EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Prezident Andijonda yangi maskanni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari ko‘cha bo‘ylab sayr qilib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Sayr davomida aholi bilan ko‘rishib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥49👍44👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Startaplar va investorlar bir maydonda

EFFECT.UZ  "CAEx Uzbekistan" ko‘rgazmalar majmuasida. Bu yerda "ICT WEEK Uzbekistan 2026" xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi dasturdan Markaziy Osiyoning startap yetakchilari, xalqaro venchur kapitali vakillari va investorlar ishtirokidagi uchrashuvlar o‘rin olgan.

Sessiyalar davomida sun’iy intellekt asosida faoliyat yurituvchi startaplarni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish tendensiyalari va mintaqadagi innovatsion loyihalarning istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, yuqori o‘sish sur’atlariga ega mintaqaviy startaplar taqdimotlari, chegaralararo kengayish, venchur kapitali va kompaniyalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamalari tashkil etilmoqda.

Dastur doirasida Yaponiya raqamli jamoat forumi ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirning muhim jihatlari, dolzarb mavzulari va yangiliklarini EFFECT.UZ orqali sizga yetkazishda davom etamiz.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro investorlar va texnologiya sohasi ekspertlari Toshkentda jamlandi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da xalqaro venchur fondlari va texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Ekspertlar tez rivojlanayotgan texnologik ekotizimlarga kapital jalb qilish, startaplarni baholash mezonlari va investitsiya jarayonlari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, sun’iy intellekt, xalqaro bozorlarga chiqish, Y Combinator dasturiga kirish va startaplar uchun exit strategiyalari kabi mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda mahalliy startaplar xalqaro investorlar va akseleratorlar bilan bevosita muloqot qilib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar hozir ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplar va investorlarni birlashtirgan Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tmoqda

22-sentabr kuni Toshkentdagi CAEx majmuasida o‘tkazilgan sammitda startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish va investitsiya jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalliy loyihalarni xalqaro venchur ekotizimiga integratsiya qilish va startaplar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar esa hozir ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 1 600 dan ortiq raqamli startap faoliyat yuritmoqda

Bu haqda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida 22-sentabr kuni o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da ma’lum qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda umumiy kapitali 200 million dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ziyod venchur fond faoliyat yuritmoqda.

Sammitda mahalliy startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi, yangi investitsiyalarni jalb qilishi va xalqaro hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Startap asoschilari investorlar, venchur fondlari va potensial hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi.
ICT WEEK doirasidagi boshqa tadbir va uchrashuvlar ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijga chiqarib qo‘yish va’dasi bilan pul olganlar ushlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni xorijga chiqarib yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

Namangan shahrida yashovchi shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 3 600 dollar talab qilgan. U oldindan 1 000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi shaxs esa 2 nafar mahalliy fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 2 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Holatlar yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva: Global muammolarni yolg‘iz hal qilib bo‘lmaydi

BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida O‘zbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

U oliy minbardan qilgan chiqishida bugungi murakkab davrda insoniyat duch kelayotgan global muammolar, xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson qadri va manfaatlari turganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva bugungi kunda hatto eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmasligini qayd etdi. Chunki zamonaviy tahdidlar davlat chegaralarida to‘xtab qolmaydi.

Shu bois u BMTning xalqaro maydondagi o‘rni har qachongidan ham muhim ekanini ta’kidlab, tashkilot barcha davlatlar fikri va ovozi eshitiladigan maydon bo‘lishi zarurligini bildirdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍57🔥35👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Afg‘onistonni yolg‘iz qoldirmaydi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash mavjud muammolarni hal etmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas.

«Ularga tinch hayotga erishish uchun umid va ishonch berish kerak», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Bu yondashuv Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston masalasidagi pozitsiyasi bilan hamohang ekani qayd etildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍22🔥12👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orol fojiasiga qarshi yangi choralar

Saida Mirziyoyeva Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Uning ta’kidlashicha, Orol dengizi tabiiy ofat sabab qurib qolmagan. Bu o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga adolatsiz munosabat natijasi.

Qayd etilishicha, qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etilmoqda, shuningdek, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda.

«2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz», — dedi Mirziyoyeva.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍34🔥11👎3
Toshkentda ayrim hududlar gazsiz qoladi

Bugun, 24-sentabr kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkentning Shayxontohur va Yangi hayot tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi.

🔹 Shayxontohur tumani, Chaqар mahallasi — soat 10:00 dan 18:00 gacha. Cheklov 250 ta xonadon va ayrim ulgurji iste’molchilarga taalluqli.

🔹 Yangihayot tumani, Choshtepa mahallasi — soat 10:00 dan 17:00 gacha. 110 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchi gaz ta’minotisiz qoladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢1
Andijon iqtisodiyoti 8,8 foizga o‘sdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik muhiti, ko‘p sonli yoshlar, shakllangan sanoat maktabi va katta bozor mavjudligi muhim imkoniyatlar sifatida qayd etildi.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar sohasi 16,1 foiz, investitsiyalar esa 8,9 foizga o‘sgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yilda Andijonga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirilgan.

Faqat joriy yilning o‘zida aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratilgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍25🔥10👎2🤔1
Andijonda 7 milliard dollarlik investitsiya rejasi belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar esa 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

Davlat rahbari o‘sish raqamlaridan ko‘ra, har bir ko‘rsatkich aholining kundalik hayotiga qanday ta’sir qilayotgani muhimligini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yilda Andijonga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, tadbirkorlik uchun banklar tomonidan 90 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Joriy yilning o‘zida aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratilgan.

Shuningdek, sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydonni 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 mingta yuqori daromadli ish o‘rniga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda investitsiyalarning nafaqat hajmi, balki sifati va iqtisodiyotga beradigan samarasi muhimligi qayd etilib, sarmoyalarni yuqori qo‘shilgan qiymat, zamonaviy texnologiyalar va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍18🔥11👎2
Andijonda yangi sanoat bosqichi boshlanadi

Asakadagi 30 yillik avtomobilsozlik va mashinasozlik tajribasi asosida o‘z texnologiyalarini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi” tashkil etilib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari rivojlantiriladi.

Viloyatda ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 10 ming talabaning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantirish uchun tadqiqot va ishlanmalar markazlari rivojlantiriladi.

To‘qimachilikda esa Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali eksportni 1,5 milliard dollardan oshirish imkoniyati qayd etildi.

Endilikda investitsiya samaradorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo‘shilgan qiymat asosida baholanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍17🔥14👎2
Andijonda yangi investitsiya modeli yaratiladi

Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida Andijon va boshqa hududlarda loyihalar menejeri lavozimi joriy etiladi.

Andijondagi menejer viloyatning yangi investitsiya modelini shakllantirib, tumanlarning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli yo‘nalishlarga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, yirik korxonalarni kengaytirish hisobiga 20–30 mingta yangi ish o‘rni yaratish, yirik korxonalarda texnologik modernizatsiya orqali qo‘shilgan qiymatni oshirish choralari belgilanadi.

Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sish, 5 milliard dollar investitsiya va 1,5 milliard dollarlik eksportga erishish vazifasi qo‘yildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍16🔥10👎1
Andijonda agrosoha uchun yangi loyihalar

Andijonda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va meva-sabzavotchilikni kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshiriladi.

Ulug‘norda 5 ming gektar maydonda chorvachilikni rivojlantirish, Ulug‘nor va Bo‘stonda yirik komplekslar tashkil etish, Jalaquduq va Xo‘jaobodda 7 ta parrandachilik kompleksi barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Ulug‘norda 1,2 ming gektarda baliqchilik klasteri tashkil etiladi.

Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adirlar iqtisodiy aylanmaga kiritilib, 4–5 ming gektarda sanoatlashgan bog‘lar barpo etiladi. Buning uchun 30 million dollar, adirlarga suv chiqarishga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Meva-sabzavotni qayta ishlash ulushini 16 foizdan 30 foizga, eksportni esa 500 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Baliqchidagi issiqxona loyihasi ham respublika bo‘ylab ommalashtiriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍20🔥13👎2
Minglab ish o‘rni yaratgan korxonalar qo‘llab-quvvatlanadi

Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalarini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi choralar belgilanadi.

Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarda xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ularni ish joyiga olib kelish va olib ketish uchun transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Bunday korxonalarda kamida 5 yil ishlagan xodimlarning farzandlari kontrakt to‘lovi ham qoplab beriladi.

Ishchilar soni 1 ming nafarga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Bu yo‘nalishda Andijon uchun 20 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mutasaddilarga bir oy davomida ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍35🔥15👎2