EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik tomoshabinlarning sevimli aktyorlari giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishga aralashdi

22-sentabr kuni yana bir taniqli turkiyalik aktrisa Afra Saraço‘g‘lining qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. «Yalı Çapkını» («Qushchi») serialidagi roli orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktrisa giyohvand moddalarni iste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. U Istanbul aeroportida qo‘lga olingan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident charm-poyabzal sanoati vakillari bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida charm-poyabzal sanoat zonasi ishchilari bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida sohadagi ish o‘rinlari, ishlab chiqarish hajmini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍19🔥10👎1
78 va 124-avtobuslar boshqa yo‘ldan qatnaydi

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Shimoliy Olmazor ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlari sababli 78 va 124-sonli avtobuslarning bir tomonlama harakat chizmasi vaqtincha o‘zgartiriladi.

🔹 78-sonli avtobus Beruniy metrosi tomon Usta Shirin, Qorasaroy, Dilsaroy va Oltinsoy ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmaydi.

🔹 124-sonli avtobus Beruniy metrosi tomon A. Donish va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi. Ushbu yo‘nalish ham Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmaydi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident yosh startapchilar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yosh startapchilar bilan uchrashib, ularning loyihalari va innovatsion tashabbuslari bilan tanishdi.

Uchrashuvda yoshlarning yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish va ularning loyihalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍46🔥16👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Xitoyni ham mag‘lub etdi

Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy ustidan g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, bundan avvalgi turda ham vakillarimiz shaxmatda dunyoning kuchli jamoalaridan biri sanalgan Hindistonni mag‘lub etgan edi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi olimpiadada muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritishda davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥4👍2👎1
Andijonda ish kuni samimiy suhbat bilan o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi nihoyatda tig‘iz ish kunini mahalliy faxriylar bilan bir piyola choy ustidagi samimiy suhbat bilan yakunladi.

Uchrashuv vaqtida osmon uzra dronlar shousi namoyish etildi.
📍Andijon

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍73🔥22👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident xalq orasida

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi 24/7 ko‘chada sayr qilmoqda.

Kadrlarda aholi bilan samimiy suhbat va bolalarga iliq munosabat aks etadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍54🔥39👎3
18-avtobus saroyida korrupsiya iddaosi: haydovchi IIBga chaqirilgach, aloqaga chiqmayapti

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 18-avtobus saroyida oylik maoshlar hamda korrupsion holatlar haqida chiqishlar qilgan haydovchi bilan bog‘liq xabar tarqaldi.

Unga ko‘ra, haydovchi Uchtepa tumani IIBga chaqirilganidan so‘ng aloqaga chiqmayotgani iddao qilinmoqda.

Hozircha haydovchining aynan nima sababdan IIBga chaqirilgani, uning hozirgi holati va aloqaga chiqmayotganining sabablari haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralarning munosabati muhim.

EFFECT.UZ holatni kuzatishda davom etadi.
😢5
Kech tushganiga qaramay, Prezident tashrifi davom etmoqda

Davlat rahbari “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasiga tashrif buyurib, paxta yetishtirish jarayoni, dalalardagi ishlar va agroklaster faoliyati bilan tanishdi.

Andijondagi ish kuni kechgacha davom etgani davlat rahbarining hududdagi muhim loyihalar va sohalar bilan bevosita tanishib borayotganini ko‘rsatadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍46🔥14👎2
Prezident Andijonda yangi maskanni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari ko‘cha bo‘ylab sayr qilib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Sayr davomida aholi bilan ko‘rishib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥49👍44👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Startaplar va investorlar bir maydonda

EFFECT.UZ  "CAEx Uzbekistan" ko‘rgazmalar majmuasida. Bu yerda "ICT WEEK Uzbekistan 2026" xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi dasturdan Markaziy Osiyoning startap yetakchilari, xalqaro venchur kapitali vakillari va investorlar ishtirokidagi uchrashuvlar o‘rin olgan.

Sessiyalar davomida sun’iy intellekt asosida faoliyat yurituvchi startaplarni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish tendensiyalari va mintaqadagi innovatsion loyihalarning istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, yuqori o‘sish sur’atlariga ega mintaqaviy startaplar taqdimotlari, chegaralararo kengayish, venchur kapitali va kompaniyalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamalari tashkil etilmoqda.

Dastur doirasida Yaponiya raqamli jamoat forumi ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirning muhim jihatlari, dolzarb mavzulari va yangiliklarini EFFECT.UZ orqali sizga yetkazishda davom etamiz.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro investorlar va texnologiya sohasi ekspertlari Toshkentda jamlandi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da xalqaro venchur fondlari va texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Ekspertlar tez rivojlanayotgan texnologik ekotizimlarga kapital jalb qilish, startaplarni baholash mezonlari va investitsiya jarayonlari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, sun’iy intellekt, xalqaro bozorlarga chiqish, Y Combinator dasturiga kirish va startaplar uchun exit strategiyalari kabi mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda mahalliy startaplar xalqaro investorlar va akseleratorlar bilan bevosita muloqot qilib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar hozir ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida startaplar va investorlarni birlashtirgan Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tmoqda

22-sentabr kuni Toshkentdagi CAEx majmuasida o‘tkazilgan sammitda startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish va investitsiya jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalliy loyihalarni xalqaro venchur ekotizimiga integratsiya qilish va startaplar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlar esa hozir ham davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram