🇱🇧 15-may kuni Livanda parlament saylovlari bo'lib o'tdi

Mamalakat aholisi kelasi 5 yillik uchun Livan parlamentining 128 a'zosini saylashdi.

Livanda saylovlar mamlakat bo'ylab 7700 ta saylov uchastkasida tashkillashtirildi. Saylov ertalabki 7:00 dan kechki 19:00 ga qadar davom etdi. Livanning xorijdagi diplomatik korpus va vakolatxonalarida ham saylov uchastkalari tashkillashtirildi.

Livan Ichki ishlar vazirligi 103 ro'yxat hamda 718 nafar nomzodni ro'yxatdan o'tkazgan. Nomzodlardan 118 tasi ayollar. Livanda ochiq ro'yxatli proporsional saylov tizimi amal qiladi.

Livan qonunchiligiga ko'ra 25 yoshga to'lgan, muqaddam jinoyat sodir etmagan fuqarolar saylovda o'z nomzodlarini ilgari surishi mumkin.

Livanda saylovchilarga qo'yiladigan yosh senzi 21 yosh etib belgilangan. Bu yilgi saylovlarda 21-25 yosh kategoriyasi bo'yicha 600 ming saylovchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Jami saylovchilar 3 mln 967 mingdan ziyod. Saylovchilarning 51 % ayollarni tashkil etmoqda.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Markaziy saylov komissiyasi tomonidan navbatdagi yana bir yangi loyiha — “Sharh +”

Mazkur loyihada MSK faoliyati, saylov jarayonlari hamda saylov qonunchiligiga oid savollar bilan hamyurtlarimizga yuzlangan holda aholining saylov jarayonlariga oid savodxonliklarini ijtimoiy soʻrovnoma tarzida oʻrganiladi.

📃Shu bilan bir qatorda, aholining elektoral madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida berilgan savollarning javobi sifatida Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari hamda Kotibiyat boʻlim boshliqlari darajasidagi mutaxassislar tomonidan sharhlar berib boriladi.

✔️“Sharh +“ning 1-sonida “Saylov nima?”, “MSK faoliyati nimalardan iborat”, “MSK aʼzolari necha nafardan iborat?”, “Saylov prinsiplari” hamda “Saylovchilarning huquqlari” kabi savollarga yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari hamda ularga MSK aʼzosi tomonidan sharh berib oʻtilgan.

🎞 Loyiha 19-may soat 17:00 da MSKning YouTube sahifasida eʼlon qilinadi.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#atamalar_izohi

Saylov jarayonlariga oid atamalar izohi

Passiv saylov huquqi – fuqarolarning vakolatli organ deputatligiga yoki saylab qoʻyiladigan davlat lavozimiga yoxud mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimidagi lavozimga saylanish huquqi.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_savodxonligi

Saylov qonunchiligi yuzasidan savol-javob

Savol: Saylov komissiyalari qanday organ?

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
EʼLON!

31-may soat 11:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

✔️ Majlis kun tartibidan Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi va mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini manzilli o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan.

📝 Mazkur majlisda ishtirok etish istagida bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillarini bugun, soat 17:00 ga qadar quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so'raymiz.

🔵 https://t.me/mskmatbuotxizmati_bot

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
⭕️ #jonli_efir

Ayni daqiqalarda Markaziy saylov komissiyasi majlisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali jonli efirda uzatilmoqda.

MSK majlisini jonli efida kuzatish uchun quyidagi havolaga bosing:

https://youtu.be/ed_TWqXMNEU

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 31-may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

#MAJLIS #MSK #SAYLOV

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Formatdan tashqari” loyihasining yangi soni

Loyihaning ikkinchi sonida Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari Xudoyor Mamatov bilan suhbat uyushtirilgan.

🔹 Suhbatda MSK Kotibiyati rahbari Xudoyor Mamatov :

- Saylov komissiyalari tizimi va ularning vakolatlari haqida;

- Bo'shab qolgan deputatlik o'rinlariga qachon saylov o'tkazilishi;

- Mahalla fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovida yuzaga kelayotgan muammolar va MFY raisi (oqsoqli) saylovining o'tkazilish tartibi to'g'risida maʼlumotlar berib oʻtdi.

‼️ Loyiha bugun soat 17:00 da MSKning YouTube sahifasida eʼlon qilinadi. Oʻtkazib yubormang.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
🗳 MAHALLA RAISI SAYLOVI: MUROJAATLARNI KIM ESHITADI? | FORMATDAN TASHQARI 2-SON

Saylov sohasini yoritishga qaratilgan loyiha - "Formatdan tashqari"ning 2-soni. Ushbu intervyuda siz Markaziy saylov komissiyasi tizimi, MSKning vakolat doirasiga kiruvchi saylovlar hamda Mahalla fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

🔹 Suhbatdosh: Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Rahbari Xudoyor Mamatov

🔹 Ko'rish uchun havolga bosing: https://youtu.be/RiEGhNDw1Fg

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
🇵🇼 5-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Respublika referendumi oʻtkaziladi

Referendumni oʻtkazish yuzasidan taklif Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev tomonidan 29-aprel kuni oʻtkazilgan Qozogʻiston xalqi assambleyasi sessiyasida ilgari surilgan.

🗳 Unga koʻra, Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasining
6-maydagi majlisida Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun respublika referendumi oʻtkazilishi boʻyicha qaror qabul qilingan.

✔️Mazkur referendumda Oʻzbekiston delegatsiyasidan iborat kuzatuvchilar ishtirok etadi.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISI Z.NIZAMXODJAYEV BOSHCHILIGIDAGI OʻZBEKISTON MISSIYASI VAKILLARI QOZOGʻISTONGA TASHRIF BUYURDI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligidagi missiya vakillari 5-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan Respublika referendumining borishini kuzatish maqsadida Nur-Sulton shahrida boʻlib turishibdi.

Batafsil: https://saylov.uz/uz/news/2022/06/04/markaziy-saylov-komissiyasi-raisi-znizamxodjaev-boshchiligidagi-missiya-vakillari-qozogistonga-tashrif-buyurdi

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube