Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplar va investorlarni birlashtirgan Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tmoqda
22-sentabr kuni Toshkentdagi CAEx majmuasida o‘tkazilgan sammitda startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish va investitsiya jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalliy loyihalarni xalqaro venchur ekotizimiga integratsiya qilish va startaplar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar esa hozir ham davom etmoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

O‘zbekistonda 1 600 dan ortiq raqamli startap faoliyat yuritmoqda
Bu haqda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida 22-sentabr kuni o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da ma’lum qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda umumiy kapitali 200 million dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ziyod venchur fond faoliyat yuritmoqda.
Sammitda mahalliy startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi, yangi investitsiyalarni jalb qilishi va xalqaro hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Startap asoschilari investorlar, venchur fondlari va potensial hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi.
ICT WEEK doirasidagi boshqa tadbir va uchrashuvlar ham davom etmoqda.

Xorijga chiqarib qo‘yish va’dasi bilan pul olganlar ushlandi
Namangan va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni xorijga chiqarib yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.
Namangan shahrida yashovchi shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 3 600 dollar talab qilgan. U oldindan 1 000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi shaxs esa 2 nafar mahalliy fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 2 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Holatlar yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva: Global muammolarni yolg‘iz hal qilib bo‘lmaydi
BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida O‘zbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
U oliy minbardan qilgan chiqishida bugungi murakkab davrda insoniyat duch kelayotgan global muammolar, xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson qadri va manfaatlari turganini ta’kidladi.
Saida Mirziyoyeva bugungi kunda hatto eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmasligini qayd etdi. Chunki zamonaviy tahdidlar davlat chegaralarida to‘xtab qolmaydi.
Shu bois u BMTning xalqaro maydondagi o‘rni har qachongidan ham muhim ekanini ta’kidlab, tashkilot barcha davlatlar fikri va ovozi eshitiladigan maydon bo‘lishi zarurligini bildirdi.

👍57🔥35👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Afg‘onistonni yolg‘iz qoldirmaydi
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash mavjud muammolarni hal etmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas.
«Ularga tinch hayotga erishish uchun umid va ishonch berish kerak», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Bu yondashuv Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston masalasidagi pozitsiyasi bilan hamohang ekani qayd etildi.

👍22🔥12👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orol fojiasiga qarshi yangi choralar
Saida Mirziyoyeva Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Uning ta’kidlashicha, Orol dengizi tabiiy ofat sabab qurib qolmagan. Bu o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga adolatsiz munosabat natijasi.
Qayd etilishicha, qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etilmoqda, shuningdek, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda.
«2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz», — dedi Mirziyoyeva.

👍34🔥11👎3
Toshkentda ayrim hududlar gazsiz qoladi
Bugun, 24-sentabr kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkentning Shayxontohur va Yangi hayot tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi.
🔹 Shayxontohur tumani, Chaqар mahallasi — soat 10:00 dan 18:00 gacha. Cheklov 250 ta xonadon va ayrim ulgurji iste’molchilarga taalluqli.
🔹 Yangihayot tumani, Choshtepa mahallasi — soat 10:00 dan 17:00 gacha. 110 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchi gaz ta’minotisiz qoladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

😢1
Andijon iqtisodiyoti 8,8 foizga o‘sdi
Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik muhiti, ko‘p sonli yoshlar, shakllangan sanoat maktabi va katta bozor mavjudligi muhim imkoniyatlar sifatida qayd etildi.
Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar sohasi 16,1 foiz, investitsiyalar esa 8,9 foizga o‘sgan.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yilda Andijonga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirilgan.
Faqat joriy yilning o‘zida aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratilgan.

👍25🔥10👎2🤔1
Andijonda 7 milliard dollarlik investitsiya rejasi belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar esa 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
Davlat rahbari o‘sish raqamlaridan ko‘ra, har bir ko‘rsatkich aholining kundalik hayotiga qanday ta’sir qilayotgani muhimligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yilda Andijonga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, tadbirkorlik uchun banklar tomonidan 90 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Joriy yilning o‘zida aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratilgan.
Shuningdek, sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydonni 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 mingta yuqori daromadli ish o‘rniga aylantirish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda investitsiyalarning nafaqat hajmi, balki sifati va iqtisodiyotga beradigan samarasi muhimligi qayd etilib, sarmoyalarni yuqori qo‘shilgan qiymat, zamonaviy texnologiyalar va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

👍18🔥11👎2
Andijonda yangi sanoat bosqichi boshlanadi
Asakadagi 30 yillik avtomobilsozlik va mashinasozlik tajribasi asosida o‘z texnologiyalarini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi” tashkil etilib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari rivojlantiriladi.
Viloyatda ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 10 ming talabaning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantirish uchun tadqiqot va ishlanmalar markazlari rivojlantiriladi.
To‘qimachilikda esa Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali eksportni 1,5 milliard dollardan oshirish imkoniyati qayd etildi.
Endilikda investitsiya samaradorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo‘shilgan qiymat asosida baholanadi.

👍17🔥14👎2
Andijonda yangi investitsiya modeli yaratiladi
Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida Andijon va boshqa hududlarda loyihalar menejeri lavozimi joriy etiladi.
Andijondagi menejer viloyatning yangi investitsiya modelini shakllantirib, tumanlarning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli yo‘nalishlarga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejalari ishlab chiqiladi.
Shuningdek, yirik korxonalarni kengaytirish hisobiga 20–30 mingta yangi ish o‘rni yaratish, yirik korxonalarda texnologik modernizatsiya orqali qo‘shilgan qiymatni oshirish choralari belgilanadi.
Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sish, 5 milliard dollar investitsiya va 1,5 milliard dollarlik eksportga erishish vazifasi qo‘yildi.

👍16🔥10👎1
Andijonda agrosoha uchun yangi loyihalar
Andijonda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va meva-sabzavotchilikni kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshiriladi.
Ulug‘norda 5 ming gektar maydonda chorvachilikni rivojlantirish, Ulug‘nor va Bo‘stonda yirik komplekslar tashkil etish, Jalaquduq va Xo‘jaobodda 7 ta parrandachilik kompleksi barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Ulug‘norda 1,2 ming gektarda baliqchilik klasteri tashkil etiladi.
Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adirlar iqtisodiy aylanmaga kiritilib, 4–5 ming gektarda sanoatlashgan bog‘lar barpo etiladi. Buning uchun 30 million dollar, adirlarga suv chiqarishga 200 milliard so‘m ajratiladi.
Meva-sabzavotni qayta ishlash ulushini 16 foizdan 30 foizga, eksportni esa 500 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Baliqchidagi issiqxona loyihasi ham respublika bo‘ylab ommalashtiriladi.

👍20🔥13👎2
Minglab ish o‘rni yaratgan korxonalar qo‘llab-quvvatlanadi
Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalarini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi choralar belgilanadi.
Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarda xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ularni ish joyiga olib kelish va olib ketish uchun transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bunday korxonalarda kamida 5 yil ishlagan xodimlarning farzandlari kontrakt to‘lovi ham qoplab beriladi.
Ishchilar soni 1 ming nafarga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Bu yo‘nalishda Andijon uchun 20 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
Mutasaddilarga bir oy davomida ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

👍35🔥15👎2
Andijon muhandislik kadrlari markaziga aylanadi
Andijonni Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Bugun viloyatdagi 12 ta oliygohda 95 ming talaba, 59 ta texnikumda esa 60 ming yosh tahsil olmoqda. Endi bu katta salohiyatni ishlab chiqarish bilan yanada yaqin bog‘lash ko‘zda tutilgan.
Oliygoh va texnikumlarning amaliy kafedralari 46 ta sanoat zonasi va 56 ta yirik korxona hududiga ko‘chiriladi. Yil yakunigacha dual ta’lim ulushi kamida 80 foizga yetkaziladi.
Qariyb 7,5 milliard dollarlik yangi loyihalar energetika, gidrotexnika, elektronika, mashinasozlik, IT va logistika yo‘nalishlarida muhandislarga talabni oshiradi.
Shu sababli Andijon texnika instituti transformatsiya qilinadi. Xorijiy menejer va professor-o‘qituvchilar jalb etilib, ta’lim dasturlari yangilanadi. Institutda alohida dizaynerlik fakulteti ham ochilib, sanoat korxonalariga biriktiriladi.
Buning uchun 25 milliard so‘m ajratiladi.

👍29🔥12👎2
Andijonda gidroenergetika yangi bosqichga chiqadi
Andijonda sanoat rivoji bilan ortib borayotgan energiya talabini qoplash uchun gidroenergetika salohiyatidan keng foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Viloyatning gidroenergetika salohiyati 200 megavatt bo‘lib, bu yiliga 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Ayni paytda umumiy quvvati 44 megavatt bo‘lgan kichik va mikro GESlar qurish istagida 400 nafar talabgor bor. GES turbinalarini ishlab chiqarish ham Andijonning o‘zida yo‘lga qo‘yilgan.
Ikki yillik dastur asosida mikro GESlarni tayyor holda qurib, tadbirkorlarga lizing asosida berish va qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy etish topshirildi.
Shuningdek, betonlashtirilishi rejalashtirilgan 81 kilometr kanallarda GESlar kaskadini barpo etish ko‘zda tutilmoqda.

👍33🔥11👎1
Kredit olishda garov talabi yumshaydi
Davlat banklarini mijozlar biznesini o‘stirishga xizmat qiladigan tizimga o‘tkazish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Yil boshidan garov yoki kafil topa olmagani sababli 35 ming kishiga kredit berilmagan. Endilikda banklar faqat an’anaviy garov va standart shartlar bilan cheklanib qolmaydi.
Kreditlashda real pul oqimi, buyurtma va shartnomalar, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiri asosida yangi moliyaviy mahsulotlar joriy etiladi.
Kichik tadbirkorning yirik korxona yoki buyurtmachi bilan tuzgan uzoq muddatli shartnomasi kredit garovi sifatida qabul qilinadi.
500 million so‘mgacha bo‘lgan loyihalar uchun biznes-reja talab etilmaydi. Kredit garovga emas, tadbirkorning pul oqimiga qarab ajratiladi. Eksportbop mahsulot uchun xomashyo xarid qilish kreditlarida esa sug‘urta polisining o‘zi garov sifatida yetarli bo‘ladi.
To‘qqizta davlat bankiga bir oy ichida biznesni rivojlantirishga yordam beradigan 20 ta yangi bank mahsulotini joriy etish vazifasi topshirildi.

👍37🔥12👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi muloqot chog‘ida kecha suhbatlashgan ayol haqida gapirdi.
Rossiyada bir necha yil ishlagan, ikki nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayol davlat rahbariga hozirgi daromadi avvalgidan ancha yuqori ekanini aytgan.
Prezidentni yana bir jihat quvontirgan — ayolning farzandlaridan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan.
Shavkat Mirziyoyev ayoldan besh yil avval farzandining oliy ta’limga kirishiga ishongan-ishonmaganini so‘ragan. Zalda esa: «Hech qachon bunday bo‘lmagan», degan javob yangragan.
«Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?» — dedi Prezident.

👍46🔥9👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktab taʼlimida oʻquvchilarni hayotga tayyorlash masalasiga eʼtibor qaratdi
“11 yil oʻqitib, bolani keng okeanga qoʻyib yuboryapmiz. Qani masʼuliyat?” — Prezident
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
“11 yil oʻqitib, bolani keng okeanga qoʻyib yuboryapmiz. Qani masʼuliyat?” — Prezident
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍23🔥11
Soliqchilar endi biznes muammosini ham hal qiladi
Soliq idoralariga tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolishga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.
Viloyatda ayrim korxonalarning aylanmasi va ish o‘rinlari qisqargani, ayrim biznes subyektlari esa faoliyatini tugatgani qayd etildi. Endilikda mahallaga biriktirilgan soliq xodimlari bunday holatlarning sabablarini o‘rganib, tadbirkorga yechim topishda yordam beradi.
Daromadi yoki ish o‘rni kamaygan korxonaga mahalla soliqchisi borib, muammoni o‘rganadi. U hokim yordamchisi va mahalla bankiri bilan birgalikda soliq to‘lovini kechiktirish, kredit muddatini uzaytirish, aylanma mablag‘, bozor yoki eksport masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha tuman shtabiga taklif kiritadi.
Bunda har bir biznesning daromadga chiqish muddati va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
Shuningdek, yoshlar bandligi mahalla soliqchilari faoliyatini baholash va mehnatiga haq to‘lashning asosiy samaradorlik mezonlaridan biri etib belgilanadi.

👍34🔥12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Notinch dunyoda tinch mamlakat bor, bu— O‘zbekiston»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining so‘zlarini esladi.
Oqsoqol: «Notinch dunyoda tinch mamlakat bor, bu – O‘zbekiston», degan.
Davlat rahbari bu so‘zlardan mamnun bo‘lganini ta’kidladi.
«Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

👍32🔥10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayrim korxonalarda ishchilar farzandining kontrakti qoplab beriladi
Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarda kamida 5 yil ishlagan xodimlarning farzandlari uchun kontrakt to‘lovi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Shuningdek, bunday korxonalarda xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ularni ish joyiga olib kelish va olib ketish uchun transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Ish o‘rinlari soni ming nafarga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi.

👍18🔥12👎1