Muhammadaliga Prezident sovg‘asi topshirildi
Qoraqalpog‘istonlik Muhammadalining O‘zbekistonga bo‘lgan mehri aks etgan samimiy videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda keng e’tibor qozongan edi.
Ushbu murojaat Prezident Shavkat Mirziyoyev e’tiboriga ham tushgan. Davlat rahbari bolaning samimiy tilaklaridan mamnunligini bildirib, unga minnatdorlik maktubi yo‘llagan.
Bugun, 26-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Prezidentning maktubi hamda sovg‘alari Muhammadaliga tantanali ravishda topshirildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

👍43🔥12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda 7 yillik mulk mojarosi: «Azia Max», «Zeromax» va 20 milliardlik xavf
👉 Мақолани ўқиш
👉 Видеони кўриш
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Andijonda tadbirkor 2019-yildan beri rekonstruksiyaga tushgan fotostudiyasi (88 kv.m) oʻrniga oʻz joyini ololmayapti. Qurilish loyihasi «Azia Max» va «Zeromax» oʻrtasida almashib kelingan. Vaqtida hokimlik kafolati bilan tuzilgan shartnomalarni hozirgi quruvchi tan olmayapti va birinchi qavatdagi joy oʻrniga yuqori qavatlardan turar joy taklif etmoqda. Mulkdor esa aynan avvalgi maqomidagi joyini talab qilmoqda.
Ahvolni yanada ogʻirlashtirayotgani — quruvchi obyektni «Hamkorbank»ga 20 milliard soʻmlik kreditga garovga qoʻygani va qonuniy kadastr boʻla turib, joyni uchinchi shaxslarga sotib yuborgani haqidagi daʼvolardir. Hokimlik va prokuraturaga murojaatlar foyda bermagach, 7 yildan beri ijarada sarson boʻlayotgan tadbirkorning ushbu chigal nizosi ayni paytda sudda koʻrib chiqilmoqda.
👉 Мақолани ўқиш
👉 Видеони кўриш
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston medallar sonini 31 taga yetkazdi
O‘zbekiston sportchilari Osiyo o‘yinlarining 6-kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan.
Yengil atletikaning bolg‘a uloqtirish bahslarida Suhrob Xo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga yagona oltin medalni taqdim etdi.
Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 15 ta kumush va 9 ta bronza — jami 31 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.

EFFECT.UZ | Расмий канал
Namangandagi bog‘cha mojarosiga aloqador xodimlar ishdan bo‘shatildi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida yuz bergan zo‘ravonlik holatiga aloqador deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Holatni…
Namangandagi bog‘chadagi holat: bir kishi qamoqqa olindi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxs zo‘rlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat Jinoyat kodeksining 118 va 112-moddalari bilan tergov qilinmoqda. Ish doirasida bir nafar shaxs qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi viloyat prokuraturasiga o‘tkazilgan. Tergov Bosh prokuror nazoratida olib borilmoqda.
Holatga aloqador barcha shaxslarga, shuningdek, voqeani yashirish yoki mas’ul shaxslarning harakatsizligiga qonuniy baho berilishi bildirilgan.

O‘zbekiston yarim finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi yarim finaldagi raqibi aniqlandi.
Chorak finalda Yaponiya KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa O‘zbekiston vakillari final yo‘llanmasi uchun mezbon Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.

Gazsiz hududlar uchun elektrga imtiyozli tarif joriy etilishi mumkin
Tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan hududlarda elektr energiyasidan foydalanadigan aholi uchun imtiyozli tariflar belgilanishi mumkin.
Farmonda ilk bor gazlashtirilmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy etish vazifasi belgilangan. Unga ko‘ra, 2027-yil fevraliga qadar Elektrlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Konsepsiyada elektrlashtiriladigan iste’molchilar, shuningdek, tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va isitish uchun elektr energiyasidan foydalanayotgan aholi uchun imtiyozli tariflarni belgilash nazarda tutiladi.
Shuningdek, elektrlashtirish natijasida almashtiriladigan energiya samaradorligi yuqori maishiy texnikalarni xarid qilishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham joriy etiladi.
Konsepsiya loyihasini 2027-yil apreliga qadar Hukumatga kiritish belgilangan.

👎3
«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan munosabat bildirdi.
U bunday vahshiyona jinoyatlar uchun jazoni maksimal darajada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, amaldagi qonunchilikda o‘lim jazosi nazarda tutilmagan. Shu bois tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda.
Mas’ul idoralarga zarur ko‘rsatmalar berilgan. Jinoyatchi qonun doirasida eng og‘ir jazoga tortilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, bolani himoya qila olmagan va o‘z vazifasiga loqaydlik bilan yondashgan mas’ullar ham javobgarlikka tortilishi aytildi.

👍53👎3🔥2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi" — Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatida 5 yoshli qizaloqqa nisbatan sodir etilgan mudhish jinoyat yuzasidan keskin munosabat bildirdi.
U o‘z bayonotida bunday shafqatsiz jinoyatlar uchun jazo choralarini maksimal darajada og‘irlashtirish zarurligini alohida qayd etdi. Ta’kidlanishicha, amaldagi milliy qonunchilikda oliy jazo (o‘lim jazosi) ko‘zda tutilmaganligi sababli, javobgarlik mexanizmlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan tegishli qonunchilik takliflari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha vakolatli huquq-tartibot idoralariga qat’iy ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib, aybdor shaxs qonun doirasidagi eng og‘ir sanksiyaga tortilishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, bayonotda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, norasida bolaning xavfsizligini ta’minlay olmagan hamda ushbu qabohatga bilvosita sharoit yaratgan barcha mas’ul shaxslarning ham harakatlariga qat’iy huquqiy baho berilishi va ular javobgarlikka tortilishi ma’lum qilindi.

👍50👎1
O‘zbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin medalga ega
O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo o‘yinlarida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ibodatxon Agojonova –57 kg vazn toifasida finalda Xitoy Taypeyi vakilasini mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Shohruhxon Baxtiyorov +90 kg vazn toifasida final bahsida tojikistonlik raqibidan ustun kelib, delegatsiyamizga 10-oltin medalni taqdim etdi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobida 10 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza — jami 37 ta medal mavjud.
O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.

👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar xavfsizligi: Yevropada ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovlari kuchaytirilishi taklif qilinmoqda
Yevropa Komissiyasi bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish boʻyicha yangi yondashuvni taklif qilmoqda.
Taklifga koʻra, 13 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi, 15 yoshgacha esa shaxsiy akkaunt ochishga yoʻl qoʻyilmasligi mumkin. 13–15 yoshdagi oʻsmirlar uchun ota-ona nazorati ostidagi cheklangan **“mini-akkaunt”**lar joriy etilishi taklif qilinmoqda.
Bunday akkauntlardan foydalanish kuniga bir soatgacha cheklanishi, 15–18 yoshdagilar uchun esa platformalarda bolalar xavfsizligini taʼminlaydigan maxsus “safe design” talablari qoʻllanishi koʻzda tutilmoqda.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ijtimoiy tarmoqlardagi qaramlikka olib keluvchi funksiyalar, bolalarni tobora keskin kontentga jalb qilish va sunʼiy intellekt orqali qizlarning fotosuratlaridan seksuallashtirilgan soxta tasvirlar yaratilishiga alohida eʼtibor qaratdi.
Yangi yondashuvda asosiy tamoyillardan biri — platformalar oʻz xizmatlari bolalar uchun xavfsiz ekanini isbotlashi kerak.

👍1👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila boshqa shaharga ko’chadi, kerak bo’lsa qizaloqning familiyasi ham o’zgaradi – Shahnoza Mirziyoyeva
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namangandagi voqeaga munosabat bildirdi.
Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog'liq fojia yuz berganidan beri ljtimoiy himoya milliy agentligi vaziyatni nazorat qilib kelmoqda. Ilk kunlardan mutaxassislarimiz va psixologlar qizaloq bilan, uning onasi bilan ishlamoqda. Bu og'ir damda oilaga barcha zarur yordam va ko'mak ko'rsatilmoqda.
Oila boshqa shaharga ko'chib o'tadi, uy-joy va zarur reabilitatsiya bilan ta'minlanadi. Oilaga to'liq ijtimoiy yordam ko'rsatiladi, xususan, qizaloqning onasi o'qish va ishga joylashishiga yordam beriladi. Zarur bo'lsa, familyasini o'zgartirishga ham ko'maklashiladi. Eng muhimi, bolajon va uning yaqinlari xavfsiz joyda yangi hayot boshlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Prezident Administratsiyasi bu masalani alohida nazoratga olgan. Barcha mas'ul idoralar ilk kunlardanoq ishga jalb qilingan. Mazkur jinoyat aslo jazosiz golmaydi!

👍59
EFFECT.UZ | Расмий канал
Прокуратура тадбиркорни қамоққа олишни сўради: Суд терговчининг масъулиятсизлиги ва далиллар йўқлигига эътибор қаратиб, қамоққа олишни рад этди Аввалроқ Юнусобод туман судида «BELROSSAVDO» МЧЖ вакили Аюбхон Хўжаевга нисбатан қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт…
«BELROSSAVDO» ишида янги бурилиш: тергов Юнусободдан Сергелига ўтказилди
«BELROSSAVDO» МЧЖ вакили Аюбхон Ходжаевга нисбатан қамоққа олиш ҳақидаги прокуратура илтимосномаси 15 август куни Юнусобод туман суди томонидан рад этилган.
Суд ажримида Ходжаевни ушлаб туриш муддати Юнусобод туман ИИО ФМБ тергов бўлими катта терговчиси Ж. Мамирзаевнинг масъулиятсизлиги натижасида тугагани қайд этилган.
Шунингдек, қамоққа олиш ҳақидаги илтимоснома ушлаб туриш муддати тугашидан камида 8 соат олдин судга тақдим этилмагани бўйича терговчига нисбатан муносабат билдириш лозимлиги кўрсатилган.
Суд прокуратуранинг илтимосномасида Ходжаевнинг терговдан бўйин товлагани, ҳақиқатни аниқлашга тўсқинлик қилгани ёки гувоҳларга таъсир ўтказишга уринганини тасдиқловчи маълумотлар тақдим этилмаганини ҳам қайд этган.
Энди иш бўйича янги маълумот: 24 август куни Тошкент шаҳар прокуратураси жиноят ишини ҳар томонлама, тўлиқ ва холисона тергов қилишни таъминлаш мақсадида Сергели тумани ИИО ФМБ ҳузуридаги тергов бўлимига юборилганини маълум қилди.
Прокуратура жавобида иш 2025 йил 17 декабрда «BELROSSAVDO» МЧЖ мансабдор шахсларига нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 4-қисми «а» банди билан қўзғатилгани ҳам қайд этилган.
❗️Нега иш Юнусободдан Сергелига ўтказилди? Суд терговчи масъулиятсизлигини қайд этганидан кейин унга нисбатан қандай чора кўрилади? Тергов натижаси қандай бўлади?
Effect.uz мазкур ишни кузатиб боради.
Батафсил мақола

Юнусободда катта терговчи пора билан ушланган
Тошкент шаҳар ИИББ ШХБ ходимлари томонидан Юнусобод тумани ИИО ФМБ Тергов бўлими катта терговчиси, майор Ҳ.Ҳ пора билан қўлга олинган.
Маълумотда қайд этилишича, терговчи Тошкент шаҳар ИИББ ШХБ ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбир давомида қўлга олинган.
Бироқ ҳозирча у қандай масала юзасидан ва қанча миқдорда пул олгани ҳақида маълумот берилмаган. Шунингдек, пора беришда гумон қилинаётган шахс ёки ҳолатнинг бошқа тафсилотлари ҳам очиқланмаган. Мазкур ҳолат бўйича қўшимча маълумот берилиши кутилмоқда.

👍1
«Ўлим жазоси — зарурат» – Алишер Қодиров
Намангандаги беш ёшли қизалоқ билан боғлиқ фожиа ортидан ўлим жазоси масаласи яна жамоатчилик муҳокамасига чиқди.
«Миллий тикланиш» ДП Марказий кенгаши раиси Алишер Қодиров ўз муносабатида «Ўлим жазоси заруратдир», деган фикрни билдирди. Унинг таъкидлашича, айрим тоифадаги жиноятчиларни умрбод қамоқда сақлашнинг ўзи жамият хавфсизлиги учун етарли бўлмаслиги мумкин.
Қодиров, айниқса, рецидивистлар, бола қотиллари ва педофиллар ҳақида гапирар экан, бундай шахсларнинг жамиятга қайта қайтиши янги жиноятлар учун хавф туғдириши мумкинлигини айтган.
Унинг фикрича, ўлим жазоси масаласига ёндашув турлича: айримлар жиноятчини умрбод жамиятдан ажратишни етарли деб ҳисобласа, бошқалар бундай жазони кейинги жиноятларнинг олдини олиш ва огоҳлантириш воситаси сифатида кўради.
Қодиров шунингдек, «ўлим жазоси заруратдир», деган позициясини очиқ билдирди. Айни пайтда Ўзбекистон Конституциясининг 25-моддасига кўра, мамлакатда ўлим жазоси тақиқланган. Демак, мазкур масала бўйича билдирилаётган сиёсий позициялар амалдаги қонунчиликдан алоҳида тушунилиши лозим.

«Беайб инсонни қасддан ўлдирган, айниқса бола қотиллари ўзини нима кутаётганини аниқ билиши керак!»
Унинг фикрича, ўлим жазоси масаласига ёндашув турлича: айримлар жиноятчини умрбод жамиятдан ажратишни етарли деб ҳисобласа, бошқалар бундай жазони кейинги жиноятларнинг олдини олиш ва огоҳлантириш воситаси сифатида кўради.
Қодиров шунингдек, «ўлим жазоси заруратдир», деган позициясини очиқ билдирди. Айни пайтда Ўзбекистон Конституциясининг 25-моддасига кўра, мамлакатда ўлим жазоси тақиқланган. Демак, мазкур масала бўйича билдирилаётган сиёсий позициялар амалдаги қонунчиликдан алоҳида тушунилиши лозим.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍7
EFFECT.UZ | Расмий канал
"Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi" — Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatida 5 yoshli qizaloqqa nisbatan sodir etilgan mudhish jinoyat yuzasidan keskin munosabat bildirdi. U o‘z bayonotida…
Саида Мирзиёеванинг ўлим жазоси ҳақидаги муносабати қандай тушунилиши керак?
Наманганда беш ёшли қизга нисбатан содир этилган жиноят жамоатчиликда кескин муҳокамаларга сабаб бўлди. Ҳодиса юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, гумонланувчи қамоққа олинган. Айни пайтда жамиятда бундай жиноятлар учун жазони янада кучайтириш, жумладан, ўлим жазосини қайтариш масаласи ҳам муҳокама қилинмоқда.
Президент Администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева ҳам фожиа юзасидан муносабат билдириб, бундай ваҳший жиноятлар учун ўлим жазоси қўлланилиши керак, деган фикрни билдирди.
Шу билан бирга, у Ўзбекистоннинг амалдаги қонунчилигида ўлим жазоси мавжуд эмаслигини қайд этди. Саида Мирзиёеванинг билдиришича, тегишли идораларга зарур кўрсатмалар берилган, жиноят содир этган шахс қонун доирасидаги энг оғир жазога тортилиши, шунингдек, болани ҳимоя қила олмаган масъулларнинг ҳаракатларига ҳам ҳуқуқий баҳо берилиши керак.
У, шунингдек, бундай жиноятлар учун жавобгарликни максимал даражада кучайтириш бўйича қонунчиликка ўзгартиш киритиш таклифи тайёрланаётганини маълум қилди.
Шу нуқтаи назардан, Саида Мирзиёеванинг баёноти ўлим жазоси Ўзбекистонда қайта жорий этилганини англатмайди. Бу — жиноятнинг оғирлигига нисбатан билдирилган сиёсий-ҳуқуқий позиция ва амалдаги қонунчиликни ўзгартириш бўйича таклиф тайёрланаётгани ҳақидаги баёнотдир.
Айни пайтда Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 25-моддасида: «Ўзбекистон Республикасида ўлим жазоси тақиқланади», деб белгиланган.
Шу сабабли бу масалада икки ҳолатни алоҳида ажратиш муҳим: амалдаги қонун бўйича қандай жазо қўлланиши ва келгусида қонунчиликка қандай ўзгартишлар таклиф этилиши.
Адвокат Зафарбек Солижонов ҳам ўз муносабатида айнан ўлим жазоси, унинг ҳуқуқий мақоми ва Саида Мирзиёеванинг баёноти юзасидан фикр билдирган.

👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон иккинчи марта жаҳон шахмат Олимпиадаси ғолибига айланди
Самарқанддаги ҳал қилувчи баҳсда Украина мағлуб этилди — Ўзбекистон чемпионликни расмийлаштирди.
Ўзбекистон эркаклар миллий терма жамоаси Самарқандда ўтказилаётган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 11-турида Украина терма жамоасини 2,5:1,5 ҳисобида мағлуб этди.
Ҳал қилувчи турда Нодирбек Якуббоев, Жавоҳир Синдаров ва Нодирбек Абдусатторов ўз партияларини дуранг билан якунлаган. Муҳиддин Мадаминов эса ғалаба қозониб, жамоага муҳим очкони тақдим этди.
Шу тариқа Ўзбекистон эркаклар терма жамоаси Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида яна чемпионликни қўлга киритди.
Эслатиб ўтамиз, Ўзбекистон терма жамоаси 2022 йилда Ҳиндистонда ўтказилган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида ҳам ғолиб бўлган.

👍11👎1