EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
71K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Andijonda shuncha muammo boʻla turib, men Toshkentda qanday tinch oʻtiraman?” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Andijon viloyatidagi kambagʻallik, ishsizlik va migratsiyada boʻlgan aholi masalasiga toʻxtaldi.

Davlat rahbari hududdagi muammolarni sanab oʻtib, “Bu odamlar Yangi Oʻzbekistondan rozimi?” degan savolni oʻrtaga tashladi.

Prezidentning taʼkidlashicha, aholi daromadini oshirish, ish oʻrinlari yaratish va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha amaliy ishlar zarur.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍22🔥10👎2
Bekoboddagi o‘zboshimchalik: 40 yillik mulkka kim chang solyapti?

Bekobod shahri, 13-mikrorayonda yuzlab fuqarolarning 1988-yildan beri foydalanib kelayotgan garajlari hech qanday sud qarori va ogohlantirishsiz noqonuniy ravishda buzib tashlanmoqda.

Garajlar sobiq Ijroiya qo‘mitaning 1985-yildagi qarori bilan rasmiy qurilgan bo‘lib, amaldagi O‘RQ–937-sonli qonunga ko‘ra to‘liq qonuniylashtirish huquqiga ega. Bundan tashqari, Prezidentning PF-6243-sonli farmoniga asosan 2021-yildan beri hokimliklarning yer berish vakolati qat’iyan bekor qilingan.

EFFECT.UZ ijodiy guruhi surishtiruv o‘tkazish uchun Bekobodga borganida shahar hokimi ish o‘rnida topilmadi. Mas’ul xodimlarni va shahar hokimi ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv tashkillashtirib beramiz degan matbuot kotibi, har safar har xil vajlarni sabab qilib keltirib, ish yuzasida ijobiy gap aytgani yo‘q. Oradan 12 kun vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hokimiyat va kadastr bo‘limidan hech qanday aniq munosabat bildirilmadi.

Tahririyat mas’ullardan quyidagi savollarga javob talab qiladi:
1. Yerga vakolati bo‘lmagan hokimlik bu hududni tadbirkorga qaysi asosda berib yubordi?
2. Kadastr bo‘limi nega aholi huquqlarini himoya qilish o‘rniga jarima solmoqda?
3. Tadbirkorda sud qarori va aholining roziligi bormi?

Shuningdek, Bosh prokuratura va tegishli vazirliklardan Bekobod shahrida sodir bo‘layotgan bu holatni o‘z nazoratiga olishini hamda noqonuniy xatti-harakatlarga huquqiy baho berishini so‘raymiz.

TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Tog‘da yo‘lini yo‘qotgan fuqaro topildi

23-sentabr kuni soat 09:22 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali murojaat kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, bir nafar fuqaro “Xumson” tog‘iga sayr qilish maqsadida chiqib, yo‘lini yo‘qotgan va qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘lgan.

Xabar asosida qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib tushishdi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktab ta’limini keskin tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida o‘quvchilarga aniq kasb va amaliy ko‘nikmalar berish zarurligini ta’kidladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍63🔥13🤔2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Administratsiyasi rahbarining BMTdagi nutqi — eksklyuziv videoda

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining oliy minbaridan so‘zga chiqdi.

Uning nutqida O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik, tinchlik va barqaror taraqqiyotga oid ustuvor yondashuvlari bayon etildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍79🔥36👎2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda 19 harbiy dengizga oqib ketdi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 24-sentyabr kuni harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda maktab qo‘riqchisi 12 yoshli o‘quvchiga nisbatan shilqimlikda gumonlandi

Holat 15 sentyabr kuni Shayxontohur tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5 yil ishlagan xodim farzandining kontrakti to‘lab berilishi mumkin

Kamida 1 ming nafar ishchisi bor korxonalar uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilanishi aytildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
O‘zbekiston Eronga qarshi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

🇺🇿 O‘zbekiston — 3:1 — Eron 🇮🇷
Terma jamoamizning navbatdagi uchrashuvidagi ishonchli g‘alabasi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍7👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajrimlar ortida qolayotgan bolalar taqdiri muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida O‘zbekistonda ko‘payib borayotgan ajrimlar masalasiga to‘xtaldi.

U ajrashgandan so‘ng erkak ham, ayol ham o‘z yo‘lidan ketishi mumkinligini, biroq bunday holatda yetim qolgan bolalar taqdiri nima bo‘lishi haqida o‘ylash zarurligini ta’kidladi.

Prezident qaynonani ham ona, kelinni ham farzand sifatida ko‘rish kerakligini qayd etdi.

«Qaynona ham ona, kelin ham farzand. Shuni bir peshonasiga yozib qo‘yaylik. Biz sal unutib yuboryapmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

U Andijon tajribasini boshqa hududlarda ham qo‘llash masalasini ilgari surdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍81🔥13
Toshkent xalqaro moliya markazi: BlackRock bilan hamkorlik muhokama qilindi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. “BlackRock” Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston yirik va sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍21🔥11👎3😢1
Energiya tizimidagi avariya O‘zbekiston va Qozog‘istonga taʼsir qildi

O‘zbekiston energetika tizimida yuz bergan avariya sabab mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.

Sirdaryodagi yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvatning avariyaviy o‘chishi ortidan avariyaga qarshi avtomatika ishga tushgan.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr ta’minotidan uzilgan barcha iste’molchilar qayta tarmoqqa ulangan.

Hodisa Qozog‘iston energetika tizimiga ham ta’sir ko‘rsatgan. U yerda iste’molchilarga jami 962 MVt hajmda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Energetika tizimlarining parallel ishlashi 41 daqiqadan so‘ng tiklangan, Qozog‘istondagi cheklovlar ham olib tashlangan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Bugun ikki terma jamoamiz chorak finalda maydonga tushadi

O‘zbekistonning U-23 va ayollar terma jamoalari bugun Osiyo o‘yinlarining chorak final bahslarida ishtirok etadi.

🇺🇿 U-23 terma jamoasi 🇸🇦 Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Bahs soat 10:00 da boshlanadi.

🇺🇿 Ayollar terma jamoasi esa 🇰🇷 Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 15:30 da start oladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram