EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
BMTda 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari jamlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.

BMT Bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarni qabul qilmoqda. Ular orasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham bor.

Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍26🔥9👎2
Xorazm viloyati IIB va yangi tayinlangan rahbar — podpolkovnik O.A.Kaimxodjayev diqqatiga!

Fuqarolarning kuyib qolgan millionlari va Xiva shahar IIBning “passiv” kuzatuvi: Bu tizimli beparvolik faqat Xorazmdami?!

Alamli va oʻrinli savol: Fuqarolarimizning murojaatlariga shu qadar eʼtiborsiz va yuzaki munosabatda boʻlish faqat Xorazm viloyati IIB quyi tizimlariga xosmi yoki butun tizimdagi surunkali kasallikmi?!

Fuqaro Ilxamova Surayyo oʻzining tanishi G.B.ning shirin vaʼdalari va aldovlariga ishonib, uy-joy qurib berishi uchun naqd 190 million soʻm pulini qoʻliga tutqazgan. Farzandlari rizqini qiyib yiqqan bu mablagʻ evaziga G.B. Qoʻshkoʻpir tumanida joylashgan oʻziga tegishli yer uchastkasida tayyor uy qurib topshirishni vaʼda qilgan.

Firibgarlikning “zamonaviy” usuli! G.B. vaqti-vaqti bilan S.Ilxamovaga internetdan koʻchirib olingan, qurilishi tugallanmagan uylarning suratlarini yuborib, “mana, sening uying qurilyapti, oz qoldi” deb aldab kelgan. Vaqt oʻtib maʼlum boʻlishicha, aslida hech qanday uy ham, qurilish ham mavjud emas! Suratlar esa shunchaki tarmoqdan oʻgʻrilangan “dekoratsiya” boʻlib chiqdi. Ammo pullarini oldirib qoʻygan fuqaroning haqiqiy sarsongarchiligi shundan keyin boshlandi.

Mana, 2026-yilning mart oyidan buyon (yarim yildan ortiq vaqt davomida) mazkur holat boʻyicha Xiva shahar IIBga murojaat qilib kelinmoqda. Biroq Xiva shahar IIB profilaktika inspektorlari va masʼullari ushbu aniq firibgarlik holatida “jinoyat alomatlari mavjud emas” degan vaj bilan, JPKning 83-moddasi 2-bandi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatishni muntazam ravishda rad qilib kelmoqda.

Eng qizigʻi, nazorat organi boʻlgan Prokuratura bir necha marotaba IIBning bu asossiz qarorlarini bekor qilib berdi. Ammo Xiva shahar IIB goʻyoki oʻz aybini tan olgisi kelmay, yana va yana oʻsha eski, koʻchirib bosilgan “jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish” haqidagi qarorlarni qabul qilishda davom etmoqda. Bu fuqaroning huquqlarini ochiqchasiga kamsitish va jinoyatchini himoya qilish emasmi?!

Yangi tayinlangan viloyat IIB rahbari, podpolkovnik Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovichdan ushbu adolatsizlikka chek qoʻyishini soʻraymiz. Mana shunday aniq firibgarlik va jinoyat alomatlari yaqqol koʻrinib turgan materiallarni profilaktika inspektorlarining OLIB, tergov boʻlinmalariga topshirish boʻyicha qatʼiy topshiriq berishini kutib qolamiz.

Xorazm viloyati IIB rahbariyatidan ushbu vaziyat boʻyicha adolatli va qonuniy RASMIY MUNOSABAT kutamiz! Fuqaroning huquqlari tizim ichidagi sansalorlik qurboni boʻlmasligi kerak!
👍3
Shavkat Mirziyoyev bugun Andijonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga ikki kunlik tashrif bilan boradi.

Safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm hamda boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Tashrif davomida qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍27🔥13👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Andijon xalqaro aeroportidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi.

Tashrif davomida hududning sanoat, investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va turizm sohalaridagi loyihalar ko‘rib chiqiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍22🔥8👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Andijondagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanida faoliyat yuritayotgan zamonaviy to‘qimachilik korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍23🔥10👎1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YouTube monetizatsiyasi O‘zbekistonda ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Unga ko‘ra, raqamli to‘lovlar va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlar kengaymoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍27🔥12👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik gidroenergetika uchun yangi uskunalar ishlab chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik gidroenergetika uchun uskunalar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Loyiha kichik gidroelektr stansiyalar uchun zarur uskunalarni mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Bu yo‘nalish hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍36🔥10👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gap gapligicha qoldimi? Muammo bartaraf etildi

Avvalroq, poytaxtda jamoat transportlari ikki yildan beri texnik ko‘rikdan o‘tkazilmayotgani, avtobus haydovchilarining oylik maoshlaridan asossiz ravishda pul ushlab qolinayotgani haqida xabar berilgandi.

EFFECT.UZ tomonidan e’lon qilingan materialdan so‘ng mazkur masala ijobiy hal etildi.

Mazkur masala yuzasidan kecha, 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda yuzaga kelgan qator muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va ijobiy yechim topish bo‘yicha kelishib olindi. Shundan so‘ng, EFFECT.UZ tahririyati murojaatchilar bilan suhbatlashdi.

Doston Yusufjonovning so‘zlariga ko‘ra, tahririyat tomonidan e’lon qilingan videomurojaatdan so‘ng uning oylik maoshidan ushlab qolingan mablag‘lar qoplab berilishi va’da qilingan. Shuningdek, u o‘z ish o‘rniga qaytarilgan.

EFFECT.UZ O‘zbekiston miqyosida sodir bo‘layotgan dolzarb voqea va muammolarni tezkor yoritishda davom etadi. EFFECT.UZ — kuzatib boring.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Toshkentda yashil hududlar hisobiga avtoturargoh qurilmasligi kerak

Toshkent markazida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi qariyb 1,3 gektar hududda davlat-xususiy sheriklik asosida avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

“Adolat” SDP bu masalaga oldindan salbiy munosabat bildirish tarafdori emasligini, biroq loyiha mavjud yashil hududlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Partiya tegishli organlardan yerning huquqiy maqomi, loyiha sxemasi, avtoturargoh uchun ajratiladigan maydon va saqlanib qoladigan yashil hududlar haqida jamoatchilikka aniq ma’lumot berishni so‘ramoqda.

Transport infratuzilmasini rivojlantirish zarur. Ammo bu jarayonda jamoat manfaatlari, ekologik barqarorlik va qonun talablari ustuvor bo‘lishi lozim.

Poytaxtga avtoturargohlar kerak, ammo yashil hududlar evaziga emas.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2🤔2🔥1
Milliy kutubxona ortidagi yer maydoni avtoturargoh uchun auksionga chiqariladi

Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh qurish rejalashtirilmoqda. Yer uchastkasini elektron auksionga chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Keltirilishicha, obyektdan 10 yil muddatga foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan xususiy sherik belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, hududni saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlashi lozim bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, hududdagi mavjud daraxtlar va piyodalar uchun ajratilgan maydonlarni saqlab qolish davlat-xususiy sheriklikning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, avtoturargoh xizmatidan tushadigan mablag‘larning 20 foizi shahar byudjetiga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, hudud o‘zining jamoat uchun mo‘ljallangan funksiyasini saqlab qoladi. Maxsus va tezkor xizmat transport vositalarining hududga kirishi bepul bo‘ladi.

Bundan tashqari, shartnoma shartlariga ko‘ra, shahar hokimiyati talabi bilan avtoturargoh hududi bayramlar, festivallar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun taqdim etilishi lozim.

Hududdan bunday maqsadlarda foydalanishning umumiy muddati yiliga 60 kungacha bo‘lishi mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢3👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qorovulni qul qilishganmi?» — Adliya tizimidagi og'riqli haqiqat

Bo'stonliq tuman adliya bo'limida 2023-yildan beri qorovul bo'lib ishlayotgan 2-guruh nogironi Shahzod Nuriddinovning murojaati jamoatchilikda katta e'tiroz uyg'otmoqda.

Hujjatda haftasiga 30 soatlik rejim ko'rsatilsa-da, amalda xodim tibbiy qarshiliklarga qaramay, ortiqcha, tungi va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilingan.
Murojatchining so'zlariga ko'ra dastlab sudya ortiqcha ishlangan soatlar uchun 62 million so'm undirib berilishini aytgan bo'lsa-da, yakuniy qarorda da'vo muddati qo'llanilib, summa keskin kamaytirib yuborilgan.

Qonun himoyachisi bo'lishi kerak bo'lgan idoraning o'z xodimlariga nisbatan munosabati shumi? Xodimning haqli mehnati va yuzlab soatlik mashaqqati shunchalik arzon baholanadimi?
Biz Toshkent viloyati Adliya boshqarmasidan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🤔3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “aqlli” hisoblagichlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Davlat rahbariga korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlarning texnik imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish quvvatlari haqida ma’lumot berildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍38🔥15👎1
Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan tangalar chiqariladi

Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Samarqand 2026 munosabati bilan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi.

Tangalarni ikki donalik kolleksion to‘plamda yoki alohida xarid qilish mumkin.

Dastlabki cheklangan tiraj:
🔸 Oltin tangalar — 100 dona;

🔸 Kumush tangalar — 500 dona.
Tangalar narxi va banklardagi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram