Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorning garov pulini qaytarish tartibi soddalashtiriladi
Jinoyat ishi doirasida tadbirkordan olingan garov pulini qaytarish bo‘yicha yangi tartib belgilanmoqda.
Prezidentning PF-175-sonli farmoniga ko‘ra, sud garov pulini qaytarish haqida qaror chiqarsa, ushbu sud hujjati darhol ijro etilishi kerak.
Agar garov pulini qaytarish kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan kelib chiqib yillik foiz hisoblanadi. Hisoblangan foiz garov puli saqlanayotgan idoradan undiriladi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

Oqqo‘rg‘onda prokuror, Yakkasaroyda IIO xodimi ushlandi
Toshkentda fuqaroni xususiy oliygohning 3-bosqichiga noqonuniy kiritish evaziga 8 ming dollar talab qilgan shaxs 7,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davomida pulni olgan yana ikki nafar shaxs, jumladan IIO FMB inspektor-psixologi ham qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkentda fuqaroni xususiy oliygohning 3-bosqichiga noqonuniy kiritish evaziga 8 ming dollar talab qilgan shaxs 7,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davomida pulni olgan yana ikki nafar shaxs, jumladan IIO FMB inspektor-psixologi ham qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8 milliard so‘mlik kripto-sxema fosh etildi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptoaktivlar bilan bog‘liq 8 milliard so‘mlik noqonuniy sxema aniqlangani ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va qonunchilikda belgilangan tartibda zarur protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptoaktivlar bilan bog‘liq 8 milliard so‘mlik noqonuniy sxema aniqlangani ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va qonunchilikda belgilangan tartibda zarur protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xonalari nega muhrlandi?
Ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy manbalarda Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi bir qator xizmat xonalari eshiklari muhrlab qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan mavjud qarzdorlik sababli amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Ammo masala faqat yopiq eshiklar yoki moliyaviy qarzda emas — asosiy xavotir butun bir shahar ta’lim tizimidagi ish jarayonining taqdiri bilan bog‘liq.
👉 Батафсил

🔥2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Aktrisalik qilmang!”— “Sanjik” suddan chiqarib yuborildi
Bugun,-25-sentyabr kuni Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Karimovning 7 nafar advokati birinchi instansiya sudi hukmi va ishdagi ayrim dalillarga e’tiroz bildirdi.
Himoya tomoni tintuv jarayonlarida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani, ayrim dalillar shubha va gumonlarga asoslanganini ta’kidladi. Advokat Fozilov esa tergov guruhi a’zolaridan biri giyohvandlik moddasi borligini “hid va ichki sezgi” orqali aniqlagani haqidagi holatni tilga olib, suddan ushbu dalillarni nomaqbul deb topishni so‘radi.
Jabrlanuvchi Feruza Rahmatullayeva esa Karimovdan yillar davomida qo‘rqib yashaganini va bergan ko‘rsatmalari haqiqat ekanini aytdi. U ko‘z yoshlari bilan gapirayotganida Karimov “aktrisalik qilmang” deya murojaat qildi. Sud hay’ati buni sudga nisbatan hurmatsizlik deb baholab, Karimovni zaldan chiqarib yubordi. Navbatdagi sud majlisi-28-sentyabrga qoldirildi.
👉 TO‘LIQ VIDEO

👍2
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 4-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada davom etayotgan Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada davom etayotgan Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Baydarka bo‘yicha 500 metr masofaga yakka poygada Shahriyor Mahkamov marraga birinchi bo‘lib kelib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Yana bir vakilimiz Arina Tanatmisheva ushbu yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova juftligi ham kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Ularning 8 tasi oltin, 17 tasi kumush va 9 tasi bronza medallardir.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Yaponiya ikkinchi, Janubiy Koreya esa uchinchi o‘rinda bormoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎2
EFFECT.UZ | Расмий канал
Namangandagi dahshat: 5 yoshli qizchani kim zo‘rladi? Hammadan ham ko‘proq himoya qilinishi kerak bo‘lgan bog‘cha devorlari ichida inson qiyofasidagi vaxshiy munosabat fosh bo‘ldi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasining ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchi…
Namangandagi bog‘cha mojarosiga aloqador xodimlar ishdan bo‘shatildi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida yuz bergan zo‘ravonlik holatiga aloqador deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
Holatni o‘rganish va mas’ullar faoliyatiga huquqiy baho berish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgan.
Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda.
Mas’ullarga nisbatan qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

😢4👍1
Toshkent metrosida yangi poyezdlar qatnovi boshlandi
Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagondan iborat 14 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi. Natijada metro vagonlar parkining qariyb 70 foizi yangilandi. Yangi poyezdlar to‘rtta yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Tig‘iz vaqtlarda poyezdlar Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqada, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqada, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqada, Yer usti halqa yo‘lida esa 7–8 daqiqada qatnamoqda.
Yangi poyezdlar yo‘lovchilarning, ayniqsa, tig‘iz vaqtlarda kutish muddatini qisqartirgan.

👍1
Parkent ta’lim bo‘limi boshlig‘i Aziz Husanov vafot etdi
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Husanov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Aziz Husanov uzoq yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritgan. U Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rahbarlik qilgan davrda ta’lim tizimini rivojlantirish va muassasalar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida mehnat qilgan.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirdi.

DXX — 35 yoshda!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz tinchligi, xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarni muborakbod etamiz.
EFFECT.UZ jamoasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va sharafli xizmatlarida muvaffaqiyat tilaydi. Yurt tinchligi yo‘lidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
Toshkent shahar “GAI”siga yangi boshliq tayinlandi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari o‘zgardi.
Podpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov Ichki ishlar vazirligi tizimidagi navbatdagi kadrlar o‘zgarishi doirasida amalga oshirildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari o‘zgardi.
Podpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov Ichki ishlar vazirligi tizimidagi navbatdagi kadrlar o‘zgarishi doirasida amalga oshirildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hisor qo‘riqxonasida chorva boqilgani aytilgan edi
Effect.uz saytiga Hisor davlat qo‘riqxonasining Miraki bo‘limi hududida chorva mollari boqilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgandi.
Ekologiya qo'mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 22-sentabr kuni Chimgon tekisligiga 103 bosh mayda shoxli chorva va 2 bosh eshak bilan noqonuniy kirgan fuqaro aniqlangan. Unga 6,6 mln so‘m jarima va 42,6 mln so‘m zarar belgilangan.
Ma’muriyat chorva mollari qo‘riqlash xodimi Inyatilla Meyliyevning akasi Tohir Meyliyevga tegishli ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

🤔2
Bangkokda kuchli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘ldi
Tailand poytaxti Bangkokda tinimsiz yog‘ingarchilik sabab kuchli suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Shaharning barcha 50 ta tumanida favqulodda holat e’lon qilingan.
Bangkok gubernatori Chadchart Sittipunt ma’lum qilishicha, 24-sentyabrdan buyon poytaxtda qariyb 300 millimetr yomg‘ir yog‘gan.
Suv bosmagan davlat idoralari va maktablarda aholi uchun vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilmoqda.