EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident xalq orasida

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi 24/7 ko‘chada sayr qilmoqda.

Kadrlarda aholi bilan samimiy suhbat va bolalarga iliq munosabat aks etadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍54🔥39👎3
18-avtobus saroyida korrupsiya iddaosi: haydovchi IIBga chaqirilgach, aloqaga chiqmayapti

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 18-avtobus saroyida oylik maoshlar hamda korrupsion holatlar haqida chiqishlar qilgan haydovchi bilan bog‘liq xabar tarqaldi.

Unga ko‘ra, haydovchi Uchtepa tumani IIBga chaqirilganidan so‘ng aloqaga chiqmayotgani iddao qilinmoqda.

Hozircha haydovchining aynan nima sababdan IIBga chaqirilgani, uning hozirgi holati va aloqaga chiqmayotganining sabablari haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralarning munosabati muhim.

EFFECT.UZ holatni kuzatishda davom etadi.
😢5
Kech tushganiga qaramay, Prezident tashrifi davom etmoqda

Davlat rahbari “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasiga tashrif buyurib, paxta yetishtirish jarayoni, dalalardagi ishlar va agroklaster faoliyati bilan tanishdi.

Andijondagi ish kuni kechgacha davom etgani davlat rahbarining hududdagi muhim loyihalar va sohalar bilan bevosita tanishib borayotganini ko‘rsatadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍46🔥14👎2
Prezident Andijonda yangi maskanni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari ko‘cha bo‘ylab sayr qilib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Sayr davomida aholi bilan ko‘rishib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥49👍44👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Startaplar va investorlar bir maydonda

EFFECT.UZ  "CAEx Uzbekistan" ko‘rgazmalar majmuasida. Bu yerda "ICT WEEK Uzbekistan 2026" xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi dasturdan Markaziy Osiyoning startap yetakchilari, xalqaro venchur kapitali vakillari va investorlar ishtirokidagi uchrashuvlar o‘rin olgan.

Sessiyalar davomida sun’iy intellekt asosida faoliyat yurituvchi startaplarni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish tendensiyalari va mintaqadagi innovatsion loyihalarning istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, yuqori o‘sish sur’atlariga ega mintaqaviy startaplar taqdimotlari, chegaralararo kengayish, venchur kapitali va kompaniyalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamalari tashkil etilmoqda.

Dastur doirasida Yaponiya raqamli jamoat forumi ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirning muhim jihatlari, dolzarb mavzulari va yangiliklarini EFFECT.UZ orqali sizga yetkazishda davom etamiz.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro investorlar va texnologiya sohasi ekspertlari Toshkentda jamlandi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da xalqaro venchur fondlari va texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Ekspertlar tez rivojlanayotgan texnologik ekotizimlarga kapital jalb qilish, startaplarni baholash mezonlari va investitsiya jarayonlari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, sun’iy intellekt, xalqaro bozorlarga chiqish, Y Combinator dasturiga kirish va startaplar uchun exit strategiyalari kabi mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda mahalliy startaplar xalqaro investorlar va akseleratorlar bilan bevosita muloqot qilib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar hozir ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplar va investorlarni birlashtirgan Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tmoqda

22-sentabr kuni Toshkentdagi CAEx majmuasida o‘tkazilgan sammitda startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish va investitsiya jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalliy loyihalarni xalqaro venchur ekotizimiga integratsiya qilish va startaplar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar esa hozir ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 1 600 dan ortiq raqamli startap faoliyat yuritmoqda

Bu haqda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida 22-sentabr kuni o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da ma’lum qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda umumiy kapitali 200 million dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ziyod venchur fond faoliyat yuritmoqda.

Sammitda mahalliy startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi, yangi investitsiyalarni jalb qilishi va xalqaro hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Startap asoschilari investorlar, venchur fondlari va potensial hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi.
ICT WEEK doirasidagi boshqa tadbir va uchrashuvlar ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijga chiqarib qo‘yish va’dasi bilan pul olganlar ushlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni xorijga chiqarib yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

Namangan shahrida yashovchi shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 3 600 dollar talab qilgan. U oldindan 1 000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi shaxs esa 2 nafar mahalliy fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 2 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Holatlar yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva: Global muammolarni yolg‘iz hal qilib bo‘lmaydi

BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida O‘zbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

U oliy minbardan qilgan chiqishida bugungi murakkab davrda insoniyat duch kelayotgan global muammolar, xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson qadri va manfaatlari turganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva bugungi kunda hatto eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmasligini qayd etdi. Chunki zamonaviy tahdidlar davlat chegaralarida to‘xtab qolmaydi.

Shu bois u BMTning xalqaro maydondagi o‘rni har qachongidan ham muhim ekanini ta’kidlab, tashkilot barcha davlatlar fikri va ovozi eshitiladigan maydon bo‘lishi zarurligini bildirdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍57🔥35👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Afg‘onistonni yolg‘iz qoldirmaydi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash mavjud muammolarni hal etmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas.

«Ularga tinch hayotga erishish uchun umid va ishonch berish kerak», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Bu yondashuv Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston masalasidagi pozitsiyasi bilan hamohang ekani qayd etildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍22🔥12👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orol fojiasiga qarshi yangi choralar

Saida Mirziyoyeva Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Uning ta’kidlashicha, Orol dengizi tabiiy ofat sabab qurib qolmagan. Bu o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga adolatsiz munosabat natijasi.

Qayd etilishicha, qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etilmoqda, shuningdek, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda.

«2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz», — dedi Mirziyoyeva.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍34🔥11👎3
Toshkentda ayrim hududlar gazsiz qoladi

Bugun, 24-sentabr kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkentning Shayxontohur va Yangi hayot tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi.

🔹 Shayxontohur tumani, Chaqар mahallasi — soat 10:00 dan 18:00 gacha. Cheklov 250 ta xonadon va ayrim ulgurji iste’molchilarga taalluqli.

🔹 Yangihayot tumani, Choshtepa mahallasi — soat 10:00 dan 17:00 gacha. 110 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchi gaz ta’minotisiz qoladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢1