Toshkent metrosida yangi poyezdlar qatnovi boshlandi
Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagondan iborat 14 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi. Natijada metro vagonlar parkining qariyb 70 foizi yangilandi. Yangi poyezdlar to‘rtta yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Tig‘iz vaqtlarda poyezdlar Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqada, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqada, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqada, Yer usti halqa yo‘lida esa 7–8 daqiqada qatnamoqda.
Yangi poyezdlar yo‘lovchilarning, ayniqsa, tig‘iz vaqtlarda kutish muddatini qisqartirgan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

👍1
Parkent ta’lim bo‘limi boshlig‘i Aziz Husanov vafot etdi
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Husanov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Aziz Husanov uzoq yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritgan. U Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rahbarlik qilgan davrda ta’lim tizimini rivojlantirish va muassasalar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida mehnat qilgan.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX — 35 yoshda!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz tinchligi, xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarni muborakbod etamiz.
EFFECT.UZ jamoasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va sharafli xizmatlarida muvaffaqiyat tilaydi. Yurt tinchligi yo‘lidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2👎1
Toshkent shahar “GAI”siga yangi boshliq tayinlandi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari o‘zgardi.
Podpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov Ichki ishlar vazirligi tizimidagi navbatdagi kadrlar o‘zgarishi doirasida amalga oshirildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari o‘zgardi.
Podpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov Ichki ishlar vazirligi tizimidagi navbatdagi kadrlar o‘zgarishi doirasida amalga oshirildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hisor qo‘riqxonasida chorva boqilgani aytilgan edi
Effect.uz saytiga Hisor davlat qo‘riqxonasining Miraki bo‘limi hududida chorva mollari boqilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgandi.
Ekologiya qo'mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 22-sentabr kuni Chimgon tekisligiga 103 bosh mayda shoxli chorva va 2 bosh eshak bilan noqonuniy kirgan fuqaro aniqlangan. Unga 6,6 mln so‘m jarima va 42,6 mln so‘m zarar belgilangan.
Ma’muriyat chorva mollari qo‘riqlash xodimi Inyatilla Meyliyevning akasi Tohir Meyliyevga tegishli ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

🤔3
Bangkokda kuchli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘ldi
Tailand poytaxti Bangkokda tinimsiz yog‘ingarchilik sabab kuchli suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Shaharning barcha 50 ta tumanida favqulodda holat e’lon qilingan.
Bangkok gubernatori Chadchart Sittipunt ma’lum qilishicha, 24-sentyabrdan buyon poytaxtda qariyb 300 millimetr yomg‘ir yog‘gan.
Suv bosmagan davlat idoralari va maktablarda aholi uchun vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilmoqda.

Muhammadaliga Prezident sovg‘asi topshirildi
Qoraqalpog‘istonlik Muhammadalining O‘zbekistonga bo‘lgan mehri aks etgan samimiy videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda keng e’tibor qozongan edi.
Ushbu murojaat Prezident Shavkat Mirziyoyev e’tiboriga ham tushgan. Davlat rahbari bolaning samimiy tilaklaridan mamnunligini bildirib, unga minnatdorlik maktubi yo‘llagan.
Bugun, 26-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Prezidentning maktubi hamda sovg‘alari Muhammadaliga tantanali ravishda topshirildi.

👍43🔥12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda 7 yillik mulk mojarosi: «Azia Max», «Zeromax» va 20 milliardlik xavf
👉 Мақолани ўқиш
👉 Видеони кўриш
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Andijonda tadbirkor 2019-yildan beri rekonstruksiyaga tushgan fotostudiyasi (88 kv.m) oʻrniga oʻz joyini ololmayapti. Qurilish loyihasi «Azia Max» va «Zeromax» oʻrtasida almashib kelingan. Vaqtida hokimlik kafolati bilan tuzilgan shartnomalarni hozirgi quruvchi tan olmayapti va birinchi qavatdagi joy oʻrniga yuqori qavatlardan turar joy taklif etmoqda. Mulkdor esa aynan avvalgi maqomidagi joyini talab qilmoqda.
Ahvolni yanada ogʻirlashtirayotgani — quruvchi obyektni «Hamkorbank»ga 20 milliard soʻmlik kreditga garovga qoʻygani va qonuniy kadastr boʻla turib, joyni uchinchi shaxslarga sotib yuborgani haqidagi daʼvolardir. Hokimlik va prokuraturaga murojaatlar foyda bermagach, 7 yildan beri ijarada sarson boʻlayotgan tadbirkorning ushbu chigal nizosi ayni paytda sudda koʻrib chiqilmoqda.
👉 Мақолани ўқиш
👉 Видеони кўриш
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston medallar sonini 31 taga yetkazdi
O‘zbekiston sportchilari Osiyo o‘yinlarining 6-kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan.
Yengil atletikaning bolg‘a uloqtirish bahslarida Suhrob Xo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga yagona oltin medalni taqdim etdi.
Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 15 ta kumush va 9 ta bronza — jami 31 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.

EFFECT.UZ | Расмий канал
Namangandagi bog‘cha mojarosiga aloqador xodimlar ishdan bo‘shatildi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida yuz bergan zo‘ravonlik holatiga aloqador deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Holatni…
Namangandagi bog‘chadagi holat: bir kishi qamoqqa olindi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxs zo‘rlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat Jinoyat kodeksining 118 va 112-moddalari bilan tergov qilinmoqda. Ish doirasida bir nafar shaxs qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi viloyat prokuraturasiga o‘tkazilgan. Tergov Bosh prokuror nazoratida olib borilmoqda.
Holatga aloqador barcha shaxslarga, shuningdek, voqeani yashirish yoki mas’ul shaxslarning harakatsizligiga qonuniy baho berilishi bildirilgan.

O‘zbekiston yarim finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi yarim finaldagi raqibi aniqlandi.
Chorak finalda Yaponiya KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa O‘zbekiston vakillari final yo‘llanmasi uchun mezbon Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.

Gazsiz hududlar uchun elektrga imtiyozli tarif joriy etilishi mumkin
Tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan hududlarda elektr energiyasidan foydalanadigan aholi uchun imtiyozli tariflar belgilanishi mumkin.
Farmonda ilk bor gazlashtirilmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy etish vazifasi belgilangan. Unga ko‘ra, 2027-yil fevraliga qadar Elektrlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Konsepsiyada elektrlashtiriladigan iste’molchilar, shuningdek, tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va isitish uchun elektr energiyasidan foydalanayotgan aholi uchun imtiyozli tariflarni belgilash nazarda tutiladi.
Shuningdek, elektrlashtirish natijasida almashtiriladigan energiya samaradorligi yuqori maishiy texnikalarni xarid qilishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham joriy etiladi.
Konsepsiya loyihasini 2027-yil apreliga qadar Hukumatga kiritish belgilangan.

👎3
«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan munosabat bildirdi.
U bunday vahshiyona jinoyatlar uchun jazoni maksimal darajada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, amaldagi qonunchilikda o‘lim jazosi nazarda tutilmagan. Shu bois tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda.
Mas’ul idoralarga zarur ko‘rsatmalar berilgan. Jinoyatchi qonun doirasida eng og‘ir jazoga tortilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, bolani himoya qila olmagan va o‘z vazifasiga loqaydlik bilan yondashgan mas’ullar ham javobgarlikka tortilishi aytildi.

👍52👎2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi" — Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatida 5 yoshli qizaloqqa nisbatan sodir etilgan mudhish jinoyat yuzasidan keskin munosabat bildirdi.
U o‘z bayonotida bunday shafqatsiz jinoyatlar uchun jazo choralarini maksimal darajada og‘irlashtirish zarurligini alohida qayd etdi. Ta’kidlanishicha, amaldagi milliy qonunchilikda oliy jazo (o‘lim jazosi) ko‘zda tutilmaganligi sababli, javobgarlik mexanizmlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan tegishli qonunchilik takliflari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha vakolatli huquq-tartibot idoralariga qat’iy ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib, aybdor shaxs qonun doirasidagi eng og‘ir sanksiyaga tortilishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, bayonotda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, norasida bolaning xavfsizligini ta’minlay olmagan hamda ushbu qabohatga bilvosita sharoit yaratgan barcha mas’ul shaxslarning ham harakatlariga qat’iy huquqiy baho berilishi va ular javobgarlikka tortilishi ma’lum qilindi.

👍48
O‘zbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin medalga ega
O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo o‘yinlarida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ibodatxon Agojonova –57 kg vazn toifasida finalda Xitoy Taypeyi vakilasini mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Shohruhxon Baxtiyorov +90 kg vazn toifasida final bahsida tojikistonlik raqibidan ustun kelib, delegatsiyamizga 10-oltin medalni taqdim etdi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobida 10 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza — jami 37 ta medal mavjud.
O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.

👍4