EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan tangalar chiqariladi

Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Samarqand 2026 munosabati bilan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi.

Tangalarni ikki donalik kolleksion to‘plamda yoki alohida xarid qilish mumkin.

Dastlabki cheklangan tiraj:
🔸 Oltin tangalar — 100 dona;

🔸 Kumush tangalar — 500 dona.
Tangalar narxi va banklardagi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
19 yillik turmush, 4 farzand, 14 yillik boshpana: endi bu oilaning ertangi kuni nima bo‘ladi?

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 19 yillik turmushi davomida 4 nafar farzandni voyaga yetkazib kelayotgan Sh. Abdurahmonovaning oilasi 14 yildan buyon bir xonadonda yashaydi. Bugun esa ular uchun yillar davomida boshpana bo‘lib kelgan shu xonadon taqdiri sudda hal qilinmoqda.

Sh. Abdurahmonovaning aytishicha, uni va farzandlarini uydan chiqarish masalasi ham sudda ko‘rilmoqda. Sudning yakuniy qarori hali ma’lum emas.

Ona hokimdan sud ishiga aralashishni so‘ramagan. Uning maqsadi oddiy: o‘z dardini aytish, oilasidagi qiyinchiliklarni tushuntirish va qonun doirasida qanday himoya yo‘li borligini bilish.
Shu maqsadda hokimlik axborot xizmati bilan oldindan gaplashdi. 22-sentabr kuni soat 11:00 da hokim qabuli bo‘lishi aytildi. Belgilangan kuni Sh. Abdurahmonovani olib hokim qabuliga bordik. Soat 11:30 da esa qabul tugagani va 17 nafar fuqaro qabul qilingani aytildi.

Axborot xizmati vakiliga qayta qo‘ng‘iroq qilib, qabul oldindan kelishilganini aytganimizda: «Sizlarning hokimingiz kutib o‘tiradimi?» degan javob berildi.
Natijada Sh. Abdurahmonova hokim qabuliga kira olmadi, ortga qaytdi.

Bu yerda gap faqat bir qabul haqida emas. Gap 14 yillik boshpana, shu xonadonda ulg‘ayib kelayotgan 4 nafar farzand va ularning ertangi kuni haqida.

Ba’zan odam katta narsa so‘ramaydi. Faqat uni bir marta eshitishlarini istaydi.
Bu ona va uning to‘rt farzandining dardini kim eshitadi?

EFFECT.UZ kuzatuvi davom etadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda 206 ta yirik loyiha ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar bo‘lgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi. Yana 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.

Loyihalar energetika, qurilish, to‘qimachilik, mashinasozlik, ta’lim, turizm, logistika, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash kabi muhim sohalarni qamrab oladi.

Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍33🔥16👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ichimlik idishini chiqindiga tashlamang. Endi O‘zbekistonda har bir ichimlik idishi uchun 150 so‘m beriladi

O‘zbekistonda plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini topshirganlik uchun pul rag‘bati beruvchi fandomatlar ishga tushirildi.

Pilot loyiha doirasida 23-sentabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida va Surxondaryo viloyati markazida ikkita qurilma foydalanishga topshirildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayolni kaltaklab, sochini qaychi bilan kesishdi — Xorazmda “samosud”

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida ayolga nisbatan “samosud” qilingani aks etgan videolar tarqalmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik tomoshabinlarning sevimli aktyorlari giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishga aralashdi

22-sentabr kuni yana bir taniqli turkiyalik aktrisa Afra Saraço‘g‘lining qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. «Yalı Çapkını» («Qushchi») serialidagi roli orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktrisa giyohvand moddalarni iste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. U Istanbul aeroportida qo‘lga olingan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident charm-poyabzal sanoati vakillari bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida charm-poyabzal sanoat zonasi ishchilari bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida sohadagi ish o‘rinlari, ishlab chiqarish hajmini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍19🔥10👎1
78 va 124-avtobuslar boshqa yo‘ldan qatnaydi

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Shimoliy Olmazor ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlari sababli 78 va 124-sonli avtobuslarning bir tomonlama harakat chizmasi vaqtincha o‘zgartiriladi.

🔹 78-sonli avtobus Beruniy metrosi tomon Usta Shirin, Qorasaroy, Dilsaroy va Oltinsoy ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmaydi.

🔹 124-sonli avtobus Beruniy metrosi tomon A. Donish va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi. Ushbu yo‘nalish ham Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmaydi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident yosh startapchilar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yosh startapchilar bilan uchrashib, ularning loyihalari va innovatsion tashabbuslari bilan tanishdi.

Uchrashuvda yoshlarning yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish va ularning loyihalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍46🔥16👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Xitoyni ham mag‘lub etdi

Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy ustidan g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, bundan avvalgi turda ham vakillarimiz shaxmatda dunyoning kuchli jamoalaridan biri sanalgan Hindistonni mag‘lub etgan edi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi olimpiadada muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritishda davom etmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥4👍2👎1
Andijonda ish kuni samimiy suhbat bilan o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi nihoyatda tig‘iz ish kunini mahalliy faxriylar bilan bir piyola choy ustidagi samimiy suhbat bilan yakunladi.

Uchrashuv vaqtida osmon uzra dronlar shousi namoyish etildi.
📍Andijon

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍73🔥22👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident xalq orasida

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi 24/7 ko‘chada sayr qilmoqda.

Kadrlarda aholi bilan samimiy suhbat va bolalarga iliq munosabat aks etadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍54🔥39👎3
18-avtobus saroyida korrupsiya iddaosi: haydovchi IIBga chaqirilgach, aloqaga chiqmayapti

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 18-avtobus saroyida oylik maoshlar hamda korrupsion holatlar haqida chiqishlar qilgan haydovchi bilan bog‘liq xabar tarqaldi.

Unga ko‘ra, haydovchi Uchtepa tumani IIBga chaqirilganidan so‘ng aloqaga chiqmayotgani iddao qilinmoqda.

Hozircha haydovchining aynan nima sababdan IIBga chaqirilgani, uning hozirgi holati va aloqaga chiqmayotganining sabablari haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralarning munosabati muhim.

EFFECT.UZ holatni kuzatishda davom etadi.
😢5
Kech tushganiga qaramay, Prezident tashrifi davom etmoqda

Davlat rahbari “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasiga tashrif buyurib, paxta yetishtirish jarayoni, dalalardagi ishlar va agroklaster faoliyati bilan tanishdi.

Andijondagi ish kuni kechgacha davom etgani davlat rahbarining hududdagi muhim loyihalar va sohalar bilan bevosita tanishib borayotganini ko‘rsatadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍46🔥14👎2
Prezident Andijonda yangi maskanni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari ko‘cha bo‘ylab sayr qilib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Sayr davomida aholi bilan ko‘rishib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥49👍44👎2