👍7👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajrimlar ortida qolayotgan bolalar taqdiri muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida O‘zbekistonda ko‘payib borayotgan ajrimlar masalasiga to‘xtaldi.
U ajrashgandan so‘ng erkak ham, ayol ham o‘z yo‘lidan ketishi mumkinligini, biroq bunday holatda yetim qolgan bolalar taqdiri nima bo‘lishi haqida o‘ylash zarurligini ta’kidladi.
Prezident qaynonani ham ona, kelinni ham farzand sifatida ko‘rish kerakligini qayd etdi.
«Qaynona ham ona, kelin ham farzand. Shuni bir peshonasiga yozib qo‘yaylik. Biz sal unutib yuboryapmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
U Andijon tajribasini boshqa hududlarda ham qo‘llash masalasini ilgari surdi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

👍81🔥13
Toshkent xalqaro moliya markazi: BlackRock bilan hamkorlik muhokama qilindi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. “BlackRock” Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston yirik va sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.

👍21🔥11👎3😢1
Energiya tizimidagi avariya O‘zbekiston va Qozog‘istonga taʼsir qildi
O‘zbekiston energetika tizimida yuz bergan avariya sabab mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.
Sirdaryodagi yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvatning avariyaviy o‘chishi ortidan avariyaga qarshi avtomatika ishga tushgan.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr ta’minotidan uzilgan barcha iste’molchilar qayta tarmoqqa ulangan.
Hodisa Qozog‘iston energetika tizimiga ham ta’sir ko‘rsatgan. U yerda iste’molchilarga jami 962 MVt hajmda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.
Energetika tizimlarining parallel ishlashi 41 daqiqadan so‘ng tiklangan, Qozog‘istondagi cheklovlar ham olib tashlangan.

Bugun ikki terma jamoamiz chorak finalda maydonga tushadi
O‘zbekistonning U-23 va ayollar terma jamoalari bugun Osiyo o‘yinlarining chorak final bahslarida ishtirok etadi.
🇺🇿 U-23 terma jamoasi 🇸🇦 Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Bahs soat 10:00 da boshlanadi.
🇺🇿 Ayollar terma jamoasi esa 🇰🇷 Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 15:30 da start oladi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekistonning U-23 va ayollar terma jamoalari bugun Osiyo o‘yinlarining chorak final bahslarida ishtirok etadi.
🇺🇿 U-23 terma jamoasi 🇸🇦 Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Bahs soat 10:00 da boshlanadi.
🇺🇿 Ayollar terma jamoasi esa 🇰🇷 Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 15:30 da start oladi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zomin tog‘larida o‘rmon yong‘ini yuz berdi
23-sentabr kuni ehtimoliy chaqmoq tushishi oqibatida Zomin tog‘larida o‘rmon yong‘ini kelib chiqqan. Yong‘in qisqa fursatda muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.
Ma’lum qilinishicha, hududga antisiklon kirib kelishi ayrim joylarda momaqaldiroq va chaqmoq hodisalari bilan kechgan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
23-sentabr kuni ehtimoliy chaqmoq tushishi oqibatida Zomin tog‘larida o‘rmon yong‘ini kelib chiqqan. Yong‘in qisqa fursatda muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.
Ma’lum qilinishicha, hududga antisiklon kirib kelishi ayrim joylarda momaqaldiroq va chaqmoq hodisalari bilan kechgan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fojia munosabati bilan 25-sentabr Qozog‘istonda umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi
Qozog‘istonda harbiylar ishtirokidagi o‘quv mashg‘uloti fojea bilan yakunlandi.
24-sentabr kuni Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizida o‘quv-jangovar topshiriqni bajarayotgan 17 nafar harbiyni kuchli shamol va ob-havoning keskin yomonlashuvi oqibatida dengiz oqimi olib ketgan.
Hodisa oqibatida 12 nafar harbiy halok bo‘lgan. 3 nafari qutqarilgan, yana 2 nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon — sanoat va investitsiya taraqqiyotining yangi lokomotivi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi davomida viloyatning sanoat salohiyatini yanada oshirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va zamonaviy texnologik bazani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Andijonning yuqori tashabbuskorligi, kuchli tadbirkorlik ruhi va ko‘p yillik sanoat maktabiga tayanib, o‘z texnologik imkoniyatlarini yaratish, ishlab chiqarishni kengaytirish va hududni sanoat hamda investitsiya o‘sishining muhim markaziga aylantirish vazifalari belgilandi.

👍48🔥9👎1
12 ming dollar talab qilgan prokuror yordamchisi ushlandi
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida prokuror yordamchisining fuqarodan katta miqdorda pul talab qilgani fosh etildi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida prokuror yordamchisining fuqarodan katta miqdorda pul talab qilgani fosh etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalasini hal qilib berish hamda bankdan 600 mln so‘m imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga jami 12 ming AQSh dollari talab qilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida u talab qilingan mablag‘ning 4 700 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tekshiruvda mansabdor shaxs bundan avval ham fuqaroning 1 300 dollarini olgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Fuqarolardan shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish so‘ralmoqda. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir Damasda 28 nafar bog‘cha bolasi: holat Jizzaxda aniqlandi
Jizzaxda ikki nafar Damas haydovchisi tomonidan bolalarni tashish bilan bog‘liq qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2 ta Damas avtomobilida 28 nafardan, jami 56 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi tashilgan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Jizzaxda ikki nafar Damas haydovchisi tomonidan bolalarni tashish bilan bog‘liq qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2 ta Damas avtomobilida 28 nafardan, jami 56 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi tashilgan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🏠NRG-BI va InfinBANK koʻchmas mulk bozorida yangi hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Ishonchli qurilish kompaniyasi va barqaror bankning oʻzaro kelishuvi asosida xaridorlar uchun qulay moliyaviy yechim taqdim etildi. Endilikda mijozlar yangi «Fayzli ipoteka» dasturi orqali poytaxtdagi zamonaviy majmualardan xonadon sotib olishlari mumkin.
Shartlari:
▫️ Boshlangʻich badal – 20%
▫️ Yillik stavka – 16,99% (kadastr hujjati olingandan soʻng)
▫️ Kredit muddati – 20 yilgacha
▫️ Maksimal summa – 1,5 mlrd soʻmgacha.
«Fayzli ipoteka» NRG-BI’ning 11 ta loyihasida, jumladan Botanika Saroyi, Maftun Makon, Jomiy va Voha majmualarida xonadon xarid qilish uchun amal qiladi.
Toʻliq maʼlumot va savollar uchun hamkorlarga murojaat qiling:
📞 Qurilish kompaniyasi: 1360
📞 Bank aloqa markazi: 1214