EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
71K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
O‘zbekistonning eng katta boyligi — yosh avlod

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — yosh avlod ekani ta’kidlandi. Mamlakatning kelajakdagi taraqqiyoti uchun aholi salomatligi, ta’limi va xavfsizligiga, ayniqsa, ayollar va bolalarga investitsiya kiritish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend — 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mamlakat kelajagi faqat aholi soni bilan emas, avvalo, odamlar qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍28🔥13👎1😢1
Elektr energiyasi tariflarida vaqt bo‘yicha muhim o‘zgarish

1-tarif guruhi elektr energiyasi iste’molchilari uchun to‘lov tartibida o‘zgarish kutilmoqda.

Unga ko‘ra:
— Tungi davrda — 22:00 dan 24:00 gacha hamda 00:00 dan 06:00 gacha 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 100 so‘m to‘lanadi. Amaldagi tarif 733 so‘m edi.

— Yarim tig‘iz vaqtda — 09:00 dan 17:00 gacha 1 kVt·soat uchun 733 so‘m to‘lanadi. Hozirda bu davr uchun tarif 1 100 so‘mni tashkil etadi.

Ya’ni, ayrim vaqt oralig‘ida elektr energiyasi tariflari qayta taqsimlanmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorning garov pulini qaytarish tartibi soddalashtiriladi

Jinoyat ishi doirasida tadbirkordan olingan garov pulini qaytarish bo‘yicha yangi tartib belgilanmoqda.

Prezidentning PF-175-sonli farmoniga ko‘ra, sud garov pulini qaytarish haqida qaror chiqarsa, ushbu sud hujjati darhol ijro etilishi kerak.

Agar garov pulini qaytarish kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan kelib chiqib yillik foiz hisoblanadi. Hisoblangan foiz garov puli saqlanayotgan idoradan undiriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Oqqo‘rg‘onda prokuror, Yakkasaroyda IIO xodimi ushlandi

Toshkentda fuqaroni xususiy oliygohning 3-bosqichiga noqonuniy kiritish evaziga 8 ming dollar talab qilgan shaxs 7,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davomida pulni olgan yana ikki nafar shaxs, jumladan IIO FMB inspektor-psixologi ham qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8 milliard so‘mlik kripto-sxema fosh etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptoaktivlar bilan bog‘liq 8 milliard so‘mlik noqonuniy sxema aniqlangani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va qonunchilikda belgilangan tartibda zarur protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xonalari nega muhrlandi?

Ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy manbalarda Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi bir qator xizmat xonalari eshiklari muhrlab qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan mavjud qarzdorlik sababli amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Ammo masala faqat yopiq eshiklar yoki moliyaviy qarzda emas — asosiy xavotir butun bir shahar ta’lim tizimidagi ish jarayonining taqdiri bilan bog‘liq.

👉 Батафсил

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Aktrisalik qilmang!”— “Sanjik” suddan chiqarib yuborildi

Bugun,-25-sentyabr kuni Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Karimovning 7 nafar advokati birinchi instansiya sudi hukmi va ishdagi ayrim dalillarga e’tiroz bildirdi.

Himoya tomoni tintuv jarayonlarida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani, ayrim dalillar shubha va gumonlarga asoslanganini ta’kidladi. Advokat Fozilov esa tergov guruhi a’zolaridan biri giyohvandlik moddasi borligini “hid va ichki sezgi” orqali aniqlagani haqidagi holatni tilga olib, suddan ushbu dalillarni nomaqbul deb topishni so‘radi.

Jabrlanuvchi Feruza Rahmatullayeva esa Karimovdan yillar davomida qo‘rqib yashaganini va bergan ko‘rsatmalari haqiqat ekanini aytdi. U ko‘z yoshlari bilan gapirayotganida Karimov “aktrisalik qilmang” deya murojaat qildi. Sud hay’ati buni sudga nisbatan hurmatsizlik deb baholab, Karimovni zaldan chiqarib yubordi. Navbatdagi sud majlisi-28-sentyabrga qoldirildi.

👉 TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 4-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada davom etayotgan Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Baydarka bo‘yicha 500 metr masofaga yakka poygada Shahriyor Mahkamov marraga birinchi bo‘lib kelib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Yana bir vakilimiz Arina Tanatmisheva ushbu yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova juftligi ham kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Ularning 8 tasi oltin, 17 tasi kumush va 9 tasi bronza medallardir.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Yaponiya ikkinchi, Janubiy Koreya esa uchinchi o‘rinda bormoqda.


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎2
EFFECT.UZ | Расмий канал
Namangandagi dahshat: 5 yoshli qizchani kim zo‘rladi? Hammadan ham ko‘proq himoya qilinishi kerak bo‘lgan bog‘cha devorlari ichida inson qiyofasidagi vaxshiy munosabat fosh bo‘ldi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasining ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchi…
Namangandagi bog‘cha mojarosiga aloqador xodimlar ishdan bo‘shatildi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida yuz bergan zo‘ravonlik holatiga aloqador deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Holatni o‘rganish va mas’ullar faoliyatiga huquqiy baho berish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgan.

Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda.

Mas’ullarga nisbatan qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢4
Toshkent metrosida yangi poyezdlar qatnovi boshlandi

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagondan iborat 14 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi. Natijada metro vagonlar parkining qariyb 70 foizi yangilandi. Yangi poyezdlar to‘rtta yo‘nalishda harakatlanmoqda.

Tig‘iz vaqtlarda poyezdlar Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqada, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqada, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqada, Yer usti halqa yo‘lida esa 7–8 daqiqada qatnamoqda.

Yangi poyezdlar yo‘lovchilarning, ayniqsa, tig‘iz vaqtlarda kutish muddatini qisqartirgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Parkent ta’lim bo‘limi boshlig‘i Aziz Husanov vafot etdi

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Husanov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Aziz Husanov uzoq yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritgan. U Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rahbarlik qilgan davrda ta’lim tizimini rivojlantirish va muassasalar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida mehnat qilgan.

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX — 35 yoshda!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz tinchligi, xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarni muborakbod etamiz.

EFFECT.UZ jamoasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va sharafli xizmatlarida muvaffaqiyat tilaydi. Yurt tinchligi yo‘lidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram