'ksidan itarishi...
Chunki u vaqtida ko'p narsani yo'qotgan. Shuning uchun u hech kimni yo'qotishdan qo'rqmaydi...

©️Mirach Chag'ri Oqtosh
(O'zingga xush kelding) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Har shamoldan maysa kabi tebranaversang tog‘lar qadar bo‘lsang-da birgina o‘tchalik ham qadring qolmaydi.

©️Jaloliddin Rumiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ketganga yo'l yarashadi, qolganga muhabbat...

©️Mirach Chag’ri Oqtosh (O'zingga xush kelding) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Hatto eng boʻlmagʻur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini gʻajib tashlaydi.

©️Epikur

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir qarasam, doʻst-u yordan koʻnglim toʻqday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yoʻqday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, koʻzim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yoʻgʻrilganman,
Bir qarasam, endigina tugʻilganman.


©️Abdulla Oripov
(Bir qarasam) she’ri

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Odamlar orasida yolg'izlikdan boshqa dahshatli narsa yo'q.

©️Stefan Sveyg

Telegram | Instagram | Audiokitob
Men qalbimni gul kabi uzdim,
Tangrim, yubor gulga zor kasni!
Tangrim, qanday o'yinni buzdim,
Hech kimga gul kerak emasmi?!.


©Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob
Mittigina o‘zgarish vaqt o‘tishi bilan qanday natijalarga olib kelishiga aql bovar qilmaydi. Bu fikrni matematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: agar siz har kuni bir foizdan yaxshilanib borsangiz, bir yildan so‘ng yil boshidagiga nisbatan o‘ttiz yetti barobar o‘sish kuzatiladi. Aksincha, agar har kuni bir foizdan yomonlashib borsangiz, yil oxirida deyarli nolga tushib qolasiz. Kichik g‘alaba yoki mag‘lubiyat bilan boshlangan jarayon oxir-oqibatda ulkan farqqa sabab bo‘lishi mumkin.

©️Jeyms Klir
(Atom odatlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Quyosh bo'lib osmondan boqding,
Zor qilding-ku, yo'lingga- kelgin!
Men hammani olovda yoqdim,
Faqat o'zim muzladim, sevgim...


©Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitob o‘qiydigan va she'rni sevib, anglay oladigan bir qizni, shunchaki oddiy bir shaklda seva olmaysiz...

©️Onur Ünlü

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hamisha band bo'ling. Bezovtalikka giriftor bo'lgan odam hamisha o'zini ishga urishi kerak, aks holda u umidsizlik girdobida nobud bo'ladi.

©️Deyl Karnegi

Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘lganlarning xotirasiga izzat-ikrom ularning oldidagi gunohni anglashdan boshqa narsa emas. Odamlar marhumlar tirikligida ularga yetkazgan ozorlarini yuvmoqchi bo‘ladilar.

©️Erix Mariya Remark
(Uch og'ayni) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
🎹Telegram Analytics'dan @Elektron_Kutubxona jamoasi uchun ajoyib sovg'a.

🔍 Suratda 2022-yil uchun kanalimiz statistikasi. Faoliyatimizga 2 yil- u 10 oy bo'lgan bo'lsada biz bilan birga bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

↗️Kitob kanallari qatorida 2-o‘rin;
↗️Ko‘rishlar 28,9 mln+
↗️Ulashishlar 281 ming +
↗️Reaksiyalar 227 ming+
↗️Iqtibos olgan kanallar 338ta

Yangi yilni biz bilan kutib oling, Yangi yilda barcha obunachilarimizga yuqori maqsadlarga erishishlarini tilab qolamiz. Asosiysi bizdan uzoqlashmang, do'stlaringizni ham taklif qiling.

🇺🇿 @Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ulg‘ayishning yoshga aloqasi yo‘q. O‘zingning qanchalik aqlli ekaningni ko‘z-ko‘z qilishdan uzoqlashib, bor e’tiboringni ishni halol va vijdonan bajarishga qaratganingda ulg‘aygan bo‘lasan. Ko‘pchilik qanchalik keksaymasin, ulg‘ayish bosqichiga yetib borolmaydi.

©️Tomas Sauel

Telegram | Instagram | Audiokitob