EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
71K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
12 ming dollar talab qilgan prokuror yordamchisi ushlandi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida prokuror yordamchisining fuqarodan katta miqdorda pul talab qilgani fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalasini hal qilib berish hamda bankdan 600 mln so‘m imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga jami 12 ming AQSh dollari talab qilgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida u talab qilingan mablag‘ning 4 700 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tekshiruvda mansabdor shaxs bundan avval ham fuqaroning 1 300 dollarini olgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Fuqarolardan shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish so‘ralmoqda. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir Damasda 28 nafar bog‘cha bolasi: holat Jizzaxda aniqlandi

Jizzaxda ikki nafar Damas haydovchisi tomonidan bolalarni tashish bilan bog‘liq qoidabuzarlik holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2 ta Damas avtomobilida 28 nafardan, jami 56 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi tashilgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🏠NRG-BI va InfinBANK koʻchmas mulk bozorida yangi hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Ishonchli qurilish kompaniyasi va barqaror bankning oʻzaro kelishuvi asosida xaridorlar uchun qulay moliyaviy yechim taqdim etildi. Endilikda mijozlar yangi «Fayzli ipoteka» dasturi orqali poytaxtdagi zamonaviy majmualardan xonadon sotib olishlari mumkin.

Shartlari:
▫️ Boshlangʻich badal – 20%
▫️ Yillik stavka – 16,99% (kadastr hujjati olingandan soʻng)
▫️ Kredit muddati – 20 yilgacha
▫️ Maksimal summa – 1,5 mlrd soʻmgacha.

«Fayzli ipoteka» NRG-BI’ning 11 ta loyihasida, jumladan Botanika Saroyi, Maftun Makon, Jomiy va Voha majmualarida xonadon xarid qilish uchun amal qiladi.

Toʻliq maʼlumot va savollar uchun hamkorlarga murojaat qiling:

📞 Qurilish kompaniyasi: 1360
📞 Bank aloqa markazi: 1214

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzi borlar uchun ham uy-joyni qonuniylashtirish osonlashdi

2026-yil 15-iyundagi 1153-son qonunga ko‘ra, soliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmasa, bu qarzdorlik uy yoki yerga bo‘lgan huquqni e’tirof etish jarayonini to‘xtatmaydi.

Yana bir muhim yengillik: qaror ijobiy chiqib, belgilangan to‘lovning 50 foizi 20 kun ichida to‘lansa, qolgan 50 foizini to‘lashdan ozod etiladi.

Yangi tartib uy-joy va yerlarni qonuniylashtirish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi ayrim to‘siqlarni kamaytiradi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Oltiariq tumanida hokim almashishi kutilmoqda

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida hokim lavozimi bo‘yicha o‘zgarish jarayoni kechayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ayni paytda bu borada tegishli jarayonlar davom etmoqda. O‘zgarishlar yuzasidan tez orada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
Fojia munosabati bilan 25-sentabr Qozog‘istonda umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi Qozog‘istonda harbiylar ishtirokidagi o‘quv mashg‘uloti fojea bilan yakunlandi. 24-sentabr kuni Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizida o‘quv-jangovar topshiriqni bajarayotgan…
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti va xalqiga chuqur hamdardlik yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, ularga sabr-toqat tiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥19👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda havo keskin salqinlashadi

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab harorat sezilarli darajada pasayadi. Kunduzi — +20…+23°C, kechasi esa — +8…+12°C iliq atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘li hududlarda, shuningdek, shanba kuni kechasi yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkentda esa kunduzi +21…+23°C, kechasi +10…+12°C iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekistonning eng katta boyligi — yosh avlod

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — yosh avlod ekani ta’kidlandi. Mamlakatning kelajakdagi taraqqiyoti uchun aholi salomatligi, ta’limi va xavfsizligiga, ayniqsa, ayollar va bolalarga investitsiya kiritish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend — 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mamlakat kelajagi faqat aholi soni bilan emas, avvalo, odamlar qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍28🔥13👎1😢1
Elektr energiyasi tariflarida vaqt bo‘yicha muhim o‘zgarish

1-tarif guruhi elektr energiyasi iste’molchilari uchun to‘lov tartibida o‘zgarish kutilmoqda.

Unga ko‘ra:
— Tungi davrda — 22:00 dan 24:00 gacha hamda 00:00 dan 06:00 gacha 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 100 so‘m to‘lanadi. Amaldagi tarif 733 so‘m edi.

— Yarim tig‘iz vaqtda — 09:00 dan 17:00 gacha 1 kVt·soat uchun 733 so‘m to‘lanadi. Hozirda bu davr uchun tarif 1 100 so‘mni tashkil etadi.

Ya’ni, ayrim vaqt oralig‘ida elektr energiyasi tariflari qayta taqsimlanmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorning garov pulini qaytarish tartibi soddalashtiriladi

Jinoyat ishi doirasida tadbirkordan olingan garov pulini qaytarish bo‘yicha yangi tartib belgilanmoqda.

Prezidentning PF-175-sonli farmoniga ko‘ra, sud garov pulini qaytarish haqida qaror chiqarsa, ushbu sud hujjati darhol ijro etilishi kerak.

Agar garov pulini qaytarish kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan kelib chiqib yillik foiz hisoblanadi. Hisoblangan foiz garov puli saqlanayotgan idoradan undiriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Oqqo‘rg‘onda prokuror, Yakkasaroyda IIO xodimi ushlandi

Toshkentda fuqaroni xususiy oliygohning 3-bosqichiga noqonuniy kiritish evaziga 8 ming dollar talab qilgan shaxs 7,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davomida pulni olgan yana ikki nafar shaxs, jumladan IIO FMB inspektor-psixologi ham qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8 milliard so‘mlik kripto-sxema fosh etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptoaktivlar bilan bog‘liq 8 milliard so‘mlik noqonuniy sxema aniqlangani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va qonunchilikda belgilangan tartibda zarur protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram